5.6 Ta’limni individuallashtrish va qobiliyatlarni rivojlantrish
Ta’limni individuallashtirish ustida maxsus to’xtalib o’tish kerak. Ta’limni individuallashtirish har bir o’quvchi individual (alohida), boshqalarga bog’liq bo’lmagan holda ta’lim oladi degan ma’noni bildirmaydi (garchi prinstip jihatdan shunday ta’lim bo’lishi mumkin bo’lsa ham). Xususan, programmalashtirilgan ta’lim (epizod sifatida emas, balki ta’lim sestimasi sifatida) o’z tabiatiga ko’ra individuallashtirilgan. Yuqorida ko’rib, o’tganimizdek, har bir o’quvchi o’rganuvchi mashina yoki programmalashtiirilgan darslik bilan ishlaydi, har kim individual ravishda ta’lim oldai, bunda har xil tezlik bilan ma’lum ma’noda turli yo’l bilan (“qadamlarni” qanchalik to’g’ri qo’yishga qarab) harakat qiladi – o’quvchi oldingi materialni o’zlashtirganligini isbotlab bermaguncha mashina yoki darsliklar uning olg’a qarab harakat qilishiga imkon bermaydi. Bunday ish sistemasida harakat qilish sur’ati har bir o’quvchi uchun faqat individual bo’lib qolmasdan, shu bilan birga optimal hamdir.
Ta’limni individuallashtirishning ma’nosi shuki, u o’quvchining individual – psixologik xususiyatlariga tayanadi, ana shu xususiyatlarni hisobga olgan holda quriladi. Shu nuqtai nazardan sinifdagi oddiy ta’lim qanday ro’y berishini qarab chiqamiz. Sinf rivojlanishi va tayyorgarlik darajasi bir xil bo’lmagan, o’zlashtirishi turlicha va o’qishga munosabati har xil, qiziqishlari xilma-xil bo’lgan o’quvchilardan tashkil topadi. O’qituvchi an’anaviy tashkil etilgan ta’lim sharoitida hammaga bir xilda baravar kela olmaydi. Shuning uchun u ta’limni o’rtacha darajaga – o’rtacha rivojlanishga, o’rtacha tayyorgarlikka, o’rtacha o’zlashtirishga tatbiq qilgan holda olib borishga majbur bo’ladi – boshqacha qilib aytganda, u ta’limni qandaydir afsonavaiy “o’rta” o’quvchini ko’zda tutgan hold tashkil etadi. Bu narsa muqarrar ravishda shunga olib keladiki, “kuchli” o’quvchilar o’z rivojlanishida sun’iy ravishda ushlab turiladi, o’qishga qiziqishlari qolmaydi, o’qish ulardan ko’p aqliy kuch sarflashni talab qilmaydi, “kuchsiz” o’quvchilar esa surunkasiga orqada qolishga mubtalo bo’lganlar, ular ham o’qishga qiziqmay qo’yadilar, bu o’qish ulardan ko’proq aqliy kuch sarflashni talab qiladi. “O’rtacha” darajaga kiruvchilar ham juda har xil bo’ladilar, qiziqish va mayllari turlicha, idrok, xotira, xayol va tafakkur xususiyatlari xilma-xil bo’ladi. Bir o’quvchi ko’rgazmali obrazlar va tasavvurlarga asosli ravishda tayanmog’i zarur, ikkinchisi bunga kamroq ehtiyoj sezadi; biri sekin fikrlaydi, ikkinchisining aqliy mo’ljali nisbatan tezligi bilan ajralib turadi; biri tez esda olib qolsa-da, mustahkam emas; ikkinchisi – sekin esda olib qolsa-da, ko’p narsani yodida saqlaydi; birini uyushgan holda ishlashga o’rgangan, boshqasi kayfiyatiga qarab, asabiylashib va notekis ishlaydi; biri astoydil, ikkinchisi majburan shug’ullanadi.
Ta’limni individuallashtrish prinstipi o’qitishda o’quvchilarni real tiplariga tayanish zarurligiga asoslanadi, Bu prinstipni biz yuqorida ko’rib o’tganimizdek dasturlashtirilgan ta’lim juda yaxshi amal qiladi. O’quvchilarning individual psixologik xususiyatlari ta’limning ayrim metodlari va usullarini tanlash hamda qo’llash vaqtida, uyga berilgan vazifalarni qismlarga bo’lishda sinf va kontrol ishlarining variantlarini aniqlashda hisobga olinadi. Sinf o’quvchilari bilan olib borilgan majburiy bo’lgan ish ancha yaxshi o’zlashtiriladigan, biror masala bilan ayniqsa qiziqadigan o’quvchilar guruhi uchun materialni ma’lum darajada o’zgartirish bilan (kamchiliklarni to’ldirish, bilimlarni kengaytirish uchun) shuningdek, ayrim o’quvchilar o’rtasida individual ish olib borish bilan birga qo’shiladi. Lekin 35 o’quvchi bor bo’lgan sifda 35 xil individual yondoshishni, ta’lim metodikasini 35 xil individual variantini amalga oshirish zarur degan ma’noni anglatmaydi. Bunda o’quvchilarning fikrlash faoliyatining asosiy tiplarini faqat hisobga olish kifoya.
O’quvchining tafakkuri individual tavsifini, uning biror bir tipga mansub ekanligini qanday aniqlash kerak? –Tegishli psixologik adabiyotlarni o’rganib tanishib chiqilgach, bu ishni amalga oshirish unchalik murakkab bo’lmaydi. Vaholanki, hari bir vijdonli o’qituvchi odatda o’z o’quvchilarining individual xususiyatlarini, ular tafakkurining kuchli va ojiz tomonlarini yaxshi biladi. Shuningdek, o’quvchi shaxsining ayrim jihatlari: o’qishga munosabati, qiziqishlarini, o’qishdagi emostional-irodaviy sohalarning xarakterli ko’rinishlarini ham aniqlab olmoq kerak. Ta’limni individual yondoshish kamchiliklarga barham berishnigina emas, balki o’quvchilar tafakkurini rivojlantirish, o’qishga to’g’ri munosabatda bo’lishni, bilishga oid qiziqishlar tarkib toptirish ishlarini olib borishni ham anglatadi.
Ta’limning muvaffaqiyatli bo’lishi va bilim, ko’nikma va malakalarning juda yuqori darajasi asosan: 1) ta’limning mazmuni bilan, 2) ta’lim metodikasining takomillashuvi, 3) o’qituvchining mahorati bilan ta’min etiladi. Shunindek, muvaffaqiyat ichki shart-sharoitlarga- o’quvchining individual psixologik xususiyatlariga ham bog’liq.
Psixologlar (B.G.Ananev, Z.I.Kalmikova va boshqalar) o’quvchining o’zlashtirishi ularning (zexn) fikrlash faoliyatining xususiyatlariga bog’liqdir deb ta’kidlashadi. Bu xususiyatlar fikrlash faoliyatining umumlashganligi, tafakkurning mustaqilligi, fikrlash jarayonlarining tezligi, ma’noni eslab qolish, tafakkurning ko’rgazmali-obrazli va mavhum komponentlarining bog’liqlik xarakterida buladi. Bu jihatdan tadqiqotchilar o’quvchilarni ikki tipga ajratishadi. Birinchi tipga mansub o’quvchilar tez o’zlashtirish sura’tiga egadirlar, bu sur’at tez umumlashtirish, analiz va sintezning yuqori darajasi firlash tezligi bilan bog’liqdi. Bu o’quvchilar bilan kengaytirilgan murakkab dastura asosida ta’lim berish-optimal darajadagi ta’lim bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |