Bu maxsus tanlangan so‘zlar yordamida ma’lum bir qonun va qoidalarga asoslanib yoziladigan algoritmdir. Ushbu tartib algoritmlarni yagona ko‘rinishda tasvirlashda juda qo‘l keladi.
Bu yerda tanlangan maxsus so‘zlar yagona ma’noga ega bo‘lib, algoritmda ularni qalin qilib yoki ostiga chizish yo‘li bilan ajratishadi. Ushbu uslub ham bevosita insonlarga mo‘ljallangan bo‘lib, algoritmni mashinaday bajarishga imkon beradi.
Misol sifatida yuqorida keltirilgan Yevklid algoritmini keltiramiz.
Yevklid algoritmi;
boshlash
kiritish m,n
L: agar m=n bo‘lsa T nuqtaga o‘t;
agar m>n bo‘lsa m:=m-n aksincha n:=n-m;
L nuqtaga o‘t;
T: tamom.
Do'stlaringiz bilan baham: |