So‘zlar bilan yozilgan algoritm
So‘zlar bilan yozilgan algoritmlar asosan insonlar uchun tuziladi. Har bir qadam raqamlanadi va yozuvlarda deyarli hech qanday qonun - qoidalarga amal qilinmaydi. Misol sifatida Yevklid algoritmini keltiramiz, ushbu algoritm ikki natural sonning eng katta umumiy bo‘luvchisini aniqlashda qo‘llaniladi:
1. Agar sonlar teng bo‘lsa, ulardan biri chop etilsin, aks holda 2-bandga o‘tilsin.
2. Ikkala sondan kattasi aniqlansin.
3. Katta sondan kichik son ayirilsin va natija katta songa berilsin.
4. 1-bandga o‘tilsin.
Ushbu yozuvdan ko‘rinib turibdiki, bevosita yozuvlarda ixtiyoriy qoidalarga asoslanib algoritm tuzim mumkin, masalan, bevosita formulalarni ham qo‘llash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |