Umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil qilish


Maktabgacha ta’lim tashkilotilarini shakilantirish



Download 126,5 Kb.
bet3/5
Sana13.07.2022
Hajmi126,5 Kb.
#788110
1   2   3   4   5
Bog'liq
umumiy tipdagi davlat va nodavlat maktabgacha ta\'lim muassasalari

3. Maktabgacha ta’lim tashkilotilarini shakilantirish.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalar 3 yoshdan boshlab 6-7 yoshgacha tuman (shahar)lar hokimliklarining qarorlari bilan tashkil etilgan maktabgacha ta'lim bo'limlari huzuridagi qabul qilish komissiyasi tomonidan tegishli tibbiyot xulosasi hisobga olingan holda qabul qilinadi, Qabul komissiyasining faoliyat ko'rsatish tartibi belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadi. Muassislar mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta'lim bo'limlarining yo'llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa organlar bo'lgan maktabgacha ta’lim tashkilotilariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda ushbu Maktabgacha ta’lim tashkilotilari bolalarni maktabgacha ta'lim bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha lozimnoma asosida qabul qilishi mumkin.
Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish tartibi muassis tomonidan belgilanadi. Quyidagi bolalar: - I va II guruh nogironlari; - ko'p bolali oilalarning bolalari; - harbiy xizmatchilarning bolalari; - talabalar va pedagoglarning bolalari Maktabgacha ta’lim tashkilotilariga qabul qilishda imtiyozlardan foydalanadilar. Qabul komissiyasi shuningdek, ota-onalari maktabgacha ta’lim tashkilotining moddiy-texnik bazasini mustahkamlashda yordam bergan bolalarni istesno tariqasida navbatdan tashqari qabul qilishi mumkin. Bunday bolalar kontingenti maktabgacha ta’lim tashkiloti rejadagi quvvati umumiy sonining 20 foizdan ortiq bo'lmasligi kerak.
Maktabgacha ta’lim tashkilotida guruhlar soni muassasaning quvvatidan va guruhlarning rejali to'ldirilishidan kelib chiqib muassis tomonidan belgilanadi. Ixtisoslashtirilashtirilgan yo'nalishi: Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti yuridik shaxs hisoblanadi, O'zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi davlat tilida yozilgan muhrga, mustaqil balansga, O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining g'aznachiligida byudjet va byudjetdan tashqari shaxsiy g'azna hisobvaraqlariga ega bo'ladi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti ta'lim-tarbiya berish, korreksion-pedagogik va davolashsog'lomlashtirish faoliyatni olib boruvchi muassasa hisoblanadi. Jismoniy yoki psixik rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarni ularning bilish imkoniyatlariga muvofiq tarbiyalash, nuqsonlarni korreksiyalash, imkoniyatiga muvofiq maktab ta'limiga tayyorlash, jamiyatga moslashuviga ko'maklashish maqsadida tashkil etiladi.
Quyidagilar ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotining vazifalari hisoblanadi: - maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablari hamda ular asosida ishlab chiqilgan ixtisoslashtirilgan maktaibgacha ta'lim muassasalarida ta'lim-tarbiya va sog'lomlashtirish ishlariga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarning ta'limtarbiya olishlarini va korreksion pedagogik ishni ta'minlash; - korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini shaxsgayo'naltirilgan, individual tarzda tashkil etish; - bolaning ijtimoiy-hissiy rivojlanishi, hayotiy qobiliyatlari shakllanishi uchun zarur korreksion-rivojlahtiruvchi ta'limtarbiya muhitini yaratish; - bolaning jismoniy yoki psixik rivojlanishidagi nuqsonlarni bartaraf etish uchun zaruriy korreksion pedagogik ishni tashkillashtirish. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotilari ularning ixtisoslashuviga (yo'nalishiga) ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi: I tur: Nutqida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti; II tur: Eshitishida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti; III tur: Ko'rishida og'ir nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti; IV tur: Psixik rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti; V tur: Aqliy rivojlanishida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti; VI tur: Tayanch-harakatlanish a'zolarida nuqsonlar bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotilarining muayyan turi bo'yicha bolalar soni guruh tashkil etish uchun yetarli bo'lmagan hollarda quyidagi turlarni birlashtirish orqali ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilishi mumkin: I va II turlar, I va IV turlar, I va VI turlar; II va III turlar; IV va V turlar, IV va VI turlar; V va VI turlar. Ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotilarini tashkil etishda ularning har bir turi bo'yicha alohida guruhlarda korreksion ta'lim-tarbiya jarayonini tashkil etish majburiy shart hisoblanadi.
Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 5 kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 24 soatli; 12 soatli; 10, 5 soatli. Ixtisoslashtirilgan maktabgacha ta’lim tashkilotida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Sanatoriya yo'nalishi: - Sil intoksikatsiyasi mavjud bo'lgan bolalar uchun - 15-20 bola; - Murakkab nuqsonli (ikki va undan ortiq nuqsonli) bolalar uchun - 8-10 bola; - Rivojlanishidaboshqacha nuqsonlari (endikrin kasalliklar) mavjud bo'lgan bolalar uchun - 15-20 bola.
Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o'tgan bolalar bilan to'ldirish o'quv yili oxirida (avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to'ldirish esa o'rinlar bo'shashiga qarab amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o'quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 iyunida tugallanadi va yangi o'quv yili boshlangunga qadar sog'lomlashtirish davri boshlanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkiloti maktabgacha ta'limni boshqarish organlari yoki qaramog'ida ushbu maktabgacha ta’lim tashkiloti bo'lgan korkabinet, muassasa, tashkilot tomonidan komplektlanadi. Mahaliiy boshqarish organlari qarori bilan komplektlashning boshqa tartibi qabul qilinishi mumkin. Bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotilariga va ixtisoslashtirilgan guruhlarga yo'llash respublika, viloyat, shahar, tuman tibbiy yordam-pedagogika komissiyalari, sanatoriya tipidagi maktabgacha ta’lim tashkilotilariga esa hududiy davolash-profilaktika muassasasi tomonidan yo'llanma beriladi. Bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqarish maktabgacha ta'lim kengashi tomonidan quyidagi holatlarda: bolaning mazkur maktabgacha ta’lim tashkilotida qolishiga to'sqinlik qiluvchi tibbiy yordam xulosasi asosida; bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga sababsiz bir oydan ko'proq vaqt mobaynida qolmasa, unga xizmat ko'rsatish uchun haq to'lashning belgilangan muddatidan ikki hafta o'tib ketsa; ota-onalar yoki ular o'rnini bosuvchi shaxslar xohishiga qarab amalga oshiriladi.
Ota-onalar bolaning chiqarilishi haqida 7 kun oldin xabardor qilinadilar. Ota-onaning ish joyi o'zgarishi munosabati bilan bolani maktabgacha ta’lim tashkilotidan chiqarish, agar bu lozimnomada ko'rsatilmagan bo'lsa, qat'iy man etiladi. Tarbiyachilar va ota-onalarning bu me'yorlariga asoslangan munosabatlari amaldagi qonunchilik va bola maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilinayotganda tomonlarning o'zaro kelishuviga binoan tuziladi, lozimnoma bilan boshqariladi. Lozimnoma bo'yicha majburiyatlarning bajarilmasligi yuzasidan maktabgacha ta'lim kengashiga yoki sudga shikoyat bilan murojaat qilish mumkin. Turli tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotining tashkiliy tizimini belgilab beruvchi Davlat instruktiv hujjatlari Maktabgacha ta’lim tashkiloti muassis tomonidan tashkil etiladi va qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ro'yxatdan o'tkaziladi. Quyidagilar: - davlat boshqaruvi organlari; - mahalliy davlat hokimiyati organlari; - davlat korkabinetlari; - qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat tashkilotlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining muassislari bo'lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotilari o'z ishining o'ziga xosligiga muvofiq quyidagi tiplarga bo'linadi: - umumiy tipdagi maktabgacha ta’lim tashkilotilari; - ixtisolashtirilgan (jismoniy va psixik rivojlanishida har xil nuqsonlar mavjud bo'lgan bolalar uchun); sanatoriy tipidagi (zaif, turli yuqumli kasalliklarni boshdan kechirgan, surunkali asosratlarga ega bo'lgan bolalar uchun);
Maktabgacha ta’lim tashkiloti o'z ustaviga, bank muassasalarida hisob raqamiga, O'zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o'z nomi ko'rsatilgan muhrga, yuridik manzili ko'rsatilgan shtampga ega bo'ladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotini akkreditatsiya qilish davlat vakolatli organi tomonidan attestatsiya asosida amalga oshiriladi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti belgilangan davlat me'yorlariga va maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo'yiladigan talablarga muvofiq bolalarni tarbiyalashni, o'qitishni, ularga qarab turish va ularni parvarish qilishni hamda sog'lomlashtirishni ta'minlaydi. Maktabgacha ta’lim tashkilotilarida ta'lim mazmuni O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti o'z (mualliflik) dasturidan foydalanishga haqlidir. Bunday dasturlarni tasdiqlash tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan belgilanadi.
Maktabgacha ta’lim tashkilotining ish kun tartibi va u yerda qancha vaqt bo'lishi Maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti (guruh)ning kunduzgi va kechki vaqtlarda hamda kecha-yu kunduz faoliyat ko'rsatishiga yo'l qo'yiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarni o'qitish va tarbiyalash davlat tilida va «Davlat tili haqida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq boshqa tillarda olib boriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish maktabgacha ta’lim tashkilotiga yuklanadi hamda O'zbekiston Respubliksida tasdiqlangan sanitariya qoidalari va me'yorlariga muvofiq amalga oshiriladi. Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish ham, shtatdagi tibbiyot xodimlari ham Maktabgacha ta’lim tashkilotilariga biriktirilgan sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan ta'minlanadi, ular maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya-gigiyena me'yorlariga, ovqatlanish kun tartibi va sifatiga rioya qilinishi uchun javob beradilar.
Tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish mahalliy sog'liqni saqlash organlariga yuklanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimiga xona beradi va uning ishlashi uchun tegishli lozim-sharoitlar yaratadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotining shtatdagi xodimlari sog'liqni saqlash organlarida bepul tibbiy ko'rikdan o'tadilar, buning uchun sarflanadigan xarajatlar davlat tomonidan ajratilgan mablag'lar doirasida belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkilotilarida bolalarning hayoti va sog'lig'ini muhofaza qilishni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda belgilanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida qayd etilgan o'z maqsadlari va vazifalarini bajarish uchun ota-onalar yoki ularning o'rnini bosuvchi shaxslar bilan tuzilgan lozimnomalar asosida oilaning ehtiyojlarini hisobga olgan holda asosiy ta'lim dasturlaridan tashqari qo'shimcha pulli ta'lim xizmatlari ko'rsatishga haqlidirlar. Pulli ta'lim xizmatlari muassis tomonidan moliyalashtiriladigan asosiy ta'lim faoliyatini uning doirasida ko'rsatilishi mumkin emas.

Download 126,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish