2. Nodavlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini tashkil etish va bolalarni qabul qilish jarayoni.
3.Maktabgacha ta’lim tashkilotilarini shakillantirish
1. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari talim-tarbiya jarayonini tashkil etish. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uzluksiz ta'lim tizimining birinchi bosqichi, jamiyatning eng muhim ijtimoiy zaminidir. Maktabgacha ta'lim muassasi bolalarni tarbiyalash va rivojlantirish, ularni maktabga tayyorlashda yetakchi o'rin tutadi. Barcha turdagi maktabgacha ta’lim tashkilotilari O'zbekiston Respublikasi Prezidentining «2017 - 2021-yillarda maktabgacha ta'lim tizimini yanada takomillashtirish choratadbirlari to'g'risida»gi 2016-yil 29-dekabrdagi PQ-2707-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qarori asosida tashkil etiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim mazmuni maktabgacha ta'limga qo'yiladigan davlat talablariga asosan ishlab chiqilib, O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan tasdiqlangan yoki tavsiya qilingan dasturlar bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ish tartibi va bolalarning ushbu muassasada bo'lish vaqti davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavi va muassisning qarori bilan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida besh kunlik ish haftasi uchun, qoida tariqasida, quyidagi ish tartibi joriy etiladi: 12 soatli; 10,5 soatli; 9 soatli; 4 soatli. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti joylashgan hududda yashaydigan aholi talablaridan kelib chiqib, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida yoki uning alohida guruhlarida 6 kunlik ish haftasi ham joriy etilishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ovqatlanishni tashkil etish ushbu muassasa zimmasiga yuklatiladi hamda sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Bolalarga tibbiy xizmat ko'rsatish davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiyot xodimlari va ushbu muassasaga belgilangan tartibda biriktirilgan hududiy sog'liqni saqlash organlarining tibbiyot xodimlari tomonidan amalga oshiriladi. Tibbiyot xodimlari davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari bilan birgalikda bolalarning hayoti, sog'lig'i va jismoniy rivojlanishi, davolash-profilaktika tadbirlari o'tkazilishi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga, ovqatlanish rejimi va sifatiga rioya qilinishi uchun mas'uldirlar. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarida bolalarning hayotini muhofaza qilish va sog'Iig'ini mustahkamlashni tashkil etish tartibi O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi va Sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining tibbiyot xodimlari faoliyatini nazorat qilish hududiy sog'liqni saqlash organlari tomonidan amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbariyati tomonidan tibbiyot xodimining faoliyat olib borishi uchun zarur shart-sharoitlar (alohida xizmat xonasi, mebel va tibbiy jihozlar, birinchi tibbiy yordam ko'rsatish uchun zarur bo'lgan dori-darmonlar) yaratib beriladi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tibbiyot xodimlarining malakasini oshirish sog'liqni saqlash tizimidagi malaka oshirish muassasalarida har uch yilda kamida bir marta bepul amalga oshiriladi. Muassislari mahalliy davlat hokimiyati organlari bo'lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilish qabul komissiyasining qaroriga binoan maktabgacha ta’lim tashkilotilari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari tomonidan mazkur Nizomning 1-ilovasida keltirilgan shaklda beriladigan yo'llanmalari asosida amalga oshiriladi.
Muassislari boshqa tashkilotlar bo'lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilariga bolalarni qabul qilish ularning muassislari tomonidan belgilanadigan tartibda amalga oshiriladi. Bo'sh o'rinlar mavjud bo'lgan taqdirda, ushbu davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilari bolalarni maktabgacha ta’lim tashkilotilari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlarining yo'llanmalari bo'yicha shartnoma asosida qabul qilishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotiga bolalarni qabul qilishda quyidagilar: S I va II guruh nogironlari; S ko'p bolali oilalarning bolalari; S harbiy xizmatchilarning bolalari; S- talabalar va pedagoglarning bolalari; S chin yetim va ota-ona qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qabul qilishda imtiyozlardan navbatsiz foydalanadilar.
Imtiyozlardan foydalanuvchi bolalarning ota-onalari imtiyoz berilishi uchun asos bo'ladigan hujjatlarni qabul komissiyasiga taqdim etadilar.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilarining mudirlari tomonidan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi mavjud bo'sh o'rinlar haqida qabul komissiyasiga har oyning birinchi sanasidan kechikmay yozma ma'lumot kiritiladi. Bo'sh o'rinlar haqidagi ma'lumot davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining mudirlari tomonidan imzolanadi va ularning to'g'riligi va o'z muddatida kiritilishi uchun davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti mudiri shaxsan javob beradi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining har bir guruhidagi bola soni me'yori kamida 20 nafar bo'lishi, biroq 25 nafardan ortiq bo'Imasligi lozim.
Guruhlarni boshqa yoshdagi guruhdan o'tgan bolalar bilan to'ldirish o'quv yili oxiridan yangi o'quv yiliga qadar (iyun, iyul, avgust oyida), yangi qabul qilinayotganlar bilan to'ldirilishi o'rinlar bo'shashiga qarab amalga oshiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o'quv yili har yili 2 sentyabrdan boshlanadi, keyingi yilning 1 jyunida tugallanadi va yangi o'quv yili boshlangunga qadar sog'lomlashtirish davri davom ettiriladi. Tarbiyalanuvchilar soni davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti quvvatidan ortiq bo'lgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilariga bolalarni qabul qilishni vaqtincha to'xtatish hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi tomonidan berilgan xulosaga ko'ra maktabgachata'lim muassasalari faoliyatini metodik ta'minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari huzuridagi qabul komissiyasining qarori asosida amalga oshiriladi.
Tarbiyalanuvchilar soni belgilangan me'yordan kamaygan yoki bolalarni qabul qilish uchun sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga muvofiq shart-sharoit yaratilgan taqdirda, hududiy davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markaziga xabar bergan holda maktabgacha ta’lim tashkilotilari faoliyatini metodik ta’minlash va tashkil etish tuman (shahar) bo'limlari huzuridagi qabul komissiyasining roziligi bilan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotilariga bolalar qabul qilinadi.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalar, ota-onalar, pedagog xodimlar va vasiylik kengashi a’zolari ta'lim-tarbiya jarayonining qatnashchilari hisoblanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida vasiylik kengashlari tashkil etiladi, ularni saylash tartibi va ularning vakolatlari davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining ustavida belgilanadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti vasiylik kengashining faoliyati O'zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta'lim vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan namunaviy nizom asosida amalga oshiriladi.
Bolalarni qabul qilishda davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ota-onalarni o'z ustavi, kun tartibi, ta'lim-tarbiya dasturlari va boshqa hujjatlar bilan tanishtirishi shart. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti bilan ota-onalar o'rtasidagi o'zaro munosabatlar shartnoma bilan tartibga solinadi. Ota-onalar bilan tuzilgan shartnoma bolalarning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'lishi vaqtini, ta'limtarbiya jarayonini tashkil etishda tomonlarning huquqlari, majburiyatlari hamda javobgarligini o'z ichiga oladi.
Ota-onalar: o'z bolalari uchun ta'lim-tarbiya shakllarini, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida ta'lim berish tilini tanlash; davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolalarga ta'limtarbiya berish uchun zarur shart-sharoitlar yaratilishini hamda bolaning shaxsiga nisbatan hurmat bilan munosabatda bo'lishni talab qilish; muassasa bilan tuzilgan shartnoma shartlarida belgilangan tartibda kun davomida o'ziga qulay bo'lgan vaqtda bolalarni davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidan olib ketish huquqiga ega.
Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishlari mumkin. Ota-onalar quyidagilarga majbur: belgilangan normativlarga muvofiq bolaning davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bo'lgan davri uchun badal to'lovini o'z vaqtida to'lash; bolalarning to'laqonli ovqatlanishini, ularda shaxsiy gigiyena ko'nikmalari shakllantirilishini qat'iy kuzatib borish, bolani davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga ozoda kiyingan holda olib kelish. Ota-onalar qonun hujjatlariga va shartnomaga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishlari mumkin.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisi va xodimlari o'rtasidagi munosabatlar o'zaro hamkorlik, bolaning shaxsini hurmat qilish va unga shaxsiyxususiyatlariga muvofiq rivojlanishi uchun erkinlik berish asosida olib boriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga xodimlarni ishga qabul qilish belgilangan tartibda tasdiqlanadigan namunaviy shtatlar jadvaliga muvofiq amalga oshiriladi. Tegishli pedagogik ma'lumotga, kasbiy tayyorgarlikka va yuksak axloqiy sifatlarga ega bo'lgan shaxslar davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida pedagogik faoliyat bilan shug'ullanish huquqiga ega. Sud hukmi bilan yoki tibbiy xulosaga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug'ullanishi taqiqlangan shaxslarning ushbu faoliyat bilan shug'ullanishiga yo'l qo'yilmaydi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlarining huquqlari, majburiyatlari va imtiyozlari qonun hujjatlarida, davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti ustavida, shuningdek, mehnat shartnomasida belgilanadi.
Xodimlarning vazifalari lavozim yo'riqnomasi va tarmoq tarif-malaka ma'lumotnomasida belgilab qo'yiladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining pedagog xodimlari quyidagi huquqlarga ega: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda o'z ustavida belgilanadigan tartibda qatnashish; o'z kasbiy sha'ni va qadr-qimmatini himoya qilish. Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo'lishi mumkin. Pedagog xodimlar quyidagilarga majbur: ta'lim-tarbiya jarayoniga zamonaviy ta'lim dasturlarini tatbiq etish; ilg'or xorijiy tajribani hisobga olgan holda bolalarni har tomonlama intellektual, axloqiy, estetik va jismoniy rivojiantirish bo'yicha o'ziga yuklatilgan vazifalar doirasida shart-sharoitlar yaratish; bolalarga yuqori professional darajada ta'lim-tarbiya berish orqali maktabgacha ta'lim sifatini oshirish; pedagog axloq-odobiga rioya qilish, bolaning qadr-qimmatini hurmat qilish, bolalarni tazyiqdan himoya qilish, ularni mehnatga, ota-onaga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lish ruhida tarbiyalash; o'zining kasbiy ko'nikmalarini va pedagogik mahoratini doimiy ravishda takomillashtirish hamda belgilangan muddatlarda o'z malakasini oshirib borish. Pedagog xodimlar qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham olishi mumkin. Muhim muammoning yechimini topishga yordam beradi va «Qanday» savoli orqali muanimo hal qilinadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlariga ish haqi miqdorlari (lavozim maoshlari) qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi. Muassasa rahbari pedagog xodimlarni qanday rag'batlantirish maqsadida ustamalar, qo'shimcha haq hamda boshqa to'lovlarturiva miqdorlarini ish haqiga yo'naltiriladigan mavjud mablag'lar doirasida belgilaydi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotidagi pedagog xodimlar belgilangan tartibda sog'liqni saqlash muassasalarida bepul tibbiy ko'rikdan o'tkaziladi.