leksikografiyasi va grammatikasining rivojlanishiga, arab tiliining Sharq
mamlakatlariga tarqalishiga amaliy xizmat qildi.
Jumladan, Basra maktabining asoschilaridan biri Xalil al-Farohidiy (taxminan
718-791yy) arab tilining “Kitobul ayn” (“Ayn harfi kitobi”) nomli dastlabki
lug‘atni va “Kitobul avomil” (“Boshqaruvchilar kitobi”) qo‘llanmasini yaratdi.
Biroq bu kitoblar bizgacha yetib kelmagan. Uning shogirdi, shhur arab
tilshunoslaridan biri Amir bin Usmon Sibavayxiy (733-yilda vafot etgan) “Al-
Kitab” asarini yaratdi. O‘sha davrdagi barcha ta’limotlar, qarashlarni
umumlashtirgan mazkur kitob Basra va Kufa maktabi vakillari tomonidan yuqori
baholangan hamda o‘sha davr arab adabiy tilining sintaktik va morfologik
tuzilishi, so‘z yasalish va fonetik tizimi to‘liq aks ettirilgan qo‘llanma sifatida uzoq
yillargacha islom dinini qabul qilgan mamlakatlar xalqlariga arab tilini o‘rgatishda
asosiy darslik vazifasini o‘tagan.
“Kitob al turk” (“Turk tilini tushunish kitobi”) Ispaniyaning Andaluziya
viloyatidagi Grenada shahrida tug‘ilib, Misrda yashagan, aslida Afrikaning berber
qabilasiga mansub Asruddin Abu Hayen Andalusning (1256-1345) 60ga yaqin
asari bo‘lib, bularning 15 tasigina bizgacha yetib kelgan, ularning ba’zilari turkiy
tillarga bag‘ishlangan.
“Attuhfatuz zakiyatu fillug‘atit turk”. Bu asarning muallifi, chop qilingan
joyi va vaqti noma’lum, ammo ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, “Kitob al
idrok”dan keyin yozilgan. Demak, “Attuhfa” XVI asrga oid. U 1891-1892 va 1931
yillarda Qohirada 40 marta nashr kilingan. Kitobning asl nusxasi Istambuldagi
Boyazit machitining Validdin Afandi kutubxonasida saqlanmoqda.
Arab tilshunoslari ayniqsa leksikografiyaga jiddiy ahamiyat berganlar va
juda ko‘p lug‘atlar yaratganlar. Bag‘dod maktabi vakili hind Sag‘ani (1181-1252
yy.) tuzgan va “To‘lqinlar toshqini” deb nomlangan 20 tomlik lug‘at, Feruzobodiy
(1329-1414 yy.) tuzgan va “Qomus” deb atalgan 60 tomlik lug‘at, misrlik ibn
Mansur (1232-1311 yy.) tuzgan noyob so‘zlar lug‘ati shular jumlasidandir. Arab
leksikografiyasida lug‘atlar mazmuniga ko‘ra 6 guruhga bo‘linadi: 1.To‘liq izohli
lug‘atlar. 2. Mavzuviy lug‘atlar. 3. Sinonimlar lug‘ati. 4. Noyob so‘zlar lug‘ati. 5.
O‘zlashgan so‘zlar lug‘ati. 6. Tarjima lug‘atlari. Arab lesikografiyasi sharq
mamlakatlariga, keyinroq Yevropa mamlakatlariga ham katta ta’sir ko‘rsatdi.
Lug‘at yaratish borasida arablar o‘z ona tillaridan tashqari fors, mo‘g‘ul, turkiy
tillar masalalari bilan ham shug‘ullanganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: