Umumiy tilshunoslik kafedrasi



Download 471,78 Kb.
bet21/64
Sana13.04.2022
Hajmi471,78 Kb.
#547605
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64
Bog'liq
LTM ma\'ruza

Savollar:

  1. Deskriptiv tilshunoslikning asosiy metodlari nimalardan iborat?

  2. Distributiv tahlil nima?

  3. U tilning qaysi aspektlarini o‘rganishda qo‘llaniladi?

  4. Bevosita ishtirokchilarga ajratish bu qanday metod?

  5. U tilning qaysi aspektlarini o‘rganishda qo‘llanilishi mumkin?

  6. Bevosita ishtirokchilar metodi qanday qo‘llaniladi?

  7. Transformalar qaysi metod orqali o‘rganiladi?

  8. Transformatsion grammatikaga nimalar xos?



Foydalanish uchun adabiyotlar:
1. Umarxo‘jaev M.E. Umumiy tilshunoslik. – Andijon, 2007.
2. Sodiqov A., Xolmurodov A. Umumiy tilshunoslik. – Toshkent, 2014.
3. Kondrashov N.A. Istoriya lingvisticheskix ucheniy.– M., 2009.
4. Rasulov R. Umumiy tilshunoslik. – T, 2010.

6-MA’RUZA. XX-XX1 ASRLAR TILSHUNOSLIGINING ASOSIY YO‘NALISHLARI VA ZAMONAVIY TAHLIL METODLARI


Reja:

  1. Tilshunoslikdagi yangi yo‘nalishlar. Kognitiv tilshunoslik.

  2. Paralingvistika.

  3. Lingvokulturologiya.

  4. Sotsiolingvistika.

  5. Matematik lingvistika.



1. Tilshunoslikdagi yangi yo‘nalishlar. Kognitiv tilshunoslik.
Hozirgi davr tilshunosligida sotsiolingvistika, kognitiv tilshunoslik, lingvokulturologiya, paralingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, antropololingvistika eng dolzarb yo‘nalishlar katoriga kiradi.
Kognitiv tilshunoslik. Tilshunoslikda inson bilimini urganuvchi kognitologiya fani (bilish nazariyasi. gnoseologiya) bilan lingvistika o‘rtasidagi oralik-soxalararo fan kognitiv tilshunoslik deyiladi.
Kognitiv tilshunoslikning vazifalari: 1) insondagi bilimlarning paydo bo‘lishida tilning rolini aniklash; 2) olam va undagi narsalarni kategoriyalashtirish (tushunchalar xosil kilib, turlarga bo‘lish); konseptuallashtirish (konseptlar xosil kilish) va atash (nominatsiya) jarayonlarini tushunish; 3) konseptual sistema bilan til sistemasi o‘rtasidagi munosabatni aniklash 4) olamning lisoniy va kognitiv (konseptual) tasvirlari bilan boglik masalalarni echishdir.
Tashki va ichki olamdagi narsa-xodisalarning tilda va nutkda aks etishi (in’ikosi), obrazli kilib aytganda, olamning lisoniy tasviridir. Rus tilida u “yazikovaya kartina mira” deb yuritiladi. Olamning inson ongida konseptlarda aks etishi kognitiv lingvustikada “olamning kognitiv tasviri”(kognitivnaya kartina mira) yoki olamning konseptual tasviri (konseptualnaya kartina mira)deb yuritiladi. Kognitiv tilshunoslikning nazariy asosida tafakkur tilsiz bo‘ladi, ammo mulokot paytida u til orkali yuzaga chikadi, ya’ni ifodalanadi, degan tezis yotadi. Xuddi shunday fikr bir kancha yillar avval rus olimlari X.I. Jinkin va A.P.Luriya tomonidan ilgari surilgan edi.
Kognitiv tilshunoslikning asosiy tushunchasi konsept bo‘lib, u til birligi emas, balki ong birligidir. Konseptlarni insondagi bilim xazinasi deyish mumkin. Kognitiv lingvistikada konseptni barcha tilshunoslar tan olsalar-da, u xakdagi fikrlar turlichadir. Jumladan, konsept xakida B. A. Maslova , S.Vorkachev, E.S.Kubryakova, 3. D. Popova bir biridan fark kiluvchi ta’riflarni keltirganlar. Konsept-bu tashki yoki ichki dunyodagi biror narsa yoki xodisa xakidagi ongimizdagi bilimlar) majmuasi, u xakidagi obrazlar va unga bo‘lgan ijobiy, salbiy yoki neytral baxolashlardir (munosabatlardir).

Download 471,78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish