TOPSHIRIQ 7.
KROSSWORD SAVOLLARI
1. Qaysi til komparavistika vakillarining fikricha bobo- til hisoblanadi?
2. Avgust Shleyxer tilshunoslikda qaysi oqim vakili hisoblanadi?
3. Psixologizm tilga qanday hodisa sifatida qaraydi?
4. Til, asosan, qanday vazifani bajaradi?
5. Qiyosiy – tarixiy tilshunoslik yana qanday nomlanadi?
6. V. fon Gumboldtning nechta til antinomiyasi mavjud?
7. “Island tili bo’yicha qo’llanma” asarining muallifi kim?
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
7
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
R
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
A
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
S
|
|
|
|
|
|
|
2
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
M
|
|
|
|
|
|
|
N
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
U
|
|
|
|
|
1
|
Y
|
A
|
H
|
U
|
D
|
I
|
Y
|
|
|
|
|
|
S
|
|
|
|
|
|
|
T
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
R
|
|
|
|
|
3
|
R
|
U
|
H
|
I
|
Y
|
|
|
|
|
|
|
|
A
|
|
|
|
|
|
|
R
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
S
|
|
5
|
K
|
O
|
M
|
P
|
A
|
R
|
A
|
T
|
I
|
V
|
I
|
S
|
T
|
I
|
K
|
K
|
A
|
|
|
|
|
|
L
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
6
|
Y
|
E
|
T
|
I
|
T
|
A
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Z
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
4
|
K
|
O
|
M
|
M
|
U
|
N
|
I
|
K
|
A
|
T
|
I
|
V
|
|
|
|
6-MAVZU:
TILSHUNOSLIK TARIXIDAGI YO`NALISHLAR VA MAKTABLAR
RЕJA:
Tilshunoslikda naturalizm yo`nalishi. Avgust Shleyxer ta`limoti.
Tilshunoslikda psixologik yo`nalish: Geyman Shteyntal va Aleksandr Afanasyevich Potebnya ta`limoti.
“Yosh grammatikachilar” qarashlari.
Rus tilshunoslik maktablari.
1-TOPSHIRIQ
Mustahkamlash uchun savollar:
Tilshunoslik tarixida mavjud bo`lgan qaysi yo`nalishlarni bilasiz?
Tilshunoslik tarixidagi naturalizm va psixologizm yo`nalishlari Avgust Shleyxer va Geyman Shteyntal nomlari va ularning ta`limotlari bilan bog`lanib, ayni bosqich XIX asrning taxminan 50-60-yillarini o`z ichiga oladi.
Psixologizm yo`nalishi vakillari tomonidan qanday g`oyalar ilgari surilgan?
Tilshunoslikdagi psixologizm oqimi naturalizmni qattiq tanqid ostiga oldi. Psixologizm naturalizmdan farqli unga zid holda tilni xudoning yoki odam ruhining aksi, ko`rinishi, ifodasi deb talqin qildi. Shunga ko`ra, til sof psixik, ruhiy hodisa sifatida bayon qilindi. Psixologistlar tilning taraqqiyotini alohida shaxslarning tafakkuridagi, ruhiyatidagi taraqqiyot bilan bog`liq deb hisobladilar.
Demak, tildagi hodisalarning asosida ijtimoiy hodisalar, ijtimoiy taraqqiyot – jamiyat taraqqiyoti emas, balki individual faoliyat, individual taraqqiyot, inson psixikasi, uning fikriy faoliyati yotadi, ular hal qiluvchi rol o`ynaydi. Ana shunday g`oyalar, qarashlar bilan qurollangan psixologizm vakillari, jumladan, G.Shteyntal ta`limotidagi eng muhim g`oya nutqning individual akti insonning faoliyatidan, ijtimoiy jarayondan ajralganligidir.
G.Shteyntalning tilshunoslikka oid qanday asarlarini bilasiz?
G.Shteyntalning lisoniy qarashlari, ta`limoti uning quyidagi qator ishlarida bayon qilinadi. Bular “Tillarning tasnifi til g`oyasining taraqqiyoti sifatida” (1850), “Tilning paydo bo`lishi” (1851), “Grammatika, mantiq va psixologiya” (1855), “Til qurilishining eng muhim tiplari xarakteristikasi” (1860), “Psixologiya va tilshunoslikka kirish” (1871), “Gumboldtning tilshunoslikka oid asarlari va Gegel falsafasi” (1848), “Falsafa, tarix, psixologiya va ularning o`zaro munosabati” (1863) va boshqalar.
4. Naturalizm yo`nalishi qachon paydo bo`lgan?
XIX asrning o`rtalarida Yevropa tilshunosligida naturalizm oqimi (naturalizm – lotincha “natura” – “tabiat” degani) paydo bo`ldi.
A.Shleyxer qaysi til oilasining shajara daraxtini tuzdi?
Avgust Shleyxer hind-Yevropa tillarining bitta bobo tildan kelib chiqqanligi g`oyasini ilgari surdi. U hind-Yevropa tillarining taraqqiyotini “shajara daraxti” jadvali orqali tushuntirdi, ya`ni, uning fikricha, qachonlardir hind-Yevropa bobo tili mavjud bo`lgan, uning tarqalib ketishidan hozirgi hind-Yevropa tillari kelib chiqqandir.
“Yosh grammatikachilar” qanday lingvistik g`oyalarni ilgari surdi?
1870-1900 yillar qiyosiy-tarixiy metod taraqiyotining ikkinchi bosqichi bo`lib, “Yosh grammatikachilar” tadqiqotlari bilan bog`liqdir. “Yosh grammatikachilar” tilni tarixiy hodisa deb hisoblashgan va bu fikr German Paul tomonidan “Til tarixi tamoyillari” kitobida qayd qilingan. Bu fikrni Shleyxerning tilga biologik hodisa sifatida qarash («til – tabiiy organizm») fikri bilan solishtirish mumkin. “Yosh grammatikachilar”, shuningdek, tovush o`zgarishlaridagi qonuniyatlarni aniqlashgan, ular tirik tillar va dialektlar o`rganilishi lozim deb hisoblashgan.
Rus tilshunosligining asosiy vakillari kimlar?
Rossiyada tilshunoslikdagi psixologizm oqimining eng ko`zga ko`ringan yirik vakili rus va ukrain filologi Aleksandr Afanasyevich Potebnyadir (1835-1891). A.Potebnya rus, ukrain va jahon tilshunosligi fanining buyuk vakili bo`lib, slavyan va boltiq tillarining mashhur tadqiqotchisi hisoblanadi.
Naturalizm yo`nalshining paydo bo`lishida qaysi olim nazariyasi katta ahamiyatga ega?
Umumiy nazariy tilshunoslikning – til falsafasining asoschisi bo`lgan Vilgelm fon Gumboldt tomonidan tilning sistema sifatida talqin qilinishi, tilning organizm, organik bir butunlik sifatida berilishi Avgust Shleyxer, Ferdinand de Sossyur, Boduen de Kurtene kabi tilshunoslarning ta`limotlariga ta`sir qildi, ularning lisoniy g`oyalarida kuzatildi
A.Shleyxer nima uchun tilni tabiiy organizm sifatida ta`rifladi?
A.Shleyxer naturalizmining – naturalistik falsafasining mohiyati uning tilni jonli, tabiiy organizm sifatida tushunishida ko`rinadi. U tilni jonli organizmlar kategoriyasiga kiritadi. Aniqrog`i, A.Shleyxer tilning hayoti boshqa barcha jonli organizmlar – o`simliklar, hayvonlar hayotidan jiddiy farq qilmaydi. Tillar ham ular kabi o`sib rivojlanadigan yetuk davrga, so`ngra esa o`sishning eng yuqori darajasiga yetgan nuqtasidan borgan sari uzoqlashib, qariydigan davriga ega bo`ladi, deydi.
10. “Yosh grammatikachilar” maktabining yorqin vakillari kimlar?
“Yosh grammatikachilar” vakillari sifatida German Paul, Karl Brugman, German Ostgof, Bertold Delbryuklarni ko`rsatish mumkin
11. Rus tilshunosligida qanday maktablar yuzaga keldi?
XIX asr oxirlarida Rossiyada alohida lingvistik maktablar maydonga keldi. Bulardan biri Moskva lingvistik maktabi deb nomlanadi. Unga akademik Filipp Fedorovich Fortunatov (1848-1914) rahbarlik qildi
12. Psixologizm yo`nalishi qachon paydo bo`ldi?
Falsafiy tilshunoslikning asoschisi bo`lgan Vilgelm fon Gumboldt tomonidan tilning alohida shaxslarning ruhiy hayoti va tafakkuriga munosabati jihatidan o`rganilishi Geyman Shteyntal, Aleksandr Afanasyevich Potebnya, Ivan Aleksandrovich Boduen de Kurtene kabi tilshunoslarning ta`limotlarida – umuman tilshunoslikdagi psixologik yo`nalishda davom ettiriladi.
13. A.A. Potebnyaning lingvistik qarashlarini qanday izohlaysiz?
A.Potebnya til o`zining obyektiv qonunlariga egaligini ta`kidlab, til hodisalarini til sistemasining o`zi orqali, o`zi bilan bog`lab tushuntirishga harakat qildi. Aniqrog`i, A.Potebnya ta`limotidagi bosh g`oya til faktlarini, hodisalarini sistemada va tarixiy jarayonda o`rganish bo`ldi. U til hodisalarining izohini, sababini psixologiyadan emas, balki tilning o`zidan qidirdi. Chunki A.Potebnya uchun til doimiy faoliyatdir. Demak, til doimiy faoliyat, jarayon ekan, unda lisoniy hodisalarning, yangiliklarning, o`zgarishlarning to`xtovsiz ravishda bo`lib turishi tabiiy, mantiqiy bir holdir. Chunki til egasi bo`lgan jamiyat doimo taraqqiyotda, rivojlanishda, “o`sishda”dir.
14. A. Shleyxerning qaysi lingvistik g`oyalari tanqidga uchradi?
O`z davrida qator tilshunos olimlar: Madvig (1842), Maks Myuller (1861), Potebnya (1862), Boduen de Kurtene (1871) tilni jonli organizm deb atalishiga, tilni biologik ma`nodagi organizm bilan tenglashtirilishiga qat`iy qarshi chiqadilar va shunday fikrlarni qat`iy tanqid ostiga oladilar.
15. “Yosh grammatikachilar” yo`nalishining bunday nomlanishiga nima sabab bo`ldi?
Do'stlaringiz bilan baham: |