Oʻrta asrlar V asrdan XVasrgacha boʻlgan davrni oʻz ichiga oladi. Milodiy 476-yilda gʻarbiy rim imperiyasi qulagandan soʻng oʻrta asrlar boshlangan. Oʻrta asrlar 2davrga boʻlinadi:ilk oʻrta asrlar va rivojlangan oʻrta asrlarga boʻlinadi. Ilk oʻrta asrlar davri V-XI asrlarni oʻz ichiga oladi. Rivojlangan oʻrta asrlar esa XI-XV asrlarni oʻz ichiga oladi.
Lotin tili — hind-yevropa tillari oilasining italiy tillari guruhiga mansub; Italiyaning oʻrta qismidagi Latsiy viloyatida miloddan avvalgi 8-asrda yashagan lotin qabilasining tili. Lotin tilining asta-sekin Rim hududidan tashqariga tarqalishi va qadimgi Italiyaning boshqa tillarini siqib chiqarishi miloddan avvalgi 4—3-asrlarga toʻgʻri keladi.