Uchinchidan
, SSSR 1939 yildagi avgust shartnomasini tuzish orqali vaqtdan yutdi.
SSSRni 1939 yildayoq Germaniya bilan urushga tortishga qaratilgan imperialistik davlatlarning,
birinchi navbatda Germaiyaning ittifoqchisi bo`lgan Yaponiyaning rejalarini buzib yubordi.
Ana shu nuqtai-nazardan qaraganda SSSRning Prezidenti M.S.Garbachyov aytganideq
«...23 avgustdagi hujum qilmaslik to`g`risidagi SSSR-Germaniya bitimi agar realistik
pozitsiyalarda qat`iy turilsa, shak-shubhasiz edi». Ammo 1939 yil 29 sentyabrda SSSR bilan
Germaniya o`rtasida do`stlik va chegara to`g`risidagi shartnomaning imzolanishi mutlaqo
mantiqsiz va tushunarsiz bo`lib, SSSRning jahon hukmronligini da`vo qiluvchi maqsadlarini
yanada ochiqroq oshkor qilib qo`ygan edi. Shu boisdan ham bu shartnoma kommunistik harakat
birligini buzdi va Kominternning halokatiga sabab bo`ldi. Balkim navbatdagi shartnoma ham
strategik maqsad yo`lida o`ziga xos taktik uslub rolini o`ynashi kerak bo`lgandir, nima bo`lganda
ham Gitler bosh bo`lgan Germaniyaning fashistik davlat mashinasi bu taktik uslubga endi e`tibor
qilmadi, nazarga ham ilmadi. SSSRga qarshi urush harakatlarini boshlab yubordi. Urushning
dastlab uch haftasi davomida nemis-fashist qo`shinlari, Shimoliy-G`arbiy yo`nalishda-400 km
dan 450 km gacha, g`arbiy yo`nalishda 450 km dan 600 km gacha, janubiy-g`arbiy yo`nalishda
300-350 km mamlakat ichkarisiga kirib bordi. Gitlerchilar Latviyani, Litvani, Belorussiyaning
bir qismini va Ukrainaning o`ng sohil qismini bosib olib, RSFSRning g`arbiy oblastlari
chegaralariga yaqinlashib qolgan edilar. Leningrad, Smolensq Kievga xavf sola boshladilar.
Sovet mamlakati uzra ajal xavfi paydo bo`ldi. Kommunistik firqa bu urushni Ulug` Vatan urushi
deb e`lon qildi. Bu firqaning dohiysi I.Stalin Oliy Bosh Qo`mondon lavozimi bilan bir qatorda
SSSR Mudofa Xalq Komissari, firqa Markaziy Qo`mitasining bosh kotibi, Xalq Komissarlari
Sovetining raisi, Davlat Mudofaa Qo`mitasining raisi lavozimlarini o`zida markazlashtirib oldi.
Hamma kuch-vositalar mamlakat mudofaasiga safarbar qilindi. Bu boshlangan urushda
O`zbekiston nega qatnashdi? Boshlangan urush o`zbek xalqi uchun ham Ulug` Vatan urushi
edimi? Yo`q! Boshlangan urush o`zbek uchun Ulug` Vatan urushi emas edi. Bu davrda tom
ma`noda bizning Vatanimiz yo`q edi, uni Rusiya bosqinchilari bosib olgan edilar biz
mustamlaka, qullik asoratida edik. Bu urushda o`zbek xalqi mustamlaka qulligida bo`lganligidan
qatnashishga majbur edi, qatnashmasligi mumkin emas edi. Urushdan bosh tortgan har qanday
kimsa sotqin, qochqin sifatida otib tashlanar edi.
Butun mamlakatda bo`lgani singari O`zbekistonda ham yalpi safarbarlik e`lon qilindi.
Toshkent, Andijon, Samarqand, Farg`ona, Buxoro, Qarshi, Qo`qon va boshqa shahar va
qishloqlarda Kompartiya va Sovetlar rahbariyati tomonidan mitinglar va safarbarlik majlislari
bo`lib o`tkazildi. Ularda qabul qilingan qarorlarning mazmuni asosan bitta narsaga qaratilgan
edi, u ham bo`lsa dushmanga qarshi shafqatsiz kurashish edi. Xorazm viloyati bo`yicha 1156
kishi, Samarqand viloyati bo`yicha 1941 yil 8 iyulga qadar-1316, 4 avgustga qadar, 2933,
Toshkent viloyati bo`yicha 1941 yil 26 iyun kuni 932 kishi, Farg`ona viloyati bo`yicha 1735,
Andijon viloyati bo`yicha 798, Namangan viloyati bo`yicha 267 kishi frontga yuborildi.
O`zbek xalqi o`z farzandlariga ko`zda yosh, qalbda armon va dard bilan nasihat qilib faqat
g`alaba bilan qayt, qahramon bo`lib qayt, avlod-ajdodlarining jasoratlariga munosib bo`l, deb
frontga jo`natar edi. Sodda dil, qalbi ochiq, dili poq o`zi pok xalqimiz Kompartiya va
Sovetlarning yolg`on tashviqoti targ`ibotlariga ko`r-ko`rona ishongan edi. Lenin-Stalinni
«Xalqlar dohiysi» deb bilardi, uning so`qir ko`zlari 30-yillardagi qatag`onlik qurbonlarini
ko`pchilik sodda xalqimiz «xalq dushmanlari» deb ishonar edi.
Mehnatga yaroqli erkaklarning armiyaga safarbar qilinganligi tufayli ishlab chchiqarish
tarmoqlarida ishchilar va injener texnik kadrlar tanqisligi paydo bo`ldi. Shul bois kadrlar
tayyorlash muammosi avvalo fabrika-zavod ta`limi maktablarida, hunar-bilim yurtlari, qiqa
muddatli turli kurslarda, oliy va o`rta maxsus o`quv yurtlarida hal qilindi.So`ngra respublikada
yakka tartibda va brigada tariqasida hunar o`rganish va ikkinchi ixtisoslikni egallash yo`lga
qo`yildi.
O`zbekiston mehnatkashlari, avvalo xotin-qizlar mamlakat boshiga tushgan kulfat-fojeani
o`z kulfatlari va fojealari deb bildilar.
1941 yil iyul oyining o`zida Ursatevsk stantsiyasida 300 dan ortiq, Smarqandda 250 dan
ko`proq, «Tashselmash» zavodida 220, Andijon parovoz deposida 120 dan ortiq xotin-qizlar
frontga ketgan o`z otalari, aklari va yerlarining o`rniga ishga kirib mardonavor mehnat qildilar.
Bunday «Vatanparvarlik» harakati butun O`zbekistonda, shu jumladan qishloqlarimizda ham
keng quloch yoydi. O`zbek xalqi Ukraina, Belorussiya, Boltqbo`yi va Rusiya Federatsiyasi
yerlariga qilingan hujumni jonajon o`z yurti- O`zbekistonga qilingan hujum hisoblab har jabhada
qahramonlik mo`jizalarini ko`rsatdilar.
VKP(b) Markaziy Qo`mitasi va Davlat mudofaa Qo`mitasining topshirig`iga binoan SSSR
Gosplani 1941 yilning IV kvartali va 1942 yil uchun harbiy xo`jalik rejasini ishlab chiqdi va uni
1941 yil 16 avgustda Siyosiy byuroda tasdiqladi. Ana shu rejaga asosan mamlakatning G`arbiy
mintaqalaridagi sanoat korxonalarini O`rta Osiyo, Ural va Sibir hududlariga ko`chirib
joylashtirishga qaror qilindi. Qisqa muddat davomida 1941 yilning iyul-noyabr oylarida Ukraina,
Belorussiya, Moskva va Leningraddan 1563 sanoat korxonasi (shundan 1360 tasi harbiy
sanoatga oid) Ittifoqning sharqiy mintaqalariga, bulardan 250 dan ortig`i O`rta Osiyo
respublikalarida joylashtirildi. Sovetlar hukumati bu sanoat korxonalarini urush tufayli
chorasizlikdan, noilojlikdan turkiy respublikalar hududlarida joylashtirishga majbur bo`lgan edi.
Holbuki urushga qadar O`rta Osiyo hududida sovetlar birorta og`ir sanoat mahsuloti korxonasini
qurib ishga tushirmagan edi. O`rta osiyoda joylashtirilgan 250 dan ortiq sanoat korxonasining
100 dan ortig`i O`zbekiston hissasiga to`g`ri keldi. V.P.Chkalov nomidagi Moskva aviatsiya
ishlab chiqarish birlashmasi, Sumsk ximiya (hozirgi Chirchiqximmash), Elektrokabel «Krasno`y
dvigatel», «Rostselmash», «Krasno`y Aksay», Sumsk kompressor va Dnepropetrovsk Karborund
zavodlari, Moskva, «Podemnik» va «Elektrostanok» zavodlari, Stalingrad Kimyo kombinati va
boshqalar shular jumlasidandir. O`zbekistonga bunday yirik sanoat korxonalarining ko`chirib
keltirilishi respublikamizni SSSRning Sovet Armiyasining qudratli harbiy mudofaa arsenaliga
aylantiribgina qolmay, mamlakat iqtisodiy potentsialini yoppasiga kuchaytirishga, sanoat
mahsulotlarining o`sishiga ham olib keldi. Yirik sanoat korxonalari bilan bir qatorda
O`zbekistonga Ittifoqning G`arbiy huddudlaridan fan, maorif va madaniyat muassasalari, ming-
minglab boshpanasiz qolgan oilalar, ota-onasiz yetim qolgan yosh go`dak bolalar ham
evakuatsiya qilindi. O`rta Osiyoga jami bo`lib, 3 million kishi ko`chirildi. Shundan 2 million 300
minggi Qozog`istonga, 716 ming kishi O`zbekistonda joylashtirildi. Bu ish 1941 yil 3 dekabrda
O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti evakuatsiya qilingan sovet fuqarolarini qabul
qilish va joylashtirish bo`yicha qabul qilgan maxsus qarori asosida amalga oshirildi. Qarorda ota-
onasiz qolgan bolalarga g`amxo`rlik qilishga alohida e`tibor berilib, Toshkent shahrida maxsus
qabul shaxobchasi tashkil qilindi. O`zbekistonga ko`chirib keltirilgan aholini o`zbek xalqi
o`zining issiq bag`riga oldi, ularga mehr-oqibat ko`rsatdi, uy-joy bilan ta`minladi, oziq-ovqat
berdi. Ota-onasiz, yetim-esir qolgan bolalarning ko`pchiligi ham O`rta Osiyo respublikalariga,
xususan O`zbekiston yuborildi. Faqat 1941 yilning o`zida 200 ming bola bolalar uylariga
joylashtirildi. Minglab-minglab bolalarni o`zbek oilalari o`z issiq qalblariga oldilar. 1943 yilga
qadar 4672 yetim-esir o`zbek xalqining mehr qalbi haroratidan va adolatlik diyonatidan
bahramanda bo`ldilar
39
Darhaqiqat, shoir asarlarida respublikamiz bolajon yurt sifatida o`rin oldi. Uning
«Leningradning do`stlari», «Bolalar-bolajonlarimiz» kabi o`nga yaqin maqolalarida
xalqimizningana shu insonparvarlik tuyg`ulari ulug`lanadi. Toshkentlik mashhur oddiy temirchi
Shoahmad Shomahmudov va uning umr yo`ldoshi Bahri xolaning urush yillaridagi jasoratlarini
kim bilmaydi deysiz. Bahri opa va Shoahmad aka Ulug` Vatan urushi yillarida ota-onasiz qolgan
16
bolani
tarbiyalab
voyaga
yetkazdilar:
o`zbeq
rus,
tatar,
yahudiy,
chuvash,
moldavan...Ularning birortasini ham Bahri xola tuqqan bo`lmasada, barchasi uni o`z onasi,
o`zbek tilini esa ona tili deb hurmatlab o`sib voyaga yetdilar.
Respublikada umumxalq mudofaa fondi tashkil qilindi. Urushning birinchi kunlaridayoq
1941 yil 21 avgustgacha mudofaa fondiga hammasi bo`lib 5 million 293 ming so`m pul, zayom
obligatsiyalari va qimmatbaho buyumlarni topshirilgan bo`lsa, bir oydan so`ng mudofaa fondi 70
million so`mga ko`paydi. Bundan tashqari respublika mehnatkashlari mudofaa fondiga 2389
sentner don, 1808 sentner go`sht, 200 sentner jun, 1495 sentner pichan. 325 sentner quruq meva,
430 sentner sabzavot, qovun-tarvuz va shu kabilarni jo`natdilar.
Mudofaa fondlarini ko`paytirishda shanbaliklar va yakshanbaliklar ham katta rol o`ynadi.
Jumladan, 1941 yil 28 iyunda o`tkazilgan respublikadagi birinchi shanbalikda, 1,2 million kishi
qatnashdi va shanbalikdan tushgan 3 million so`m pul mudofaa fondiga o`tkazildi. Hammasi
bo`lib O`zbekiston mehnatkashlarining mudofaa fondiga qo`shgan hissasi 650 million so`m pul
va 56 kilogramm tilla va kumushni tashkil etadi. Bundan tashqari 4.266 milliard so`m miqdorida
davlat zayomi va pul-buyum lotareyasi to`plandi.
Xullas, O`zbekistonning zahmatkash mehnatkashlari o`z vijdon va da`vati bilan
respublikani fashizmga qarshi kurashda Ittifoqning bastionlaridan biriga aylantirdi. Bu hol esa
so`zsiz suratda SSSRning Germaniya ustidan g`alaba qozonishini ta`minlagan eng muhim
omillardan biri bo`ldi. Stalingrad yonida nemis-fashist qo`shinlarining qurshab olinishi va tor-
mor keltirilishi. Dushmanning shaharni egal-lash yo`lidagi eng qattiq urinishlarini sovet
jangchilari qahramonlik ko`rsatib barbod qilayotgan bir vaqtda, Sovet Oliy Bosh qo`mondonligi
Stalingrad, Janubi-G`arbiy va Don frontlari qo`mondonliklari bilan birgalikda dushmanning
Stalingrad rayonidagi butun gruppirovkasini qurshab olish va yo`q, qilishga qaratilgan juda katta
operatsiya tayyorlamoq-da edi. Haddan tashqari qiyin sharoitda shaharning shimol va janub
tomonlarida dushmandan yashirincha motorlashti-rilgan piyoda askarlar, tanklar, artilleriya,
aviatsiya va bashka xil qo`shin turlaridan iborat yirik kuchlar to`plandi1.
1942 yil 19 noyabrda Janubi-G`arbiy front (qo`mondoni — general N. F. Vatutin) va Don fronti
(qo`mondoni — general K. K. Rokossovskiy) qo`shinlari, 20 noyabrda esa — Stalingrad fronti
(qo`mondoni— general A. I. Yeryomenko) qo`-shinlari Stalingradning shimoli-g`arb va janub
tomonlarida keskin qarshi hujumga o`tdilar. Dushman mudofaasini qanot tomonlaridan yorib
o`tib, sovet qo`shinlari oldinga k.arab hamla` qildilar. Stalingrad frontining general V. T.
Volskiy qo`mondonligidagi 4- mexanizatsiyalashtirilgan korpusi janubi G`arbiy frontning
general A. G. Kravchenko qo`mondonligidagi 4 tank korpusi bilan 23 noyabrda aholi
yashaydigan Kalach va Sovetskiy punktlarn rayoilarida bir-lashdi va Stalingrad yonidagi nemis-
fashist qo`shinlarini qurshab olishni tugalladi.
Qurshab olingan diviziyalarniig tashqaridap yordam oli-shiga yo`l quymaslik uchun Janubi-
G`arbiy front bilan Voronej frontidagi sovet jangchilari- 16 dekabrda Donning o`rta Qrimi
39
Кaримoв Ш. Ғaлaбaгa қўшилгaн ҳиссa.-Т.: Ўзбекистoн, 1990, 20-бет.
rayonida Hujumga o`tdilar. Novaya Kalit-va — Monastirshina uchastkasida frontni yorib o`tib,
ular dushmanning 8- italyan, 3- rummn armiyalari va nemis divi-ziyalaridan iborat yirik
gruppirovkasini yakson qildilag)/ Ikki haftalik janglar davomida qo`shinlarimiz 150—200
kilometr oldinga jilib, aholi yashaydigan 1200 dan ortnq punktni ozod kildilar.
Nemis qo`mondonligi Kotelnikovo rayonidan Manshteyp qo`mondonligidagi yirik gruppirovkani
Stalingrad yonida qurshab olingan qo`shinlarini qutqarish uchun tashladi. Lekin shiddatli
janglarda bu gruppirovka tor mor keltirildi. Bu yerda general R. Ya. Malinovskiy
qo`mondonligidagi 2- gvardiyachi armiya jangda alohida mardlik ko`rsatdi.
Qurshab olingan dushman qo`shinlarining ahvoli juda tang edi. Bekorga qon to`kilmasligi uchun,
Sovet qo`mondonligi qurshab olingan qo`shinlarning ko`mondoni general-feldmarshal Paulyusga
1943 yil 8 yanvarda ultimatum topshirib, undan taslim bo`lishni talab qildi, bu ultimatumda
qarshilik ko`rsatishni to`xtatganlarning hayotini saqlab qolish, xavfsizligini va urush tamom
bo`lganidan keyin uyiga jo`na-tilishini ta`minlash va`da qilindi. Biroq nemislarning bosh
qo`mondonligi qurshovdagi qo`shinlarining qarshilik ko`r-satishini buyurdi. Paulyus taslim
bo`lishdan bosh tortdi.
1943 yil 10 yanvarda general K. K. Rokossovskiy va Qarorgoh vakili general N. N. Voronov
qo`mondonligidagi sovet kv-shinlari hurshab olingan dushman gruppirovkasini yakson qi-lish
operatsiyasini boshladilar va bu operatsiyami 1943 yil 2 fevralda butunlay tamomladilar.
Nemislarning tanlangan ikki armiyasi yo`q bo`ldi. Jang tamom bo`lgach, 143 mingta nemis
soldat va ofitssrlarining o`ligi ko`mildi, 91 ming soldat, 2,5 mingdap ko`proq ofitser, general-
feldmarshal Paulyus boshliq 24 ta general asir olindi. 750 samolyot, 1550 tanq 6700 to`p, 61
ming avtomashina va juda ko`p boshqa texnika o`lja olindi.
Volgadagi g`alaba Ulug` Vatan urushining va butun ikkinchi jahon urushining borishida keskin
o`zgarish yasadi. Sovet Armiyasi german armiyasi qo`lidan urush harakatlari tashabbu-sini tortib
oldi, uni keyingi operatsiyalarda mustahkamladi va Kursk jangydan so`ng to dushmanni
tamomila tor mor keltirguncha butunlay qo`lida saqlab keldi. Volga yonidagi jangda Sovet
Qurolli Kuchlari eng yaxshi nemis diviziyalarini qirib tashladi, gitlerchilar armiyasiga shunday
talafot yet-kazdiki, shundan keyin u o`zini aslo o`ngarib ololmadi. Bu g`alaba Yaponiya bilan
Turkiyaning agressiv ilanlarini barbod qildi, ular nemis qo`shinlari Stalingradni bosib olgan
taqdirda SSSR ga hujum qilishga tayyorlanayotgan edilar.
Xulosa
Xulosa qilib shuni aytish kerakki sovet ittifoqining 1939-1945 yillardagi iqtisodiyoti
urushga qaratilganligi va urushdagi asosiy qurol yarog`larning yaratilishi sovet ittifoqining
asosiy byujetini tashkil etgan sovet ittifoqining urush yillaridagi iqtisodiy o`zgarish jarayonlari
o`rganish taxlil etish bugungi kun tarixida muhim o`rin tutadi. Umuman olganda urush yillarida
birinchi jahon urushiga nisbatan sovet ittifoqining urushga ajratgan davlat byujeti yirik
ko`rsatkichni ko`rsatar edi birgin olib qaraydigon bo`lsak. Urush yillarida birinchi jahon
urushiga nisbatan qurol yarog` ishlab chiqarishda samaliyotda o`n to`rt barobar og`ir artilleriyada
sakkiz barobar, o`tiz barobar tanki ishlab chiqarilgan. Texnika soxasi va iqtisodiyoti ham ancha
mukammallashgan.
Sanoatda kapital qurilish ya`nada keng quloch yozdi. Urushning dastlabki ikki yilidagina
sanoatga sarflangan kapital mablag` butun birinchi besh yillik davomida sarflangan kapital
mablag`ning sakson uch prosentini tashkil qildi.
1938–1939 - yillarda eng yangi texnika bilan uskunalangan o`nlarcha ulkan korxoalar ishga
tushurilgan bo`lsa keyinchalik urush yillarida asosan sanoat korxolarni faoliyati qurol ishlab
chiqarish bo`lib qoldi. Bunday misollarni yaqin o`tmishimizda ikkinchi jahon urushidagi ishlab
chiqarilgan qurol yarog`ga mo`ljallangan sanoat korxonalarida ko`rishimiz mukin. Misol uchun
qurilgan Uralsk va Krumatorsk og`ir mashinasozlik zavodlari, Lugansk parovozlik zavodi,
Xarkov parma stanovkalari , zavodi, Chelyabinsk traktor zavodi, Stalinogorsk va Voskresensk
ximiya kombinatlari, Solikamsk kaliy kombinati, Xibinogororsk apatit kominati va shu kabi
sanoat korxonalari ishga tushurildi.
Dubrovno, uch svir, Klmerovo, vorojej va boshqa yangi elektr stansiyalari
foydalanishga topshirilgan. Bu urushga yaqin yillarda asosiy vazifa bajarilmagan qora
metallurgiya va ko`mir sanoatining qoloqligini bartaraf etishdan iborat edi. Og`ir sanoatining
bu tarmoqlarining orqada qolishi butun xalq xo`jaligining rivojlanishiga xalaqit berar edi.
Metalurgiyaning yangi korxonalari : Zoporoje Krivoy, Rog`, Lipesk kombinatlari: “Azovstal”
“Magnitogorsk Kuznesk zavodlari va boshqa zavodlarda yangi damnalar jadal suratlar bilan
qurildi.
1933-1937-yillarning o`zidagina 13 ta domna va 27- ta marten pechi, 15 ta prokat stani, shu
jumladan, Ijorsk zavodida qurilgan dastlabki qudratli sovet blyunminlari ishga tushurildi.
Butun mamlakatda bo`lgani singari O`zbekistonda ham yalpi safarbarlik e`lon qilindi. Toshkent,
Andijon, Samarqand, Farg`ona, Buxoro, Qarshi, Qo`qon va boshqa shahar va qishloqlarda
Kompartiya va Sovetlar rahbariyati tomonidan mitinglar va safarbarlik majlislari bo`lib
o`tkazildi. Ularda qabul qilingan qarorlarning mazmuni asosan bitta narsaga qaratilgan edi, u
ham bo`lsa dushmanga qarshi shafqatsiz kurashish edi..
O`zbek xalqi o`z farzandlariga ko`zda yosh, qalbda armon va dard bilan nasihat qilib faqat
g`alaba bilan qayt, qahramon bo`lib qayt, avlod-ajdodlarining jasoratlariga munosib bo`l, deb
frontga jo`natar edi. Sodda dil, qalbi ochiq, dili pok, o`zi pok xalqimiz Kompartiya va
Sovetlarning yolg`on tashviqoti targ`ibotlariga ko`r-ko`rona ishongan edi. Vaziyat nixoyatda
og`ir ahvolda bo`lgan urush jarayonida. Gap shundaki, urushga qadar sovet ittifoqida
chiqarilgan temirning oltmish sakkiz foiz po`latning ellik sakkiz foiz aluminiyning oltmish foiz
g`arbiy mintaqlaridan olinardi. Urushning dastlab uch haftasi davomida nemis-fashist qo`shinlari
katta hududlarni bosib oldi, Shimoliy-G`arbiy yo`nalishda-400 km dan 450 km gacha, g`arbiy
yo`nalishda 450 km dan 600 km gacha, janubiy-g`arbiy yo`nalishda 300-350 km mamlakat
ichkarisiga kirib bordi. Bu ko`rsatkichlarni keltirishimizni asosiy sabablari germaniya
iqtisodiyoti sovet ittifoqiga nisbatan bir qancha oldinga chiqib olgan edi.
Bunday xarakatlar sovet ittifoqida urush yillarida sezilarli darajada o`sganligini ushbu Bitiruv
malakaviy ishimni yozish orqali ko`plab ma`lumotlarga duj keldim. Va butun bir sovet
ittifoqining asosiy iqtisodiy ko`rsatkichlarni ham urushga qaratganligini ko`rishimiz mumkin
bo`ladi. Bu misollar orqali e`tiborimizni mamlakatimizga qaratadigon bo`lsak urush yillarida
O`zbekistonga ko`chirilib keltirgan sanoat korxonalari nihoyatda qisqa muddatda ishga
tushurildi. 1941 yil dekabrda evakuvasiya qilingan korxonalarning qariyb elliktasi, 1942 yil 1
yanvarda esa barchasi qayta qurilib to`la quvvat bilan mahsulot bera boshladi. Sovet ittifoqining
bir bo`lagi bo`lgan O`zbekistonda 280 ta yangi korxonalar barpo etildi. Ittifoqning sanoat
potensiali 1945 yilga kelib 1940 yildagiga nisbatan deyarli ikki barobar ko`paydi, nef qazib olish
va boshqa korxonalar ham o`sish jarayonlari kuzatildi.
Sovet ittifoqida harbiy maxsulotlar ishlab chiqaruvchi sanoatning o`sishi va rivojlanishi bilan
birga hom ashy ova yoqilg`i energetika bazasini kengaytirish vazifasi ham keskin bo`lib turdi.
1942-yil boshlarida 1 oqtepa va 3 oqqovoq GESlari, shuningdek Farxod ges umumxalq xashari
bilan bunyod etilishi respublikada front extiyojlari uchun ishlayotgan sanoat korxonalarini elektr
energiyasi bilan ta`minlashda muhim ro`l o`ynaydi. Yana xulosa o`rnida ikkinchi jahon urushi
haqida to`xtalib o`tishni joiz topib dunyoning asosiy davlatlarining o`z domiga tortgan ikkinchi
jahon urushida 40 davlatning hududida harbiy harakatlar olib borildi. Urushda behisob
qurbonlar berildi va juda katta vayrongarchilik yuz berdi. Urushda fashistik Germaniya, Italiya
va militaristic Yaponiya tor- mor etildi.
Uzoq va og`ir kurashda demokratik v antifashistik kuchlar g`alaba qozondi. Birlashgan Millatlar
Tashikiloti tuzildi va uning ustavi 1945-yilning 24-oktabridan kuchga kirdi. Mustamlakachi
imperiyalarni yemirilishi boshlandi. Biz bilgan AQSH esa dunyoning ikki o`ta rivojlangan
qudratli davlatidan biri bo`lib qoldi.
Sovet ittifoqi ham urushda ko`p talafotlar ko`rgan bo`lsada AQSH kabi dunyoning o`ta qudratli
davlatiga aylandi.
Ikkinchi jahon urushidan so`ng dunyo siyosatida jiddiy o`zgarishlar bo`ldi. Va bu
harakatlarda BMTning ro`li ancha ko`p edi. Umuman olib qaraydigon bo`lsak urushdan so`ng
barchamizga ma`lum bo`lgan davlatlarning ya`ni rivojlangan davlatlar o`rtasida qurollanish
poygasi avj oldirildi va 1945-yilda AQSH atom bombasini Yaponiyada sinab ko`rdi va bu
mudxish qurol vositasida dunyoga hukmronlik qilishni o`ylay boshlandi. Endilikda davlatlar bir
biridan kim o`zishga poygaga kirisha boshladi. Sovet ittifoqi ham 1949-yilda atom bombasini
yaratdi va uni sinovda o`tkazdi. Xulosa qilib shuni aytishim kerakki ushbu bitiruv malakaviy
ishimizda ikkinchi jahon urushi davrida SSSR ni iqtisodiyotidagi o`zgarishlar ko`rsatkichlarni
yoritib berishga harakat qildim.
Do'stlaringiz bilan baham: |