3.Sovet ittifoq tarkibidagi O`zbekiston sanoat soxalaridagi o`zgarish
9
История второй мировой войны (1939-1945) том 12: итоги и уроки второй мировой войны,
Москва,1982. 147cтр
Sovet ittifoqining Germaniya ustidan qozonilgan tarixiy g`alabasida O`zbekiston sanoati
va ishchilar sinfining munosib hissasi bor.
O`zbekiston ishchilar sinfi urush yillarida yuksak onglilik va uyushqoqlik namunalarini
ko`rsatib g`alaba uchun barcha zarur bo`lgan ishlarni qildi. Respublika iqtisodiyotini harbiy izga
solish, armiyani dushman ustidan g`alaba qozonishini ta`minlashga qodir bo`lgan qudratli harbiy
xo`jalikni barpo etish ana shu vazifalardan biri edi.
Vaziyat nihoyatda og`ir edi. Gap shundaki, urushga qadar Sovet Ittifoqida chiqarilgan
temirning 68 foizi, po`latning 58 foizi, alyuminiyning 60 foizi, g`arbiy mintaqalardan olinardi.
Mudofaa ahamiyatiga ega bo`lgan og`ir sanoat korxonalarining ham katta qismi g`arbiy
hududlarda joylashgan edi. Endilikda bu huhdudlarni qisqa muddatda fashistlar Germaniyasi
egallab oldi. Vazifa tez fursatlarda ana shu katta yo`qotishning o`rnini qoplashdan va dushman
ustidan g`alabani ta`minlaydigan sanoat ishlab chiqarishini yo`lga qo`yishdan iborat edi. Bu
borada O`zbekiston Respublikasining o`rin va salmog`i albatta katta edi.
O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo`mitasi byurosining 1941 yil 25 avgustda qabul
qilgan maxsus qarori asosida sanoat korxonalari ishiga rahbarlik qilish uchun jum huriyat
hukumat komissiyasi tuzildi. Bu komissiya jumhuriyat sanoatini harbiy izga solish masalalari
bilan shug`ullandi. Natijada urushga qadar tinch ishlayotgan sanoat korxonalari qisqa muddat
ichida harbiy texnika, qurol-yarog` ishlab chiqaradigan korxonalarga aylantirildilar.
O`zbekistonda 1941 yilning oxirlariga kelib 300 zavod va fabrika Qizil Armiya uchun qurol-
yarog` va o`qdori ishlab chiqara boshladi. Birinchi navbatda turgan masala mudofaa sanoati
korxonalarini zarur bo`lgan yoqilg`i, elektor quvvati va metal bilan ta`minlashdan iborat bo`ldi.
10
O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo`mitasining 1941 yil 5-7 dekabrda bo`lib o`tgan V
Plenumi respublika sanoatini harbiy izga solish sohasidagi ishlarga yakun yasadi, O`zbekistonga
evakuatsiya qilingan sanoat korxonalarini tezlik bilan ishga tushirish, mamlakatga, front uchun
kerak bo`lgan mahsulotlarni o`z vaqtida yetkazib berish bilan bog`liq masalalr muhokama qilindi
va uni amalga oshirish bo`yicha tadbirlar ishlab chiqildi.
Elektr energiyasi, yoqilg`i va hom-ashyo bazalarini rivojlantirish masalalariga ham katta
e`tibor berildi. 1942 yil noyabrgacha Chirchiq, Toshkent energetika sistemalarining qishki
quvvatini 160-170 ming kilovatga yetkazish, 4-5 oy ichida Toshkent yonida 60-70 ming kilovat
elektr energiya bera oladigan issiqlik elektrostantsiya qurish, bu stantsiyalarni mahalliy ko`mir
asosida ishlatish tadbirlari ilgari surildi. Respublikada metal ko`mir va neft qazib chiqarishni
ko`paytirish tadbirlari belgilandi. Bu ehtiyojlar uchun bir milliard so`m mablag` ajratildi. Ushbu
dasturni amaliy bajarishga doir bir qancha tadbirlar belgilandi va Solar, 1-Quyi Bo`z suv
(birinchi navbatini), 2-Oqqavoq (ikkinchi navbatin), va Farxod gidroelektrostantsiyalarin qurish
yuzasidan amaliy choralar ko`rildi.
O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komitetining VIII Plenumi Farxodstroy qurilishining
1943 yilgi kuzgi plan topshiriqlarini bajarishga yordam ko`rsatish tadbirlari to`g`risidagi
masalani muhokama qilib, qurilish sur`atlarini oshirish masalasini qo`ydi, barcha partiya
tashkilotlariga gidroelektrostantsiya qurilishiga har tomonlama yordam berish, uni ishchi
kuchlari va zarur materiallar bilan ta`minlashni topshirdi.
11
Farxod GES qurilishiga respublikaning o`zida 8 ming kubometrdan ko`prik yog`och va
boshqa binokorlik materiallari, 800 tonna metall, 110 mingdan ortiq har xil asbob-uskuna.
Transport vositalari topilib ishga solindi. Bundan tashqari respublikamiz mehnatkashlari bu
umumxalq qurilishiga 300 vagondan ko`proq har xil qurilish materiallari yubordilar.
10
История второй мировой войны. (1939-1945) том 12: итоги и уроки второй мировой войны, Москва, 1982.
147cтр
11
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 4-жилд. -Т.: 2002, 110-бет
Ko`rilgan tadbirlar, Farxod GES ishchilarining qahramonona shijoati va mehnati tufayli
Sirdaryoni jilovlash juda qisqa muddatda 10 oyda amalga oshirildi, holbuki odatda bunday ishlar
2-3 yilga cho`zilardi. Farxod GESning ikki agregati (birinchi navbat) 1946 yilning fevral oyida
ekspluatatsiyaga topshirildi. SSSRning Oliy Soveti Prezidiumining farmoni bilan Farxod GES
qurilishida jonbozdik ko`rsatganligi va qahramonona mehnati uchun 500 kishi Sovet Ittifoqining
orden va medallari bilan mukofotlandi.
Urush yillari Tovoqsoy, Oqtepa, Oqqovoq, Qibray, Solar, Qutbozsuv va boshqa
gidroelektrostantsiyalar qurilib ishga tushirildi, natijada O`zbekistonda elektr energiya hosil
qilish 1940 yildagi 482 mln.kv soatdan 1945 yilda 1.187 mln. va soatgacha ko`paydi.
Urush yillarida O`zbekiston yoqilg`i sanoatini rivojlantirish masalalariga ham katta e`tibor
berildi. Ko`mir sanoatini rivojlantirishga 639 million 980 ming so`m kapital mablag` solindi.
Natijada jumhuriyatda ko`mir qazib chiqarish 1945 yilda 103 ming tonnaga yetdi yoki u 1940
yildagiga nisbatan 30 martadan ko`proq o`sdi, demakdir.
12
Urush yillarida O`zbekistonning neft sanoati ham ulkan odimlar tashladi. SSSR Xalq
Komissarlari Sovet 1941 yil 4 apreldagi «O`rta Osiyoda neft sanoatini rivojlantirish to`g`risida»
maxsus qaror qabul qilindi. Ana shu qaror asosida O`zbekistonda yangi neft konlari ochildi.
1940 yildagiga qarganda respublikada neft qazib chiqarish 1945 yilda 4 marta ko`paydi va u
yiliga 478 ming tonnani tashkil etdi. Elektroenergetika va yoqilg`i sanoatining yuksak
bazalarining vujudga keltirilishi O`zbekistonda metallurgiya va mashinasozlik sanoatlarini ham
rivojlanishi uchun baza bo`lib xizmat qildi.
1941-1942 yillarda respublikaga evakuatsiya qilingan korxonalar bazasida 16 ta yirik
mashinasozlik zavodlari tashkil etildi.
Mashinasozlik va metalni qayta ishlash sanoat tarmoqlarining yuqori sur`atlar bilan
rivojlanishi metallurgiya ishlab chiqarish bazasini barpo etishni talab qilayotgan edi. O`zbekiston
SSR Xalq Komissarlari Sovet 1942 yil 17 iyunda Bekobod shahrida metallurgiya zavodi
qurishto`g`risida qaror qabul qildi. Zavod qurilishi bilan bog`liq bo`lgan masalalar bo`yicha
O`zbekiston Kompartiyasi Markaziy Komiteti Byurosida 20-qaror qabul qilindi.
1944 yil 5 mart kuni O`zbekiston tarixida birinchi marta O`zbekistonning birinchi
metallurgiya zavodi ishga tushdi va u faoliyatdagi korxonalar qatoriga qo`shildi. Urush yillarida
respublikamizda rangli metallurgiya sanoati 6 marta o`sdi.
O`zbekiston mehnatkashlari urush yillarida ximiya sanoati. qurilish materiallari sanoati,
to`qimachiliq poyabzal, yengil va oziq-ovqat sanoati, mahalliy va kooperativ sanoati va transport
tarmoqlarini rivojlantirish sohasida ham bir qator tadbirlarni amalga oshirdilar.
1945 yilda 1940 yilga nisbatan O`zbekiston SSR sanoati mahsulotining umumiy hajmi 7
baravar, shu jumladan. Og`ir sanoat ishlab chiqarish 4 baravar, mashinasozlik sanoati 13.4
baravar oshdi.
Urush yillarida O`zbekiston xaritasida yangi sanoat markazlari: Chirchiq, Ohangaron,
Bekobod, Yangiyo`l va boshqa sanoat shaharlari vujudga keldi. Toshkent shahri yirik sanoat
markazlaridan biriga aylandi. Xullas, O`zbekiston sanoati urush yillarida frontga 2090 samolyot,
17342 aviamotor, 2318.000 aviabomba, millionlab minalar. Snaryadlar, granatalar va boshqa
shuning singari qurol-aslaha va o`q dorilar yetkazib berdi. Yengil sanoat korxonalari va
kooperatsiyasi artellari umumiy qiymati 443.3 million so`mlik
13
mahsulotlarni front ehtiyojlari
12
Экoнoмическaя истoрия Сoветскoгo Узбекистaнa.-Т.: Фaн.1966,стр. 166-167.
13
Oчeрки истoрии Кoммунистичeскoй пaртии Узбeкистaнa.-Т.: Узбeкистaн, 1974,стр.445.
uchun ishlab chiqardi. Bu fashistlar Germaniyasini tor-mor keltirishda O`zbekistonning qo`shgan
katta va munosib hissasidir.
1941-1945 yillardagi urushda qozonilgan tarixiy g`alabada O`zbekiston qishloq xo`jaligi
mehnatkashlarining ham salmoqli hissalari bor. Dushman Boltiqbo`yi, Ukraina va Belorussiya
chegaralaridan tortib toki Moskva–Leningrad shaharlarigacha bo`lgan katta hududni bosib
olgandi. Bu hol sanoatni hom ashyo bilan, aholini xususan jangchilarni kiyim-kechak. oziq-ovqat
mahsulotlari bilan ta`minlashda juda katta qiyinchiliklar tug`dirdi. O`zbekiston qishloq
mehnatkashlari vujudga kelgan bu qiynchiliklarni ongli suratda to`g`ri tushundilar va dushman
vaqtincha okkupatsiya qilib olgan hududlar hissasini ham qoplaydigan hom ashyo, oziq-ovqat
mahsulotlari yetkazib berish uchun o`zlarining butun mehnat faoliyatlarini, harbiy ishga solib
qayta qurdilar.
Germaniya va Yaponiya agressiyasining kuchayishi, imperialistik davlatlar boshlab
yuborgan yangi jahon urushi xavfi afkor ommani va Angliya, Fransiya hamda boshqa
davlatlardagi keng xalq ommasini tashvishga solib qo`ydi. Ular o`z hukumatlaridan SSSR ning
Yevropada kollektiv xavfsizlik fronti tuzish, fashistlar agressiyasiga qarshi kollektiv bo`lib zarba
berish ishini uyushtirish haqidagi taklifini qo`llab-quvvatlashni tobora qattiq talab qila
boshladilar. Xalq ommasining tazyiqi ostida Angliya va Fransiya hukumatlari agressiyaga qarshi
birgalashib kurashish masalasi yuzasidad 1939 yilning bahorida SSSR hukumati bilan muzokara
olib borishga kirishdi. Muzokoralar 4 oy chamasi davom etdi va natijasiz tugadi.
Sovet hukumati fashistlar agressiyasiga qarshi barcha uchuk barobar asosda o`zaro yordam
haqida samarali va amaliy natija beradigan bitim tuzishga bor kuchini sarf qildi. U urush bo`lib
qolgan taqdirda kuchli armiya qo`yishga, Polsha , Fransiya, Angliyaga fashistlar Germaniyasi
hujum qilgan taq-dirda Yevropaga qo`shin yuborishga tayyor ekanligini aytdi. Lekin Angliya o`z
ustiga bunday majburiyatlar olishni istama-di. Bu masalada Angliya va Fransiya hukumatlari
tomonidan qo`llab-quvvatlanayotgan Polsha, agar sovet qo`shinlariga Angliya va Fransiyaga
yordam berish uchun yo`lga tushish zarur bo`lib qolsa, sovet qo`shinlarini o`z territoriyasidan
o`tkazmasligini aytdi. Ana shularning hammasi bir tomondan, SSSR bilan, ikkinchi tomondan,
Angliya va Fransiya o`rtasidagi muzokaralarning muvaffaqiyatsiz tugashiga olib keldi.
14
Ayni bir vaqtda Angliya hukumati SSSR dan yashirincha Germaniya bilan eng muhim
siyosiy, harbiy va iqtisodiy masalalar yuzasidan keng bitim tuzish haqida maxfiy muzokaralar
olib bormoqda edi. Angliya va Germaniya o`rtasidagi bu bitim Germaniyaning SSSRga hujum
qilishini tezlashtirishi va osonlashtirishi kerak edi.
Ro`y bergan xalqaro vaziyatni e`tiborga olib, Sovet hukumati o`zini mudofaa kiqish va
imperialistlarning SSSR xalqaro miqyosda yakkalanib qolgan bir sharoitda Sovet Ittifoqini
Germaniya bilan to`qnashtirish yo`lidagi urinishlari puchga chiqarish maqsadida, Germaniyaning
hujum qilmaslik to`g`risida shartnoma tuzit haqidagi taklifini qabul etishga qaror qildi.
Shartnomaga 1939 yil 23 avgustda imzo chekildi. Bu bilan Sovet Ittifoqi bir yarim yil tinch
yashash va avj olib borayotgan ikkinchi jahon urushi sharoitida o`z mudofaa qobiliyatini
mustahkamlab flish imkoniga ega bo`ldi. SSSR xavfsizligining mustahkamlanishi. Yangi sovet
respublikalarining tashkil topishi.
1939 yil 1 sentyabrda fashistlar Germaniyasi Polshaga xiyonatkorona hujum qildi, Hujum
qilmaslik haqida Polsha bilan bitim tuzgan Angliya va Fransiya Germaniyaga urush e`lon
qildilar. Biroq ular Polsha ga amaliy yordam ko`rsatmadilar, natijada Polsha Germaniya
tomonidan 18 kun ichida bosib olindi. Polsha ning xalqa qarshi bo`lgan hukumati o`zining ichki
va tashqi siyosati bilan o`z mamlakatining jangovarlik qobiliyatiga putur yetkazdi va uni Sovet
14
Нуридинов З.Р Ғарб мамлакатларининг энг янги тарихи. Т:.-1976 йил 9 бет
Ittifotsidan birdanbir haqiqiy yordam qilish imkoniyatidan mahrum qildi. Polsha hukumati
mamlakatni o`z holiga tashlab, qochib ketdi. Fashist qo`shinlar tomonidan bosib olingan Polsha
SSSR ga qarshi har qanday avantyuralar olib borish maydoniga aylanib qolishi mumkin edi.
Ikkinchi tomondan, G`arbiy Ukraina va G`arbiy Belorussiya aholisi — ukraiylar va beloruslar
fashistlar tomonidan qullikka solitish va qirib tashlanish xavfi ostida qolgan edi. Ikkinchi jahon
urushi eng yangi tarixda butun bir pallani tashkil etdi.urush yillarda umumiy iqtisodiy va siyosiy
faktorlar quroli kurashi va uning formalarini, harbiy harakatlari bosqichini, urushuvchi
mamlakatlarning harbiy ekanomiyasi va halqaro axvolini belgiladi.
15
1939 yil 17 sentyabrda sovet qo`shinlari G`arbiy Ukraina va G`arbiy Belorussiya
territoriyasiga kirdilar. Mahalliy ukrain va belorus aholi Qizil Armiyani — Polsha
pomeshchiklari va kapitalistlari zulmidan, nemis-fashist bosqinchilar tomonidan qullikka
solinish xavfidan qutqaruvchi Xaloskor armiyani shod hurramlik bilan kutib oldi.
16
G`arbiy
Ukraina va G`arbiy Belorussiyaking ozodlikka chiqarilgan xalqlari o`zlarining bundan
buyoqdagi taqdirlarini o`zlari belgilash imkoniyatiga ega bo`ldilar. Umumiy, teng va to`g`ri
saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish bilan G`arbiy Ukraina va G`arbiy Belorussiyaning
Xalq majlislari saylandi. Xalq xohishiga amal qilib, Xalq majlislari o`z territoriyalarida Sovet
hokimiyati o`rnatilishini e`lon qildi, shuningdek pomeshchiklarning yerlarini musodara qilish,
bank va yirik sanoatni natsionalizatsiya etish to`grisida qaror qabul qildilar.
Xalq majlislari 1939 yil oktyabrda G`arbiy Ukraina bilan G`arbiy Belorussiya SSSR
sostaviga qabul qilishni va G`arbiy Ukrainani USSR sostaviga va G`arbiy Belorussiyani SSR
sostaviga kiritishni so`rab, SSSR Oliy Sovetiga murojaat qildi. SSSR Oliy Sovetining 5-sessiyasi
G`arbiy Ukraina (1939 yil 1 noyabr) va G`arbiy Belorussiya (1939 yil 2 noyabr) Xalq
majlislarining iltimosini qondirdi.
Bu bilan 1920 yilda yuz bergan tarixiy adolatsizlik tugatildi. 1920 yilda burjua
pomeshchiklar Polshasi Ukraina va Belorussiyaning g`arbiy oblastlarini tortib olgan edi. Bu
oblastlar endi yana birlashdi.
SSSR ning g`arbiy va shimoli-g`arbiy chegaralarining Baltika, dengizi tomonidagi
ostonalarining xavfsizligi to`g`risidagi masala ustida Sovet hukumati ko`p o`ylardi. Baltika bo`yi
davlatlari bo`lgan Litva, Latviya, Estoniya va Finlyandiyaning o`z territoriyalari xavfsizligini
o`zlari ta`min qilishga qodir emasligi, binobarin, o`zlaridan SSSR ga hujum qilish uchun
foydalanishda agressorga qarshilik ko`rsata olmasliklarini Sovet hukumati e`tiborga olar edi.
Buning ustiga mazkur Baltika bo`yi davlatlari tepasida turgan fashist namo hukumatlar
ochiqdan-ochiq Sovetlarga qarshi siyosat yurgizmoqda va gitlerchilar Germaniyasining yo`l-
yo`rig`iga qarab ish tutmoqda edi. Baltika bo`yi davlatlarida
Gitler tarafdori bo`lgan elementlarning pozitsiyalari tobora mustahkamlanib bormoqda edi. 1939
yil avgustda Estoniya va Latviya hukumatlari Germaniya bilan bir tomonlama garantiyalar
haqida yashirin bitimlar tuzishdi, Litva huyumati esa Germaniya bilan yashirin shartnoma
tuzishga, ya`ni Litvani german reyxi protektoratiga aylantiruvchi shartnoma tuzishga rozilik
berdi. Germaniyaning Finlyandiyaga ta`siri kuchli edi.
Baltika bo`yi rayonidagi o`z chegaralarining xavfsizligini ta`minlash, shuningdek Baltika bo`yi
respublikalarining xavfsizligini himoya qilishni o`z ustiga olish uchun Sovet hukumati bu
mamlakatlarga Sovet Ittifoqiga harbiy-dengiz bazalari va aerodromlar tashkil qilish, bu bazalarni
qo`riqlash uchun sovet qo`shinlarini kiritish huquqi berilishini nazarda tutuvchi o`zaro yordam
bitimi tuzishni taklif qildi. Bu takliflar Estoniya, Latviya va Litva xalq ommasi tomonidan
15
Нуридинов З.Р .Гарб мамлакатларининг энг янги тарихи.Тошкент,1976 йил. 9 бет.
16
История второй мировой войны. (1939-1945) том 12: итоги и уроки второй мировой войны, Москва, 1982.
147cтр
qizg`in ravishda qo`llab-quvvatlandi. Bu ommaning siquvi ostida bu davlatlarning hukumatlari
Sovet Ittifoqi taklifini qabul qildi. 1939 yil sentyabr oktyabr oylarida tegishli shartnomalar
tuzildi. SSSR bilan Litva o`rtasidagi do`stlikni mustahkamlash maqsadida Sovet hukumati
Litvaning 1920 yilda Polsha tomonidan bosib olingan va 1939 yil sentyabrda Qizil Armiya
tomonidan ozod qilingan qadimiy poytaxti Vilno shahrini va Vilno oblastini Litvaga berdi.
Shuday qilib 1939 yil 1-3 sentabrda urush haqiqiy jahon urushi harakterini oldi.
17
Lekin Finlyandiya hukumati Sovet hukumatinipg o`zaro yordam haqida bitim tuzish to`grisidagi
taklifini rad etdi. Finlyandiya hukumati gitlerchilar Germannyasi bilan ittifoq tuzishga intilib,
Finlyandiyani tobora Germaniyaning SSSR ga hujum qilishi uchun bahonasiga aylantira
boshladi. Finlyandiya hukumati SSSR ning taklifini — Leningraddagi 32 kilometr naridan
o`tadigan chegarani, ya`ni Kareliya bo`yinidagi chegarani Leningraddai yiroqlatish, bu
territoriyadagi ikki hissa ko`p territoriyani Finlyandiyaga Sovet Kareliyasidan berish
to`g`risidagi taklifini ham rad etdi. Fin harbiylari fashistlar Germaniyasi va G`arbdagi boshqa
mamlakatlarning reaktsion kuchlari izmi bilan ish ko`rib, urush chiqarish yo`liga o`tdi,
chegarada bir necha marta qurolli hujumlar qildi, Leningrad yaqinidagi sovet chegarachilarini
artilleriya to`plaridan o`qqa tutdi va oxiroqibatda SSSR bilan Finlyandiya o`rtasida urush
chiqardi, bu urush 1939 yil 30 noyabrda boshlandi.
Sovet qo`shinlariga qahraton qishning og`ir sharoitida jang olib borishga to`g`ri keldi. Qizil
Armiya qismlari Kareliya bo`yinida bir necha yillar davomida chet el mutaxassislari tomonidan
qurilgan «Mannergeym liniyasi» deb ataluvchi, juda mustahkam istehkomlarga duch keldilar.
Kareliya bo`yinining hammasida artilleriya va pulemyotlar o`rnatilgan, temir-beton va
xarsangtoshdan yasalgan yuzlarcha istehkomlar qurilgan edi. Ular tanklarga qarshi maxsus
chuqurliklar va harsang to`siqlar bilan, juda ko`p mina maydonlari bilan o`rab olingan edi.
Millatlar ittifoqi shoshib pishib, SSSRni agressor deb e`lon qildi va SSSR ni Millatlar Ittifoqidan
«chiqarish» haqida sharmisorona qaror chiqardi. Angliya, Fransiya, AQSH Finlyandiyaga
samolyotlar, artilleriya, pulemyotlar va boshqa qurol aslahalar bilan yordam bera boshladi hamda
fin armiyasiga ko`maklashish uchun ekspeditsion korpuslar tayyorlashga kirishdi.
Qizil Armiya qattiq janglar olib borib «Mannergeym Liniyasi»ni yorib o`tdi va fin
armiyasiga katta talafotlar yetkazdi Finlyandiya sulh tuzilishini iltimos qilishga majbur bo`ldi.
Fin armiyasini tor-mor keltirgan va Finlyandiyaning hammasini ishg`ol qilish uchun to`la
imkoniyatga ega bo`lgan SSSR bu imkoniyatdan foydalanishni xohlamadi. Sovet hukumati hatto
urush xarajatlarining to`lanishini ham da`vo kilmadi, Leningradning va shimoli-g`arbdagi o`z
chegaralarining xavfsizligini mustahkamlash uchun mutlaqo zarur bo`lgan talablar bilangina
cheklanib qo`ya qoldi. “1940 yil 12 martda Finlyandiya bilan sulh shartnomasi tuzildi. Bu sulh
shartnomasiga muvofiq Kareliya bo`yini, Ladoga ko`lining shimoliy va g`arbiy qirg`oqlari
hamda Viborg, Keksgolm va Sortavala shaharlari Sovet Ittifoqiga o`tdi, Finlyandiyaning Kan-
dalakshi rayonidagi Murmansk temir yo`liga yaqinlashib kelgan chegarasi biroz g`arb tomonga
surildi”,
18
Shimolda Sredniy va Ribachiy yarim orollarining kichik-kichik maydonlari hamda Fin
qo`ltig`idagi bir tuda orollar Sovet Ittifoqiga o`tdi. Sulh shartnomasiga binoan harbiy-dengiz
bazasi qurish uchun Xanko yarim oroli va unga yondashgan orollar ijaraga olindi. Bu orollar
uchun SSSR har yili 5 million fin markasi miqdorida ijara haqi to`lab turadigan bo`ldi.
Shartnomada o`zaro hujum qilmaslik va bir biriga dushman koalitsiyalarda qatnashmaslik
nazarda tutilgan edi.
17
Нуридинов З.Р Ғарб мамлакатларининг энг янги тарихи. Тошкент, 1976 йил .12бет.
18
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 4-жилд. -Т.: 2002, 107-бет.
1940 yil 31 martda Oliy Sovetning 6-sessiyasi qonun qabul qildi. Bu qonunga muvofiq, 12
martda tuzilgan sulh shartnomasiga binoan Finlyandiyadan o`tgan.
Angliya va Fransiya Finlyandiyaga 280 ta samolyot, 686 ta to`p, 5000 ta pulemyot, millionga
yaqin snaryad pa hokazolar yubordi. Finlyandiyaga AQSHdan juda ko`p qurol-aslaha
jo`natildi
19
. Finlyandiya hukumatiga AQSH tomonidatt katta qarz berildi. Grad bilan tutashgan
ozgina joydan boshqa territoriya Kareliya ASSRga berildi, shu munosabat bilan bu ASSR
Karelofin Sovet Sotsialistik Resnublikasiga aylantirildi.
“Bu orada G`arbiy Yevropada urush tobora kengayib bordi. 1940 yil bahorda fashistlar
Germaniyasi Daniya, Norvegiya, Gollandiyani bosib oldi. Belgiya orqali nemis-fashist qo`-
shinlari Fransiya territoriyasiga bostirib kirdi
20
”. 1940 yil iyunda Germaniyaning ittifoqchisi
Italiya Fransiyaga hujum qildi va Angliyaga urush e`lon qildi. Urush Yevropa davlat-larining
ko`pchiligini qamrab oldi. 1940 yil 21 iyunda Fransiya hukumati qarshilik ko`rsatishdan voz
kechib, Germaniya bilan yarashnoma tuzdi.
Buтday sharoitda SSSR ning xavfsizligi masalalari juda muhim ahamiyat kasb etdi. SHu
bilan bir vaqtda SSSR ning o`zaro yordam haqidagi shartnomaning Estoniya, Latviya va Litva
tomonidan bajarilishiga bog`lagan umidi ro`yobga chiqmadi. Baltika bo`yi davlatlarining burjua-
reaktsion xukumatlari SSSR dan yashirincha SSSR ga qarshi siyosat orgizmoqda edi. “Ular
Sovet Ittifoqi bilan tuzilgan o`zaro yordam to`g`risidagi bitimni qo`pol ravishda buzib, SSSR ga
tsarshi qaratilgan o`zaro harbiy ittifoq tuzishdi, sovet qo`shinlarining soldat va ofitserlariga
qarshi suiqasdlar uyushtirishdi. 1940 yiliing yozida Litvaning burjua hukumati Germaniyaga
murojaat etib, o`z qo`shinlarini Baltika bo`yi territoriyasiga kiritishini iltimos qildi. Xalqqa
qarshi qaratilgan, bu ig’vogarona siyosat mehnatkash ommaning qahr g`azabini qo`zg`atdi.
Yashirin sharoitda ish olib borayotgan kommunistik partiyalar rahbarligida Estoniya, Latviya va
Litpayaa fashistlarga qarshi qaratilgan xalq fronti tuzilib, bu front fashistlar tarafdori bo`lgan
jimning tugatilishini na xalq fronti hukumati tuzilishini talab qildi. Xalq fronti
mehnatkashlarning bu talablarini quvvatlovchi kuchli siyosiy namoyishlarni uyushtirdi”.
21
Baltika bo`yidagi mamlakatlarda revolyutsion qrizis stila boshladi.Ikkinchi tomondan, Estoniya,
Latviya va Litva hukumat-larining qo`llab-quvvatlashidan foydalanib, fashist ele-mentlar
aktivlasha boshladi. 1940 yil 15 iyunda—«sport bayrami» ning ochilish kunida bu elementlar
hokimiyatni qo`l-ga olishga, demokratik kuchlarni jazolashga va Germaniyaga o`z qo`shinlarini
Baltika bo`yiga kiritishni so`rab ochiqdan-ochiK; murojaat qilishga tayyorgarlik ko`rdi.
Fashistik reaktsiyaning bu rejalarini barbod qilish, Baltika bo`yining nemislar tomonidan bosib
olinishigd va unint SSSR ga hujum qilish platsdarmiga aylantirilishiga yo`l qo`ymaslik uchun
Sovet hukumati 1940 yil iyunda Litva, Latviya, Estoniya hukumatlari sostavidan reaktsiots,
fashistlar tarafdorlari bo`lgan elementlarning chiqarilishini va bu davlatlar territoriyasiga
qo`shimcha sovet harbiy qismlari kiritilishini talab qildi. Bu talablarni Baltika bo`yi
mehnatkashlar ommasi qo`llab quvvatladi.
Estoniya, Latviya, Litvada burjua reaktsion hukumatlarning jinoyatkorona siyosatiga
qarshi katta namoyishlar bo`lib o`tdi. Xalq ommasi yashirin ishlash holatidan o`zbilgicha
chiqqan kommunistik partiyalar rahbarligida burjua hukumatlarini hokimiyatdan chetlashtirdi.
“1940 yil iyun oyining ikkinchi yarmida Estoniya, Latviya va Litvada hokimiyat tepasiga xalq
demokratik hukumatlari keldi, bu hukumatlarni mazkur mamlakatlardagi mehnatkash ommaning
katta ko`pchiligi qo`llab-quvvatladi. 14-15 iyulda Latviya va Litva Xalq seymlariga hamda
19
История второй мировой войны.1939-1945 том 12: итоги и уроки второй мировой войны, Москва 1982.
160 –C.
20
История второй мировой войны 1939-1945 том 12: итоги и уроки второй мировой войны,
Москва 1982.137-C
21
Нуридинов З.Р .Ғарб мамлакатларининг энг янги тарихи.1976 йил. 15 бет.
Estoniya Davlat dumasiga saylovlar o`tkazildi. Bu saylovlar yashirin, umumiy, teng va to`g`ri
ovoz berish yo`li bilan o`tdi
22
”. Saylovlarda uchala respublikada ham kommunistik partiyalar
rahbarligidagi «Mishpatkash xalk ittifoqi» g`alaba qozondi. Uz saylovchilarining istagini bajarib,
Litva va Latviya Xalq seymlari, shuningdek Estoniya Davlat dumasi 1940 yil iyulda o`z
respublikalarida Sovet hokimiyati qayta tiklanganligini e`lon qildi. Sovet hokimiyati 1919 yilda
chet el interventlarining yordami bilan. mahalliy burjuaziya tomonidan tugatilgan edi va SSSR
Oliy Sovetidan yangi sovet respublikalarini SSSR sostaviga qabul qilishni so`rashga qaror qildi.
SSSR Oliy Sovetining 7- sessiyasida 1940 yil 3 avgustda Litva Sovet Sotsialistik Respublikasini
teng huquqli ittifoqdosh respublika sifatida SSSR ga qabul qildi va Belorussiya SSR ning
ko`pchilik fahrlisi litvaliklardan iborat bo`lgan rayonlarini bu respublika qatoriga kiritdi.
5 avgustda SSSR sostaviga Latviya Sovet Sotsialistik Reepublikasi, 6 avgustda esa —
Estoniya Sovet Sotsialistik Respublikasi qabul qilindi.
Baltika bo`yida uch sovet respublikasining tashkil topishi va ularning ixtiyoriy ravishda SSSR
sostaviga kirishi gitlerchilar Germaniyasining agressiv niyatlariga qaqshatqich zarba bo`lib
tushdi. Voqealarning bunday tue olishi dunyoda-gi barcha demokratiq tinchliksevar kuchlarning
talabiga tushardi. Germaniya bilan urush holatida bo`lgan mamlakatlar uchun, shu jumladan
Angliya uchun ham foydali edi. Ammo Angliya va AQSH ning SSSR ga, jumladan Baltika
bo`yidagi sovet respublikalari mehnatkashlariga nisbatap sinfiy naf-rat ko`zi bilap qaragan
hukmron doiralari bu voqealarni haddan tashqari dushmanlik bilan qarshi oldi. Ular Litva,
Latviya va Estoniyaning yangi, haqiqiy xald hukumatlarini tanishdan bosh tortdi va xalq
tomonidan ag`darilgan va fashistlar tarafdori bo`lgan hukumatlarni — gitlerchilar Ger-maniyasi
agenturasini rasmiy suratda tanish va qo`llab-qo`l-tiqlashni davom ettirdi. Angliya bilan AQSH
Baltika bo`yi mamlakatlariping kemalarini, AQSH banklarida saqlanib kelgan oltin fondlari
bosib olishdi, o`z mamlakatlari taqdirini o`z qo`llariga olgan Baltika bo`yi xalqlariga qar-shi bir
qancha boshqa dushmanlik ishlarini qilishdi.
Barcha yangi sovet respublikalarida bir yil ichida bir qancha muhim sotsialistik islohotlar
o`tkazildi — banklar, yirik sanoat, transport, yerlar natsionalizatsiya qilindi. Hamma joyda yer
islohoti o`tkazildi: pomeshchiklar, monas-tirlar, burjuaziyadan musodara qilib olingan yerlar
foydalanish uchun yersiz va kam yer dehqonlarga bepul taqsimlab berildi. Dehqvnlarga yordam
berish uchun MTS, ijaraga mashina va ot beradigan punktlar tashkil kilindi.
Yangi respublikalarda sanoat tez tiklanib va yangi sanoat qurilishi avj olib bordi. Bu
respublikalarda isheizlik deyarli batamom tugatildi, sotsial straxovanie, mehnatkash-larni bepul
davolash joriy etildi. Maktab, oliy o`quv yurtlari, bolalar muassasalari, kasalxonalar vashu
kabilar qurilishi keng avj oldi
23
.
SHunday qilib, Estoniya, «Latviya va Litvaning SSSR sostaviga kirishi, bir tomondan, Baltika
bo`yidagi sovet res-tsublikalarining xo`jalik va madapiy.jihatdan tez yuksali-shini, mexnatkash
ommaningturmush darakasining yuksalishini ta`minlagan bo`lsa, ikkinchi tomondan, Sovet
Ittifoqining xavfsizligini mustahkamlar edi, uning chegaralari Baltika dengiz qirg`oqlariga yetib
borgan edi. Sovet floti Baltika dengizida muzlamas portlarga ega bo`ldi, Sovet floti bunday
portlarga juda ham muhtoj edi.
23
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 4-жилд. . -Т.: 2002, 107-бет
Shu bilan bir vaqtda, fashistlar Germaniyasi SSSR ga qarshi urushga tayyorlanarkan, zo`r
berib Yevropaning janubi sharqiga, Bolqonga tomon jila bordi. Bolgariya, Ruminiya,
Vengriyadagi o`z pozitsiyalarini mustahkamlay boshladi.
Sovet Ittifoqi janubi-garbda o`z xavfsizligini mus-tahkamlash uchun choralar ko`rdi.
1940 yil 26 iyunda Sovet hukumati Ruminiyadan rumii bosqinchilari 22 yil ezib kel-gan
Bessarabiyani qaytarishni va Bukovinaning aholisi uk-rainlardan iborat bo`lgan shimoliy qismini
SSSR ga berish-, ni talab qildi. Ruminiya hukumati Sovet hukumatining tala^ biii qabul qildi va
masala tinch yo`l bilan hal etildi. CHega-ra Dunayga borib taqaldi, bu esa SSSR ning
xavfsizligini mustahkamladi. Bessarabiya va Moldaviya ASSR mehnatkash-larining iltimosiga
ko`ra SSSR Oliy Sovetining 7-sessiya-si 1940 yil 2 avgustda Bessarabiya va Moldaviya ASSR
ning moldavan aholisini birlashtirish va Moldaviya Sovet Sotsialistik Respublikasi tashkil qilish
to`g`risida qonun qabul qildi. Bukovinaning shimoliy qismi va, shuningdeq Bessa-rabiyaning
Xotin, Akkerman va Izmail uezdlari Ukraina SSR sostaviga kiritildi.
SSSR ning chegarasi g`arb tomonga surildi. Yangi chegara-larda mudofaa inshootlari
qurish, gitlerchilar agressiyasi-ning oldipi olish uchun Baltika deigizidan Qora dengizgacha
yangi mudofaa doirasi tashkil qilish boshlandi. Bu tadbir faqat SSSR ning xavfsizligini
mustahkamlashdagina g`oyat katta ahamiyatgaega bo`lib qrlmay, balki gitlerchilar agres-siyasiga
-tsarshi kurash olib borayotgan xalqlarga ham muhim yordam bo`ldi.
O`z xavfsizligini mustahkamlash bilan birga, Sovet Ittifoqi 1939—1941 yillarda
ikkinchi jahon urushi alan-gasini so`ndirish uchun, uning kengayishiga, bosh.qa davlatlarga
yoyilishiga yo`l qo`ymaslik uchun harakat qildi. Sovet hukumati Shvetsiya betarafligining
buzilishiga yo`l qo`yib bo`lmasligi to`g`risida Germaniyani ogohlantirdi. Germaniya ogohlanti-
rishga quloq solishga majbur bo`ldi. 1940 yil aprelda Shvetsiyaning betarafligi haqida va
«Shvetsiya betarafligining saqlanib qolishidan ikkala davlat ham o`zini manfaatdor deb
hisoblashini» tan olish masalasi yuzasidan bir-biriga ma`lumotlar yuborishgani to`g`risida TASS
bayonoti e`lon dilindi. Natijada Shvetsiya gitlerchilar okkupatsiyasidan xalos bo`lib qoldi.
Bolgariyaning nemislar .tomonidan bosib olinish va uning SSSR ga, Yugoslaviyaga va boshqa
davlatlarga hujum qilish maydoniga aylantirilish xavfining oldini olish uchun Sovet hukumati
Bolgar-iyaga do`stlik va o`zaro yordam to`g`risida bitim tuzishni ikki marta taklif qlldi. Ammo
bu takliflarni Bolgariya podshosi Boris va uning Germaniya-ga moyillik kayfiyatida bo`lgan
hukumati q.o`llab-quvvatlamadi. Bunnng ustiga, 1941 yilning boshlarida Bolgariya huku-mati
gitlerchilar Germaniyasiga nsmis qo`shinlarining Bolga-riyaga kiritilishiga rozilik berdi. Milliy
manfaatlarga nisbatan qilingan bu xiyonatni Bolgariya hukumati Bolqonda tinchlikni saqlashga
qaratilgan ish deb ko`rsatishga urindi. Sovet hukumati 1941 yil 3 martdagi o`z bayonotida
Bolgariya huk.mronlarining harakatlari tinchlikni saqlashga emas, balki urush doirasining
kengayishiga va Bolgariyaning urushga tortilishpga olib borishini ta`kidlab, bu harakatlarni fosh
qilib tashladi.
O`zining tinchlik va barcha xalqlar bilan hamkorlik qilish siyosatiga sodiq bo`lgan Sovet
hukumati Yugoslaviya xo-xishini nazarga olib, u bilan normal diplomatik munosabat-lar
o`rnatdi. 1941 yil 5 aprelda, Yugoslaviya gitlerchi qo`shin-lar tomonidan xoinlarcha bosib
olinmasdan raso 3 soat oldin, Do`stlik va bir-biriga hujum qilmaslik to`g`risida shartnoma
tuzildi. Bu shartnoma gitlerchilar tomonidan bosib olingan yugoslav xalqiga SSSR uning
samimiy do`sti va ittifoqchisi ekanligini ko`rsatdi. Sovet hukumati bilan bos-tirib kirgan
xortichilar Vengriyasining agressiv harakatini qoraladi, xortichilar Vengriyasining qo`shinlari
gitlerchilar bilan birgalikda Yugoslaviyaga bostirib kirgan edi.
Shunday qilnb, Sovet hukumati o`z tashqi siyosati bilan ikkinchi jahon
urushiningkengayishiga qarshi qattiq kurash-di, xalqlar ozodlngi va mustaqilligini himoya qildi.
SHu bilan birga, bu siyosat SSSR ning xavfsizligini mustahkam-lashga imkon berdi.
Bu voqealar Sovet daplati taraqqiyotining qonuniyatlari-dan birini tasdiqlab berdi. Bu
qonuniyat shundan iboratki, SSSR ning tub manfaatlari boshqa xalqlarning ozodligini va
mustaqilligipi saqlash manfaatlariga moe keladi. SSSR ning xavfeizligi boshqa mamlakat^ar
xalqlarini mustaqil-lik va davlat erkinligidan mahrum qilishga emas, balki, aksincha, bu
mustaqillik pa erkinlikni saklab kolish va ku-chaytirishga asoslanadi.
1941 yilning bahori va yozida Angliya-Sovet munosabatla-rida yaxshi tomonga burilish
yuz berdi. Hokn.miyat tepasiga kelgan U. CHerchil hukumati Angliya bilan SSSR ning yomon
munosabatda bo`lishi Angliya bilan urush holatida bo`lgan gitlerchilar Germaniyasiga fonda
keltirajagini tushundi. Iyun oyida Moskvaga Angliyaning yangi elchisi — Angliya bilan SSSR
o`rtasida fashistlarga qarshi ittifoq tuzilishini yoqlovchi Stafford Kripis keldi. Sovet-Amerika
munosabat-larida ham yaxshilanish yuz berdi. 1941 yil yanvarda AQSH Sovet-Finlyandiya urush
yillarida SSSR bilan savdo-sotiq qilish ishlariga nisbatan joriy etilgan «ma`naviy taqiqlashni
bekor qildi. 1941 yil yanvarda AQSH hukumati, aprel-da esa Angliya hukumati, SSSR
hukumatini Germaniya Sovet Ittifoqiga hujum qilishga tayyorlanayotgani to`g`risida ogoh-
lantirdi. `
Sovet Ittifoqi bilan Yaponiya o`rtasida betaraflik to`g`-risida bitim tuzilganligi (1941 yil 13
aprel) SSSR ning xavfsizligini mustahkamlashda muhim ahamiyatga ega bo`ldi.
Sovet hukumati Germaniya bilan SSSR o`rtasida urush chi-qishiga yo`l qo`ymaslik
uchun barcha choralarni ko`rdi, Germaniya bilan tuzilgan shartnoma va bitimlarni qattiq turib
bajarib keldi, gitlerchilar Germaniyasining SSSR ga qarshi ehtiyot chorasi tariqasida urush olib
borishni to`g`ri deb da`vo qilish uchun foydalanishi mumkin bo`lgan barcha baho-nalarni
matonat bilan bartaraf qilib keldi. Sovet hukuma-ti gitlerchilar Germaniyasining SSSR ga hujum
qilishini yo`qota olmagan bo`lsa ham, ammo u o`z siyosati bilan Germaniyaning ,bu hujumni
to`g`ri deb da`vo qilish uchun zarracha bo`lsa ham imksshiyatga ega bo`lishdan mahrum etdi.
Gitlerchilar Germaniyasi SSSR ga xiyonatkorona, bostsinchilarcha hujum qildi.
Germaniyaning qonxo`r agressorligi SSSR ga qarshi urush-ning birinchi kuniyoq butun
jahopga ma`lum bo`ldi, Sovet Ittifoqi .esa xiyonatkorona hujumga uchragan tipchliksevar
mamlakat sifatida g`oyat katta siyosiy ustunlikka ega bo`ldi.
Sovet Ittifoqi mudofaa qobiliyatining mustahkamlanishi. Urushdan oldingi yillarda Sovet
davlatining mudofaa qo-biliyatini va Qurolli Kuchlariyi mustahkamlash bobida bir qancha
tadbirlar amalga oshirilgan edi.
30- yillarning o`rtalarigacha Qizil Armiya aralash sistema asosida — oz sonli kadr
armiya qo`shilmalarini teritorial-militsiya qismlari bilan bog`lab olib borish asosida tuzilgan
bo`lib, bu qo`shilma va qismlarda oddiy sostav ishlab chiqa-rinadan uzoq vaqt ajralmasdan
harbiy tayyorgarlik ko`rar edi. SHuning uchun ta`lim sifati birmuncha past edi. Aralash sistema
ma`lum vaqtgacha davom etib keldi. Lekin yangi jahon urushi xavfining yaqinlashib kelishi
harbiy texnika va harbiy san`atning murakkablashuvi, bu harbiy texnika va harbiy san`atni
o`rganish va egallash uchun uzoq vaqt talab qilinishi butun armiyani kadr armiya holatiga
o`tkazishni, 1940 yil fevralda va 1941 yil yanvarda SSSR Germaniya bilan o`zaro mol o`tkazib
berish to`g`risida bitimlar, chegara munoqishalarini bartaraf qilish tartibi to`g`risida shartnoma,
sovet-german chegarasi haqida shartnoma tuzgan edi.
Shuning uchun Sovet hukumati territorial sistemadan voz kechishga va batamom kadrlar
armiya tuzish prinsipiga o`tishga qaror qildi. “1935 yildayoq boshlangan bu o`tish 1938 yilda
tugallandi. 1941 yilga kelib Qurolli Kuchlar soni 4,2 million kishiga yetdi.
Sovet Qurolli Kuchlarida zamonaviy qo`shinlarning barcha turlari: o`qchnlar, otliq askarlar,
bronetanq aviatsiya, injener-texnik k.ismlari qo`shilmalari va boshqa turlari bor edi
24
”.
1938 yilda harbiy boshqarmaning mahalliy organlari tubdan qayta tashkil qilindi, rayon
harbiy komissarlikla-ri 3,5 baravar ko`paydi, bu esa harbiy majburiyatni o`tash yoshidagilarpi
hisobga olish, chaqirish sistemasini v>a safar-bar qilish. sharoitini ancha yaxshiladi. 1938 yilda
Qizil Armiya va Harbiy-Dspgiz flotining Bosh Harbiy Sovetlari va harbiy okruglarning harbyay
sovetlari tashkil qilindi, ok-ruglar sopi esa ko`paytirildi1.
SSSR 1 -chaqiriq Oliy Sovetining (1939 yil sentyabr) navbatdan tashqari 4- sessiyasi qabul
qilgan «Umumiy harbiy majburiyat haqidagi Qonun» mamlakatning mudofaa qobiliyatini
mustahkamlashda va Qizil Armiya hamda Harbiy-Dengiz Flotini qurishda mustahkam zamin
yaratishda katta ahamiyat-ga ega bo`ldi.
Yangi qonunga muvofiq harbiy xizmatga 19 yoshdan chaqiriladigan bo`ldi, xizmat qilish
muddati va harbiy hisobda turish muddati uzaytirildi, harbiy hisobga olish sistemasi, harbiy
xizmatga chaqirilguncha olipadigan harbiy ta`lim sistemasi yaxshilandi na hokazolar.
Mamlakatni
sotsialistik
iidustriyalashtirishga
qaratilgan
lenincha
siyosatiipg
muvaffaqiyat bilan amalga oshirili-shi, zamonaviy, qudratli ogir sanoat va katta ko`lamda mudo-
faa sanoati (aviatsiya, tanq artilleriya, o`q-dorilar va boshqalar) tashkil etilishi Sovet davlatiga
armiyaning harbiy texnika bilan qurollantirishda katta muvaffaqiyatlarga vrishish imkonini
berdi. “1938—1940 yillarning o`zidagina aviatsiya zavodlarinnng soni 72% ko`paydi. Tanklar,
artilleriya to`plari, miltiqlar, pulemyotlar ishlab chiqarish keskin sur`atda ko`paydi. Qizil
Armiyaning texiikasi miqdoriy jihatdan o`sish bilan bir qatorda uning sifati ham takomillashib
bordi. V. A. Degtyaryov, F. V. Tokarev, P. Ya. Goryunov, G. S. SHpagin, A. I. Sudaev va
boshqa ko`pgina sovet konstruktorlari ya
25
ngi otish qurollarini yaratdilar. Konstruktorlardan A.
A. Morozov, J. Ya. Kotin, N. F. SHamshurinlar yangi takomillashgan, chet davlatlardagi tank
xillaridan a`lo bo`lgan T-34, KB tanklarini yaratdilar; barcha turdagi artilleriya ilgarigidan ancha
uzoqqa otadigan bo`ldi. Armiya S. V. Ilyushin, A. N. Tupolev, V. M. Petlyakov, A. S. Yakovlev,
S. A. Lavochkin, A. A. Arxangelskiy va boshqalar yaratgan barcha turdagi eng yangi, birinchi
darajali samolyotlar (.qiruvchi, bombardimonchi, shturmchi samolyotlar) bilan qurollanib
turdi
26
”.
Ammo fashistlar Germaniyasi SSSR ga xiyonatkorona hujum qilgan paytda mamlakat
katta va og`ir urush olib borishga yetarli darajada tayyor emas edi. Mamlakatning qudratli
ekonomikasi, ya`ni Qurolli Kuchlarning texnikaga bo`lgan talabini to`la-to`kis qondirishga
"qodir bo`lgan ekonomika armiyani qurol-yarog, o`qdori, aslaha-anjomlar bilan ta`minlashga o`z
vaqtida va chipakam safarbar etilmagan edi. Sovet olimlari, injenerlari yaratgan birinchi darajali
tanq samolyot, artilleriya, minomyot, avtomat turlarini ko`plab ishlab chiqarish yo`lga
qo`yilmagan edi. Shuning uchun Sovet Qurolli Kuchlari tanq samolyotlarning eskirgan xillari
bilan ko`proq qurollangan edi, birinchi darajali yangi tank ..va samolyotlar esa urush arafasida
endigina qurolli kuchlarga yetib kela boshlagan bo`lib, shaxsiy sostav tomonidan hali
o`zlashtirilmagan edi. Tankka qarshi otadigan to`plar, mashina kuchi bilan tortiladigan
artilleriya, minomyotlar, avtomatlar yetishmas edi.
24
История второй мировой войны. 1939-1945 том 12: итоги и уроки второй мировой войны,
Москва 1982.137стр
25
История второй мировой войны. 1939-1945 том 12: итоги и уроки второй мировой войны,
Москва 1982.145стр
Qizil Armiyada mexanizatsiyalashtirilgan qo`shilmalar soni mutlaqo kam edi.
Qo`shinlarning 1932 yildayoq tashkil kilingan katta-katta mexanizatsiyalashgan qo`shilmalari
Mudofaa xalq kommissarligi rahbarlarining Ispaniyadagi urush tajribasidan noto`g`ri xulosalar
chiqarishi tufayli alohida alohida tank brigadalariga bo`lib yuborilgan edi. Bu hato ikkinchi
jahon urushi tajribasi asosida 1941 yildagina tu-zatila boshladi. Bosh qo`mondonlikning yirik
artilleriya qo`shilmalari yo`q edi. Aviatsiyaning katta qismi umum qo`shin armiyalariga bo`lib
yuborilgan edi, bu esa aviatsiyadan ko`plab foydalanishni qiyinlashtirar edi. Chegara yonidagi
rayonlarda aerodromlar yetarli darajada ko`paytirilmagan edi. Armiyada transport vositalari,
xususan artilleriya tortuvchi vositalar etishmas edi. SSSR ning yangi g`arbiy chegaralari bo`ylab
istehkomlar qurish endigina boshlangan edi, eski chegaralardan qurol-yarog`larning ko`p qismi
olingan edi.
Shu va bir qancha boshqa sabablar tufayli, gitlerchilar Germaniyasi SSSR ga hujum
hilgan paytda mamlakat g`oyat og`ir ahvolga tushib qoldi.
Faqat urush davomidagina mamlakatning barcha Kuch va imkoniyatlari dushmanni tor-mor
qilish uchun safarbar etildi, bu esa sovet xalqining 1941 — 1945 yillardagi eng ko`p qon
to`kilgan va eng og`ir urushda buyuk g`alaba qozonishini ta`min etdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |