Birinchi besh yillik mobaynida Donbassda o`nlarcha yangi shaxtalar qurilgan edi.
Shaxtalar ko`plab yangi texnika — parmalab qazuvchi mashinalar, otboyka bolg`alari,
elektrovozlar oldi. Ishchilar soni oshdi, lekin ko`mir qazib chiqarish ko`paymadi. Buning sababi
ishlab chiqarishni tashkil etish va texnikadan foydalanish sohasida katta-katta kamchiliklar
6
История второй мировой войны. 1939-1945 том 12; итоги и уроки второй мировой войны. Москва 1982.
143cтр.
mavjudligida edi”.
7
Masalan, hamma parmalash mashinalari va elektrovozlarning to`rtdan bir
qismiga yaqini va otboyka bolg`alarining deyarli yarmidan foydalanilmas edi. Foydalanilgan
qismi ham kam unumberar edi.
Shaxtalarda texnikaga rahbarlik ishi yomon ahvolda edi: eng yaxshi injener texnik
kadrlar korxonalarda bo`lmay, yer osti ishlariga bevosita rahbarlik qilmay, balki idoralarda
o`tirib, ko`proq ish haqi olardilar. Ishchi kuchining nihoyatda qo`nimsizligi eng katta to`g`anoq
edi.
Markaziy Komiteta va SSSR Xalq Komissarlari Sovetining 1933 yil 8 apreldagi qarorida
ana shu kamchiliklar va boshqa nuqsonlar ochib tashlandi hamda ularni bartaraf etish yo`llari
belgilandi. Markazda va joylarda ko`mir sanoatiga rahbarlik qayta kurildi. Eng yaxshi injener-
texnik xodimlar shaxtalarga, yer osti ishlarini tashkil etishga yuborildi. Ish haqi sistemasi qayta
qurildi, yer ostida ishlaydigan xodimlarning, bevosita ko`mir qazib chiqarish bilan
shug`ullanadigan xodimlarning ish haqi keskin oshirildi, progressiv usulda haq to`lash
kuchaytirildi, bu esa ishchi va injener-texnik xodimlarning ko`mir qazib chiqarishni to`xtovsiz
oshirishdan nihoyatda moddiy manfaatdor qildi.
Zarbdor shaxtyorlarning 1933 - 1937 yilning apreligacha bo`lgan butun Donetsk
konferentsiyasi Donbass ko`mir havzasidagi barcha xodimlarga murojaat qilib, butun kuchni
ko`mir qazib chiqarishni ko`paytirish uchun safarbar etishga chaqirdi. Gorlovkadagi
«Kochegarka» shaxtasi kollektivining tashabbusi bilan 1933 yil 1 iyundan ko`mir
shaxtalarining rivojlantirishga kirishisha boshlanib, bu holat ko`p vaqt davom etti Konkursda
Artyom nomli shaxta (Donbass) g`olib chiqdi. Shu bilan birga, yangi shaxtalarni tezroq qurish
tadbirlari ko`rildi.
Ikkinchi besh yillikning dastlabki ikki yili ichida 69 ta yangi ko`mir shaxtasi ishga
tushirildi. Bularning hammasi ko`mir sanoati ishida burilish yasashni ta`minladi. Donbass
mamlakatga 1932 yildagi 45 million tonna o`rniga 1934 yilda 60 million tonna ko`mir berdi.
Ikkinchi besh yillikning dastlabki yillarida og`ir sanoatning boshqa tarmoqlarida ham jiddiy
muvaffaqiyatlar qo`lga kiritildi.
Biroq, katta-katta kamchiliklar ham bor edi. Neft sanoati birinchi besh yillikdagiga
qaraganda ishni yomonlashtirib yubordi. Neft sanoati birinchi besh yillik planni 2,5 yilda
bajarganidan keyin, bu sohadagi ko`pgina xodimlarning xotirjamlikka, mag`rurlanishga
berilganliklari o`z ta`sirini ko`rsatdi. Yangi neft quduqlarini burg`ilash sohalari yomon ahvolda
edi. Neft sanoatida eng yangi uskunalardan qoniqarsiz foydalanilmoqda edi.
Og`ir sanoatning boshqa tarmoqlarida ham yangi korhonalardan yomon foydalanilmoqda
edi. Mashinasozlik zavodlari o`z ishlab chiqarish quvvatlarining 80 protsenta miqdorida ish bilan
ta`minlangan edi. Marten pechlari, prokat stanlari-ning bekor turib qolishi juda ko`p bo`lardi.
Ko`pdan-ko`p avariyalar bo`lib, elektr stantsiyalar bir me`yorda ishlamasdi. Kapital qurilish
ko`pincha og`ir mehnat talab qiladigan ishlar zarur darajada mexanizatsiyalashtirilmagan holda,
mexanizmlar va uskunalarning mavjud parkidan yomon foydalanilgan holda, doimiy binokor
kadrlarsiz olib borilar edi. Bir qancha eng muhim qurilishlarni o`z vaqtida va muddatidan oldin
qurib bitirish kabi ajoyib misollar (15 oyda qurib bitirilgan Xarkov traktor zavodi, 18 oyda
qurilgani Gorkiy avtomobil zavodi, 20 oyda qurib bitirilgan Kuznetsk metallurgiya zavodi ) bilan
bir qatorda, ba`zi qurilishlar planda ko`rsatilgan muddatga qaraganda juda cho`zib yuborilar,
shuningdek smetadagiga qaraganda ancha qimmatga tushar edi.
7
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 4-жилд. -Т.: 2002, 109-бет.
Mehnat unumdorligining «texnika jihatidan asoslangan» eski normalari va eskirib qolgan
loyiha quvvatlari sanoat va transportning rivojlanishiga jiddiy to`sqinlik qilardi. Mehnat
unumdorligining bu eski normalari va eskirgan loyiha quvvatlari hatto yangi korxonalarda ham
ilgari mavjud bo`lgan mamlakatning texnika qoloqligiga, ishchilarning qoloqligiga, korxonalarda
injener texnik kadrlarning yetishmasligiga va shu singarilarga monandlashgan edi.
Ta`minlovchi mahsulotlardan katta-katta davlat rezervlarn tashkil qilish, mamlakat
sharqida mashinasozlikka, neftni qayta ishlashga, ximiyaga doyr bir qancha tarmoqlarda zavod
dublyorlar barpo qilish ko`zda tutilgan edi.
Bu ulkan programmani bajarish uchun juda katta mablag` ikkinchi besh yillikda
ajratilgan 115 milliard so`m o`rniga 192 milliard so`m ajratilishi kerak edi.
Oldingi ikki besh yillikda ishga tushirilgan jami ishlab chiqarish quvvatidan ham ko`proq
ishlab chiqarish quvvati ishga tushirilishi kerak edi.
Ishchilar sinfining mehnat sohasidagi yangi g`ayrati. Kommunistik partiya rahbarligi
ostida uchinchi besh yillik topshiriqlarini muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun kurash olib
borgan sovet xalqining oldingi safida ishchilar sinfi bor edi. Uchinchi besh yillik davrida
kommunistik qurilishining sinalgan va eng ta`sirchan usuli — sotsialistik musobaqa son va sifat
jihatidan yanada rivojlandi. Bunga sanoatda texnikaning uzluksiz yuksalib borishi, ishlab
chiqarishni tashkil etishning yaxshilanishi, ishchilarning texnikaviy malakasi va umumiy bilim
darajasi hamda siyosiy ongliligining oshuvi yordam qildi. Korxonalarda texnika bilimi olish
yanada keng tus oldi. Hamma joyda staxanovchilar maktablari ishga tushib, ishlab chiqarish
ilg`orlarining tajribalarini boshqa ishchilar o`rtasida keng yoydi.
VKP(b) XVIII s`ezdining qarorlari ishchilar sinfining mehnat sohasidagi g`ayratini g`oyat
darajada avj oldirib yubordi. Moskvadagi «Krasniy proletariy» stanoksozlik zavodi
kollektivining tashabbusi bilan 1939 yilda Uchinchi besh yillik nomidagi sotsialistik musobaqa
boshlanib ketdi. Donbass po`lat erituvchilari, bosqonchilar, po`lat eritish va domna sanoati
masterlarining Uchinchi besh yillik nomidagi butunittifoq sotsialistik musobaqasining
tashabbuskorlari bo`ldilar. Leningraddagi Sverdlov nomli stanoksozlik zavodi kollektivi zavod
markasining shuhrati uchun boshlangan musobaqaning tashabbuskori bo`ldilar. “Umuman
olganda 1940 yining aprel – may oylarida Daniy va Norvegiyani nemis qo`shinlari istilo
qildilar”.
8
Moskvadagi uskunasozlik zavodi kollektivi 1940 yil yanvar oyida Sovet Ittifoqidagi
mashinasozlik zavodlarining barcha erkak va ayol ishchilari, xizmatchilari, injener texnik
xodimlariga murojaat qilib, ularni uchinchi besh yillikning mehnat unumdorligini oshirishga doir
topshiriqlarini 4 yilda bajarish uchun sotsialistik musobaqa boshlashga chaqirdi. Temir yo`l
transportida Novosibirsk parovoz deposining mashinist Lunin tashabbusi bilan parovozlarni
tejamkorlik bilan ekspluatatsiya qilish va ularning xizmat qilish muddatini uzaytirish,
parovozlarning oddiy remontini ularga xizmat kiluvchi parovoz uyushmalar ishchilari kuchi
bilan bajarish harakati avj olib ketdi. Luninchilar harakati transportda va sanoatda keng yoyildi.
Jumladan bu yilllarda sovet ittifoqining bir bo`lagi bo`lgan O`zbekistonda 1945 yilda
1940 yilga nisbatan O`zbekiston SSR sanoati mahsulotining umumiy hajmi 7 baravar, shu
jumladan. Og`ir sanoat ishlab chiqarish 4 baravar, mashinasozlik sanoati 13.4 baravar oshdi.
Uchinchi besh yillik davrida sotsialistik musobaqaning yangi formasi Uralmash va
Xarkov stanoksozlik zavodining ishlab chiqarish ilg`orlari tashabbusi bilan 1939 yilda
boshlangan ko`p stanokchilar va bir necha joylarni egallash uchun kurashuvchilar harakati keng
yoyildi. Texnikani puxta o`rganib, ishlab chiqarish texnologiyasini takomnllashtirib, mehnatni
mexanizatsiyalashtirib, ilg`or ishchilar bir yo`la bir necha stanokda ishlay boshladilar. Masalan,
8
Ўзбекистон миллий энциклопедияси. 4-жилд. -Т.: 2002, 107-бет.
1-Davlat podshipnik zavodining rolik sexi ishchisi A.Volkov, stanoklarni maxsus truboprovod
bilan birlashtirib, detallarni bir stanokdan ikkinchi stanokka uzatishni mexanizatsiyalashtirib bir
yo`la besh stanokda ishlashga o`tdi.
1940 yil may oyining boshlariga kelib faqat mashinasozlik korxonalarining o`zidagina
15l mingdan ortiq ko`p stanokchilar bor edi. Bir ishchining ikki-uch kasb egasi ishini: ko`mir
ortuvchi va ko`mir qazuvchi (kumir sanoatida), slesar va elektromontyor, operator va stanok
sozlovchi, mashinist va kran remontchisi va shu kabilarning ishini bajarish harakati rivojlanib
bordi.
Ko`p stanokda xizmat qilish va bir necha kasbda ishlash ancha ishchilarning bo`shashiga
va ulardan boshqa ishlarda foydalanishga olib keldi, mehnat unumining o`sishiga yordam berdi.
Kuybshiev nomli Kolomeisk zavodi ishchilari tashabbusi bilan korxonalarda uskunalar
jamoat ko`rigidan o`tkazila boshladi. Ko`rikdan o`tkazish mashinalarni, uskunalarni, asboblarni
yaxshi saklashga va ulardan yaxshi foydalanishga yordam berdi, ish joyini yaxshi, tashkil qilish
uchun sharoit yaratdi, materiallarning tejalishiga olib keldi, mehnat unumdorligini oshirdi.
Korxonalarda ratsionalizatorlik takliflari va ixtirolar ko`riklari o`tkazib, bunday ko`riklar vaqtida
ko`plab ratsionalizatorlik takliflari yig`ib olinar va ularning ishlab chiqarishda qo`llailishi
tekshirib chiqilar edi. Bu ko`riklar ratsionalizatorlik takliflari bilan ixtirochilarning ko`plab
tushuviga yordam berdi. Ilg`or ishchilar keng ommasining qatnashuvi bilan ishlab chiqarish
normalarini qayta ko`rib chiqishning muntazam suratda o`tkazib turilishi mehnat
unumdorligining o`sishiga yordam berdi. Davlat buyjetiga nazar tashlaydigon bo`sak quyidagi
sifrlarni ko`rishimiz mumkin “Ikkinchi jahon urushida SSSRni xarajarlari bir trilion bir yuz o`n
yetti milyart dollor bxarajat bo`lib bundan, olti yuz to`qson besh milyard dollor gitlerga qarshi,
to`rt yuz yigirma ikki milyard germaniya va boshqa joylarga ajratilgan Navbatdagi ig`voni
ishga solib, Yaponiya 1937 yilning iyulida Xitoyga qarshi urush harakatlari boshlab, Pekinni
(Beypinni), Tyatszinni bosib oldi.”
9
Markaziy Xitoyga bostirib kirdi, Shanxayni, Xitoyning
o`sha vaqtdagi poytaxti Nankinni va boshqalarni bosib oldi. 1938 yilning oxirlarida Yaponiya
Kantonni, 1939 yilning boshlarida — Xaynan orolini bosib oldi. Bu faqat Xitoygagina berilgan
zarba bo`lmay, balki Angliya, AQSH va boshqa kapitalistik mamlakatlarning ham manfaatlariga
qarshi qaratilgan eng qattiq zarba edi. Ammo na Angliya, na AQSH, Gitlerning Yevrepadagi
agressiyasiga qarshilik ko`rsatishmaganideq Yaponiyaning Osiyodagi agressiyasiga ham
qarshilik ko`rsatishmadi, chunki ular, Yaponiya pirovard oqibatda o`z harbiy kuchlarini Sovet
Ittifoqiga qarshi kurashga soladi, deb umid qilar edi.
Yaponiya imperialistlari haqiqatan ham SSSR ga hujum qilishga zo`r berib tayyorgarlik
ko`rmoqda edi. Ular to`g`ridan-to`g`ri harbiy ig`volar uyushtirish yo`liga o`tib oldi va 1938 yil
iyulda yapon qo`shinlari Vladivostokka yaqin joydagi Xasan ko`li rayonidagi Sovet
territoriyasiga bostirib kirdi. 6-11 avgustda sovet qo`shinlari yapon agressorlarga qarshi zarba
berdilar va uni SSSR territoriyasidan uloqtirib tashladilar. Lekin yapon bosqinchilar bu
voqealardan o`zlariga tegishli saboq chiqarmadi. Mongoliyapi bosib olish, sovet territoriyasiga
yorib kirish, Sibir temir yo`l magistralini kesib o`tish va Uzoq Sharqni qirqib qo`yish maqsadida
1939 yil 13 mayda ular Xalxin Gol daryosi rayonida Mongoliya Xalq Respublikasiga hujum
qildi.. Ammo ularning barcha birdaniga qaytarildi, bunda ular juda katta talafotlar ko`rdi. 20
avgustda sovet va mongol qo`shinlari qarshi hujumga o`tdilar. Dushman qo`shinlari qurshab
olindi va sakkiz kunlik jangda deyarli tamomila qirib tashlandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |