R.S.Nemov kichik ijtimoiy guruhlarning quyidagi tasnifini taklif etgan (9-rasm).
КИЧИК ГУРУҲЛАРНИНГ ТУРЛАРИ
реал
(ҳақиқий)
шартли (номинал)
лаборатория
табиий
ноформал (норасмий)
формал (расмий)
кучли ривожланган
кучсиз
ривожланган
жамоалар
корпорация
Tarixan kichik guruhlarni rasmiy va norasmiy turlarga bo‘lish qabul qilingan. Bunday bo‘linishni amerikalik olim E. Meyo taklif etgan edi. Uning fikricha, rasmiy guruhlar bir a’zolarning rasmiy rollarga ega ekanligi, ular mavqeining va guruhda tutgan o‘rnining aniqligi bilan xarakterlanadi. Bunday guruhlarda munosabatlar asosan “vertikal” tarzda ro‘y berib, guruhning bir yoki bir necha a’zosida “hokimiyat” bo‘lganligi uchun ham, ular boshqalarni boshqarish, ularga buyruq, rasmiy ko‘rsatmalar berish huquqiga ega bo‘ladilar. Rasmiy guruhga misol qilib har qanday birgalikdagi faoliyat maqsadlari asosida shakllangan jamoalarni – ishlab chiqarish brigadasi, talabalar guruhi, sinf o‘quvchilari, pedagogik jamoa va boshqalarni olish mumkin.
Rasmiy guruhlardan farqli o‘laroq norasmiy guruhlar ham mavjud bo‘ladiki, ular asosan stixiyali tarzda, aniq maqsadsiz tarkib topadi va ularda a’zolarning aniq mavqelari, rollari oldindan belgilangan bo‘lmaydi. Ko‘pincha norasmiy guruh rasmiy guruh tarkibida tashkil topadi va ularni boshqarish ham oldindan belgilangan bo‘lmay, odamlar ichidan u yoki bu shaxsiy sifatlari tufayli ajralib chiqkan a’zolar norasmiy rahbarlik rolini bajarishlari mumkin.
11.3.Kichik guruhlardagi dinamik jarayonlar.
Ma’lumki, guruhda to‘plangan kishilar o‘rtasida doimiy muloqot va munosabatlar mavjud bo‘ladiki, ularning mazmuni va yo‘nalishiga ko‘ra, o‘ziga xos ijtimoiy-psixologik muhit shakllanadi. Bu muhit guruhning taraqqiyotini ham, undagi turli jarayonlarni ham belgilaydi. Guruhning dinamik jarayonlari deganda avvalo uning shakllanish jarayoni, liderlik va guruhda turli qarorlarni qabul qilish jarayoni, guruhning har bir shaxsga ta’siri kabilar tushuniladi.
Guruhning shakllanishi, uning paydo bo‘lishi haqida gapiriladigan bo‘lsa, avvalo shuni ta’kidlash lozimki, guruh jamiyat ehtiyojlari va ijtimoiy talablar asosida paydo bo‘ladi. Masalan, sinf jamoasi doimo bolalarning rivojlanishi va ularning maktablarda ta’lim olishlari kerakligi uchun, talabalar guruhi ham shunga o‘xshash oliy ma’lumotli shaxslar kerak bo‘lganligi uchun paydo bo‘ladi va hokazo. Lekin bu masalaning ijtimoiy tomoni. Uning sof psixologik tomoni ham borki, u odamlarning nima uchun jamoalarda ishlashi, odamlar ichida bo‘lishi bilan bog‘liq. CHunki har bir normal insonda muloqotga bo‘lgan ehtiyoj hamda turli hayotiy vaziyatlarda o‘zini ijtimoiy himoyada sezish ehtiyoji borki, bu narsa turli kichik jamoalarda ularning bo‘lishini taqozo qiladi. Lekin guruhga a’zo bo‘lish bilan birgalikda har bir individ qator guruhiy jarayonlarning guvohi bo‘ladi.
Har bir guruh o‘ziga xos psixologik tizimga ham ega. Uni tashkil etuvchi elementlar nisbatan barqaror bo‘lib, ular guruh a’zolari xulq-atvorini muvofiqlashtirib turadi. Avvalo guruhning missiyasini ajratish kerak. Missiya – odamlarni jamoa mehnati atrofida uyushtirib, birlashtiruvchi psixologik elementdir. Masalan, barcha talabalarning maqsadi – o‘qish, professoinal malaka orttirib, mutaxssis bo‘lib etishish.
Guruhning avtonomligi darajasi ham ma’lum ahamiyatga ega omil, chunki har bir a’zo umumiy maqsad asosida birlashgan bo‘lsa ham, ularning har birining o‘z burch va vazifalari bor va shu nuqtai nazardan har odam o‘z imkoniyatlarini o‘zicha ishga solib, o‘zaro munosabatlarga sabab bo‘ladi.
Guruhning psixologik tizimga ta’sir etuvchi omillarga yana ularning jinsiy, Yosh jihatdan, ma’lumoti va malakasi nuqtai nazaridan farq qiluvchi, uyg‘unlikni tashkil etuvchi omillar ham kiradi.
Guruhning uyushganligi ham dinamik ko‘rsatgichlardan bo‘lib, shu nuqtai nazardan har bir guruh bir-biridan farq qiladi. Masalan, odamlar hamkorlikda bajarayotgan ishning qiziqarli va hamma uchun manfaatli ekanligi, guruh normalarining a’zolar tomonidan umuman olganda qabul qilinishi, qadriyatlar tizimini tasavvur qilishdagi fikrlar mosligi uyushqoqlikning mezonlaridir.
Guruhning tizimi yana uning katta-kichikligiga ham bog‘liq. Masalan, 5-10 kishidan iborat guruhdagi munosabatlar yaxshiroq, uyg‘unroq va faoliyat samaraliroq hisoblanadi. CHunki bunday guruhlarda norasmiy muloqot uchun ma’qul sharoit mavjud bo‘ladi. Bunday guruhlarda «guruhbozlik» degan illat ham bo‘lmaydi. Guruhning hajmi ortib borgan sari ularda rasmiyatchilik, rasmiy yuzaki munosabatlar ko‘payadi va bu odamlar o‘rtasidagi insoniy munosabatlarda o‘z aksini topadi.
Guruhlardagi liderlik va umumiy qarorlarga kelish ham dinamik jarayonlarga kiradi.
Guruhda odamlarning bir-birlarini yoqtirishlari yoki aksincha, inkor qilishlari ko‘pincha turli xil qarorlar qabul qilish jarayonida ro‘y beradi. Grupaviy qarorlar qabul qilish individual qarorlar qabul qilish jarayonidan tubdan farq qilmaydi. Ikkalasida ham avval muammo aniqlanadi, ma’lumotlar to‘planadi, bir nechta takliflar ilgari suriladi va nixoyat, eng ma’quli qabul qilinadi. Lekin guruhda bu jarayon biroz boshqacharoq kechadi va nizolar ko‘pincha aynan shu jarayon bilan bog‘liq bo‘ladi.
Amerikalik psixolog T. Mitchellning fikricha, o‘zaro ta’sir gruppa sharoitida quyidagi omillar vositasida ro‘y beradi:
1) ayrim a’zolar boshqalariga nisbatan ko‘proq gapirishga moyil bo‘ladilar;
2) yuqoriroq mavqega ega bo‘lgan shaxslar qarorlar chiqarish jarayonida ham boshqalarga tazyiq o‘tkazishadi;
3) guruhda ko‘p vaqt o‘zaro fikrlardagi kelishmovchiliklarning oldini olishga ketib qoladi;
4) guruhda ayrim odamlar ta’sirida asosiy maqsaddan chetlash va maqsadga nomuvofiq qarorlar qabul qilish xollari kuzatiladi;
5) barcha a’zolar o‘zlari sezmagan holda konformlilikka berilishlari va guruh ta’siriga tushib qoladilar. Shuning uchun ham ba’zan majlisni olib boruvchi rais kun tartibini e’lon qilgan bo‘lsa-da, undan chalg‘ib ketishi va o‘rinsiz qarorlar qabul qilishi mumkin.
Lekin gruppaviy qarorlar qabul qilish jarayonining eng katta ijobiy tomoni shundaki, unda ko‘plab fikrlar tug‘iladi va o‘rtaga tashlanadi. Bu fikrlar shunday sharoit yaratadiki, oxir-oqibat alohida individual fikrlardan biroz bo‘lsa-da, farq qiladigan original yangi fikr paydo bo‘ladi. Shuning uchun ham rahbarlik san’ati ko‘pchilik fikriga tayangan xolda oxirida eng ma’kul qarorga kela olishdir. Lekin salbiy tomoni shundaki, gruppaviy muzokara va qarorlar qabul qilish jarayoni ba’zi a’zolarda loqaydlik («Menga nima, ular gapirishyapti-ku» kabi), tashabbussizlik («Baribir meniki qabul qilinmaydi, gapirim nima qildim?» kabi) illatlarini ham paydo qilishi mumkin. Bu o‘sha muhitda ayrim odamlar fikri doimo qo‘llab - quvvatlangan, ayrim odamlarga e’tibor, imtiyoz berilgan sharoitlarda rahbarning aybi bilan ro‘y beradi.
Xoffman o‘z eksperimentlarida gruppaviy qarorlar qabul qilishga guruhning tarkibi ta’sir qilish mumkinligini isbot qilgan. Uning fikricha, yaxshi, sifatli, ijobiy fikrlar va qarorlar guruh tarkibi har xil (geterogen tarkib) bo‘lgan sharoitlarda uning tarkibi bir xil (gomogen) bo‘lgandan ancha ko‘p va sifatli bo‘ladi. Gomogen guruhlarda (masalan, taxminan bir xil o‘zlashtiradigan talabalar guruhi) qarorlar qabul qilish mobaynida konfliktlarning kam bo‘lishi va qarorlar tezda qabul qilinishi aniqlangan.
Har qanday qarorlar qabul qilish jarayoni psixologik jihatdan tavakkalchilikka asoslanishi ham isbotlangan. Lekin tavakkalchilik darajasi guruh sharoitida individual holatdagidan ancha past bo‘lar ekan. O‘rtacha guruh a’zosining bu o‘rindagi fikri: «Tavakkal shu gapni aytaychi, noma’qul bo‘lsa, guruh bor-ku, ular ma’qullashgan-ku?». Demak, guruh sharoitida qabul qilingan har qanday qaror mohiyatan ijtimoiy xarakterli bo‘lib, uning to‘g‘ri va foydali, natijali bo‘lishida rahbarning roli katta bo‘ladi.
Demak, kichik guruhlar sohasidagi tadqiqot ob’ektlariga odamlarning guruhda va yakka holdagi xulq-atvorlarini o‘rganish, kichik guruhlarning psixologik tuzilishi, ularda ro‘y beradigan dinamik jarayonlar (uyushqoqliq o‘zaro moslik va hokazo), guruhlardagi peshqadamlik va boshqarish psixologiyasi, konformizm hodisasi, jamoalarning shakllanish shartlari, turli guruhlararo munosabatlar, guruhlardagi kishilar o‘rtasida o‘zaro muloqot, o‘zaro bir-biriga ta’sir usullari, odamlarni samarali muloqotga o‘rgatish ham guruhlar ijtimoiy psixologiyasining muhim vazifasi hisoblanadi.
Ushbu sohani o‘rganish tufayli ajralib chiqqan tadbiqiy fan sohalariga ishlab chiqarish ijtimoiy psixologiyasi va boshqarish psixologiyasi kiradi.
12-MAVZU: KATTA GURUHLAR PSIXOLOGIYASI
Reja:
1.Katta guruhlar psixologiyasiga xos umumiy xususiyatlar.
2.Etnik guruhlar psixologiyasi.
3.Katta guruhlarni ilmiy tadqiq qilishning metodologik muammolari.
Tayanch tushunchalar: kross-madaniy tadqiqotlar, etnotsentrizm, etnik identifikatsiya, etnik stereotiplar, milliy xarakter, milliy tuyg‘ular, etnopsixologiya.
12.1.Katta guruhlar psixologiyasiga xos umumiy xususiyatlar.
Katta guruhlar kishilarning shunday birlashmalariki, undagi odamlar soni avvalo ko‘pchilikni tashkil etib ma’lum sinfiy, ilmiy, irqiy, professional begilar ularning shu gurhga mansubligini ta’minlaydi. Katta guruhlarni tashkil etuvchilar ko‘p sonli bo‘lganligi va ular xulq-atvorini bslgilovchi mexanizmlarning o‘ziga xosligi tufayli bo‘lsa kerak, ijtimoiy psixologiyada olimlar ko‘pincha kichik guruhlarda ish olib borishni afzal ko‘radilar. Lekin katta kishilar uyushmasining psixologiyasini bilish juda katta tarbiyaviy va siyosiy-mafkuraviy ahamiyatga ega. Bu sohadagi tadqiqotlarning kamligi bir tomondan, aytib o‘tilganidek ko‘pchilikni qamrab olishda qiyinchiliklar bo‘lsa, ikkinchi tomondan, katta guruhlar psixologiyasini o‘rganishga qaratilgan metodik ishlar zahirasining kamligidir. Masalan, ishchilar yoki ziyolilar sinfi psixologiyasi o‘rganilishi kerak, deylik Avvalo o‘sha ishchilarning soni ko‘p, qolaversa, ishchilarning o‘zi turli ishlab chiqarish sharoitlarida ishlayotgan, turli iqlim sharoitlarida yashayotgan turli millatga mansub kishilardir. Ularning barchasini qamrab oladigan yagona ishonchli metodikani topish masalasi tadqiqotchi oldiga juda jiddiy muammolarni ko‘yadi. Shuning uchun xam har bir katta guruhga taalluqli bo‘lgan asosiy, etakchi sifatni topish va shu asosda uning psixologiyasini o‘rganish hozircha ijtimoiy-psixologiyadagi asosiy metodologik yo‘llanma bo‘lib kelmoqda. Qolaversa, katta guruhlar jamiyatning tarixiy taraqqiyoti mobaynida shakllangan guruhlar bo‘lgani uchun ham har qanday guruhni o‘rganishdan oldin, xoh bu sinflar bo‘lsin, xoh millatlar yoki xalqlar psixologiyasi bo‘lsin, uning xayot tarzi, unga xos bo‘lgan odatlar, udumlar, an’analar o‘rganiladi. Ijtimoiy-psixologik ma’noda, hayot tarzini o‘rganish deganda, u yoki bu guruhga taalluqli bo‘lgan kishilar o‘rtasida amalga oshiriladigan muloqot tiplari, o‘zaro munosabatlarda ustun bo‘lgan psixologik omillar, qiziqishlar, qadriyatlar, extiyojlar va boshqalar nazarda tutiladi. Ana shularning umumiyligi tufayli har bir shaxsda, ya’ni u yoki bu katta guruhga mansub bo‘lgan shaxsda tipik xislatlar shakllanadi. Masalan, 90-yillar Yoshlariga xos bo‘lgan tipik sifatlar ana shu Yoshlar o‘rtasida keng tarqalgan urf-odatlar, moda, so‘zlashish xususiyatlari, qadriyatlar, qiziqishlar va hokazolar tufayli shakllanadi. Shuning uchun ham 20 Yoshli kishining psixologiyasini to‘liq ravishda o‘rganish uchun undagi bilish jarayonlarining o‘ziga xosligi, shaxsi, harakteri va boshqa individual psixologik xususiyatlaridan tashqari, yana unga o‘xshash Yoshlarda ustun bo‘lgan psixologik xislatlarning qanchalik namoyon bo‘lishini, u mansub bo‘lgan va asosan vaqgini o‘tkazadigan guruhlar psixologiyasini, milliy sifatlarini ham nazarda tutish va ularni o‘rganish zarur. Bu degani, har bir shaxs ongida uning yakka, alohida orttirgan shaxsiy tajribasiga aloqador psixologik tizimlardan tashqari, uning qaysi millat, elat, sinfga mansubligidan singdirilgan psixologik tizimlar ham mavjuddir.
12.2.Etnik guruhlar psixologiyasi.
Ijtimoiy psixologiyada katta guruhlar ichida etnik guruhlar psixologiyasi, ya’ni etnopsixologiya bo‘yicha ko‘proq tadqiqotlar o‘tkazildi. Ayniqsa, hozirgi davrda har bir ko‘pgina davlatlar mustaqil davlat mavqeini olgan, lekin 6oshqa tomondan qaraganda, xamdo‘stlik mamlakatlari ittifoqi sharoitida millatlar o‘rtasida muttasil aloqalar mavjudligidan kelib chiqib, milliy psixologiya masalalari kun tartibida avvalgidan ham muhim masala sifatida qo‘yilmoqda. Shuning uchun ham katta guruhlar ichida milliy guruhlarga ko‘prok e’tibor berish muhim.
Milliy psixologiya nima va uni qanday qilib o‘rganish mumkin? Bu hozirda, ya’ni mustaqil O‘zbekiston sharoitida, ko‘pgina tadqiqotchilarni qiziqtirayotgan masaladir. CHunki davr etnopsixologiyadan shunday empirik ma’lumotlar kutmoqdaki, u faqatgina milliy ongga taalluqli bo‘lgan hozirgi va o‘tmishdagi holatni emas, balki millatning ertangi kunini, uning ongi qaysi tomonga o‘zgarishini, millatlararo sodir bo‘ladigan jarayonlarni bashorat qilmog‘i lozim. Buning uchun esa unga kuchli etnopsixologik nazariya va ishonchli metodlar kerak.O‘zbekiston olimlari oxirgi paytlarda masalaning xuddi ana shu tomoniga katta e’tibor bermoqdalar, chunki sobiq Ittifoq sharoitining o‘zi ana shunday kuchli nazariyaning bo‘lishi uchun anchagina to‘g‘anoq bo‘lgan, empirik tadqiqotlar esa, avval ta’kidlaganidek tor guruhlar doirasidan, avvalo, oilalar doirasidan chiqmagan edi.
Etnopsixologiya — bu psixologiyaning shunday tarmog‘iki, u ayrim olingan millatlar psixologiyasidan tashqari, turli xalqlar psixologiyasini, kichik milliy guruxlarni ham o‘rganadi. Ma’lumki, bu boradagi birinchi ilmiy tadqiqotlarni V. Vundt boshlab bergan edi. Uning tadqiqotlaridagi „xalq" tushunchasi aslida etnik uyushma ma’nosida tushuntirilgan edi. Uning fikricha, etnik guruhlar psixologiyasini o‘rganish uchun ularning tilini, odatlarini va ana shu xalqlarda keng tarqalgan afsonalar va boshqa ong tizimlarini o‘rganish kerak. SHunisi diqqatga sazovorki, Vundtdan keyingi davrda o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri bizning o‘lkamizda o‘tkazilgan bo‘lib, uni psixolog A.R. Luriya amalga oshirgan edi. Bu eksperimental tadqiqot bo‘lib, uni o‘tkazishdan asosiy maqsad L.S. Vigotskiyning madaniy-tarixiy yondashuv g‘oyasini tekshirish edi. Luriya boshchiligidagi olimlar guruhi revolyusiya g‘alaba qozongan O‘zbekiston sharoitida turmush tarzining o‘zgarishi bilan o‘zbek xalqi psixologiyasining xam o‘zgarganligini isbot qildilar. Asosiy maqsad bilish jarayonlarining o‘zgarganligini isbot qilish bo‘lsa ham tadqiqotchilar o‘z-o‘zini anglash va o‘z xulq-atvorini analiz qilish borasida ham uyda o‘tiradigan ayollar, endigina savod olish maqsadida savodxonlik kurslarida o‘qiyotgan ayollar hamda pedagogika bilim yurtlarida ta’lim olayotgan qizlar o‘rtasida farq bor-yo‘qligini tekshirishdi. Tadqiqot asosan o‘z-o‘zini analiz qilish metodi yordamida o‘tkazilgan bo‘lib, ayollarga turli savollar orqali o‘z shaxsiga xos xususiyatlarni, o‘zidagi etakchi sifatlarni aniqlash va ba’zi psixologik holatlarga baho berish topshirig‘i berildi. Lekin javoblarning sifati, to‘liqligi ayollarning bilim saviyasiga va ijtimoiy aloqalar tizimida tutgan o‘rniga bog‘liq bo‘lib chiqdi. Uyda o‘tirgan ayollar ko‘p hollarda qo‘yilgan savolni ham anglamasliklari ma’lum bo‘ldi. Luriya shu narsaga iqror bo‘ldiki, o‘zbeklardagi ong asosan boshqa odamlar fikriga bog‘liq ekanligi, tobelik psixologiyasi kuchliligini aniqladi. Masalan, ayollarga o‘zidagi yomon sifatlarni aytish topshirig‘i berilganda, ular yomon ko‘shnilarni ko‘rsatishar va umuman o‘z-o‘zini baholashdan ko‘ra boshqalarni baholash, ularga sifat harakteristikalari berish ancha engil tuyulardi.
YUqorida ta’kidlaganimizdek A.R. Luriyaning asosiy maqsadi milliy psixologik xususiyatlarni o‘rganishda tarixiy prinsipga tayanish lozimligini isbotlash hamda milliy psixologiyaning hayot tarziga, shaxsning jamiyatda kishilar munosabatlari tizimida tutgan o‘rniga bevosita bog‘liqligini isbot qilish edi. Lekin tadqiqotning ahamiyati shunda ediki, unda birinchi marta milliy psixologiyani o‘rganishga yordam beruvchi metodlar va metodologik prinsiplar sinab ko‘rildi. To‘g‘ri, bu tadqiqotda to‘plangan ma’lumotlar va ilmiy xulosalar bilan bugungi kunda kelishib bo‘lmaydi, qolaversa, bu konsepsiyaning o‘zi necha bor qayta ishlovni talab qiladi, lekin milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilgan kross-tadqiqot sifatida uning ahamiyati kattadir. Qo‘llangan piktogramma — “so‘z portretlari”ni, o‘z-o‘zini analiz qilish metodlarini hozirgi zamonaviy tadqiqotlarda ham faqat yangicha metodologik prinsiplarda qo‘llash mumkin.
Oxirgi yillarda chet el va sobiq Ittifoq olimlarining tadqiqotlarini umumlashtirib, etnopsixologik ishlarga yagona ilmiy yondashuvni topish harakatlari sezilmokda. Bu sohala mashhur rus etnografi va psixologi YU. Bromley olib borgan ishlar, uning laboratoriyasida to‘plangan ma’lumotlar misol bo‘lishi mumkin. YU.V. Bromley etnik guruhlar psixologiyasida ikki tomonni farq qiladi:
1) psixik asos — etnik harakter, temperament, milliy an’analar va odatlardan iborat barqaror qism;
2) hissiyot sohasi etnik yoki milliy his-kechinmalarini o‘z ichiga olgan dinamik kism. Lekin tadkikotchilar nima uchundir, milliy psixologiya masalalari bilan shug‘ullanishganda, milliy qirralar yoki sifatlarni aniqlash bilan shug‘ullanadilar-da, u yoki bu millatlargagina xos bo‘lgan qirralarni topishga urinadilar, lekin fan-texnika rivojlangan, millatlar uyg‘unligi, millatlarning doimiy uzaro xamkorligi va muloqoti sharoitida, aralash nikohlar keng tarqalgan sharoitda faqat u yoki bu millatga xos bo‘lgan qirralar hakida gapirish juda qiyin. Masalan, o‘zbeklar o‘rtasida o‘tkazilgan kichik tadqiqot natijasida shu narsa ma’lum bo‘ldiki, go‘yoki mehmondo‘stlik kamtarlik samimiylik kabi ijobiy sifatlar o‘zbek xalqigagina xos emish. To‘g‘ri, bu sifatlar albatta o‘zbeklarda bor. Lekin, aynan shu sifatlar boshqa millatlar vakillarida yo‘q deyishga xaqqimiz yo‘q Xuddi har bir shaxs ongida turlicha stereotiplar — ya’ni o‘rnashib qolgan obrazlar bo‘lganidek har bir oila, yaqin oshna-og‘aynilar va o‘ziga o‘xshash shaxslar bilan muloqot jarayonida u yoki bu millat vakilida ham o‘z millatiga xos bo‘lgan sifatlar haqida stereotiplar paydo buo‘ib, ular ongida o‘rnashib boradi. Bunday stereotiplar o‘z millatiga va boshqa xalqlarga nisbatan bo‘lib, boshqalar haqidagi tasavvurlar ancha sodda, yuzaki, mazmunan tor bo‘ladi. SHunday tasavvurlar asosida boshqa millatlarga nisbatan yoqtirish (simpatiya) yoki yoqtirmaslik (antipatiya) va befarqlik munosabatlari shakllanadi.
O‘z millati haqidagi tasavvur va stereotiplar esa milliy “etnotsentrizm” hissini shakllantiradiki, shu xis tufayli shu milliy guruh vakillarida boshqa millatlarga nisbatan irratsional munosabatlar paydo bo‘lishi, bu esa milliy antogonizm va milliy adovatlarni keltirib chikarishi mumkin. Bu borada, ijtimoiy psixologlar va mafkurachilar oldida turgan muammolardan biri millat vakillarida milliy g‘ururning qay darajada bo‘lishini aniqlash muammosi turadi. CHunki ko‘pincha milliy g‘urur tufayli ayrim shaxslarda boshqa millatlarni mensimaslik, ulardagi g‘urur yoki milliy xislarni tan olmaslik hollari kuzatilmoqda. Ba’zan, milliy adovatlar asosida yotgan etnotsentrizm va milliy g‘ururning salbiy ko‘rinishlari boshqa millatlarning tarixini, ularning an’analarini, tili va hokazolarini bilmaslikdan kelib chiqadi.
Milliy psixologiya bo‘yicha o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tadqiqotlarning maqsadlaridan biri ham boshqa millatlar psixologiyasini bilib, uni boshqa millatlarga etkazish tufayli, har bir millat vakiliga hurmat-izzat hissini kuchaytirishdir. CHunki o‘zini hurmat qilmagan odam boshqani hurmat qilmaydi, buning uchun esa o‘z psixologiyasini ham, o‘zgalar psixologiyasini ham bilishi kerak. SHundagina shaxslararo ziddiyatlarga bardam berilishi mumkin. Bu narsa millatlar psixologiyasiga xam xosdir. YA’ni, fan jamiyatga shunday etnografik va etnopsixologik ma’lumotlar majmuini yaratib berishi lozimki, undagi ma’lumotlar asosida katta guruh hisoblangan millatlar psixologiyasini ham boshkarish mumkin bo‘lsin.
12.3.Katta guruhlarni ilmiy tadqiq qilishning metodologik muammolari. CHet ellarda va mamlakatimizda kilingan ilmiy ishlarni analiz kilar ekanmiz, epnopsixologik tadkikotlarda xilma-xil uslub va metodlar kullanilganining guvoxi bulamiz. CHunki bunday tadkikotlarda shaxs xususiyatlarini urganuvchi turlicha testlardan tortib, proektiv metodlar, eksperimentallarning turlicha kurinishlari surok metodlari - anketa, intervyu, sotsiometriya, metodlari va boshkalar ishlatiladi. Bu metodlar xozirgi kunda xam «Madaniy muxit va shaxs» guruxlararo munosabatlar xamda kiyosiy tadkikotlarda kullanilmokda. Bunday ishlarni fakatgina ijtimoiy psixologik emas, balki umumiy psixologiya bilan shugullanuvchi olimlar xam utkazmokdalar. Lekin shunday bulishiga karamay, epnopsixologik metodlarning tankisligi kun sayin sezilmokda. CHunki etnopsixologiya muammosi bilan shugullanishni maksad kilib kuygan xar bir tadkikotchi yo mavjud metodikalardan birini kayta uzgartirishga yoki bulmasa, uzicha yangi metodlarni kashf kilishga majbur bulmokda. Nixoyat, etnopsixologik metodlarni kullashning nokulayligi shundaki, masalan, Amerikada juda yaxshi natija berib, ishonchli ma’lumotlar tuplangan metodika Osiyo mamlakatlari yoki bizning jumxuriyatimiz sharoitida umuman xech narsani ulchamasligi mumkin. Masalan: Ravenning matrik testi va muxit ta’sirlari daxlsiz deb xisoblangan. Kettelning intellekt testi xam baribir, kisman bulsada, muxit sharoitlarini xisobga olishni talab kiladi. Kolaversa ularni sharxlash masalasida aloxida extiyotkorlik zarur. Shuning uchun xam xozirda butun jaxon olimlari xar kanday madaniy muxitni xam yukori turadigan, universal test yoki metodika yaratish fikrining asossizligi xakida umumiy fikr bildirmokdalar.Etnopsixologik tadkikotlarutkazishni maksad kilib kuygan xar kanday tadkikotchi asosiy prinsiplar sifatida madaniy muxit sharoitlarining xilma-xilligi va ularning uzaro bir-biriga ta’sir kursatishini inobatga olishi lozim. Bu narsa etnopsixologik tadkikot dasturini tuzishda albatta xisobga olinishi kerak. Misol uchun, Uzbekiston sharoitida tadkikot utkazmokchi bulinsa, kuyidagi narsalarga e’tiborni karatish lozim:
1.SHu xudud sharoitida yashovchi barcha millatlarga xos bulgan umumiy psixologik omillar va ularni aniklash usullari;
2.Fakat uzbek millatiga xos bulgan umumiy psixologik sifatlar va omillarni aniklash;
3.Aniklashni omillarni yoki psixologik sifatlarni ulchaydigan yoki eksperimental usulda tekshirishga imkon beradigan metodlarni tanlash va ularni konkret sharoitlarga moslash;
4.Tadkikotchi guruxini tekshirilayotgan milliy gurux tilini, urf-odatini biladigan xodimlar bilan ta’minlash. CHunki tadkikot ob’ekti xisoblangan guruxda usha gurux tipida tadkikot utkazish kerak, toki tekshiriluvchilarga kuyilgan xar bir talab, savol va topshiriklar ular uchun tushunarli bulsin.SHuni aloxida ta’kidlash lozimki, u yoki bu milliy gurux psixologiyasini, undagi etnik stereotiplarni tekshirishga karatilgan maxsus metodlar yuk, Shuning uchun xam tadkikotlar mavjud metodlar orasidan keragini tanlab, ularni joy sharoitlariga moslash, kerak bulsa, u tildan bu tilga tarjima kilish kerak. Tarjima xususida shuni aytish kerakki, maxsus psixologik testlar yoki metodlarni (anketalar, suroklar, shkalalar, savollarni) tarjima kilish, tarjimondan yuksak bilimdonlik va professional sifatlarni talab kiladi. Aks xolda metodika uz kimmatini yukotishi yoki kerakli sifatni aniklamasligi yoki ulchamasligi mumkin. Xattoki, verbal (ogzaki berilgan) testlarni turli sharoitlarda kullab, olingan ma’lumotlarni sharxlash boskichida uning mazmuni yoki maksadi uzgarganligi kuplab tadkikotlarda isbotlangan. Shuning uchun xam xar kanday metodik uslubni kullashdan oldin uni kichikrok gurux doirasida sinab kurish va natijalarni ekspertlarga berib yoki boshka yordamchi metodlar yordamida kayta sinovlar utkazish yuli bilan tekshirib olish maksadga muvofikdir.Konkret- etnopsixologik tadkikotlarga kuyiladigan yana bir talab-tadkikotni tabiiy sharoitlarda tekshiriluvchilar uchun tanish bulgan joylarda kiska kursatmalar berish yuli bilan utkazishdir. CHunki etnopsixologik tadkikotlarda kupincha turli esh, kasb va ma’lumotga ega bulgan shaxslar ishtirok etadi. Shuning uchun xam ularning barchasiga tushunarli, anik topshiriklar tizimini tuza olish xam psixologlardan kator professional malakalarni talab kiladi. YUkorida aytib utilgan metodologik va metodik uslublar milliy psixologiyani urganishda fakat asosiylari xolos,chunki millatning kup kirralik psixik xolatini urganishda yana kuplab usullardan foydalanish mumkin, bu narsa tadkikotning maksadlariga, tadkikotchining esa uslubiy tayergarlik darajasiga boglik.
13-MAVZU: OILA PSIXOLOGIYASI
Reja:
1.Inson psixik taraqqiyotida oilaning ahamiyati.
2.Oila ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar ob’ekti sifatida.
3.Oiladagi shaxslararo munosabatlar va ularning shaxs shakllanishiga ta’siri.
Tayanch tushunchalar: shaxs, oila, shaxslararo munosabatlar, oila tipi, tarbiya tipi, muhabbat, ijtimoyilashuv, ijtimoiy ustanovka.
13.1.Inson psixik taraqqiyotida oilaning ahamiyati.
So‘ngi yillarda o‘sib kelayotgan Yosh avlodni milliy qadriyatlar asosida har tomonlama tarbiyalash masalasiga e’tibor kuchaymoqda. O‘zbekiston istiqlolini mustahkamlashda va rivojlantirishda ma’naviy sog‘lom avlodni voyaga etkazish ularning ongi, xarakterini milliy qadriyatlarimiz asosida axloqli-odobli qilib trabiyalashimiz zarurdir. CHunki, ma’naviy kamol topgan insonlargina barkamol jamiyat qurishlari mumkin. Prezidentimiz I.A.Karimov o‘z asarlarida ta’kidlaganidek: “Bugun O‘zbekiston xalqi ulug‘ ajdodlarining an’analari, urf-odatlarini davom ettirib, taqdirini o‘z qo‘liga olib, yangi tarixiy sharoitda kelajagini o‘rganmoqda”.
SHarq madaniyati va ma’naviyati shu qadar noyob, betakror va jozibali bo‘lib, buning asosiy sabablaridan biri o‘zbek oilasining betakror muhiti, undagi an’analar, rasm-rusmlar va qadriyatlarning barhayotligidadir. Zero har qanday oila inson taqdiri va kamolotini, kelajagini belgilab beruvchi omil ekanligi bilan xarakterli hisoblanadi. Ayniqsa, undagi an’analar, milliy qadriyatlar ma’naviy boy, axloqan etuk, intellektual rivojlangan yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni, ya’ni sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga etkazishda ularning o‘rni va ahamiyati kattadir.
Demak,oila-hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasl qanday inson bo‘lib etishishiga ta’sir ko‘rsatadigan katta tarbiya o‘chog‘idir.
Oila farovonligi-milliy farovonlikning asosidir. Oilada eng avvalo: halollik, rostgo‘ylik, mehr-oqibat ,or-nomus, sharmu-hayo, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. SHarqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa , mahallada tinchlik va osoyishtalik hukm suradi.
Oila va bola tarbiyasi muammosi hamma vaqt dolzarb masala bo‘lib kelgan. Oila muhiti qanchalik axloq-odobning madaniyat qoidalari va milliy qadriyatlari asosida tashkil topgan bo‘lsa, bola shaxsining to‘g‘ri shakllanishi uchun shart-sharoit yaratilsa, shaxs shunchalik barkamol, komil inson bo‘lib etishadi.
O‘zbek oilasidagi an’anaviy ta’lim-tarbiya namunalarini farzandlarimizga amaliy tarzda o‘rgatib, oilaviy munosabatlar madaniyatini yuksaltirishga da’vat etib shu orqali ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabalarni oqilona tashkil etishga yordamlashish hammamizning vazifamizdir. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy tarbiya berishning yo‘llari va vositalari xilma-xil bo‘lib, bular ichida Yoshlarni xalqimizning milliy an’analari ruhida tarbiyalash alohida o‘rin tutadi.
Haqiqatdan ham yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning ijodchisi bo‘lishi bilan birga asrlar davomida yaratilgan bu ma’naviy boyliklar yana xalq manfaatiga xizmat qiladi. Milliy an’analar xalqimizning ana shunday ma’naviy boyliklaridan biridir.
Ma’lumki, an’analar muhim ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning odatlari, yurish-o‘tirish qoidalari, axloq normalari bo‘lib, asrlar davomida yashab kelsada, avloddan-avlodga o‘tar ekan, mazmuni yanada boyiydi va insoniyat donishmandligining ifodasi sifatida xalq pedagogikasiga aylanadi. Bu donishmandlik odamlarning turmushi, his-tuyg‘ulariga singib, ularning shunchaki qarashlari va ideallarigina emas, shu bilan birga, ijtimoiy ong formasi ham bo‘lib qoladi. Ularda odamlarning dilidagi, ko‘nglidagi, psixologiyasidagi eng ezgu orzu istaklari o‘z ifodasini topadi.
O‘zbek xalqi, mamlakatimizdagi boshqa qardosh xalqlar kabi Yoshlarga axloq tarbiyasini berishda o‘zining azaliy an’analariga ega bo‘lgan. Bizning hozirgi kundagi vazifamiz esa, o‘tmishda avlodlar tomonidan yaratilgan eng yaxshi an’analarni o‘rganish va hayotimiz talablariga mos holda rivojlantirishdir.
Qadimiy, tarixiy manbalar, xalq og‘zaki ijodi materiallari, sharq klassiklarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlarini sinchiklab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek xalqi qadim zamonlardan boshlab farzandni tarbiyalash sohasida o‘ziga xos an’analarga ega bo‘lgan. Ota-onalarning bolalarni sevishi, o‘z navbatida farzandlarning ota-onani astoydil hurmat qilishi oila tarbiyasining ko‘rki bo‘lib hisoblangan.
SHarq mamlakatlarida ayniqsa, ota-onalarning shaxsiy namunasi farzand tarbiyasining eng muhim usullaridan biri hisoblangan. SHunga ko‘ra, o‘g‘il bolalar yurish-turishi, o‘zaro muomalasi, erga ishlashi va kasb egallashda otasiga o‘xshashlikka harakat qilgan. Ota kasbini egallash yaxshi tarbiyaning natijasi hisoblangan. Qizlar esa uyni saranjom-sarishta tutish, turli taomlar tayyorlash, to‘qish va tikish, mehmon kutish kabi ishlarda onasiga o‘xshashga harakat qilganlar.
An’anaga ko‘ra, farzandlarning yurish-turishi va o‘zaro munosabat qoidalari, Yoshlarning ota-ona va kattalar oldidagi burchi, mehnati,kasb-kori va ularning inson hayotidagi roli haqidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni oilada olganlar.
Agar o‘g‘il bolalarga oila tashvishi bilan yashash, uning shon-shuhrati uchun kurashishi ,Yoshlikdan biror kasbning boshini tutish, har qanday mehnatga tayyor turish kabi sifatlar sindirilsa,qizlarga esa kattalarni hurmat qilish,ota-onalarning so‘ziga quloq solish har doim nazokatli va shirin so‘z bo‘lish, ota-yoki boshqa katta kishilar uyga kirib kelishganida o‘rnidan turib qarshi olish kabi odob va ma’naviy hayot qoidalari oilada o‘rgatilar edi.
Hayot tajribasini ko‘rsatishicha, jamiyatning ravnaqi, gullab-yashnashi, farovon hayotning asosiy mezoni axloq-odob bo‘lib hisoblangan. Shuning uchun ota-bobolarimiz oilaga, oilada bola tarbiyasiga, ularning ma’naviy kamoliga, axloqiga katta e’tibor berib kelganlar.
Demak, jamiyat mustahkam, ma’naviy va axloqiy jihatdan sog‘lom oila bo‘lishidan manfaatdordir. SHunday ekan, kattalarning farzand tarbiyasi yuzasidan mas’uliyatini, salohiyatini kuchaytirish, ularning pedagogik layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta’minlash davr talabidir.
13.2.Oila ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar ob’ekti sifatida.
Ijtimoiy psixologiyada oilaga xos psixologik jarayonlar, oila a’zolarining bir-birlariga munosabatlari, nikohdagi o‘zaro moslik masalalari, oilaviy mojarolarning psixologik omillari, oilada bola tarbiyasining ijtimoiy psixologik metodlari o‘rganiladi.
O‘zbekistonda o‘tkazilayotgan ijtimoiy psixologik tadqiqotlar asosan oila va oilaviy munosabatlarga bag‘ishlangan. CHunonchi, birinchi ijtimoiy psixologik tadqiqot ham 70- yillarning oxiri 80- yillarning boshida I. YOqubov tomonidan o‘tkazilgan bo‘lib, u oilaviy munosabatlarning barqarorligi va er-xotin ijtimoiy rollarining muvofiqligini ta’minlovchi sotsial-psixologik omillarni o‘rgandi. Tadqiqot natijasida,- shu narsa aniqlandiki, oila a’zolarining rollar borasidagi muvofiq o‘zaro munosabatlari oilaviy xamjihatlikning muhim shartidir. Oilaviy majorolar esa, asosan hozirgi zamon o‘zbek ayolining ijtimoiy mehnat bilan bandligi hamda oilaviy munosabatlarda eskilik sarqitlarining saqlanib qolganligidadir.
G‘.B.SHoumarov va E.A. Morshinalarning (1986) tadqiqotlarida esa oilada bolalar tarbiyasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan ijtimoiy-psixologik omillar o‘rganildi, chunonchi, unda o‘ziga xos milliy va an’anaviy o‘zaro munosaoat xususiyatlarining o‘rni belgilandi.
Oilaviy munosabatlar psixologiyasi xususida o‘tkazilgan muhim tadqiqotlardan biri N. Sog‘inovning o‘zbek oilasiga xos bo‘lgan nikoh va oila munosabatlari - nikohdan qoniqish, nikoh motivlari, oila qurishning o‘zbeklarga xos bo‘lgan Yosh xususiyatlari, Yosh o‘zbek oilalaridagi psixologik mojarolar va ajralishlarning sabablarini sistematik tarzda o‘rgangan ilmiy ishidir. Bu tadqiqotda ilgari hech o‘rganilmagan ilmiy ma’lumotlar to‘plandiki, ularga ko‘ra, o‘zbek oilasining qurilishiga sabab bo‘ladigan asosiy motiv—bu “Farzandli bulish”, (birinchi o‘rinda), ikkinchi o‘rinda “Jamoatchilikning gap-so‘ziga qolmaslik”, uchinchi o‘rinda “Ota-ona va qavmi-qarindoshlarning istaklarini bajo etish” va hokazolar aniqlandi. N.Sog‘inovning to‘plagan ma’lumotlari Yosh oilalar, mojaroli oilalar va Yoshlar tarbiyasi bilan mashg‘ul bo‘lganlar uchun muhim ilmiy yo‘l-yo‘riqdir.
Bundan tashqari, oxirgi yillarda katta guruhlar psixologiyasiga oid qator tadqiqotlar o‘tkazildi. Masalan, V.M.Karimovaning o‘zbek xotin-kizlari ijtimoiy tasavvurlarining o‘zgarishi mexanizmini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1987), E. Usmonovning o‘zbek ayollarining suitsidal (ya’ni o‘z-o‘ziga o‘t qo‘yish) xulq-atvorining ijtimoiy-psixologik sabablarini o‘rganishga bag‘ishlangan tadqiqoti (1993), E. No‘‘monovaning o‘zbek oilalaridagi reproduktiv ustanovkalarning xususiyatlariga bag‘ishlangan, M. Zokirovaning erkak va ayollardagi rollar hakidagi tasavvurlarning o‘ziga xosligini o‘rganishga bag‘ishlangan ilmiy tadqiqoti, M.Toshpo‘latovning o‘zbek Yoshlaridagi ijtimoiy xulq-atvorning bozor iqtisodiyoti sharoitidagi o‘ziga xos qirralarini o‘rganishga qaratilgan ishlari va boshqalar shular jumlasidandir. Mazkur tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bizning hududimizda ham oila-nikoh munosabatlari yil sayin o‘zgarib 6ormoqda. Bu boradagi o‘zgarishlarga: 1) oilaning jamiyat oldidagi funksiyalarining o‘zgarib borishi; 2) oila a’zolari sonining va tug‘ilishning kamayishi, murakkab ko‘p oilali tipdan, alohida mavjud bo‘lgan alohida oilalar tipiga aylanib borayotganligi; 3) oilaviy munosabatlar tizimida er va xotin funksiyalarining o‘zgarib, oilaviy rollar haqidagi ijtimoiy tasavvurlarning o‘zgarib borayotganligi; 4) iqtisodiy inqirozlarning oila a’zolari o‘rtasidagi munosabatlarga ta’siri; 5) ayollardagi reproduktiv ustanovkalarning o‘zgarib borayotganligi kabilarni kiritish mumkin. Bu tadqiqotlar natijasida yaqin kelajakda yangi etnopsixologik konsepsiya shakllanadi va bu respublikamizdagi ilmiy ishlarning rivojiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Oila va nikoh borasida o‘tkaziladigan tadqiqotlarda jahon va hamdo‘stlikdagi davlatlarda o‘tkazilgan izlanishlar, ulardan olingan natijalar va metodikalardan foydalanish mumkin. Ayniqsa, Sankt-Peterburg, Boltiqbuyi respublikalarida oila masalalariga bag‘ishlangan tadqiqotlar ko‘plab o‘tkazilgan bo‘lib, ularning tajribasidan biz ham keng foydalanishimiz kerak. CHunki o‘sha hududlarda ro‘y berayotgan ko‘plab ijtimoiy jarayonlar, xususan, oilaviy munosabatlar borasidagi muammolar bizning jumhuriyatimizga ham taal-luqli. Masalan, ayollarning ijtimoiy mehnatda bandligi tufayli ularda oila, unda xotin kishining o‘rni, roli haqidagi tasavvurlarning o‘zgarishining o‘zi butun psixologiyani qayta qurilishiga sabab bo‘lmoqda. Lekin ikkinchi tomondan, demokratiya va erkinlik sharoitida yillar davomida taqiqlanib kelgan eski qadriyatlarimiz, birinchi vavbatda, dinning hayotga kirib kelishi, umuman oilaviy munosabatlarga shunday ta’sir ko‘rsatmoqdaki, ko‘pchilikda “endi ayol kishi an’anaviy o‘z o‘rnini egallarmikin?” degan tasavvurlar ham paydo bo‘lmoqda. Ammo, hozirgi rivojlangan ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar sharoitida moddiy ishlab chiqarishni xotin-qizlarsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Shuning uchun ham ilmiy tadqiqotlar odamlar ongidagi ana shunday qarama-qarshiliklarning psixologik echimini topgan holda oila va nikox tizimiga psixologik yordam ko‘rsatishi zarur. SHaharlarda va yirik aholi punktlarida “oila xizmati” shoxobchalarini tashkil etish zarurki, ular bir tomondan, oila va nikoh borasidagi ilmiy muammolarni tadqiq qilib, ularni hayotda qo‘llasa, ikkinchi tomondan, Yoshlarga, oilasiz odamlarga, ziddiyatli oilalarga bevosita psixologik xizmatlar ko‘rsatishi kerak. Oilaviy munosabatlar sohasidagi alohida tadbiqiy tarmoq bu Yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlashdir. Bu ish bizning o‘lkamizda ham alohida ahamiyatga ega bo‘lib, yangilik bilan eskilik qarama-qarshi kelayotgan sharoitlarda ayniqsa muhimdir. O‘smirlik va o‘spirinlik yillarida shakllanadigan attraksiya hodisasi, ya’ni shaxslarning bir-birlariga emotsional bog‘lanishlari — do‘stlik sevgi hislarini tarbiyalash, ana shunday tarbiyaga shart-sharoitlar yaratish bizning sharoitlarimizda yangi va kelajagi porlok sohalardandir.
13.3.Oiladagi shaxslararo munosabatlar va ularning shaxs shakllanishiga ta’siri.
Insoniy munosabatlar shunday o‘zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslararo munosabatlar shakllanadi va namoyon bo‘ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar orasija ro‘y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotda bo‘lishgani sari, ular o‘rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o‘rtasida umumiylik, o‘xshashlik va uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunidigan yoki “yarimta jumladan” ham fikr ayon bo‘ladigan bo‘lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning muloqotning tig‘izligi teskari reaksiyalarni- bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi. Masalan, oila muhiti va undagi munosabatlar ana shunday tig‘iz munosabatlarga kiradi. Faqat bunday tig‘izlik oilaning barcha a’zolari o‘rtasida bo‘lishi mumkin (ona-bola, qynona-kelin va hokazo).
SHaxslararo munosabatlarni o‘rganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. CHunki inson shaxsining eng nufuzli va etakchi faoliyatlaridan biri bo‘lgan muloqot va u orqali o‘zaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o‘xshashlik, uyg‘unlik kabi sifatlar paydo bo‘lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning o‘ziga xos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta’sir etadi.
SHarq madaniyati va ma’naviyati shu qadar noyob, betakror va jozibali bo‘lib, buning asosiy sabablaridan biri o‘zbek oilasining betakror muhiti, undagi an’analar, rasm-rusmlar va qadriyatlarning barhayotligidadir. Zero har qanday oila inson taqdiri va kamolotini, kelajagini belgilab beruvchi omil ekanligi bilan xarakterli hisoblanadi. Ayniqsa, undagi an’analar, milliy qadriyatlar ma’naviy boy, axloqan etuk, intellektual rivojlangan yuqori bilimli, jismonan baquvvat, har tomonlama kamol topgan shaxsni, ya’ni sog‘lom avlodni tarbiyalash, voyaga etkazishda ularning o‘rni va ahamiyati kattadir.
Demak,oila-hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini ta’minlaydigan, muqaddas urf-odatlarimizni saqlaydigan, shu bilan birga kelajak nasl qanday inson bo‘lib etishishiga ta’sir ko‘rsatadigan katta tarbiya o‘chog‘idir.
Oila farovonligi-milliy farovonlikning asosidir. Oilada eng avvalo: halollik, rostgo‘ylik , mehr-oqibat ,or-nomus, sharmu-hayo, mehnatsevarlik kabi insoniy fazilatlar shakllanadi. SHarqda qadim-qadimdan oila muqaddas Vatan sanalgan. Agar oila sog‘lom va mustahkam bo‘lsa , mahallada tinchlik va osoyishtalik hukm suradi.
Oila va bola tarbiyasi muammosi hamma vaqt dolzarb masala bo‘lib kelgan. Oila muhiti qanchalik axloq-odobning madaniyat qoidalari va milliy qadriyatlari asosida tashkil topgan bo‘lsa, bola shaxsining to‘g‘ri shakllanishi uchun shart-sharoit yaratilsa, shaxs shunchalik barkamol, komil inson bo‘lib etishadi.
O‘zbek oilasidagi an’anaviy ta’lim-tarbiya namunalarini farzandlarimizga amaliy tarzda o‘rgatib, oilaviy munosabatlar madaniyatini yuksaltirishga da’vat etib shu orqali ota-ona va bolalar o‘rtasidagi munosabalarni oqilona tashkil etishga yordamlashish hammamizning vazifamizdir. Yosh avlodga ma’naviy, axloqiy tarbiya berishning yo‘llari va vositalari xilma-xil bo‘lib, bular ichida Yoshlarni xalqimizning milliy an’analari ruhida tarbiyalash alohida o‘rin tutadi.
Haqiqatdan ham, yaratilgan barcha moddiy va ma’naviy boyliklarning ijodchisi bo‘lishi bilan birga asrlar davomida yaratilgan bu ma’naviy boyliklar yana xalq manfaatiga xizmat qiladi. Milliy an’analar xalqimizning ana shunday ma’naviy boyliklaridan biridir.
Ma’lumki, an’analar muhim ijtimoiy hodisa bo‘lib, kishilarning odatlari, yurish-o‘tirish qoidalari, axloq normalari bo‘lib, asrlar davomida yashab kelsada, avloddan-avlodga o‘tar ekan, mazmuni yanada boyiydi va insoniyat donishmandligining ifodasi sifatida xalq pedagogikasiga aylanadi. Bu donishmandlik odamlarning turmushi, his-tuyg‘ulariga singib, ularning shunchaki qarashlari va ideallarigina emas, shu bilan birga, ijtimoiy ong formasi ham bo‘lib qoladi. Ularda odamlarning dilidagi, ko‘nglidagi, psixologiyasidagi eng ezgu orzu istaklari o‘z ifodasini topadi.
O‘zbek xalqi, mamlakatimizdagi boshqa qardosh xalqlar kabi Yoshlarga axloq tarbiyasini berishda o‘zining azaliy an’analariga ega bo‘lgan. Bizning hozirgi kundagi vazifamiz esa, o‘tmishda avlodlar tomonidan yaratilgan eng yaxshi an’analarni o‘rganish va hayotimiz talablariga mos holda rivojlantirishdir.
Qadimiy, tarixiy manbalar, xalq og‘zaki ijodi materiallari, sharq klassiklarining ta’lim-tarbiyaga oid asarlarini sinchiklab o‘rganish shuni ko‘rsatadiki, o‘zbek xalqi qadim zamonlardan boshlab farzandni tarbiyalash sohasida o‘ziga xos an’analarga ega bo‘lgan. Ota-onalarning bolalarni sevishi, o‘z navbatida farzandlarning ota-onani astoydil hurmat qilishi oila tarbiyasining ko‘rki bo‘lib hisoblangan.
SHarq mamlakatlarida ayniqsa, ota-onalarning shaxsiy namunasi farzand tarbiyasining eng muhim usullaridan biri hisoblangan. SHunga ko‘ra, o‘g‘il bolalar yurish-turishi, o‘zaro muomalasi, erga ishlashi va kasb egallashda otasiga o‘xshashlikka harakat qilgan. Ota kasbini egallash yaxshi tarbiyaning natijasi hisoblangan. Qizlar esa uyni saranjom-sarishta tutish, turli taomlar tayyorlash, to‘qish va tikish, mehmon kutish kabi ishlarda onasiga o‘xshashga harakat qilganlar. An’anaga ko‘ra, farzandlar yurish-turishi va o‘zaro munosabat qoidalari, Yoshlarning ota-ona va kattalar oldidagi burchi, mehnati,kasb-kori va ularning inson hayotidagi roli haqidagi dastlabki tushuncha va tasavvurlarni oilada olganlar.
Agar o‘g‘il bolalarga oila tashvishi bilan yashash, uning shon-shuhrati uchun kurashishi ,Yoshlikdan biror kasbning boshini tutish, har qanday mehnatga tayyor turish kabi sifatlar sindirilsa,qizlarga esa kattalarni hurmat qilish,ota-onalarning so‘ziga quloq solish har doim nazokatli va shirin so‘z bo‘lish, ota-yoki boshqa katta kishilar uyga kirib kelishganida o‘rnidan turib qarshi olish kabi odob va ma’naviy hayot qoidalari oilada o‘rgatilar edi.
Hayot tajribasini ko‘rsatishicha, jamiyatning ravnaqi, gullab-yashnashi, farovon hayotning asosiy mezoni axloq-odob bo‘lib hisoblangan. Shuning uchun ota-bobolarimiz oilaga, oilada bola tarbiyasiga, ularning ma’naviy kamoliga, axloqiga katta e’tibor berib kelganlar.
Demak, jamiyat mustahkam, ma’naviy va axloqiy jihatdan sog‘lom oila bo‘lishidan manfaatdordir. SHunday ekan, kattalarning farzand tarbiyasi yuzasidan mas’uliyatini, salohiyatini kuchaytirish, ularning pedagogik layoqatini oshirish, oilaviy va ijtimoiy tarbiya birligini ta’minlash davr talabidir. Oiladagi nosog‘lom muhit juda ko‘p illatlar qatori, odamning o‘z salomatligi holatiga bo‘lgan munosabatini salbiy tomonga o‘zgartirib yuborishi mumkin. Bunday o‘zgarishlarning ham turlicha sabablari bor. Masalan, agar oila a’zolari ma’lum sog‘lom turmush tarziga o‘rgangan bo‘lsalar ham, biror sabab bilan shu oilada nizo, janjal kelib chiqsa, bu holat barcha oila a’zolari tafakkurining salbiy tomonga o‘zgarishiga olib keladi. Bu o‘z navbatida umuman faollikning pasayishini keltirib chiqaradi. Demak, o‘zaro muomaladagi sog‘lom ruhiyat, samimiyat mavjud ijobiy odatlarning barqarorligini kafolatlaydi.
14-MAVZU TA’LIM JARAYONINING PSIXOLOGIK ASOSLARI
Reja:
1.O‘rganish jarayonining mohiyati, turlari
2.Ta’lim jarayonining psixologik mazmuni, tarkibiy tuzilishi.
3.Zamonaviy o‘qitish usullarining psixologik asoslari.
4. Mustaqil tafakkurni rivojlantirish.
5. Ko‘nikma va malakalarni shakllantirish.
6. O‘quv faoliyatini boshqarish.
7.Pedagogik baho psixologiyasi.
8.Ta’limda individual yondashish muammosi.
Mavzuning o‘quv maqsadi:
Ta’limiy: Talabalarga ta’lim tushunchasining mohiyatini, uning shaxs kamolotidagi o‘rnini, ta’limning noan’anaviy usullari va vositalari haqidagi ma’lumotlarni, jamiyatning kelgusi rivojlanishiga ta’limning bog‘liqligini tushuntirish va anglatishdan iborat.
Tarbiyaviy: ta’limning shaxs rivojlanishidagi rolini Yoshlarimiz ongiga singdirish orqali ularni jamiyatimiz uchun fidokor, bilimdon inson qilib tarbiyalash asos bo‘la olishini uqtirish, talabalarda o‘qituvchi va tarbiyachiga xos kasbiy va shaxsiy sifatlarni tarbiyalash.
Rivojlantiruvchi: Talabalarda ta’limning noan’anaviy usullarini egallash va undan oqilona foydalana olish malakalarini shakllantirish, ta’lim jarayonining samaradorligi va unga ta’sir etuvchi omillar to‘g‘risidagi bilimlarini rivojlantirish.
1997 yilda qabul qilingan "Ta’lim to‘g‘risida"gi Qonun va "Kadrlar tayyorlash Milliy dasturida" shaxs kamoloti asosiy masala sifatida e’tirof etilgan. Prezidentimiz I.A.Karimov: "Iqtisodiy va siyosiy sohalardagi barcha islohotlarimizning pirovard maqsadi yurtimizda yashayotgan barcha fuqarolar uchun munosib hayot sharoitlarini tashkil kilib berishdan iboratdir. Aynan Shuning uchun ham ma’naviy jihatdan mukammal rivojlangan insonni tarbiyalash, ta’lim va maorifni yuksaltirish, milliy uyg‘onish g‘oyasini ro‘yobga chiqaradigan yangi avlodni voyaga etkazish davlatimizning eng muhim vazifalaridan biri bo‘lib qoladi", degan edilar.
Maktab jamiyatning ijtimoiy institutlaridan biri. Maktab jamiyatning buguni emas, balki kelajakka yo‘naltirilgan rivojini belgilaydi. Maktabning maqsadi ta’lim va tarbiya berishdir.
14.1. O‘rganish jarayonining mohiyati, turlari
Insonning hayotiy tajribani bilimlar, ko‘nikmalar va malakalar tariqasida o‘zlashtiradigan bir necha tushunchalar mavjud.Bu o‘quv faoliyati, ta’lim, o‘qish va o‘rganishdir.
Bunday faoliyat unga atrof-muhitga moslashishga, o‘zining asosiy ehtiyojlari, Shuningdek, aqliy o‘sish va shaxsiy rivojlanish ehtiyojlarini qondirish imkonini beradi.
O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, unda shaxsning psixik jarayonlari shakllanadi va rivojlanadi, uning asosida yangi faoliyatlar yuzaga keladi. O‘quv faoliyati insonning butun hayoti davomida namoyon bo‘luvchi uzluksiz jarayondir.
Ta’lim haqida gapirilganda o‘qituvchining ta’lim jarayonidagi maxsus funksiyalariga e’tibor qaratiladi.
Bunda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallash uchun qobiliyatlarni rivojlantirishga qaratilgan o‘quvchi tomonidan amalga oshiriladigan o‘quv harakatlari nazarda tutiladi.
YUqorida ko‘rib o‘tilgan uch tushuncha ham o‘quv faoliyati mazmuniga taaluqlidir. O‘qishning natijasi haqida gapirilganda o‘rganish tushunchasidan foydalaniladi.
O‘quv faoliyatini o‘qituvchi va o‘quvchining o‘zaro ta’siriga asoslangan o‘quv-bilish jarayoni sifatida turli tomondan tavsiflaganda, biz to‘rt tushunchadan ham foydalanamiz, o‘qituvchi va o‘quvchi ta’sirining qaysi jihati nazarda tutilayotganligiga bog‘liq ravishda biriga urg‘u beramiz.Dastlab o‘rganish haqidagi masalasiga to‘xtalamiz.
Rivojlanish bilan bog‘liq barcha narsani o‘rganish deb aytish mumkin emasligini ta’kidlash joiz. Masalan, unga organizmning biologik jihatdan etilish jarayonlarini kiritish mumkin emas. CHunki organizmning biologik jihatdan etilishi ta’lim va o‘rganishga bog‘liq emas. Lekin o‘rganish deb ataladigan barcha jarayonlar etilishga umuman bog‘liq emas deb bo‘lmaydi.Bu barcha olimlar tomonidan tan olingan. Lekin rivojlanish qay darajada etilish bilan bog‘liqligini aniqlash muhim. O‘rganish doimo ma’lum darajada organizmning biologik etilishiga tayanadi. Masalan, bolaga bosh miyadagi nutq uchun javob beradigan bo‘limlar etilmaguncha gapirishni o‘rgatib bo‘lmaydi.Bu ikki jarayon o‘rtasida teskari aloqa ham mavjud: ta’lim va o‘qish organizmning etilishiga ham ma’lum ma’noda ta’sir ko‘rsatadi.
Insonda bir necha o‘rganish turlari mavjud.Ulardan birinchisi markaziy nerv sistemasi rivojlangan hayvonlarda ham mavjud.
Bu – imprinting mexanizmi bo‘yicha o‘rganish, ya’ni tez, avtomatik ravishda o‘rganishdir. Masalan, o‘rdakchalar tug‘ilishi bilan ona o‘rdakning yurishini ko‘rib orqasidan ergashib yura boshlaydi. CHaqaloqlarda so‘rish reflekslari mavjud bo‘ladi. I.P.Pavlov davridan beri xulq-atvorning bunday shakllari shartsiz reflekslar deb atalgan, ularni ko‘proq “instinkt” deb atash to‘g‘riroq bo‘lur edi.
O‘rganishning ikkinchi turi - shartli reflektor o‘rganishdir. Bu bo‘yicha ham tadqiqotlarni dastlab I.P.Pavlov olib borgan. O‘rganishning bu turi dastlabki neytral qo‘zg‘atuvchiga shartli reaksiyalar sifatida xulq-atvorning yangi shakllari vujudga kelishini nazarda tutadi. Organizmning shartli reflektor reaksiyalarini tug‘diradigan stimullar qabul qilinishi lozim. Masalan, “limon” so‘zini aytishimiz bilan ko‘z oldimizga sariq rangli, nordon ta’mli meva keladi.
O‘rganishning uchinchi turi operant o‘rganishdir. Bunday o‘rganish turida bilim, ko‘nikma va malakalar sinab ko‘rish va xato qilish metodi orqali o‘rganiladi.Individ duch keladigan vaziyatlar unda turli instinktiv, shartsiz, shartli reaksiyalarni vujudga keltiradi. Organizm ketma-ket amalda masalani echish uchun har birini sinab ko‘radi va bunda avtomatik ravishda erishilgan natijani baholaydi. Eng yaxshi natijaga olib kelgan reaksiya, vujudga kelgan vaziyatda organizmning qulay moslashishini ta’minlagani boshqalaridan ajralib chiqadi va tajribada mustahkamlanadi. Mana shu sinab ko‘rish va xato qilish metodi bilan o‘rganishdir.
YUqorida tavsiflangan o‘rganish turlari hayvonlarda ham, insonlarda ham uchraydi. Lekin insonlarda o‘rganishning maxsus, oliy turlari mavjud.
Bu birinchidan, boshqa odamlar xulq-atvorini to‘g‘ridan-to‘g‘ri kuzatish orqali o‘rganish bo‘lib, unda inson kuzatilayotgan xulq-atvor shakllarini o‘zlashtiradi.Bu vikar o‘rganish deb ataladi.
Ikkinchi verbal o‘rganish, ya’ni insonning yangi tajribani til orqali o‘zlashtirishidir.Bunday o‘rganish natijasida inson nutqni egallagan boshqa odamlarga, bilim, ko‘nikma va malakalarni uzatishi mumkin.
O‘rganish va ta’lim orasidagi ikki muhim qo‘shimcha farqlarni ta’kidlab o‘tamiz.Ta’lim o‘rganishdan farqli ravishda rejali va ongli boshqariladigan tashkiliy jarayondir. O‘rganish esa stixiyali ravishda ro‘y beradi. O‘qish o‘quv faoliyatining tarkibiy qismi sifatida, o‘quvchilarning ishi bilan bog‘liq ravishda tashkiliy jarayon sifatida namoyon bo‘ladi. Birinchi holda o‘qish ta’limning bir tomoni hisoblanadi, ikkinchi holda ijtimoiylashuvning natijasidir.O‘rganish har qanday faoliyatning natijasi bo‘lishi mumkin, ta’lim va o‘qish tushunchalari esa maxsus o‘quv faoliyati bilan bog‘liqdir.
Agar faoliyatning asosiy motivi sifatida bilishga qiziqish yoki individning psixologik taraqqiyoti nazarda tutilsa, o‘quv faoliyati haqida gapiriladi. Agar motiv individning u yoki bu ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan bo‘lsa, ,”o‘rganish” tushunchasidan foydalaniladi. Bunday yo‘l-yo‘lakay o‘rganishga misol sifatida ma’lumotlarni ixtiyorsiz ravishda eslab qolish, o‘quv maqsadlarini ko‘zda tutmagan harakatlarni misol keltirishimiz mumkin. Ta’lim va o‘qish – har doim ongli jarayonlardir, o‘rganish esa ongsiz darajada ham ro‘y berishi mumkin. Ta’lim, o‘qish va o‘rganish orasidagi yana bir farq ma’lumotlarni o‘zlashtirishga tayyorlik turli Yosh davrlarida namoyon bo‘ladi. O‘rganishning elemantar turlari – imprinting, shartli reflektor va operant turlariga – bola tug‘ilishi bilanoq amalda tayyor bo‘ladi. O‘qish bilim, malaka va ko‘nikmalarni o‘zlashtirish uchun ongli, maqsadga yo‘naltirilgan qobiliyat sifatida bolada 4-5 Yoshligida namoyon bo‘ladi, mustaqil o‘qishga tayyorlik maktabning birinchi sinflarida, 7-8 Yosh atrofida vujudga keladi.
O‘rganish jarayoni faoliyat sifatida quyidagi o‘quv-intellektual mexanizmlar hisobiga amalga oshadi:
1.Assotsiatsiyalarning shakllanishi. Bu mexanizm alohida bilimlar orasida yoki tajriba qismlari o‘rtasida vaqtinchalik bog‘lanishlar o‘rnatish asosida yotadi.
2. Taqlid qilish. Ko‘nikma va malakalar shakllanishi uchun asos bo‘ladi.
3. Farqlash va umumlashtirish.Tushunchalar shakllanishi bilan bog‘liq.
4. Insayt ( taxmin).Inson tomnonidan qandaydir yangi informatsiyani qarab chiqish, o‘tmish tajribadan ma’lum narsada noma’lumni ko‘rishdir. Insayt bolaning intellekti rivojlanishi uchun kognitiv baza hisoblanadi.
5. Ijod.YAngi bilim, ko‘nikma va malakalarni yaratish uchun asos hisoblanadi.
O‘rganishning muvafaqqiyati ko‘p omillarga bog‘liq, ular ichida quyidagi psixologik omillar ham muhimdir: o‘quv faoliyati motivatsiyasi, bilish jarayonlari idrok, diqqat, xayol, xotira, tafakkur va nutqning ixtiyoriyligi, o‘quvchilarda irodaviy va boshqa shaxs hislatlari: ma’suliyat,tirishqoqlik, maqsadga intiluvchanlik, intizomlilik, onglilik, tartiblilik va boshqalarning mavjudligi. O‘quv faoliyati samaradorligining psixologik omillariga hamkorlikdagi faoliyatdagi insonlar bilan o‘zaro ta’sir qila olish ko‘nikmasi, o‘qituvchilar va sinfdoshlari bilan, intellektual rivojlanganlik va boshqalar kiradi. Bilimlarni o‘zlashtirish jarayonida o‘rganishga bo‘lgan tayyorlik (ustanovka) muhim hisoblanadi, bunda o‘quv vazifalarining o‘qituvchi tomonidan qo‘yilishi, o‘quvchi tomonidan qabul qilinishi muhim bo‘lib, bunda o‘qituvchi o‘rgatadi, o‘quvchi o‘rganadi.
Rus psixologi A.N.Leontev inson faoliyatining psixik va amaliy shakllari mavjudligini, bola ongi aynan o‘quv faoliyatida o‘sishini ta’kidlaydi.D.B.Elkonin esa o‘quv faoliyatining xususiyatlarini ko‘rsatib, uni mohiyatiga, mazmuniga va o‘zini namoyon bo‘lish shakliga ko‘ra ijtimoiyligini ta’kidlaydi. O‘quv faoliyati bu shunday faoliyatki, uning natijasida avvalo o‘quvchida o‘zgarish yuz beradi. Uning mahsuli turli motivlar asosida qurilgan bo‘lishi darkor. Bu motivlar bevosita o‘quvchi shaxsining o‘sishi va rivojlanishi bilan bog‘liq bo‘lishi kerak. O‘quv faoliyati ta’lim, o‘qish va o‘rganish degan tushunchalar bilan bevosita bog‘likdir. Ta’lim o‘qituvchi va o‘quvchi hamkorligidagi o‘quv faoliyati, o‘qituvchining bilim, ko‘nikma va malakalarini o‘quvchilarga o‘rgatish jarayonidir.
Ta’lim jarayoni bevosita muayyan axborotni, harakatlarni, xulq-atvorning shakllarini o‘zlashtirishga qaratilgandir. O‘qish va o‘rgatish tushunchalari o‘quv faoliyati bilan bog‘liq bo‘lib, ular bilim, ko‘nikma va malakalarni o‘zlashtirishga, o‘rgatishga xizmat qiladi.
O‘quv faoliyatining besh elementi mavjud:
D.B.Elkoninning ta’kidlashicha, o‘quv faoliyatining shakllantirilishi bu faoliyat ayrim kishilar bajarilishini asta-sekinlik bilan o‘quvchining o‘ziga o‘qituvchining ishtirokisiz mustaqil bajarish uchun o‘tkazilishidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |