Umumiy psixologiya”



Download 1,32 Mb.
bet85/169
Sana13.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#358617
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   169
Bog'liq
2 5258113295516175053

Masalan, bog‘chada bolasi har kuni o‘zining tarbiyachi opasi va tarbiyalanayotgan guruhini idrok qiladi. Keyinchalik, ya’ni katta bo‘lgandan so‘ng bog‘chasini eslasa tarbiyachi opasi va aksincha, tarbiyachi opasini eslasa, bog‘cha guruhi ko‘z o‘ngida gavdalanadi.

Hozirgi paytda idrok qilinayotgan narsa bilan ilgari idrok qilingan narsa o‘rtasida ma’lum o‘xshashlik bo‘lsa, bu narsalar o‘rtasida o‘xshashlik assotsiatsiyasi hosil bo‘ladi. Masalan, bola dastavval bog‘chaga kelgan paytida bog‘cha mudirasining tashqi ko‘rinishi, ovozi va munosabatlarini o‘z onasiga o‘xshatishi mumkin. Keyinchalik bola onasini ko‘rganda, mudira opasini va aksincha mudira opasini ko‘rganda onasini eslaydigan bo‘lib qoladi. Bu ikkala odamning bola tasavvuridagi obrazlari o‘rtasida assotsiatsiya hosil bo‘ladi.

Hozirgi idrok qilinayotgan narsalar bilan ilgari idrok qilinayotgan narsalar o‘rtasida qarama-qarshi belgilar va xususiyatlar bo‘lsa, bunday narsalar o‘rtasida qarama-qarshilik assotsiatsiyasi yuz beradi. Masalan yoz-qish, issiq-sovuq kabi narsalar o‘rtasida qarama-qarshilik assotsiatsiyalari hosil bo‘ladi.

Shunday qilib, xotiraning nerv-fiziologik asosida bosh miya po‘stida hosil bo‘ladigan shartli reflekslar, turli assotsiativ bog‘lanishlar yotadi. Lekin, odam esda olib qolish paytida assotsiatsiyalar hosil bo‘lganligini mutlaqo sezmaydi. Har xil assotsiatsiyalarning hosil bo‘lganini odam keyinchalik biror narsani esga tushirish paytida bo‘ladi.

Xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlari xususida to‘xtalar ekanmiz, so‘nggi yillarda texnikaning g‘oyat tez rivojlanishi natijasida turli esda olib qoluvchi apparatlarga bo‘lgan ehtiyoj benihoya ko‘payib ketganligini ta’kidlash joiz. Bu o‘z navbatida xotiraning nerv-fiziologik mexanizmlarini psixolog va fiziologlardan tashqari injenerlar, bioximiklar, genetiklar hamda kibernetiklar tomonidan o‘rganilishiga olib keldi. Natijada xotiraning nerv fiziologik mexanizmlarini tushuntiruvchi bir qancha yangi nazariyalar maydonga keldi. Ana shunday nazariyalardan eng muhimi molekulalarning o‘zgarishi bilan bog‘liq bo‘lgan bioximik nazariyadir. Bu nazariyaga ko‘ra biror narsani esda olib qolish va esda saqlab turish maxsus tuzilishni o‘zgarishi bilan bog‘liqdir. O‘tkazilgan tekshirishlarga ko‘ra, biror narsa esda olib qolinganda, asosan nerv hujayralarining (neyronlarning) dendrit shoxlari tarkibida o‘zgarish yuzaga keladi. Ular qandaydir boshqacharoq tuzilishga kirib oladilar. Dendritlar tuzilishidagi hosil bo‘lgan o‘zgarish darrov o‘tib ketadigan bo‘lmay, ancha mustahkam bo‘ladi. Shu sababli esda olib qolgan narsa uzoq vaqt xotirada saqlanib turadi.

Rus jurnalisti Shereshevskii (1968) 10 ga yaqin sonlarni esida olib aytib bera oldi. Unga tinch xonada har biri 3 sekund oralab aytib berildi. Bizga o’xshagan odamlar 1 yoki 9 tagachaaytib berishi mumkin. Shuningdek, u son yoki harflarni bemalol ketma ketlikda yoki orqaga qarab aytib bera oldi. 15 yildan so’ng so’ralganda ham u xatosiz aytib bergan. Hattoki o’sha payt qayerda ekanligi, qayerda o’tirgani v anima kiygani ham esida ekan.

Yangi konnektionizm yo’nalishi tarafdorlari Richared Atkinson va Richard Shiffrin 3 etapda shakllanadi degan fikrni bildirgan:


  1. Biz birinchi axborotlarni sensor xotirada eslab qolamiz

  2. O’sha yerdan biz qisqa muddatli xotiraga o’tamiz, qaytarish orqali xotiraga saqlaymiz

  3. Nihoyat axborot keyinchalik qayta esga tushishi uchun uzoq muddatli xotiraga o’tadi.

Xotira insonning holati va faoliyatining barcha sohalarida qatnashishi tufayli uning namoyon bo‘lish shakllari, holatlari, shart-sharoitlari, omillari ham xilma-xil ko‘rinishga egadirlar. Odatda xotirani muayyan turlarga ajratishda eng muhim asos qilib uning tavsifnomasi sifatida esda olib qolish, esda saqlash, esga tushirish, unutish singari jarayonlarni amalga oshiruvchi faoliyatining xususiyatlariga bog‘liqligi olinadi. Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ayrim darsliklarda xotira turlari turlicha klassifikatsiya qilinadi. Jumladan, A.V.Petrovskiy tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» darsligida quyidagi klassifikatsiya uchraydi:

Faoliyatda ko‘proq sezilib turadigan psixik faollikning xususiyatiga qarab: harakat, emotsional, obrazli va so‘z mantiq xotira.

Faoliyatning maqsadlariga ko‘ra: ixtiyorsiz va ixtiyoriy xotira.

Materialni qancha vaqt esda olib qolish va esda saqlash muddatiga ko‘ra: qisqa muddatli, uzoq muddatli va operativ xotira.

M.G.Davletshin tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida quyidagi xotira klassifikatsiyasi qayd qilinadi:

Psixik faolligiga ko‘ra: ixtiyoriy va ixtiyorsiz xotira.

Faoliyat maqsadiga ko‘ra: harakat, emotsional, obraz va so‘z-mantiq xotirasi.

Muddatiga ko‘ra: uzoq muddatli, qisqa muddatli va operativ xotira.

E.G‘oziev tahriri ostida chiqqan «Umumiy psixologiya» o‘quv qo‘llanmasida xotira turlari quyidagicha klassifikatsiya qilingan.

1. Ruhiy faoliyatning faolligiga ko‘ra:

a) harakat yoki motor harakat xotirasi;

b) obrazli xotira;

v) his-tuyg‘u yoki hissiyot xotirasi;

g) so‘z-mantiq xotira.

2. Ruhiy faoliyatning maqsadiga binoan:

a) ixtiyorsiz;

b) ixtiyoriy;

v) mexanik.

3. Ruhiy faoliyatning davomiyligiga ko‘ra:

a) qisqa muddatli xotira;

b) uzoq muddatli xotira;

v) operativ (tezkor) xotira.

4. Ruhiy faoliyat qo‘zg‘atuvchisining sifatiga ko‘ra:

a) musiqiy;

b) eshitish xotirasi;

5. Ruhiy faoliyatning inson yo‘nalishiga qarab:

a) fenomenal;

b) kasbiy.

Keltirilgan xotira turlarini umumiy tarzda quyidagicha ifodalash mumkin.


Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish