Umumiy psixologiya”



Download 1,32 Mb.
bet84/169
Sana13.01.2022
Hajmi1,32 Mb.
#358617
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   169
Bog'liq
2 5258113295516175053

Eslab qolishga tayyorlik qonuni. Biror materialni eslab qolishdan avval, bo’lg’usi aqliy ishga qanday hozirlik ko’rgan bo’lsangiz, shunga mos tarzda eslab qolasiz. Masalan, fizika o’qituvchisining barcha darslari sizga doimo ma’qul bo’lgan bo’lsa, Siz: “Bugun ham yangi narsa o’rganib chiqaman”, deb o’zingizni ishontirasiz va oqibatda natija ham yaxshi bo’ladi. Yoki vaqtga nisbatan tayyorlik ham shunday. “Bir amallab imtihon topshirsam, keyin qutulaman”, deb darsga tayyorlangan bo’lsangiz, imtihon tugagach, go’yoki miyangizni birov “yuvib qo’yganday” tasavvur hosil bo’ladi. Agar materialni mutaxassis bo’lishim uchun juda kerak, deb umringiz oxirigacha muhimligini anglasangiz, u narsa xotirada muqim saqlanadi.

Assosiasiyalar qonuni. Bu qonun haqida eramizdan avval Aristotel ham yozgan edi. qonunning mohiyati shundaki, bir vaqtda shakllangan tasavvurlar xotirada ham yonma-yon bo’ladi. Masalan, ayni konkret xona o’sha yerda ro’y bergan hodisalarni ham eslatadi.

Birin-ketinlik qonuni. Harflarni alfavitdagi tartibida yoddan aytish oson, uni teskarisiga aytish qiyin bo’lganidek, xotirada ham ma’lumotlarni ma’lum tartibda joylashtirishga va kerak bo’lganda, tartib bilan birin-ketin tiklash maqsadga muvofiqdir.

Kuchli taassurotlar qonuni. Eslab qolinadigan narsa to’g’risidagi birinchi taassurot qanchalik kuchli bo’lsa, unga aloqador obraz ham shunchalik yorqin bo’ladi. Bundan tashqari, siz uchun ahamiyatli va jozibali ma’lumotlar oqimida eslanayotgan material ham yaxshi esga tushiriladi.

Tormozlanish qonuni. Har qanday muayyan ma’lumot o’zidan oldingi ma’lumotni tormozlaydi. Shuning uchun uning o’chib ketmasligi uchun yangini esda saqlashdan avval mustahkamlash choralarini ko’rishingiz kerak.

Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlari va qonuniyatlarini organish buyicha uchta nazariya mavjuddir. Bular psixologik, neyrofiziologik xamda bioximik nazariyalardir.



Psixologik nazariya. Bu nazariya tarixiy jixatdan eng eski nazariya bolib, u fanda kop va turli – tuman nazariyalarning olga surilganligi bilan mashxurdir. Bu nazariyalarni xotira jarayonlarining shakllanganida insonning faolligi qanday rol oynashligi va bunda faollikning moxiyatiga kanday yondoshuv zarurligi bilan baxolash mumkin.

Nazariyaning birinchi guruxi assotsiativ nazariya deb yuritiladi. Bu nazariyaga kora, muayyan psixik xosilalar ongda bir vaqtning ozida yoki bevosita birin-ketin paydo bolsa, u xolda xosilalar ortasida assotsiativ boglanishlar tarkib topadi va bu boglanishlarni biron bir kismi takroran paydo bolishi ongda uning barcha elementlari muqarrar ravishda gavdalanishiga olib keladi. Assotsiatsiyalar uch turli boladi: oxshashlik, yondoshlik vaqarama – qarshilik assotsiatsiyalari.

Neyrofiziologik nazariyalar. Bu nazariyalar xotiraning mexanizmlari xaљidagi fiziologik nazariyalar bilan bogliqdir. Bu nazariyaning asosini I.P.Pavlovning «Oliy nerv faoliyati qonuniyatlari xaqida» gi ta’limotining eng muxim qoidalari tashkil etadi. Bu ta’limotga kora xotiraning nerv – fiziologik mexanizmini bosh miyada xosil boladigan muvaqqat boglanishlar tashkil etadi. Ana shu boglanishlar qanchalik mustaxkam bolsa, esda olib qolish xam shunchalik yaxshi boladi. Ana shu muvaqqat boglanishlarning qaytadan jonlanishi esga tushirishga, sonib, yoq bolib ketishi esa unutishga sabab boladi.

Bioximik nazariya. Xozirgi kunda xotiraning mexanizmlarini urganishning neyrofiziologik usuli bioximik tadkikotlar darajasiga tobora yakinlashib va kushilib ketmokda. Bu usul ushbu fanlarning uzaro tutashgan joyida olib borilayotgan kuplab tadkikotlarda uz tasdigini topdi.

Bioximik nazariyaning moxiyati kuyidagidan iborat. Birinchi boskichda (kuzgovchining bevosita ta’siridan sung) miya xujayralarida asl xoliga kaytuvchi fiziologik uzgarishlarni keltirib chikaradigan kiska muddatli elektroximik reaksiya yuz beradi. Ikkinchi boskich birinchi boskich negizida yuzaga kelib, aslida u yangi oksil moddalarning xosil bulishi bilan boglik bulgan bioximik reaksiyadan iboratdir. Birinchi boskich sekundlar yoki minutlar maboynida davom etadi va uni kiska muddatli esda olib kolishning fiziologik mexanizmi deb xisoblaydilar. Xujayralarda kaytarilmaydigan uzgarishlarga olib keladigan ikkinchi boskich uzok muddatli xotiraning mexanizmi xosoblanadi. Bu nazariya tarafdorlari tashki kuzgovchilar ta’siri ostida nerv xujayralarida ruy beradigan uziga xos ximiyaviy uzgarishlarning izlarini mustaxkamlash, esda saklab kolish va yana kayta esga tushurish jarayonlari mexanizmlarining asosini tashkil etadi.

Xotira -kerakli ma`lumotlarni jamlashda, saqlashda va keyinchalik hayotda shaxsiy tajriba sifatida qo`llashda, bilim va ko'nikmalarni egallashda inson uchun zarur bilish jarayonidir. Psixologiya fani oldida xotira jarayonlarini o'rganishga doir bir qator muammolar mavjud:

Esda saqlash jarayoniga qanday sharoitlar ko’mak beradi, uning qabul qilish doirasi qancha, qanday ko`lamdagi ma’lumotlarni qabul qilib uni esda saqlash mumkin, bu jarayonda qanday fiziologik mexanizmlar ishtirok etishini, taassurotlar miyada qay darajada izlar qoldirganini o'rganish. Bundan tashqari mavjud bo’lgan va boshqa savollarga ham javob berish zarur. Misol uchun, bu ma’lumotlarni qanday qilib uzoq vaqt saqlash mumkin , qisqa vaqt va uzoq vaqt saqlash jarayonlari qaysi mexanizmlar orqali amlaga oshiriladi va qanday qilib yashirin bo'lgan xotiradagi izlar, turli o'zgarishlar inson aqliy jarayonlariga ta'sir qiladi

Psixologiya tarixida uzoq vaqtlardan beri ma`lumotlarni yodlash va qayta tiklash jarayonlarini o’zaro aloqasini tushuntirishga urinish mavjud.

Esda olib qolish nerv tizimining egiluvchan, ya’ni o‘zgaruvchanlik, qo‘zg‘atuvchilar ta’sirida o‘zida go‘yo bir iz qoldirish, saqlash imkoniyati tufayli yuzaga keladi. Har qanday insonning miyasi egiluvchanlik xususiyatiga ega bo‘lib, uning darajasi har xil bo‘ladi. Shaxs xotirasining sifati miyaning faolligi va turli faoliyatga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘liq ravishda rivojlanadi. Atrofni o‘rab olgan borliqni faol biluvchi kishi o‘z miyasi faoliyatini to‘xtovsiz kuchaytiradi. Shu bilan birga uning egiluvchanlik darajasini oshiradi. Miya egiluvchanligi vaqtincha pasayishi, xotira samarasining susayishi, ba’zi paytda odamning toliqishiga sabab bo‘ladi. Dam olgandan keyin yana tiklanadi. Odatda miya egiluvchanligi yosh o‘tishi bilan susayadi. Masalan, keksa kishilar gaplaridan adashib ketadi, ilgari gapirganlari esdan chiqib, o‘sha gapni takrorlayveradilar. Miya egiluvchanligining ko‘rsatkichi bosh miya po‘stlog‘ida muvaqqat nerv aloqalarini tezlikda vujudga kelishi, davomli saqlanishi va ularning tez, oson jonlantirilishi hisoblanadi. Muvaqqat nerv aloqalari assotsiatsiyalarni hosil qiluvchi fiziologik mexanizmdir. Assotsiatsiya bizning xotiramizda mustahkamlangan va ongimizda qayd qilingan ayrim voqea hodisalarning o‘zaro bog‘lanishidir. Biror buyumni esda olib qolish, boshqa buyumlar bilan bog‘lash orqali amalga oshiriladi. Bu o‘rinda akademik I.P.Pavlovning quyidagi so‘zlari juda xarakterlidir. «Muvaqqat nerv bog‘lanishlari – deb yozadi I.P. Pavlov hayvonot olamida va bizning o‘zimizda ham bo‘ladigan eng umumiy fiziologik hodisadir. Shu bilan birga u psixik hodisa hamdir, turli-tuman harakat, taassurot bo‘lmasa harflar, so‘zlar va fikrlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan bog‘lanishlar-ki, bu bog‘lanishlarni psixologlar assotsiatsiyalar deb ataydilar».

Xotira, ya’ni esda olib qolish, idrok qilinayotgan narsalardan hosil bo‘lgan obrazlar o‘rtasida assotsiatsiyalarning yuzaga kelishidan iboratdir. Shu bois inson xotirasidagi assotsiatsiyalar 3 turga ajratiladi. Bular yondoshlik assotsiatsiyasi, o‘xshashlik assotsiatsiyasi va qarama-qarshilik assotsiatsiyalaridan iboratdir. Yondoshlik assotsiatsiyasining asosida vaqt va fazoviy munosabatlar yotadi. Boshqacha qilib aytganda, yondoshlik assotsiatsiyasi bir necha narsa yoki hodisalarni ayni bir vaqtda yoki ketma-ket idrok qilishdan hosil bo‘ladi.




Download 1,32 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   169




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish