moddiy ehtiyojlar, sotsial-ma’naviy ehtiyojlarga bo’linadi.
Moddiy ehtiyojlar azaliy, ular inson paydo bo’lishi bilan vujudga kelgan. Ular tabiiy ehtiyojdir. Moddiy
ehtiyojlar eng zarur va hayotiy ehtiyojlardir. Oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy, transport va hokazo
kabi qator ehtiyojlardan iborat bo’lib,
ularning qondirilishi
6 Lotinchadan olingan «sub’ekt» so’zi ega, «ob’ekt» esa predmet ma’nosini anglatadi. O’zbek tilining
izohli lug’atida ko’rsatilishicha sub’ekt deganda, aql-zakovat, iroda egasi, borliqni bilishga,
o’zgartirishga qodir, faollik bilan harakat qiladigan shaxs yoki guruh.
7. Ob’ekt esa kishining faoliyati, diqqat-e’tibori qaratilgan va o’z faoliyatini shunga qaratgan predmet,
hodisa tushuniladi. yashashning birlamchi shartidir. Moddiy ehtiyojlar albatta moddiy ko’rinishga ega,
masalan:
oziq-ovqatga ehtiyoj, aniq: un, guruch, yog’, go’sht, shakar va boshqalar kabi moddiy shaklga ega.
Sotsial-ma’naviy ehtiyojlar asosan turli xizmatlardan foydalanishga bo’lgan ehtiyojlar tarzida Yuzaga
chiqadi.O’qituvchi, vrach, san’at arbobi, sport va boshqalar xizmatidan foydalanib,
inson axloqiy
,
ma’naviy, estetik, jismoniy jihatdan tarbiyalanadi, bilim oladi, kasb egallaydi, har tomonlama kamol
topadi. Bu ehtiyojlar yaqqol moddiy ko’rinishga ega emas.
3.
Faoliyat Yuritish sferasi jihatidan:
mehnat qilish, muloqatda bo’lish, dam olish, ish
qobiliyatini tiklash, iqtisodiy faoliyat Yuritishga ehtiyojlarni o’z ichiga oladi.
Mehnat ehtiyoji insoning o’zida mujassamlashgan. Mehnatsiz inson yashay olmaydi., chunki mehnatsiz
nozu-ne’matlar yaratib bo’lmaydi, mehnatsiz inson shaxsi kamol topa olmaydi. Mehnat ehtiyoji insonda
mehnat qilish, ijod qobiliyati borligidan kelib chiqadi. Inson mehnatda o’z o’rnini topish, o’z
qobiliyatini ishga solib, obro’-e’tibor qozonishga harakat qiladi. Inson yashar ekan doimo boshqalar
bilan muloqotda bo’lishga ehtiyoj sezadi. Shuning uchun ham hayotimizda «Yolg’izlik xudoga xos»
degan naql bor. Inson mehnat qilar ekan, albatta ish
qobiliyatini tiklash uchun dam olishi, turli ko’ngil ochar tadbirlarda qatnashishi zarur.
4.Ehtiyojlarni
qondirilishi jihati
, yakka va birgalikda qondiriladigan ehtiyojlarga bo’linadi. Har bir
inson o’zining ehtiyojlarini bir qismini yakka tartibda, ikkinchi qismini esa boshqalar bilan birgalikda
qondiradi. Yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojga yagona o’lcham bilan yondoshib bo’lmaydi. Moddiy
ehtiyojlarning ko’pchiligi odatda yakka tartibda qondiriladigan ehtiyojlarni tashkil etsa, sotsial-
ma’naviy ehtijlar ko’prok birgalikda qondiriladigan ehtiyojlardan iborat. Masalan, kiyim kiyishga
bo’lgan ehtiyoj yakka tartibda, bilim olishga bo’lgan ehtiyoj birgalikda qondiriladi.
5. Ehtiyojni qondirishdan qanday maqsad ko’zlanganiga qarab, ularni: shaxsiy ehtiyojlar va ishlab
chiqarish ehtiyojlariga bo’lish mumkin. Boshqacha aytganda iste’mol tovarlari va iqtisodiy resurslarga
ehtiej. Birinchisi insonning bevosita ehtiyojlari bo’lib, uning hayot kechirishi, har tomonlama kamol
topishiga qaratilgan. Ishlab chiqarish ehtiyojlari esa inson uchun bilvosita ehtiyojlar bo’dib, uning
yordamida inson yashashi kamol topishi uchun zarur bo’lgan turli ne’matlar ishlab chiqarish uchun
zarur investitsion tovarlar yaratiladi. Ehtiyojlar qanday guruhlarga bo’linmasin,
qay jihatdan
yondashilmasin, ular bir-biri bilan bog’lik, biri ikkinchisini taqozo qiladi, hamda yagona umumjamiyat
ehtiyojlari tarzida shakllanadi. Jamiyatning umumiy ehtiyojlari tarkib topishi va rivojlanishiga qator
omillar ta’sir ko’rsatadi.
Ularni umumiy tarzda quyidagi guruhlarga bo’lish mumkin:
1.Aholi soni, yoshi, jinsi.
2.Tabiiy-geografik sharoiti.
3.Tarixiy milliy an’analar va odatlar.
4.Jamiyatning iqtisodiy taraqqiyoti.
5.Madaniy jihatdan erishilgan daraja.
Jamiyat har xil odamlardan tarkib topar ekan, albatta ularning har birining ehtiyoji
shakllanishiga ta’sir etadigan omillar ham mavjud.
Do'stlaringiz bilan baham: