Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/347
Sana19.09.2021
Hajmi4,56 Mb.
#179385
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   347
Bog'liq
eksperimentalpsixologiyapdf

aksentuatsiyasi – xarakter  alohida  xossalarining  boshqalarga  ziyon   keltirish  hisobiga  ortiqcha 
rivojlanishi, buning natijasida atrofdagilar bilan o‘zaro aloqalar yomonlashadi.   
 
Leongardning  fikriga  ko‘ra, shaxs aksentuatsiyasi,  avvalambor,  boshqa  odamlar  bilan  muloqotda 
namoyon  bo‘ladi.  Shuning  uchun,  muloqot  uslublarini  baholashda  aksentuatsiyaning  ma’lum  tiplarini 
ajratish mumkin. K. Leongard quyidagi tiplarni keltiradi: 
1. Gipertim  tip o‘ta  muloqotchanligi,  sergapligi,  imo-ishoralar,  mimika  va  pantomimikaning 
kuchli  ifodalanganligi  bilan  xarakterlanadi.  Bunday  odamda  suhbatning  boshlang‘ich  mavzusidan 
chetlashishi  kuzatiladi.  Xizmat  va  oiladagi  vazifalariga  etarlicha  jiddiy  e’tibor  bermasligi 
vajidan  atrofdagilar bilan tasodifiy nizolar sodir bo‘lib turadi. Bu tipdagi odamlar ko‘p hollarda nizolar 
tashabbuskori bo‘lib chiqadilar, lekin atrofdagilardan bu haqda tanbeh eshitsalar, hafa bo‘ladilar. Ushbu 
tip  odamlarining  ijobiy  sifatlaridan  chaqqonlik,  faoliyatga  chanqoqlik,  ruhiy  ko‘tarinkilik, 
tashabbuskorlik  kabilarni  keltirish  mumkin.  Shu  bilan  birga,  ular  ba’zi  bir  yoqimsiz  qirralar:  engil 
tabiatlilik,  ahloqsiz  harakatlarga  moyillik,  o‘ta  ta’sirchanlik,  xomxayollik,  o‘z  vazifalariga  etarlicha 
jiddiy  yondoshmaslik  kabilarga  ega.  Ular  qat’iy  intizom,  zerikarli  faoliyat  majburiy  yolg‘izlik 
sharoitlariga qiyin moslashadilar. 
2. Distim  tip – bu  tip  past  muloqotchanlik,  kamgaplik,  ustun  tushkunlik  kayfiyati  bilan 
xarakterlanadi. Bunday  odamlar,  odatda,  uydan  chiqmaydilar,  shovqindan  qiynaladilar,  nizolarga 
qo‘shilmaydilar,  odamovilik  turmush  tarzini  kechiradilar. Ular  do‘stlarini  qadrlaydilar  va  ularga 
bo‘ysunishga  tayyor  bo‘ladilar. Ushbu  tip  odamlarining  ijobiy  sifatlaridan: jiddiylik,  vijdoniylik, 
haqgo‘ylik  kabilarni  keltirish  mumkin. Lekin  ularda  yoqimsiz  sifatlar  ham  mavjud,  bulardan: sustlik, 
tafakkurning sekinlashganligi, harakatlarining qovushmaganligi, individuallikdir. 
3. Sikloid  tip – ularga  kayfiyatning  davriy  ravishda  tez-tez  o‘zgarib  turishi  xosdir,  buning 
natijasida atrofdagi odamlar bilan muloqot tarzi ham o‘zgarib turadi. Ko‘tarinki kayfiyat davrida bunday 
odamlar  kirishimli,  ruhiy  tushkunlik  davrida  odamovilik  kabi  qirralarga  ega  bo‘ladilar. Ruhiy 


ko‘tarinkilik davrida ular o‘zlarini gipertim aksentuatsiyasi xarakterli odamlar kabi, tushkunlik davrida 
distim aksentuatsiyali odamlar kabi tutadilar. 
4. Qo‘zg‘aluvchan tip – ularga past  muloqotchanlik, verbal  va noverbal  ta’sirlanishning sustligi 
xos. Ko‘p  hollarda  bunday  odamlar  mijg‘ov  va  badqovoq,  qo‘pollik  va  koyishga,  nizolar  chiqarishga 
moyildirlar,  bunda  o‘zlari  faollik  ko‘rsatadilar. Ular  jamoa  bilan  chiqishmaydilar,  oilada  xukumronlik 
qiladilar.  Emotsional  xotirjamlik  xolatda  ushbu  tipdagi  odamlar  vijdonli,   puxta,   xayvonlar  va  yosh 
bolalarni  yaxshi  ko‘radilar.  Lekin  emotsional qo‘zg‘alishda ta’sirchan, jizzaki  bo‘lib, o‘z xarakatlarini 
yaxshi nazorat qila olmaydilar. 
5. Suqiluvchi  tip –  ularga  o‘rtacha  muloqotchanlik,  mijg‘ovlik,  nasihatgo‘ylikka  moyillik, 
kamgaplik  xosdir.  Nizolarda  bunday  odam,  odatda,  tashabbuskor,  faol  tomon  sifatida  namoyon 
bo‘ladi. U  qo‘l  urgan  har  bir  ishida  Yuqori  ko‘rsatkichlarga  erishishga  intiladi, o‘ziga  o‘ta  talabchan, 
ijtimoiy  adolatga  alohida  sezgir, shu  bilan  birga,  jizzaki,  salga  ranjiydigan,  shubhalanuvchi, 
qasoskor; ba’zida  o‘ta  o‘ziga  ishongan,  izzattalab,  rashkchi,   yaqinlari  va  ishdagi  qo‘l  ostidagilarga 
nisbatan o‘ta talabchan. 
6. Rasmiyatchi tip – bunday  tipdagi  odam  nizolarga  bormaydi,  sust  tarafni  egallaydi. Xizmatda 
rasmiyatchi,  atrofdagilarga  ko‘plab  rasmiy  talablar  qo‘yadi. Shu  bilan  birga,  u  bajonudil  liderlikda 
boshqalarga  yon  beradi. Ba’zan  u  yaqinlarining  ozodagarchiligiga  katta  talab  qo‘yadi. Uning  ijobiy 
qirralari: vijdoniylik, puxtalik, jiddiylik, ishdagi ishonchlilik, yoqimsiz va nizolarni keltirib chiqaradigan 
qirralari esa – rasmiyatchilik, mijg‘ovlik, hadeb noliyverish hisoblanadi. 
7. Xavotirli  tip – bunday  tipdagi  odamlarga  muloqotga  kirishuvchanlikning  past  bo‘lishi, 
jur’atsizlik, qat’iyatsizlik, tushkun kayfiyat xosdir. Ular atrofdagilar bilan nizolikka bormaydilar, bunda 
sust  o‘rinni  egallaydilar,  bunday  vaziyatlarda  tayanch  izlaydilar. Ular  quyidagi  ijobiy  qirralarga 
ega: samimiylik,  o‘zini  tanqid  qilish,  ishchanlik. O‘zining  himoyasizligi  oqibatida,  shuningdek,  ko‘p 
hollarda boshqalarning gunohiga javobgar, masxara bo‘lib qoladilar. 
8. Emotiv  tip – bunday  odamlar  yaxshi  aloqalar  o‘rnatilgan  saralanganlar  tor  doirasidagi 
muloqotni  afzal  ko‘radilar.  Sust  tarafni  egallagan  holda  nizolarga  bormaydilar.  Hafagarchiliklarini 
ichlariga  Yutadilar.  Yoqimli  qirralari:  mehribonlik,  hamdardlik,  kuchli  mas’uliyat  hissi,  ishchanlik. 
Yoqimsiz qirralari: o‘ta ta’sirchanlik, yig‘loqilik. 
9. Namoyishkor  tip –  aksentuatsiyaning  bu  tipi  aloqalarni  oson  o‘rnatishi,  liderlikka 
intiluvchanlik,  hukmronlik  va  maqtovlarga  chanqoqligi  bilan  xarakterlanadi.  Ushbu  tipga  mansub 
odamlar  o‘ziga  o‘ta  ishonganligi  va  intilishlarining  Yuksakligi  bilan  atrofdagilarning  g‘ashiga  tegadi, 
muntazam ravishda nizolarni keltirib chiqaradilar, lekin o‘zlari faol himoyalanadilar. Ular sertakalluflik, 
ustalik,  boshqalarni  orqasidan  ergashtirish,  tafakkur  va  harakatlarning  o‘ziga  xosligi  kabi  ijobiy 
sifatlarga ega. Salbiy qirralari: xudbinlik, riyokorlik, maqtanchoqlik, ishyoqmaslikdir. 
10. O‘ta  hayajonli  tip–bunday  odamlarga  Yuqori  muloqotchanlik,  sergaplik,  oshiqlik  xosdir. 
Ular  ko‘p  bahslashadilar.  Lekin  nizogacha  olib  bormaydilar.  Nizoli  vaziyatlarda  ham  faol,  ham  sust 
holatda bo‘ladilar. Shu bilan birga, bunday tipdagi odamlar do‘stlari va yaqinlariga e’tiborli va sadoqatli 
bo‘ladilar.  Ular  altruistlikka  moyil,  ularga  hamdardlik  hissi,  yaxshi  did  xos  bo‘lib,  sezgilarning 
yorqinligi  va  samimiyligini  namoyon  qiladilar.  Yoqimsiz  qirralari:  vahimachilik,  vaqtinchalik 
kayfiyatga berilganlik kabilardir. 
11. Ekstravert   tip –  bunday  odamlar  Yuqori  muloqotchanlik  bilan  ajralib  turadilar,  ularning 
do‘stlari, tanishlari ko‘p, ular sergap, istalgan ma’lumotni qabul qiladilar, ayrim holatlarda atrofdagilar 
bilan  nizolarga  boradilar,  bunda,  odatda,  sust  tarafda  bo‘ladilar.  Do‘stlar  bilan  muloqotda,  ishda  va 
oiladagi  ko‘p  holatlarda  liderlikda  boshqalarga  yon  bosadilar,  bo‘ysunishni  va  chetda  turishni  afzal 
ko‘radilar. Boshqalarni tinglay olishga shaylik, iltimoslarni bajarish, ishchanlik kabi yoqimli qirralarga 
egadirlar.  Yoqimsiz  qirralari:  ta’sirlarga  beriluvchanlik,  engil  tabiatlilik,  o‘ylamasdan  harakat  qilish, 
ko‘ngilochar qiziqishlarga, gap-so‘z va mish-mishlarni tarqatishda ishtirok etishga ishtiyoqmandlik. 
12. Introvert tip – ular past muloqotchanlik, odamovilik, voqelikdan uzilganlik, falsafa so‘qishga 
moyillik bilan xarakterlanadi. Bunday odamlarni yolg‘izlikni xush ko‘radilar; atrofdagilar bilan shaxsiy 
hayotlariga  takallufsizlik  bilan  aralashish  holatlaridagina  nizolarga  borishlari  mumkin.  Ular  ko‘pincha 
odamlarga nisbatan  kuchsiz bog‘langan emotsional sovuqqon odamlardir. Vazminlik, qat’iy e’tiqodlilik 


kabi  ijobiy  qirralarga  egadirlar.  Salbiy  qirralari  ham  mavjud  –  qaysarlik,  tafakkur  rigidligi,  o‘z 
g‘oyalarini qat’iy ravishda himoya qilish hisoblanadi. 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish