Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya


Bilish jarayonlari va qiziqishlarning uzviy bog’likligi



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/347
Sana19.09.2021
Hajmi4,56 Mb.
#179385
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   347
Bog'liq
eksperimentalpsixologiyapdf

 
Bilish jarayonlari va qiziqishlarning uzviy bog’likligi  
 
Qiziqish shaxsning muayyan voqelikdagi, muayyan vaziyatdagi turli narsa va hodisalarga tanlab 
munosabatda bo’lishida , insonning o ‘ziga xos qaror qabul qilishida, o‘zini o'zi nazorat eta bilishida, 
maqsadga intilishida, Yuzaga kelgan obyektiv va subyektiv to ‘siqlarni yengishida ifodalanadi. 
Psixologiya fanining ko’zga ko’ringan olimlarining ta’limoticha, qiziqish odamlarning ehtiyojlari 
negizida yaqqol ijtimoiy tarixiy shart-sharoitda, vaziyatda Yuzaga keladi, shakllanadi, barqarorlashib 
boradi hamda ularning shaxsiy turmush sharoiti va faoliyatida, ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishi 
singari omillarda gavdalanadi.  
 


Umumiy talqinlarga asoslanib mulohaza bildiriladigan bo‘lsa, qiziqish alohida jarayon , ammo ma’lum 
psixologik funksiya emas, chunki u his-tuyg‘u, iroda, ong, qolaversa jamiyki psixik holatlar, hodisa va 
ichki kechinmalarni o‘zida mujassamlashtirgan murakkab tizimli ruhiy voqelikdir.  
 
 Qiziqish psixologik mohiyatining dastlabki ko’krinishi — bu uni odamlar tomonidan anglab yetishi 
yoki tushunish imkoniyatidir. Shaxs qiziqish mahsulini, uning oqibatini anglash, tasavvur etish 
orqaligina obyektiv borliqdagi narsa va hodisalarga ongli, tanlab munosabatda bo’ladi. Lekin bu 
voqelikni anglash, tushunish insonda birdaniga sodir bo’lmaydi, balki muayyan vaqt davomida unda 
bilish jarayonlari, shaxsiy fazilatlari individual-tipologik xususiyatlar rivojlanishi tufayli Yuzaga keladi. 
 
 Shuni t a ’kidlash joizki, qiziqish psixologik mohiyatining namoyon bo’lishida aqliy jarayonlar muhim 
o ‘rinda turishi hodisasining qayd qilinishi u faqat intellektdan tashkil topadi, degan m a ’noni 
anglatmaydi, albatta.  
 
Shu bois, qiziqish psixologik mohiyatining ikkinchi ko'rinishi — uning his-tuyg'ular, emotsional 
holatlar bilan uyg'unlashgan, mujassamlashgan tarzda ifodalanishidadir. Ma'lumki, his-tuyg’ular, 
shuningdek, emotsional holatlar (emotsional ton, kayfiyat, shijoat, ehtiros va boshqalar) shaxsning 
borliqdagi aniq voqelikka, narsa va hodisalarga, muayyan faoliyatga intilishini, sa’y -harakatlarini 
kuchaytiradi, jadallashtiradi, safarbarlikni obyektga yo'naltiradi. Inson o‘z shaxsiy qiziqishini 
qondirgandan keyingina unda yoqimli his-tuyg'uiar uyg’lonadi, ruhiy qoniqish, o‘z navbatida, 
lazzatlanish (praksik) hissi vujudga keladi.  
Qiziqishni psixologik mohiyatining uchinchi ko’rinishi — bu uning iroda sifatlari, iroda akti bilan 
umumlashgan tarzda vujudga kelishidir. Irodaviy zo‘r berish, muayyan qaror bo'yicha intilish, ba’zi 
qiyinchiliklarni yengish, mustaqillik namoyon qilish qiziqishni qaror toptiradi, shaxsni maqsad sari 
yetaklaydi. Qiziqishni psixologik mohiyatining to‘rtinchi ko‘rinishi — bu uning oliy n e rv  fa oliyati 
xususiyatlari v a temperament tiplari bilan birga, mujassamlashgan holda namoyon bo’lishidir.  
 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish