Umumiy psixologiya kafedrasi eksperimental psixologiya



Download 4,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet109/347
Sana19.09.2021
Hajmi4,56 Mb.
#179385
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   347
Bog'liq
eksperimentalpsixologiyapdf

 
 
 
 


18-MavzuSHaxsning emotsional jabxasi 
Reja: 
 
1.  Emotsiyalarning tavsifi. Emotsiyaning shaxsga ta’siri.  
2.  Affekt va motivlarni psixoanalitik konsepsiyasi.  
3.  Emotsiya va xulk-atvorning aktivatsion nazariyalari.  
4.  Noverbal emotsiyaning namoyon bo’lishi.  
5.  Emotsional psixologik tiplar.  
6.  Yarimsharlar funksiyasi va emotsiyalar. 
 
Emotsiyalarning tavsifi, Emotsiyaning shaxsga ta’siri 
Shaxsning  individual  hayoti  va  faoliyatiga  aloqador  (xoh  foydali,  xoh  zararli  bo'Isin)  omillar, 
qo‘zg‘ovchiIar, turtkilarni ifodalovchi hamda kelib chiqishi instinktlar, shartsiz reflekslar, irsiy belgilar 
(ovqatîanish,  himoyalanish,  qo‘rqish  va  boshqalar)  bilan  bog'liq  sodda  hissiy  holatlar  „emotsiya“ 
deyiladi.  Emotsiyalar  nafaqat  insonlarga,  balki  jonli  mavjudotiarga  ham  taalluqli  ruhiy  (psixik) 
holatlardir.  
Emotsiyalar tashqi ko‘rinishga xosligi, muvaqqat xususiyatga ega ekanligi bilan hissiyotdan farqlanadi. 
Hissiyot bilan emotsiya inson shaxsining ijtimoiy hayotiy shart-sharoitlarida Yuzaga kclgan, odam ning 
ijtimoiy  tarixiy  taraqqiyotida  emotsional  yo’sinda  shakllangan  ,  muayyan  ijtimoiy  muhitda  istiqomat 
qiluvchi kishilar tomonidan o‘zlashtirilgan g’oyalar, me’yorlar, qonun - qoidalar, nizomlar, qadriyatlarni 
aks ettiruvchi anglangan his-tuyg‘ular, murakkab ichki kechinmalarni vujudga kelish jarayonidir. 
        Emotsional  jarayonlar,  holatlar  yoki  tor  ma’noda  emotsiyalar  hissiy  kechinmalarining  o‘ziga  xos 
xususiyatli  shakllaridan  bittasidir.  Emotsiya  -  u  yoki  bu  hissiyotning  inson  tomonidan  bevosita 
kechirilishi  (kechishi)  jarayonidan  iboratdir  Masalan,  shaxs  tomonidan  musiqani  sevish  emotsiyani 
vujudga keltirmaydi, balki buning uchun musiqani eshitish, ijrochi mahoratiga tasanno bildirish, undan 
hayajonlanish  yoki  asar  ijrosi  yoqmasa  g‘azabli  hissiy kechinma hosil  bo‘lishi ijobiy, salbiy  emotsiya 
deyiladi.  Qo‘rqinch,  dahshat  hissiy  kechinma  sifatida  ob’ektlarga  shaxsning  munosabatini  aks  ettirib 
turlicha  shaklda  namoyon  bo‘lishi  mumkin:  odam  dahshatdan  qochadi,  qo‘rquvdan 
serrayib  qoladi

o‘zini idora qila olmay har tomonga uradi, hatto xavf-xatarga o‘zini tashlashi ham mumkin. 
Ko‘pincha emotsiyalar o‘zining ta’sirchanligi bilan bir-biridan ajralib turishiga qaramay, bunday sifatli 
hissiy  holatlar  stenik  (Yunoncha  sthenos  so‘zidan  olingan  bo‘lib,  kuch  degan  ma’no  anglatadi) 
xususiyatli  deyiladi.  Bunday  emotsiyalar  dadil  xatti-harakatlarga,  mantiqiy  mulohazalarga,  ijobiy 
izlanishlarga  kuch-quvvat,  qanot  bag‘ishlaydi.  Masalan,  xursandchilikdan  shaxs  «parvoz  qiladi», 
«Yulduzni narvonsiz oladi», kimlargadir xolis yordam qilishga shoshadi, faollik, tinib tinchmaslik uning 
sifatiga  aylanadi.  Aksariyat  hollarda  xushxabar,  muvaffaqiyat  shaxsda  stenik  xususiyatli  emotsiyalarni 
vujudga  keltiradi.  Ba’zi  hollarda  emotsiyalar  o‘zining  sustligi,  zaifligi, 
nursizligi  bilan  tavsiflanadi

bunday  hissiy  holat  astenik  (Yunoncha  actenia  so‘zidan  olgan  bo‘lib,  kuchsizlik,  zaiflik  ma’nosini 
bildiradi)  deb  ataladi.  Bunday  hissiyot  insonni  bo‘shashtiradi,  uni  xayolga  cho‘mdiradi,  xayolparast 
qilib qo‘yadi, shu sababdan favqulodda shaxsdagi rahmdillik befoyda emotsional kechinmaga, uyalish 
vijdon azobiga, andisha esa qo‘rqoqlikka aylanib qolish xavfi kuchli. 
Har qanday vaziyatda ham emotsional xatti-harakat, faoliyat motivlari bo‘lishidan tashqari, ular ba’zida 
faoliyatni  tashkillashtiruvchi,  goho  uni  izdan  chiqaruvchi  omilga  ham  aylanishi  mumkin.  Emotsional 
holatlar yo haddan tashqari kuchaysa yoki susaysa, xullas me’yori, 
maromi izdan chiqsa
, u holda shaxs 
faoliyati  maqsadga  yo‘nalishini  yo‘qotadi,  buning  natijasida  ob’ektlar  noto‘g‘ri  aks  ettiriladi,  ular 
xolisona talqin qilinmaydi, baholashda mantiqiy nuqsonlarga yo‘l qo‘yilad 

Download 4,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   347




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish