1
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
“PSIXOLOGIYA” FAKULTETI
“PSIXOLOGIYA” KAFEDRASI
“PSIXOLOGIYA: AMALIY PSIXOLOGIYA” YO‘NALISHI 931-20 GURUH
TALABASI KARIMOVA GULSANAMNING
“UMUMIY PSIXOLOGIYA”
FANIDAN
KURS ISHI
Mavzu: Emotsiyaning namoyon bo‘lishi
Ilmiy rahbar: R. Otamuratov
Jizzax-2022
2
MUNDARIJA
KIRISH
3
I.BOB. SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOHALARI
5
1.1. Emotsiya haqida tushuncha
5
1.2. Hissiyot to‘g‘risida umumiy tushuncha
9
1.3. Hissiyotning o‘ziga xosligi
11
II.BOB. EMOTSIYANING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
17
2.1. Hissiyot va emotsional holatlarning fiziologik asoslari
17
2.2. Odam va hayvon emotsiyalari
20
2.3.
Emotsiya nazariyalari (Djeyms-Lang, Kennon-Bard, S.SHaxtyor,
D.Zinger)
22
Xulosa
29
Foydalanilgan adabiyotlar
30
3
KIRISH
Mavzuning
dolzarbligi
:
Hissiyot
borliqqa,
turmushga,
shaxslararo
munosabatga nisbatan shaxsning subyektiv kechinmalarini aks ettirilish
hodisasidir. Shaxs tirik mavjudod bo‘lishi bilan birga jamiyat a’zosi hamdir,
shuningdek, yakkahol (individual) inson sifatida tevarak-atrofdagi narsalar va
hodisalarga nisbatan munosabatlarini xolisona (obyektiv) aks ettiradi, in’ikos
qiladi. Aks ettirish jarayoni favqulodda o‘z ichiga quyidagilarni qamrab oladi: a)
shaxsning ehtiyojini qondirish imkoniyatiga egalikni; b) qondirishga yordam
beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan obyektlarga subyekt sifatida qatnashishni;
v) uni harakat qildiruvchi, bilishga intiltiruvchi munosabatlarini va hokazo.
Subyektiv munosabatlarning inson miyasida his-tuyg‘ular, Emotsional holatlar,
yuksak ichki kechinmalar tarzida aks etishi hissiyot va Emotsiyani yuzaga
keltiradi. Hissiyot -yaqqol voqyelikning ehtiyojlar subyekti bo‘lmish shaxs
miyasida obyektlarga nisbatan uning uchun qadrli, ahamiyatli bo‘lgan
munosabatlarini aks ettirilishdir. Mulohazalardan ko‘rinib turibdiki, munosabat
atamasi bir necha marta matnda qayd qilindi, shuning uchun unga ayrim izohlar
berish maqsadga muvofiqdir. Psixologiyada hali bir talay terminlar, atamalar,
tushunchalar mavjudkim, ularga mohiyat, ma’no, ko‘lam, sifat, shakl jihatidan
qo‘llanilishi yuzasidan ba’zi bir tuzatishlar kiritilishi ayni muddao bo‘lar edi.
Emotsional holatlar boshqa ruhiy jarayonlar singari miya faoliyatining natijasi
yoki mahsuli bo‘lib hisoblanadi. Emotsional holatlarning yuzaga kelishiga tabiatda
va jamiyatda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar, munosabatlar, aloqalar, taassurotlar
asosiy sababchidir. O‘zgarishlar o‘z navbatida, birinchidan, shaxs hayoti va
faoliyatining jadallashi yoki pasayishiga, ikkinchidan, insondagi ayrim
ehtiyojlarning paydo bo‘lishiga yoki yo‘qolishiga, uchinchidan, odam ichki
organlari funksional holatlarining beqarorlashuviga olib keladi. His-tuyg‘ular
uchun eng xususiyatli fiziologik jarayonlar negizi sifatida shartsiz va shartli
reflekslar xizmat qiladi va ularning muayyan tizimi bosh miya katta yarim sharlari
po‘stida yuzaga keladi hamda shu joyda mustahkamlanadi. Murakkab shartsiz
reflekslar esa: 1) yarim sharlarning po‘stloqosti bo‘shliqlari: 2) miya stvoliga
4
tegishli ko‘rish tepachalari (do‘ngliklari); 3) nerv qo‘zg‘alishlarini miyaning
yuqori bo‘limlaridan vegetativ tizimiga o‘tkazib beruvchi markazlari orqali amalga
oshiriladi. Shaxsda his-tuyg‘ularning kechishi hamisha miya po‘sti bilan
po‘stloqosti markazlarining birlikdagi (hamkorlikdagi) faoliyati natijasida
ro‘yobga chiqadi
Do'stlaringiz bilan baham: |