5
I BOB. SHAXSNING HISSIY-IRODAVIY SOHALARI
1.1.
Emotsiya haqida tushuncha
Emotsiya
(frans. lot. — larzaga keltiraman, hayajonlantiraman) —
odam va
hayvonlarning tashqi va ichki qoʻzgʻatuvchilar taʼsiriga nisbatan subʼyektiv
reaksiyalari. Emotsiya qoniqish yoki qoniqmaslik, quvonch, qoʻrquv va boshqalar
shakllarda namoyon boʻladi. Emotsiya ixtisoslashgan miya tuzilmalarining faol
holatidan iborat boʻlib, odam va hayvonlarda bu holatni minimal yoki
maksimallashtirish (kuchaytirish, takrorlash) istagini paydo qiladi. Emotsiya
xususiyati zarur ehtiyoj va uni qoniqtirish imkoniyati bilan belgilanadi.
Ehtiyojni
qoniqtirish ehtimoli kam boʻlganida emotsiya salbiy (qoʻrquv, gʻazab) shaklda
namoyon boʻladi. Aksincha uni qondirish ehtimoli kutilganiga nisbatan yuqori
boʻlganida E.ga ijobiy tus (qoniqish, quvonch) beradi. Miyaning turli qismlariga
elektr toki taʼsir ettirish
orqali dastlab hayvonlarda, keyinchalik odamlarda salbiy
va ijobiy emotsiya paydo qiladigan nerv markazlari aniqlanadi. Bu markazlar,
asosan, bosh miya poʻstlogʻining oldingi qismida, limbik sistemasi (uzunchoq
miya,
oraliq miya, oʻrta miyaning bir qancha tuzilmalari majmui)da, markaziy
kulrang moddada va gipotalamusda joylashgan. Emotsiya oʻrganish, hosil boʻlgan
shartli reflekslarni mustahkamlash jarayonida benihoya katta ahamiyatga ega.
emotsiya bilimlarni oʻzlashtirish (zehn) chegaraskni kengaytiradi; xotirani
faollashtiradi, odam va hayvonlar kommunikatsiyasida qoʻshimcha vosita (mimika,
nutq yoki tovush intonatsiyasi va boshqalar) boʻladi.
Odamda oliy ijtimoiy
ehtiyojlar asosida paydo boʻluvchi differension va turgun E.lar, odatda, hissiyot
deb ataladi.
Odam tashqi muhitdagi turli-tuman narsa va hodisalarni idrok qilar ekan, hech
vaqt bu narsalarga batamom befarq bo‘lmaydi. Odamning aks ettirish jarayoni
doimo faol xarakterga egadir. Aks ettirish jarayoni quyidagilarni qamrab oladi:
a) shaxsning ehtiyojni qondirish imkoniyatiga egaligini;
b) qondirishga yordam beradigan yoki qarshilik ko‘rsatadigan ob’ektlarga
sub’ekt sifatida qatnashishi;
v) uni harakat qildiruvchi bilimga intiltiruvchi munosabatlar va hokazo.
6
Chunki odam atrofidagi har turli narsalarni idrok qilib aks ettirar ekan, bu
narsalarga nisbatan ma’lum munosabatda bo‘ladi. Masalan,
bizga ayrim narsalar
yoqsa, ya’ni kayfiyatimizni ko‘tarib yuborsa, boshqa bir narsalar yoqmaydi va
kayfiyatimizni buzib, dilimizni xira qiladi. Ba’zi bir ovqatni odam juda ham
yoqtiradi, boshqa bir ovqatni esa mutlaqo ko‘rgisi kelmaydi yoki ayrim odamlar
bizga xush keladi yoki boshqa bir odamlar esa noxush keladi.
Umuman odam
atrofidagi hamma narsalarga nisbatan munosabatda bo‘ladi va uning munosabatlari
ham aks ettiriladi.
Kishilar idrok qilayotgan, ko‘rayotgan, eshitayotgan, bajarayotgan,
o‘ylayotgan, orzu qiladigan narsalarga befarq bo‘lmaydilar.
Bir xil predmetlar,
shaxslar, xarakterlar, voqealar bizni quvontiradi, boshqalari xafa qiladi yana
boshqalari g‘azab, nafratimizni uyg‘otadi. Biz xavf ostida qolganimizda qo‘rquvni
his qilamiz, dushman ustidan g‘alaba qozonish yoki
qiyinchilikni engish zavq
uyg‘otadi.
H
Do'stlaringiz bilan baham: