6
I.BOB. SHAXS XULQ-ATVORINING PSIXOLOGIK
XUSUSIYATLARI
Inson shaxsining irodaviy xislatlari- bu,
mehnat faoliyatidagi, ta’lim
jarayonidagi muvaqqat ruhiy holat emas, balki aksincha mazkur vaziyatga shech
qanday bog‘liq bo‘lmagan odam turg‘un, barqaror ruhiy tuzilmasidir. Uning
irodaviy sifatlariga sobitqadamlik,
tashabbuskorlik, qat’iyatlilik, mustaqillik,
tashkillashganlik, ishbilarmonlik, o‘zini qo‘lga olish, jasurlik, chidamlilik va
boshqalar kiradi. Shaxs irodasining bo‘shligi,
zaifligi qaysarlik, sabotsizlik,
yalqovlik, qo‘rqoqlik, prinsipsizlik, betashabbuslik, erinchoqlik,
loqaydlik singari
tushunchalar orqali tavsiflanadi.
Bilimlarni va mehnat ko‘nikmalarini egallashdagi sobitqadamlik-bosh
irodaviy sifat hisoblanib, u irodaviy boshqa ko‘rinishlarning taraqqiyot darajasini
va yo‘nalishini aniqlovchi asosiy omil bo‘lib sanaladi. Mustaqil va kelajagi buyuk
davlat ideallariga sodiqlik, Vatan oldidagi burchning
yuksak darajada anglashi,
jamoatchilik Hissi, yurt ravnaqiga o‘z hissasini qo‘Hish istagi va bularning
barchasi o‘zbek xalqiga xos bo‘lgan sobitqadamlilik namunasidir.
Ta’lim-tarbiya jarayonidagi va mehnat faoliyatidagi tashabbuskorlik-shaxs
o‘z xoHish irodasiga binoan zarur xatti-harakatlarni amalga oshirish uquvidir.
Mustaqil bilim olish va fikrlashdagi mehnat faoliyatidagi qat’iyatlilik- shaxs
tomonidan jiddiy va puxta mulohaza yuritib qaror qabul qilish, uni izchil ravishda
shayotga tatbiq etish xislatidir. Tirishqoqlik shaxs qiyinchiliklarni yengish uchun
kuraHishda kuch-quvvatini
aslo pasaytirmasdan, uzluksiz va uzoq muddat
maqsadga eriHish uchun intilish ko‘nikmasidir.
Muammolarni yechish chog‘ida chidamlilik-shaxs tomonidan qabul qilingan
qarorni amalga oshirishga shalal beruvchi fikrni, Hissiyot va xatti-harakatni
tizginlovchi (tormozlovchi) inson uquvchanligidir. Tashkillanganlik-o‘z
harakati
va xulqini rejalashtirish, xususan uni ijro etishda shaxsni rejaga asoslanish
malakasidir. Matonatlilik-qo‘yilgan maqsadni muqaddas His etgan holda o‘zini
oqlaydigan xavf-xatarga qo‘l urish, qo‘rqinchga nisbatan yuzma-yuz tura olish
fazilatidir.
7
Ishbilarmonlik-har qanday o‘ylanilgan ishni qiyinchiliklar va qarshiliklardan
qat’i nazar omilkor yo‘llar qo‘llash tufayli oxiriga yetkazish xislatidir. Mustaqillik-
o‘z e’tiqodiga qat’iy ishonch, shaxsiy
kuch-quvvatiga ishonish, boshqalarning
yordamiga mushtojlik sezmaslik malakasidir.
Shaxsning xulq-atvorida, mehnat va o‘quv faoliyatida, agarda ishlab chiqarish
va ta’limiy mashg‘ulotlar oqilona, shaqqoniy ravishda, to‘g‘ri uyushtirilsa, unchali
muhim bo‘lmagan irodaviy sifatlar ham paydo bo‘lishi mumkin, chunonchi
intizomlilik, o‘zini qo‘lga olishlik va hokazo.
Do'stlaringiz bilan baham: