Umumiy psixologiya” fanidan o`quv- uslubiy majmua ta`lim yo`nalishi: Barcha ta`lim yo`nalishlari uchun


Temperament xususiyatlari. Temperament tiplari



Download 1,52 Mb.
bet73/140
Sana31.12.2021
Hajmi1,52 Mb.
#209974
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140
Bog'liq
умум пс мажмуа 2021 eff615df2eeef9c87188ec402fe119d4

Temperament xususiyatlari. Temperament tiplari.

Faoliyatning individual uslubi va temperament. Temperamentni takkomillashtirish va tarbiyalash. Kasb tanlash va temperament. Oila qurishda temperament mutanosibligi masalasi.
Temperament haqida tushuncha

Insonning ruhiy olami beto‘xtov harakatlar majmuasidan iborat bo‘lib, biri ikkinchisini bevosita taqozo etadi va ular uzluksiz zanjir tizimiga o‘xshash tarzda hukm suradi. Xuddi shu bois shaxs ruhiyatida tashqi atrof-muhit to‘g‘risidagi taassurotlar, o‘tmish xotiralari, kelajak yuzasidan ijodiy xayollar, ezgu niyatlar, xohish istaklar, maqsad va tilaklar, mulohaza, fikr va muammo, hissiy kechinmalar, irodaviy sifatlar uzluksiz tarzda o‘zaro o‘rin almashtirib turishi evaziga ontogenetik dunyoga mustahkam negiz hozirlanadi. Ruhiy olam kechishi, uning sur’ati, mazmuni, shakli, qo‘lami, xususiyati, xislati, sifati, mexanizmi alohida, yakkahol insonda rang-barang tarzda namoyon bo‘lishi kuzatiladi. SHuning uchun bo‘lsa kerak, insonlar tabiat hodisalariga, omillariga, ta’sir kuchlariga tez yoki sekin, engil yoki mushkulot bilan javob qaytarishga moyillik ko‘rsatadilar.

SHuni alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, psixik faoliyatning di-namikasi nafaqat temperamentga, balki motivlarga, psixik holatlarga, his-tuyg‘ularga ham bevosita bog‘liqdir. Misol uchun, inson o‘zi temperamentning qaysi turiga taalluqli bo‘lishidan qat’i na-zar, o‘z faoliyatiga layoqatli, mayli kuchli, intilishi qat’iy, qizi-quvchan bo‘lsa, uni tashkillashtirishda va nazardan qolishda uyush-qoqlik, harakat sur’ati esa tezkor amalga oshadi, unga loqayd muno-sabatni bildirsa, ish sur’ati sekin va sust kechadi. Har qanday va-ziyatga qaramasdan, shaxsning qarindosh urug‘lari to‘g‘risidagi, shu-ningdek, jahonda kechayotgan noxush xabarlar uning a’zoyi badanini larzaga keltiradi, labi quriydi, rangi bo‘zaradi, atrof-muhitga nisbatan mo‘ljalini yo‘qotadi. Psixologiyada temperamentga taalluqli individual dinamik xususiyatlar bilan motivlar va psixologik holatlar, hissiy kechinmalarning dinamik xususiyatlari o‘rtasida muayyan darajada tafovut mavjudligi alohida ta’kidlanadi. Ular orasidagi farqlarni ajratib ko‘rsatish maqsadida qo‘shimcha belgilar kiriti-ladi va o‘ziga xos tarzda tavsiflab beriladi. Ularning ayrimlarini ajratib ko‘rsatish maqsadga muvofiq.

1- Favqulodda temperamentning bir xil xususiyatlari, motiv, psiindividual xususiyatlari bilan temperamentga aloqador nerv tizi-mi xususiyatlarining o‘zaro qo‘shiluvini nerv tizimining tipi deb nomlaydi va uni to‘rtta tipga ajratadi: a) kuchli, muvozanatli, epchil; b) kuchli, muvozanatsiz, epchil; v) kuchli, muvozanatli, sust; g) kuchsiz tip.

Yirik rus psixologlaridan biri B. M. Teplov (1896—1965) va uning shogirdlari, maslakdoshlari I. P. Pavlovning tadqiqotlarini davom ettirib, inson nerv jarayonlari xususiyatlarining o‘ziga xos tomonlarini ochishga muvaffiq bo‘ldilar. Ular nerv-fiziologik jarayonlarning nozik qirralarini o‘rganishda maxsus moslama-lar yordami bilan o‘zgarishlarni qayd qilish hamda olingan natija-larni (omillarini) matematik statistika metodlari orqali hiso-lashni tatbiq etdilar. B. M. Teplov ilmiy maktabi namoyandalari tomonidan olingan ma’lumotlarga qaraganda, insonda hosil qilinadigan shartli reflekslarning ba’zi bir individual xususiyatlari o‘zaro uyg‘unlikka egadir. Ularning ta’biricha, o‘zaro bog‘liq individual xususiyatlar tizimi asab tizimining muayyan xususiyati bilan tavsiflanadi. Jumladan, o‘zaro bog‘langan xususiyatlar, birinchidan, shartli qo‘zg‘ovchi mustahkamlanishi davom etishidan qat’i nazar, shartli reflekslar so‘nishi darajasiga, ikkinchidan, qo‘zg‘ovchilar-ning kuchli yoki kuchsizligi bilan shartli reaksiyaning hajmi orasi-dagi tafovutlarga, uchinchidan, asosiy qo‘zg‘ovchi sezgirligiga begona (notanish) qo‘zg‘ovchini ijobiy (salbiy) ta’sir o‘tkazish darajasiga, to‘rtinchidan, boshqa ko‘rinishdagi yoki kuchlanishdagi qo‘zg‘alish jara-yonlarining kuchiga bog‘liqdir. Ma’lumotlarning tahliliga binoan, tormozlanishning (to‘xtalishning) kuchi bilan nerv jarayonlarining muvozanatlashuviga taallukdi shartli reflektor faoliyatining individual xususiyatlari turkumlari shunga o‘xshash usul yordami bilan kashf qilingan. SHuningdek, B. M. Teplov ilmiy maktabining na-moyandalari tomonidan ijobiy va tormozlovchi shartli reflekslarning hosil bo‘lish tezligini tavsiflovchi individual xususiyatlar turkumi ham ta’birlab berilgandir. Ushbu individual xususiyatlar mohiyatida ifodalanuvchi asab tizimining notanish xususiyati dinaminlik deb nomlangan. Bundan tashqari, ular shartli reflektor faoliyatining bir guruh individual xususiyatlari qo‘zg‘alish jarayo-nining to‘xtalishining tezligi mahsuli sifatida taxmin qilingan xususiyatni (yangi xislatni) labillik, ya’ni lotincha 1a’1a115 - beqa-rorlik deb ataganlar. SHuning bilan birga asab tizimining boshqa xususiyatlari mavjudligi to‘g‘risida ilmiy taxminlar ilgari suril-gan, chunonchi: senzitivlik, reaktivlik va hokazo. B. M. Teplov ilmiy maktabi I. P. Pavlov tadqiqotlarida aniq-langan asab tizimining xususiyatlari to‘g‘risidagi nazariya va tax-minlar muayyan darajada kengaytirilgan hamdatemperamentningtub mohiyatini tushuntirishga qulay imkoniyatlar yaratilgan. Lekin shun-day chuqur izlanishlar olib borilishiga qaramay, psixologlar tomo-nidan kashf qilingan xususiyatlarning kimyoviy va fizikaviy mo-hiyati to hanuzgacha noma’lum bo‘lib qolmoqda.

Xuddi shu bois, asab tizimining xususiyati to‘g‘risidagi ilmiy mushohadalar faqat shartli reflektor faoliyati bilan o‘zaro bog‘liq individual xususiyatlar turkumiga taallukli umumiy sabablar bo‘yi-cha talqin qilishni ifodalaydi, xolos.

Nerv tizimi xususiyatlari bilan temperamentning bog‘liqligi aksariyat hollarda mana bunday omillarning mohiyatida aks etishi mumkin. Jumladan, negizida asab tizimining faraz qilingan fi-ziologik xususiyati yotgan shartli reflektor faoliyatining o‘zaro bog‘-liq individual xususiyatlarning muayyan turkumi shaxsda qanchalik ko‘p mujassamlashsa, temperamentning unga mutanosib xususiyati xuddi shu darajada namoyon yoki aks holatda shuncha kam ifodalanishi kuza-tiladi: 1) insonda shartli refleks shakllangan bo‘lsa-da, lekin u tez so‘na boshlasa; 2) tashqi qo‘zg‘ovchi shartli refleksda kuchli tormozla-nishni vujudga keltirsa; 3) shaxs kuchsiz qo‘zg‘ovchilarga kuchli qo‘zg‘ov-chilar singari shiddat bilan reaksiya qaytarsa; 4) odam kuchsiz qo‘zg‘a-lish jarayoni bilan uyg‘unlashgan xususiyatlarni aniqlasa; 5) inson-da kuchli emotsional qo‘zg‘alishi hamda diqqatning chalg‘ishi yuzaga ke-ladi.

YUqorida ta’kidlab o‘tilganidek, I. P. Pavlov ta’limotida tem-peramentning psixologik ta’siri asab tizimining barcha xususiyat-lari bilan aloqadorligi yoki uning tipiga tegishli ekanligi tu-shuntiriladi. Xuddi shu bois, temperamentning u yoki bu xususiyati asab tizimining birorta xislati bilan emas, balki xususiyatlar-ning turkumlari bilan aloqaga kirishadi. Buning ta’sirida asab tizimi xususiyatlarining miqdoriy munosabatlarida temperament xususiyatlari ham sifat o‘zgarishini yasaydi.

Yigirmanchi asrning 60-70 yillarida ushbu soha bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, temperamentning psixolo-gik tavsifi bilan I. P. Pavlovning tiplari o‘rtasida aloqa hukm surishiga hech qanday shak-shubha yo‘qdir. Temperamentga taalluqli asabtiziminingtiplari ham insonga, ham hayvonlargategishli bo‘lib, ular umumiy tiplar deb nomlanadi. Binobarin, temperamentning fiziologik asosi — bu asab tizimining umumiy tiplaridir. Biroq, I. P. Pavlovning tiplari — bu nervtizimi xususiyatlarining tanho tipik birikmasi emasdir, chunki keyinchalik bu borada yangi birikmalar topildi. Lekin ajratilgan tiplarning barchasi bir tekis ahamiyatga molik emasligi tufayli ularning eng asosiylari kuchli va kuchsiz tiplardan tashkil topadi.


Download 1,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   140




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish