“UMUMIY PEDAGOGIKA” FANIDAN VAZIYATLI
TOPSHIRIQLAR TO‘PLAMI
1.
Ma’naviyat haqidagi ma’ruzadan so‘nggi yozib qoldirilgan xat:
“Pedagogika bo‘yicha darslik va o‘quv qo‘llanmalarda ham o‘qituvchi vijdoni
haqida kamdan-kam gapiriladi. Uni qanday izohlash mumkin?” Siz «o‘qituvchi
vijdoni» deganda, nimani tushunasiz? O‘z fikringizni ilmiy asoslang.
2. Yozma refleksiya uchun o‘quvchilarga mavzu berildi: “Bugungi kundagi
tarbiyaning eng xarakterli belgisini ayting”. Bolalar turlicha javob berishdi: ular
siyosiy madaniyatni oshirishdan, televizorda narkotik moddalarni iste’mol qilishga
qarshi mavzularda reklama berishgacha. Sinf xonasi bahs maydoniga aylanib ketdi.
Siz sinfdagi bahs san’atini qanday tashkil etgan bo‘lardingiz?
3.
Sinfda subkultura tushunchasi atrofida munozara boshlandi. Kimdir uni
ijobiy baholagan bo‘lsa, kimdir salbiy fikr bildirdi. Siz mazkur tushunchani qanday
izohlagan bo‘lardingiz?
4.
Bir mashhur pedagogning xotira daftarida shunday fikr yozib qo‘yilgan:
“Iqtidorli bola – me’yordan og‘ishgan bola”. Mazkur fikrga siz qanday munosabat
bildirasiz?
5.
Siz sinfxonaga dars o‘tishga kirdingiz. Biroq xona iflos. Qog‘ozlar
sochilib yotibdi. Siz sinfdagi bir o‘quvchi qizga qog‘ozlarni terib olishni aytdingiz.
Lekin qiz sizga qog‘ozni u tashlamaganligi, shuning uchun olishga majbur
emasligini bildirdi. Siz mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutardingiz?. O‘zingiz
tutadigan yo‘lni ilmiy jihatdan asoslab bering.
6.
Tarbiyasi og‘ir o‘smir. Biroq kimningdir darsida u jim o‘tiradi, hamma
narsani vaqtida bajaradi. Biroq sizning darsingizda esa, o‘zini tartibsizligini
namoyish etadi. Siz mazkur vaziyatdan qanday chiqishingiz mumkin?
7.
Siz ishlaydigan pedagogika kollejidagi bir nechta o‘quvchiga o‘zingiz
o‘tayotgan fandan 1-semestr bo‘yicha baho qo‘ymadingiz. Biroq o‘quv yili
yakunida jurnalda mazkur o‘quvchilarga baho qo‘yilganining guvohi bo‘ldingiz.
Siz o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosariga uchrashdingiz. O‘quv ishlari
bo‘yicha direktor o‘rinbosari ularga bahoni guruh rahbari qo‘yib yuborganini aytdi.
Mazkur vaziyatda siz qanday yo‘l tutgan bo‘lardingiz?
8.
Siz kollej rahbarisiz. Qo‘l ostingizdagi o‘qituvchingiz ertalab ishga kelib,
1-parani tugatib uyiga ketib borayotgan edi. Siz qaerga ketayotganini
so‘raganingizda, darsini o‘tib bo‘lib, uyga ketayotganligini aytdi. Siz ish vaqti
tugamaganligini aytdingiz, biroq o‘qituvchi indamasdan ketib yubordi. Mazkur
vaziyatni baholang va uni hal eting.
9.
Siz kollej rahbari sifatida Pedagogik Kengash o‘tkazyapsiz. Lekin
orqada o‘tirgan yosh o‘qituvchilardan ikkitasi gapni eshitmasdan, o‘zaro gaplashib
o‘tirishibdi. Siz ogohlantirish berdingiz. Lekin ular mazkur holatni qayta
takrorlashib o‘tiribdi. Mazkur vaziyatni baholang. Siz qanday yo‘l tutar edingiz?
10.
Geografiya darsiga har doim tayyor bo‘lib keladigan Sunnatni o‘qituvchi
doskaga chaqirdi. Biroq u tayyor emasligini aytdi. O‘qituvchi unga ikki baho
qo‘ydi. Sunnat indamasdan joyiga o‘tirdi. Sunnatning uch kun oldin buvisi vafot
etgan edi, shuning uchun u darsga tayyorlana olmagan edi. Siz sababni bilgan va
bilmagan holatda tutishingiz mumkin bo‘layotgan vaziyatni sharhlang.
11.
Sizni 9-cinf bitiruvchilari bitiruv oqshomiga taklif etdi. Ketma-ket
qo‘ng‘iroqlar bo‘laverdi. Sizni boshqa joyga ham mehmonga taklif etishgan. Siz
mazkur vaziyatda qanday yo‘l tutardingiz?
12.
Odatda, tez-tez o‘qituvchilar jamoasi o‘qituvchi bilan o‘quvchilar
o‘rtasida “o‘zaro masofaviy chegara” bo‘lishi lozimligini ta’kidlashadi.
Sizningcha, bunday “o‘zaro masofaviy chegara” nima? O‘qituvchi bilan o‘quvchi
o‘rtasidagi “o‘zaro masofaviy chegara”ni qanday baholaysiz?
13.
O‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida do‘stlik bo‘lishi mumkinligi haqida
ham turlicha fikrlar bor: kimdir o‘qituvchi o‘quvchi bilan do‘stona munosabatda
bo‘lishi zarur, desa, kimdir esa, aksincha. Siz o‘zingizning shaxsiy bahongizni
ilmiy asoslagan tarzda bayon etib bering.
14.
Tasavvur qiling: Siz o‘quvchingizga bilim – kuch ekanligini
tushuntirmoqchisiz. Buni qanday uddalaysiz?
15.
Individuallik. Bu tushuncha bilan birga individualizm tushunchasi
ham ishlatiladi. Siz quyidagi tushunchalarni amaliy pedagogik nuqtai nazardan
izohlang: “o‘quvchining individualligi”, “shaxsdagi individualizm”.
16. Sergeli tumanidagi 268-maktabning biologiya fani o‘qituvchisi
“Ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari” bo‘lganligi uchun
darslarni ham vaqtida o‘ta olmas edi. Darslarni o‘tgan vaqtida ham o‘quvchilarning
bilim, ko‘nikma, malakalarini nazorat qilib bormasdi. O‘quv yilning birinchi
choragi tugab, o‘quvchilar ta’tilga chiqishganida o‘qituvchi ularning choraklik
baholrini qo‘yib qo‘ygandi. II chorak boshlangach o‘quvchilar sinf rahbarlaridan
biologiya fanidan qo‘yilgan baholarni eshitib hayratlanib qolishdi. CHunki baholar
o‘quvchilar tomonidan olinmagan edi.
1.
O‘qituvchi to‘g‘ri ish qilgan deb o‘ylaysizmi?
2.
O‘qituvchi ta’lim olganlikni tashxislashning qaysi tamoyillarini buzgan?
3.
O‘qituvchining o‘quvchilarning o‘quv faoliyatini bunday nazorat qilishi
ularning bilim olishlariga salbiy ta’sir ko‘rsatadimi?
17. Ertalab soat 8.00. Hali maktabda dars boshlanishiga yarim soat bor.
Ikrom ertacha kelgani uchun tashqarida turmasdan kimyo fani o‘qituvchisining
xonasiga bordi. Xonada kimyo o‘qituvchi bilan birga adabiyot o‘qituvchi gaplashib
o‘tirgan edi. Ikrom kimyo o‘qituvchisidan kirib o‘tirishga ruxsat so‘radi. Sinfga
kirib joylashdi-da, kimyo kitobini olib darsga tayyorlana boshladi. Biroq xayoli
bo‘linib ketaverdi. CHunki adabiyot o‘qituvchisi kimyo o‘qituvchisiga Ikrom
o‘zini ham, darsini ham yaxshi ko‘radigan geografiya fani o‘qituvchisini
yomonlashardi. Mazkur vaziyatga baho bering. Vaziyatning o‘quvchiga qanday
ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini izohlang.
18. Ona tili darsi. Eshik ochilib, uzr so‘ragan holda 9-«B» sinf o‘quvchisi
Barno o‘qituvchidan 6-«A» sinf jurnalini geografiya fani o‘qituvchisiga berib
turishni so‘radi. Biroq o‘qituvchi jurnalni o‘zi to‘ldirayotganligini aytdi. Bir oz
o‘tib, o‘quvchi yana qaytib keldi. Bu safar besh minutga berib turish so‘ralgan edi.
O‘qituvchi yana o‘zi ham o‘quvchilarni baholayotganligini aytib, jurnalni bermadi.
Bir oz vaqt o‘tib, geografiya fani o‘qituvchisining o‘zi keldi. Eshikni ochib, to‘g‘ri
kirib keldi va ona tili fani o‘qituvchisiga baqirib ketdi. Turli haqoratli so‘zlar aytib,
o‘qituvchini o‘kuvchilar oldida izza qildi. Biroq ona tili o‘qituvchisi ham qarab
o‘tirmadi. U ham geografiya fani o‘qituvchisiga jurnalni bermasligini, sinfdan
chiqib ketishini aytdi. Vaziyatni tahlil eting va pedagogik etika nuqtai nazaridan
unga baho bering.
19. CHizmachilik darsi. 9 «V» sinfning ikki o‘quvchisi – SHuhrat va
Elmurod an’anaviy tarzda darsga kechikib keldi va o‘qituvchidan o‘tirishga ruxsat
so‘radi. Biroq o‘qituvchi kirishga ruxsat bermadi. O‘quvchilar esa, sinfga baribir
kirishlarini zarda bilan aytishib, chiqib ketishdi. Oradan besh minut o‘tib, o‘quv
ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarini aytib kelishdi. Direktor o‘rinbosari kirib,
o‘qituvchiga o‘zi uch kundan bo‘yon darsga kelmasdan, bugun o‘quvchilarni
darsga kiritmay o‘tirishi mumkin emasligini aytdi-da, o‘quvchilarga sinfga
kirishini aytdi. O‘qituvchi esa, o‘quvchilarni sinfga kirmasligini aytib, eshikni
yopib oldi. Mazkur vaziyatga baho bering. Rahbarlik mahorati va o‘qituvchi
kompetentligi nuqtai nazaridan vaziyatni tahlil eting.
20.
Adabiyot darsi boshlanmoqda. Qo‘ng‘iroq chalinib, o‘qituvchi sinfga
kirganida, o‘quvchilar o‘zaro bir-biri bilan janjallashib turganini, SHuhrat
Dostonni bo‘yniga zanjir solib bo‘g‘ib turganini ko‘rdi va yugurib ularning oldiga
bordi. SHuhratni qo‘lidan tortib, Dostondan uni ajratib oldi. Biroq SHuhrat
Dostonni qo‘yvorishi bilan u bor bo‘yi bilan polga ag‘darilib tushdi.
O‘quvchilardan biri sinfxonada turgan suvdan bir hovuch olib keldi-da,
Dostonning yuziga sepdi. Dostonni o‘ziga keltirib olishdi va o‘qituvchi
o‘quvchilardan ikkitasidan uni uyiga olib borishini iltimos qildi. Biroq o‘qituvchi
mazkur holatni rahbariyatga ma’lum qilmadi. Siz mazkur vaziyatni qanday
baholaysiz? O‘qituvchi tutgan yo‘lga o‘z munosabatingizni bildiring.
21. Tarix darsi. Darsning o‘rtasida 6-sinf o‘quvchisi Abdurahmon eshikni
taqillatib, uzr so‘rab, o‘qituvchini chaqirdi. O‘qituvchi uning kirishiga ruxsat berdi.
O‘quvchi o‘qituvchiga hozir ularda ona tili darsi ekanligini aytdi. Biroq o‘qituvchi
uning daftarini yirtib tashlaganligini aytib, o‘qituvchidan xarita ko‘rsatadigan
tayoqchani berib turishini so‘radi. O‘qituvchi hayron qolib, tayoqchani nima
qilishini so‘radi. O‘quvchi esa, o‘qituvchini urmoqchi ekanligini aytdi (O‘qituvchi
ayol kishi edi). O‘qituvchi bunday qilish, umuman, to‘g‘ri emasligini,
o‘quvchining o‘zidan ayb o‘tganligini aytib tushuntirmoqchi bo‘ldi va o‘quvchidan
darsga qaytib borishini so‘radi. Biroq o‘quvchi o‘qituvchining darsiga kirmasdan,
shu erda o‘tiraman, deb turib oldi. SHundan so‘ng o‘qituvchi sinfdagi
o‘quvchilarga topshiriq berdi va o‘quvchini olib, xonasiga bordi. O‘qituvchini uzr
so‘rab, tashqariga chaqirdi va o‘quvchilarni o‘zidan bezdirmaslikni iltimos qildi.
O‘qituvchi esa, o‘quvchilardan shikoyat qilib ketdi. Tarix o‘qituvchisi esa, shu sinf
o‘quvchilariga u ham dars o‘tishini, ularga shaxsga yo‘naltirilgan tarzda
munosabatda bo‘lishni iltimos qildi. Vaziyatga baho bering. Nega o‘quvchilar ona
tili o‘qituvchisini hurmat qilishmaydi? Vaziyatni baholang. Mazkur vaziyatda ona
tili o‘qituvchisining o‘rniga o‘zingizni qo‘yib, vaziyatdan chiqish yo‘lini
tushuntiring.
22.
Adabiyot darsi. O‘qituvchi o‘quvchilarning uy vazifalarini tekshirib
chiqa boshladi. Har doim uy vazifasini bajarib kelayotgan Jamshidning uy vazifasi
bajarilmagan edi. O‘qituvchi jahl ustida uni yuziga shapaloq tushirib yubordi.
O‘qituvchining xatti-harakatiga pedagogik psixologiya nuqtai nazaridan baho
bering. O‘qituvchining valeologik tayyorgarligi deganda nimani tushunasiz?
Do'stlaringiz bilan baham: |