Tarbiya tamoyillari
Tarbiya qonuniyatlari. Ijtimoiy tarbiya maqsadi hamda vazifalarini amalga oshirish uchun tarbiya jarayonining o'ziga xos qonuniyatlarini anglab olish muhim ahamiyatga ega. Tarbiya jarayoni o'ziga xos xususiyatlarga ega. Uning eng muhim xususiyati aniq maqsadga yo'naltirilganligidir. Tarbiya jarayoni ko'p qirrali jarayon bo'lib, unda tarbiya mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi ichki va tashkil (sub'ektiv va ob'ektiv) omillar ko'zga tashlanadi.
Tarbiya jarayonining yana bir xususiyati uning uzluksizligi sanaladi. Ta'lim muassasasida olib borilayotgan tarbiya jarayoni bu — o'qituvchi va o'quvchilarning birgalikdagi uzluksiz, tizimli harakatlari jarayonidir. O'quvchilarda ijobiy sifatlarni qaror toptirishda yagona maqsad sari yo'naltirilgan, bir-birini to'ldiruvchi, boyitib boruvchi, takomillashtiruvchi faoliyat alohida ahamiyat kasb etadi. Shu bois oila, ta'lim muassasalari, jamoatchilik hamkorligida tashkil etilayotgan tarbiyaviy tadbirlarning uzluksiz o'tkazilishiga erishish maqsadga muvofiqdir. O'quvchilarga nisbatan ta'lim muassasasining ta'sirini susaytirmaslik maqsadida sinfdan, maktabdan tashqarida va ta'til davrida ham tarbiyaviy ishlarni tashkil etishga alohida e'tibor beriladi. Ana shu maqsadda bir qator tarbiyaviy ishlar olib boriladi.
Tarbiya jarayonining yaxlitlik, tizimlilik xususiyati bir qator muhim pedagogik talablarga amal qilish, o'qituvchi va o'quvchilar o'rtasidagi hamkorlikni qaror toptirishni talab etadi. Tarbiyaning yana bir xususiyati shundan iboratki, bu jarayon ikki tomonlama aloqa xususiyatiga ega bo'lib, unda bolaning o'zi ham faol ishtirok etadi. Ikki tomonlama aloqa ikki yo'nalishda, ya'ni, o'qituvchining o'quvchiga ko'rsatadigan ta'siri (to'g'ri aloqa) hamda o'quvchining o'qituvchiga nisbatan munosabati (teskari aloqa) tarzida tashkil etiladi. Demak, tarbiya jarayoni o'zida quyidagi xususiyatlarni namoyon etadi:
Tarbiya qonuniyatlari
Yuqorida bayon etilgan fikr-mulohazalarga tayangan holda mavzuga quyidgicha xulosa qilish mumkin: Tarbiya muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajribaasosida shaxsni har tomonlama o'stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni bo'lib, har qanday tuzum va zamonda ijtimoiy munosabatlar mazmunini aniqlash, ularni tashkil etish asosi bo'lib kelgan. Yosh avlod tarbiyasi turli makon va zamonda muayyan maqsad asosida tashkil etiladi. Ijtimoiy tarbiyani yo'lga qo'yish jarayonida bir qator vazifalar hal etiladi. Tarbiyaning maqsad va vazifalari ijtimoiy tuzum mohiyati, taraqqiyot darajasi, ijtimoiy munosabatlar mazmuni, shuningdek, jamiyat fuqarolarining dunyoqarashi, intilishlari, orzu-niyatlari asosida belgilanadi. Tarbiya jarayonining xususiyatlarini chuqur anglash va ularni inobatga olgan holda tarbiyani tashkil etish oldinga qo'yilgan maqsadga erishish, shuningdek, bu boradagi vazifalarni ijobiy hal etish imkonini beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |