HUSNIXAT
Ona tili darslarida ―Husnixat daqiqa‖lari uchun 5-8 daqiqa vaqt ajratiladi.
Chiroyli yozish ko‗nikmalari rivojlantiriladi. Bo‗g‗in, so‗z, gap matnni husnixat
qoidalariga rioya qilgan holda ko‗chirib yozish; eshitib yozish va mustaqil yozish;
matnni yozishda sarlavhaning yozilishiga, xat boshidan boshlash; so‗zlar orasidagi
masofaning bir xilligiga, harflarning to‗g‗ri va aniq yozilishiga, tutashtirilishiga
diqqat qaratiladi, hoshiyaga rioya qilish, o‗zining va o‗zgalarning yozuvini grafik
tahlil qila olish kabi malakalari takomillashtiriladi.
O‗quv yili oxiridagi takrorlash o‗rganilgan bilimlarni eslatish orqali
sistemaga solish va umumlashtirish maqsadida o‗tkaziladi. O‗quvchilar bir darsda
bir necha turdagi mujassam topshiriqlarni bajaradilar. Takrorlash darslari matn,
gap, gap bo‗laklari, tovush va harflar, tovushlarning turlari, bo‗g‗in, alifbo, asos,
so‗z yasovchi, gapda so‗zlarni bog‗lovchi qo‗shimcha, so‗z turkumlari bo‗yicha
o‗tkaziladi. O‗quvchilar nutqi va yozuvidagi kamchiliklar hisobga olinadi. Bu
o‗qituvchining boshqa sinflarda ta‘lim jarayonini to‗g‗ri tashkil etishini
ta‘minlaydi. O‗quvchilar bilan o‗quv yili davomida imlosi ustida ishlanadigan,
o‗quvchilarning lug‗at boyligiga qo‗shilgan ayrim so‗zlar darslik oxiridagi lug‗atda
berilgan. Darslikda notanish so‗zlar ma‘nosi berilgan bo‗lib, o‗quvchilardan ularni
o‗zlashtirish talab qilinadi.
O„quv yili davomida o„rganiladigan imlosi qiyin va yangi o„zlashtirilgan
so„zlar:
agronom, akvarium, antenna, artist, astoydil, atele, avtomobil,
avtonazoratchi, bashariyat, binafsha, boychechak, brigada, daromad, dastyor,
dastlab, dehqon, depo, dirijyor, dollar, domino, do„kon, ehtiyoj, ehtiyot,
ekskavator, eskalator, e‟zozlamoq, fabrika, faoliyat, faxrlanmoq, ferma, festival,
firma, fonarcha, futbol gavjum, giyoh, gramm, go„sht, hadya etmoq, handalak,
haqiqat, harbiy, hayvonot, hasharot, hikoya, hofiz, hudud (chegara), hunarmand,
hunarmandchilik, hurriyat, ikkita, ilm-ma‟rifat, iste‟dodli, ishonch, jarroh, jahon,
jayron, jonivor, kaseta, kilogramm, kilovatt, kofe, kolleksiya, kosmonavt,
kungaboqar, ko„hna (qadimgi), la‟l (qimmatbaho tosh), leytenant, madhiya,
majmua, masjid, mavsum, mayor, mehnatsevar, mehribon, mehr-oqibat, metall,
metro, me‟mor, militsioner, muhandis, murojaat qilmoq, muvaffaqiyat, mo„jiza,
79
na‟matak, ne‟mat, nomzod, nota, ohangrabo, oromgoh, parashut, patent,
payvandlamoq, piyola, pomidor, portfel, projektor, pulemyot, qahramon, qandil
(lyustra), qimmatbaho, qumursqa, rassom (musavvir), rostgo„y, ruhlanmoq,
sabzavot, samolyot, samovar, sellofan, sentner, seyalka, sport, suxandon (diktor),
tabiat, tanaffus, tashakkur, taassurot, telefon, tennis, termos, tramvay, transport,
trolleybus, ufq, urf-odat, vagon, velosiped, vokzal, voleybol, xursand, xayrlashmoq,
xiyobon, xizmatchi, xohlamoq, xokkey, yelpig„ich, yiroq (uzoq), yop-yorug„, zehnli,
ziyrak, zog„orabaliq, zag„cha, o„qariq, o„chirg„ich, g„ijjak, g„ilof, g„o„zapoya,
shaxmatchi, shifer, charm, choyshab.
(Bu xildagi so‗zlar darslikning oxirida lug‗at
sifatida berilgan).
Do'stlaringiz bilan baham: |