Tekshirildi: _________________________________________________
22- Mavzu: Hazon yoqish va uning oqibatlari.
Tabiatni muhofaza qilish - tabiat va uning boyliklaridan oqilona foydalanishga, tabiatni inson manfaatlarini koʻzlab ongli ravishda oʻzgartirishga, tabiat boyliklari va umuman tabiatni, uning goʻzalligi, musaffoligini saqlab qolishga va yanada boyitishga qaratilgan barcha tadbirlar majmuasi. Tabiatni muhofaza qilishq. tadbirlari majmuasiga davlatlar, xalqaro tashkilotlar, jamoat, ilmiy-texnik, ishlab chiqarish., iqtisodiy va maʼmuriy tashkilotlar, har bir odam tomonidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi.
Atmosfera havosining tabiiy va sun’iy ifloslanishlari ajratiladi. Tabiiy ifloslanish. Atmosferada doimo ma’lum miqdorda changlar uchraydi. Ular tabiatdagi hodisalar natijasida hosil bo’ladi. CHanglarning uch turi ajratiladi: mineral, organik, kosmik. Mineral changlar tog’ jinslarining emirilishi, vulqonlar otilishi, o’rmon yong’inlari, dengizlar yuzasidan suvlarning bug’lanishi kabilar natijasida kelib chiqadi. Organik changlar havo qatlamidagi aeroplanktonlar shuningdek, o’simlik va hayvonlarning qoldiqlar va parchalanish mahsulotlaridir. Kosmik changlar metioritlarning atmosfera qatlamidan o’tayotganda yongan qoldiqlari hisoblanadi. Sun’iy ifloslanish. Atmosfera havosini asosan ifloslantiruvchi manbalar bugungi kunda tobora rivojlanib borayotgan insonning sanoat ishlab chiqarishidagi va avtotransportlarning rivojlanishidir. Havoga ko’p miqdorda karbon kislota, uglevodorodlarning oksidlari, sulfid angidrid va boshqa moddalar chiqarilib, ular tabiiy muhitga va odamlarga juda katta zarar yetkazmoqda. Bu holat ayniqsa yirik shaharlarda ko’zga tashlanadi. Atmosfera havosini ifloslanishi muammosi barcha insoniyatni tashvishlantirmoqda.
Sanitar – himoya zonasi (S’HZ) – zaxarli kimyoviy moddalar tevarak-atrof (atmosfera, tuproq, suv manbalari) ning tarqalayotgan ulushini, O‘zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish Davlat qo‘mitasi tomonidan o‘rnatilgan me’yordarajasini saqlovchi, kor-xona va aholi yashaydigan hududlar oralig‘ida maxsus ajratilgan kengliklar va o‘simliklar o‘sadigan hududlardir.
Atmosfera havosining yana bir muhim iqlim o‘zgarishiga olib keluvchi manba “Bug‘li effekt”ta’siridayer sharining qaysidir xududida atmosfera havosining global isishiga sabab bo‘lmoqda.
Atmosferaning yer yuzidan uzun to‘lqinli issiqlik nurla-nishiga halaqit beruvchi uglevodorod ( karbonat angidrid, is gazi) va FXU (ftor-xlor-uglerod birikmalarining asta-sekin ko‘payishi natijasida yerdagi haroratning ko‘tarilishi va iqlimning umumiy o‘zgarishiga olib keladi. Bu-Bug‘li effekt(Parnikovыy effekt) deb umumiy nomlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |