Qushlar tabiatda katta ahamiyatga ega. Ular bo‘l- maganda hasharotlar dala va bog‘larda yetishtiriladigan o‘simliklarga juda katta zarar keltirar edi.
Ba’zi hasharotlar daraxt po‘stlog‘ini batamom yeb tugatardi. Daraxtning o‘zi esa qurib qolardi. Kasal- liklar ham ko‘payib ketardi. Shuning uchun qushlarni muhofaza qilishimiz zarur.
O‘lkamizdan kuzda uchib ketgan qushlar bahor boshlarida qaytib keladi.
Mart oyida chittak, jiblajibon, qaldirg‘och, vahma- qush, so‘fito‘rg‘ay, sassiqpopishak va boshqa qushlar uchib keladi.
89
Hasharotxo‘r qushlar
Hasharotlar bilan oziqlanadigan qushlar hasharotxo‘r qushlar deyiladi (97-rasm). Hasharotxo‘r qushlar dala va bog‘lardagi har xil zararkunanda va qon so‘ruvchi hasharotlarni yeydi.
Chittak bir kunda o‘z og‘irligiga teng miqdordagi hasharotlarni yeyishi mumkin.
Jiblajibon ekinlar orasida turli zararkunanda hasha- rotlarni topib yeydi.
Chug‘urchiq bir kunda taxminan 200 g chigirtkani yeydi.
Sassiqpopishak daraxtlarning po‘stlog‘i, devorlar- ning yoriqlari orasidagi hasharotlarni tutib yeydi. Kakkuqush boshqa qushlar oziqlanmaydigan tukli qurtlardan 100 tasini bir soatda yeb tugatadi.
1 2 3
4 5 6
97-rasm. Hasharotxo‘r qushlar:
1 – chittak; 2 – jiblajibon; 3 – chug‘urchiq;
4 – sassiqpopishak; 5 – kakkuqush; 6 – so‘fito‘rg‘ay.
90
So‘fito‘rg‘ay bolalariga zararkunanda hasharotlar — qo‘ng‘iz, chigirtka, qurtlarni berib boqadi.
Uy parrandalari yovvoyi turlaridan kelib chiqqan. Odamlar qadimdan ulardan ayrimlarini boqib, qo‘lga o‘rgata boshlagan. Davrlar o‘tishi bilan parrandalar xonakilashtirilgan (98-rasm).
Masalan, yovvoyi tovuqlardan xonaki tovuqlar kelib chiqqan.
Tovuqning og‘irligi 2 kg dan 4 kg gacha bo‘ladi. Tovuqlar tuproqni oyoqlari bilan titkilab, o‘simlik- larning urug‘larini, chuvalchang va hasharotlarni topib yeydi. Tovuq- lardan ko‘proq tuxum olish uchun ular arpa, suli, makkajo‘xori donlari bilan ham boqiladi.
Tovuqlar deyarli har kuni bit-
tadan tuxum qo‘yadi. Ona tovuq 10 –15 tagacha tuxumni 20 – 25 kun bosib yotib, jo‘jalar ochadi. Jo‘jalar 3 – 4 oyda voyaga yetadi.
Hozirgi paytda jo‘jalar, asosan, inkubatorda ochiriladi.
Inkubatorda bir vaqtda tuxumlardan minglab jo‘jalar ochiriladi.
Xonaki o‘rdaklar yovvoyi o‘rdaklardan kelib chiqqan. Yovvoyi o‘rdaklar ucha oladi. Ularning og‘irligi 2 kg gacha bo‘ladi. Xonaki o‘rdakning og‘irligi esa 3 kg va undan ortiq bo‘ladi. O‘rdak har 2 – 3 kunda bittadan tuxum qo‘yadi. Uning tuxumi tovuq tuxumiga qara- ganda yirik bo‘ladi.
G‘oz ko‘rinishidan o‘rdakka o‘xshab ketadi. Lekin uning gavdasi o‘rdakdan katta, bo‘yni esa uzun, og‘irligi 5 kg dan ortiq bo‘ladi. Bir mavsumda 30–50 tadan ko‘p tuxum qiladi. G‘oz ham o‘rdak kabi suvni yaxshi ko‘radi. Ular suv bor joyda boqiladi. G‘ozlar mayda baliqlar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanadi.
Kurka dumini yelpig‘ichga o‘xshatib ko‘tarib ham yuradi. Boshi va bo‘ynining yuqori qismi patsiz, terisi g‘uddali bo‘ladi. Ularning og‘irligi 10 kg va undan ortiq bo‘ladi. Kurka bir yilda 70 – 90 ta tuxum qo‘yadi.
Uy parrandalari tuxumi va go‘shti uchun boqiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |