Daraxtlar
Daraxtlarning poyasi yog‘ochlangan, qattiq, bitta va yo‘g‘on bo‘ladi. Yo‘l chetlarida chinor, qarag‘ay, eman, zarang, terak, tol kabi daraxtlarni ko‘rish mumkin. Tog‘ yonbag‘irlarida archa, yong‘oq, do‘lana, yovvoyi olma, olcha, bodom kabi daraxtlar ko‘p o‘sadi.
O‘rmonlarda daraxtlar zich bo‘lib o‘sadi. O‘rmonlar daraxtlar o‘sishi uchun issiqlik va namlik yetarli bo‘lgan joylarda hosil bo‘ladi. O‘rmon daraxtlari yog‘inlarning suvi hisobiga o‘sadi.
O‘lkamizdagi katta joyni egallagan tekisliklarda issiqlik yetarli, lekin yoz oylarida yog‘ingarchilik kam bo‘ladi. Tog‘liklarda esa yozda ham yog‘ingarchilik bo‘lib turadi. Yozda ham yerdagi namlik daraxtlar o‘sishi uchun yetarli bo‘ladi.
O‘lkamizdagi tog‘ o‘rmonlarida archazorlar katta maydonlarni egallagan (50-rasm).
Tayanch so‘zlar: tabiiy o‘simliklar, madaniy o‘sim- liklar, o‘t, buta, daraxt, yaylov, adir, cho‘l, o‘rmon.
53
Savollar
Tabiiy o‘simliklar, asosan, qayerlarda o‘sadi?
Ariq bo‘ylarida o‘sadigan qaysi o‘tlarni bilasiz?
Daraxt, buta va o‘tlar bir-biridan qanday farq qiladi?
Butalarga qaysi o‘simliklar kiradi?
Tog‘ yonbag‘irlarida qanday daraxtlar o‘sadi?
MADANIY O‘SIMLIKLAR G‘o‘za
O‘zbekistonda eng ko‘p ekiladigan madaniy o‘simlik- lardan biri g‘o‘zadir. G‘o‘za ildiz, poya, barg va gul (meva)dan iborat (51-rasm). Gulidan meva hosil bo‘ladi. G‘o‘zaning mevasi — ko‘sak, urug‘i — chigitlardir. Ko‘-
2 3 4
1
5 6
51-rasm. G‘o‘za: 1 – g‘o‘za tupi;
2 – chigit va uning tolalari; 3 – bargi; 4 – guli; 5 – ko`sagi; 6 – ochilgan paxta chanog`i.
54
sak ichidagi chigitdan oppoq tolalar tarqalgan bo‘ladi. Ko‘sak pishishi oldidan ochilib, tolalarga to‘la bo‘lgan paxta chanog‘ini hosil qiladi.
Paxta chigiti mart va aprel oylarida traktorlar yorda- mida dalalarga ekiladi. Ekilgan urug‘ bir necha haftada nihol bo‘lib o‘sib chiqadi. Bir joydan chiqqan ortiqcha tuplari yulib chiqiladi, ya’ni yagana qilinadi. Traktorlar yordamida g‘o‘za qator oralariga ishlov beriladi, o‘g‘it- lar solinadi va sug‘orib turiladi (52-rasm).
Iyul oyida g‘o‘za chaman bo‘lib gullaydi. Avgust oyi boshlarida gullar birin-ketin ko‘saklarga aylanadi.
Avgust oxirida ko‘saklar ochila boshlaydi. Sentabr boshlarida paxtalar ochilib, dalalar oppoq tusga kiradi. Paxta yig‘im-terimi boshlanadi (53-rasm).
Terilgan paxtalar paxta punktlariga jo‘natiladi. U yerdan esa qayta ishlash korxonalariga yuboriladi. Maxsus mashinalar yordamida paxta tolasi chigitdan ajratib olinadi. Paxta tolasidan ip yigiriladi. Ipdan
rasm. G‘o‘za parvarishi. 53-rasm. Paxta terimi.
55
turli gazlamalar to‘qiladi. Gazlamalardan esa turli- tuman kiyimlar tikiladi.
Paxta chigitidan yog‘ olinadi, chiqindisi esa uy hayvonlari uchun to‘yimli ozuqa bo‘ladi.
Paxtadan qog‘oz, plastmassalar, charm, linoleum, sovun, moy, lok ham olinadi. O‘lkamizda tayyorlangan paxtaning katta qismi xorijiy davlatlarga sotiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |