48
ostida qoladi. Tuproq tarkibidagi mikroorganizmlar o‘simlik va hayvon qoldiqlarini chirindiga, mineral moddalarga aylantiradi.
Tayanch so‘zlar: tuproq, gil, qum, unumdorlik, mikrob, g‘ovaklik, donadorlik.
Savollar
O‘simlik tuproqdan qanday oziqlanadi?
Unumdor tuproq deganda qanday tuproq tushuniladi?
Tuproq unumdorligini oshirishda undagi jonzotlar qanday o‘rin tutadi?
O‘simliklar hayotida tuproqning ahamiyati nimadan iborat?
Tuproq tarkibidagi chirindi qanday hosil bo‘ladi?
Topshiriq
Maktab kutubxonasidan Asqar Nigmatovning 2002-yilda nashr etilgan «Inson va tuproq» kitobini olib, tanishib chiqing. Undan tuproqqa oid o‘zingizni qiziqtirgan ma’lumotlarni olishga harakat qiling.
– Tabiatshunoslik, 3 49
O‘SIMLIKLAR DUNYOSI
TABIIY O‘SIMLIKLAR O‘tlar
Tog‘, adir, o‘rmon, yaylov va cho‘llarda, ya’ni tabiat bag‘rida o‘sadigan o‘simliklar tabiiy o‘simliklar deb ataladi.
Odamlar tomonidan ekilib, parvarish qilinadigan o‘simliklar madaniy o‘simliklardir.
O‘simliklarni o‘t, buta va daraxt turlariga bo‘lib o‘rganamiz (47-rasm).
Yaylov va adirlar o‘tlar bilan qoplangan.
O‘tlar Buta Daraxt
47-rasm. O‘simlik turlari.
50
Ariq bo‘ylarida va dala chetlarida ham o‘tlar qalin bo‘lib o‘sadi.
Bu joylarda yalpiz, zubturum, qoqio‘t, ajriq, sachratqi, ayiqtovon kabi o‘tlarni uchratish mumkin (48-rasm).
O‘tlarning ayrimlari dorivor hisoblanadi. Masalan, zubturumning barglari odamning yara, kuygan yoki ari chaqqan joyiga qo‘yiladi. Barglaridan shamollash,
Yalpiz Zubturum Qoqio‘t
Ajriq Sachratqi Ayiqtovon
48-rasm. Ariq bo‘ylarida o‘sadigan o‘tlar.
51
oshqozon va ichak kasalliklarini davolashda foyda- laniladi.
Qoqio‘t ham dorivor o‘simlik hisoblanadi. Uning poyasi ichida sut kabi oq sharbati bo‘ladi. Sharbatidan dori tayyorlanadi. Qoqio‘tning barglari ovqatga ham solinadi.
Butalar
Butalarning poyalari yog‘ochlangan, ya’ni qattiq ho- latda, bir nechtadan to‘p bo‘lib o‘sadi. Tog‘larda na’- matak, cho‘llarda juzg‘un, saksovul, quyonsuyak kabi butalarni uchratish mumkin (49-rasm).
Kech kuzda butalarning barglari to‘kilib, keyingi yili yangi barglar chiqaradi. Butalar ko‘p yil davomida gullab, meva beradi.
Na’matakning bir joydan o‘ndan ortiq, ba’zilarining undan ham ko‘p poyalari o‘sib chiqqan bo‘ladi. Uning bo‘yi 2 metrgacha bo‘lib, aprel oyida oppoq, pushti,
49-rasm.
Cho‘ldagi butalar.
50-rasm.
Tog‘dagi archazor.
52
sariq gullar bilan qoplanadi. Gullarining hidi xushbo‘y bo‘ladi. Asalarilar na’matak gullaridan bol yig‘ib, ularni changlatadi. Changlangan gullaridan mevalari hosil bo‘ladi.
Na’matak mevasi avgust – sentabr oylarida pishadi.
Mevasi shifobaxsh hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |