Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet746/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   742   743   744   745   746   747   748   749   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

497

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

STEAM-TA’LIMI – FANLARARO BOG‘LANISHLAR VA AMALIY 

YONDASHUV 

 

Yunusaliyeva Patma Xaliyevna,  

Farg‘ona viloyat Farg‘ona shahri 13-umumiy o‘rta ta’lim maktabi kimyo fani 

o‘qituvchisi 

 

O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Xalq  ta’limini  boshqarish  tizimini 



takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 05.09.2018- yildagi 

PF-5538  Farmonida,  jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  “Zamonaviy 

maktab  Davlat  dasturini  tasdiqlash  to‘g‘risida”gi  qarori  loyihasi  kiritilishi  haqida  so‘z 

boradi. Bunda ekologik jihatdan toza materiallar va energiyaning muqobil manbalaridan 

foydalangan  holda  ishlab  chiqilgan  namunaviy  loyihalar  asosida  zamonaviy  maktablar 

qurish;  

maktablarni, shu jumladan, o‘quv sinflari ichini yangi qulay mebellar, zamonaviy 

o‘quv va laboratoriya uskunalari, darsliklar va o‘quv-uslubiy materiallar, kompyuter va 

multimedia texnikasi, videokuzatuv tizimlari bilan jihozlash;  

uch oy muddatda o‘quv rejalari va dasturlarini optimallashtirish, innovatsion,  shu 

jumladan,  masofaviy  pedagogik  usullardan  keng  foydalanish,  ushbu  jarayonning 

samaradorligini butunlay oshirishni nazarda tutgan holda umumta’lim muassasalarining 

rahbar va pedagogik xodimlari malakasini oshirish tartibi va tizimini tubdan qayta ko‘rib 

chiqilishi belgilangan.  

Shunga  ko‘ra,  Respublikamizning  har  bir  hududida  iqtidorli  yoshlarni  aniqlash 

maqsadida  Prezident  maktablari  ochiladi.  Ular  STEAM  fanlarini  o‘qitishga 

ixtisoslashgan  bo‘ladi.  STEAM  —  maktab  o‘quvchilarini  yangi  o‘qitish  metodikasi 

bo‘lib, an’anaviy o‘qitish tizimiga muqobil tizim hisoblanadi. U bolalarni bir vaqtning 

o‘zida Science (tabiiy fanlar), Technology (texnologiya), Engineering (muhandislik), Art 

(san’at)  va  Mathematics  (matematika)  bo‘yicha  o‘qitish  tizimiga  asoslangan,  bunda 

o‘quvchilar amaliy va ko‘ngilochar loyihalar mashg‘ulotlari yordamida saboq oladilar.  

AQSh, Singapur, Koreya, Avstraliya, Xitoy, Buyuk Britaniya, Isroil kabi ko‘pgina 

mamlakatlarda  STEAM-ta’limi  sohasida  davlat  dasturlari  amalga  oshirilmoqda. 

Ko‘pgina mamlakatlarda STEAM-ta’limi quyidagi sabablarga ko‘ra yuqori baholanadi:  

yaqin  yillarda  dunyoda  IT-mutaxassislari,  programmistlar,  injenerlar,  yuqori 

texnologik  ishlab  chiqarish  mutaxassislari  va  boshqa  shunga  o‘xshash 

mutaxassisliklarning keskin yetishmovchiligi yuzaga keladi;  

kelajakda hozir tasavvur ham qilish qiyin bo‘lgan kasblar yuzaga keladiki, ularning 

barchasi  tabiiy  fanlar  bilan  bog‘liq  holda  texnologiya  hamda  yuqori  texnologik  ishlab 

chiqarishga oiddir. Ayniqsa, bio va nanotexnologiya mutaxassislariga ehtiyoj ortadi;  




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   742   743   744   745   746   747   748   749   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish