417
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
tuzatishda samarali yordam beradi. Nafas mashqining keng tarqalgan,tajribali
boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari foydalanadigan quyidagi turlarini o‘quvchilar sevib
bajaradilar:
Dastlabki holat: Gavda to‘g‘ri, oyoq tovonlari bir-biridan yelka tengligida ochiladi.
Qo‘llar oldinga cho‘ziladi. 1. Tovon ko‘tarilib panja uchida turiladi.Qo‘llar ikki yonga
ochiladi. Burun orqali chuqur nafas olinadi. 2. Dastlabki xolatga qaytadi va og‘izdan
nafas chiqariladi. Yoki o‘quvchilar burundan chuqur nafas olib ichlarida 1 dan 10 gacha
sanaydi va og‘izdan nafas chiqariladi.
Lab, til, jag‘ mashqlari juda sodda, lekin, o‘quvchilar uchun qiziqarli. Bularga labni
cho‘chchaytirish, tilni aylantirish, jag‘ni aylantirish kabilar kiradi. Badiiy asarni ifodali
o‘qishda nafas va ovoz kabi diksiyaning ham o‘ziga xos o‘rni bor.
Diksiya so‘zlarni aniq va burro talaffuz qilish, ya’ni, nutq tovushlarini talaffuz
qilish me’yoridir. Nutq tovushlarini talaffuz qilish me’yorini o‘rgatishda unli tovushlarni
aniq-ravshan, urg‘u bilan aytiladi.
Boshlang‘ich sinflarda sinfdan tashqari o‘qish uchun tanlangan matnni o‘qishdan
oldin quyidagi diksion mashqlarni bajarish o‘rinlidir: Unli tovushlar mashqi: A-O-I-U-
O‘-E
Undosh tovushlar mashqi: P-B,K-G,T-D,S-Z
Undosh tovushlarga unli tovushlarni qo‘shib, bo‘g‘in hosil qilish:
RI-RE-RA-RO-RO‘-RU-RI
Qo‘shaloq undoshli bo‘g‘inlar tashkil etish:
FISSI,KEPPE,SARRA,GOBBO,SO‘ZZO‘,BUFFU.
Takrorlanuvchi undoshli bo‘g‘inlar:
TURP ,KSERKS,KNEG,KENG,DRAPP,DRRR.
Undoshlar mashqini o‘tkazish jarayonida nafas va ovozga ham e’tibor beriladi,
undoshlarni o‘zaro bog‘lab talaffuz etiladi.
Tez aytishlar aytish: Oq choynakka oq qopqoq, ko‘k choynakka ko‘k qopqoq. G‘ani
g‘ildirakni g‘ildiratdi.
O‘quvchilar ifodali o‘qish asoslarini mustahkam egallashlari uchun boshlang‘ich
sinf o‘qituvchisi nutq texnikasi bo‘yicha bu kabi mashqlarni muntazam o‘tkazishga
e’tibor berishi kerak.
Urg‘u ham ifodali o‘qishning asosiy vositalaridan biri bo‘lib, u ta’kidlash, alohida
e’tibor qaratish uchun xizmat qiladi. Urg‘u so‘zlarni to‘g‘ri talaffuz etishga, ma’noni
to‘g‘ri va to‘la anglashga yordam beradi. Ma’lumki, urg‘u ilmiy adabiyotlarda leksik
urg‘u, dinamik, ritmik urg‘u, mantiqiy urg‘u, traditsion urg‘u, psixologik urg‘u kabi bir
necha turga bo‘lib o‘rganiladi.
O‘qituvchi namunali o‘qishda urg‘uning barcha turlariga e’tibor berib o‘qiydi.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga esa soddaroq tarzda, so‘z urg‘usi tushgan bo‘g‘indagi
Do'stlaringiz bilan baham: |