Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet617/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   613   614   615   616   617   618   619   620   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

414

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

A) Mahalliy sheva ta’sirida kelib chiqadigan orfoepik xatolar; 

B) So‘z qanday yozilsa, shunday aytish tufayli kelib chiqqan xatolar… (kitobiy talaffuz) 

Sheva ta’sirida kelib chiqadigan dialektal  orfoepik xatolar “tug‘ma“ xato bo‘lib, u 

bola dastlab tilga kirganda, atrofdagi kishilar bilan o‘zaro aloqa qilishi tufayli shakllanadi. 

Bola qanchalik yosh bo‘lsa, uning nutqida dialektizmlar shunchalik ko‘p bo‘ladi. Og‘zaki 

nutqdagi  xatolar  ancha  mustahkam  bo‘lib,  ularni  bartaraf  qilish  biroz  qiyindir.  Chunki 

yangini  o‘rgatishga  nisbatan  noto‘g‘ri  o‘zlashib  qolgan  narsani  yo‘qotish  bir  qadar 

murakkab bo‘ladi. 

Ayrim  kishilar  adabiy  tilni  egallash  uchun  grammatikani  bilish  va  to‘g‘ri  yozish 

malakasini  o‘zlashtirishning  o‘zi  kifoya,  deb  hisoblaydilar.  Biroq  hayotda  shunday 

kishilar  borki,  grammatikani  to‘la  o‘zlashtirib,  imloda  biror  xatoga  yo‘l  qo‘yganlari 

holda,  talaffuzda  elementar  orfoepik  normalarga  ham  rioya  qilmay,  o‘z  shevalarida 

gapiradilar. Demak, shundan ma’lumki, to‘g‘ri talaffuz malakalarini egallash uchun faqat 

tayyor tekstlar asosida kitobdangina o‘rganib bo‘lmaydi. Chunki yozuvimiz hamma vaqt 

ham talaffuz bilan mos kela bermaydi.  

O‘quvchilar  nutqidagi  orfoepik  xatolarni  bartaraf  qilishda,  yuqorida  qayd 

qilinganlardan tashqari, tubandagi kabi umumiy omillar ham o‘qituvchining e’tiboridan 

chetda qolmasligi kerak. Shu bois, ona tili darslarida o‘qituvchi quyidagilarga ko‘proq 

e’tiborini jalb qilib borishi lozim: 

a)  grammatikani o‘rganishda o‘quvchilar nutqidagi sheva xususiyatlarini yo‘qotishga 

yordam  beruvchi  bo‘limlar  (masalan,  viloyatlar  sharoitida  kelishik  va  egalik, 

ko‘plik  affikslarini  o‘rganish)ga  alohida  diqqat  jalb  qilinib,  ko‘proq  ahamiyat 

berish; 


b)  adabiy  til  normalari  bilan  mahalliy  shevalarni  qiyoslangan  va  turli  lingvistik 

masalalar, mashqlar aks ettirilgan maxsus ko‘rgazmalar chiqarish; 

c)  o‘quvchilar va ularning ota-onalari oldida o‘qituvchilar, boshqa madaniyat hamda 

san’at  arboblarining  nutq  madaniyati,  orfoepik  normalar  va  nutqdagi  orfoepik 

nuqsonlarni bartaraf qilish yo‘llarini ko‘rsatuvchi ko‘rgazmalar va videolavhalar 

ko‘rsatish; 

d)  maktab  va  mahalliy  matbuotda  adabiy  til  va  nutq  madaniyati  masalalariga  doir 

maqolalar bilan chiqishni tashkil qilish. 

O‘qituvchilar  nutqidagi  orfoepik  xatolarni  siqib  chiqarish  uchun  orfoepiyadan 

o‘tkaziladigan ishlarni shunday yuritish kerakki, toki uning har bir turi didaktikaning 

eng  muhim  prinsipi-  ongli  o‘zlashtirish  prinsipiga  tayansin.  To‘g‘ri  talaffuz 

qoidalarini amalyot jihatdan o‘zlashtirishda o‘quvchi o‘z nutqining adabiy-orfoepik 

normalarga  mos  kelmayotganligiga  ishonsin  va  bu  kamchilikni  olgan  bilim  hamda 

malakalari asosida tuzata olish ko‘nikmasiga ega bo‘lsin. Lekin o‘qituvchi shuni ham 

unutmasligi kerakki, “… turli dialektal sharoitda adabiy tilning talaffuz normalarini 

o‘rgatish biri xil xarakterda bo‘ladi”,-deb aytib bo‘lmaydi. 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   613   614   615   616   617   618   619   620   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish