Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet514/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

340

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

tub  islohotlar  amalga  oshirilmoqda.  Bugungi  global  davr  -  yoshlar  ta’lim-tarbiyasini 

yanada takomillashtirish, ularning mazmunini, uzluksizligini ta’minlab beradigan yangi 

o‘zgarishlar, pedagogik texnologiyalar, amaliyot uslublari bilan boyib borishni taqozo 

etmoqda.  Prezidentimiz,  Sh.  Mirziyoyev  aytib  o‘tganidek  “...tashabbuskor  islohotchi 

bo‘lib maydonga chiqadigan, strategik fikr yuritadigan, bilimli va malakali yangi avlod 

kadrlarini  tarbiyalashimiz  zarur.  Shuning  uchun  ham  bog‘chadan  boshlab  oliy  o‘quv 

yurtigacha – ta’limning barcha bo‘g‘inlarini isloh qilishni boshladik”. 

  O‘quvchilarni  bugungi  davr  talabiga  javob  beradigan  darajada  kelajakka 

tayyorlashda  esa,  ularni  boshlang‘ich  sinflardanoq  voqea-hodisalarni  tahlil  qilishga 

o‘rgatish  lozim  bo‘ladi.  Bunda  esa  o‘qish  darslarida  o‘quvchilar  nutqini  o‘stirish,  uni 

voqea-hodisalarni  tasavvur  qilishga  o‘rgatishning  eng  samarali  vositalaridan  o‘qish 

darslarida  matn  ustida  ishlash  texnologiyasini  qo‘llashdir.  Maktab  tajribasida  to‘liq, 

qisqartirib,  tanlab  va  ijodiy  qayta  hikoya  qilish  turlari  mavjud.  Boshlang‘ich  sinf 

o‘quvchilari uchun matnni to‘liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa 

turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o‘qilgan hikoya mazmuni yuzasidan 

o‘qituvchining  savoli  o‘quvchilarni  hikoyaning  detallari  haqida,  ayrim  voqealar 

o‘rtasidagi  bog‘lanishning  sabab-natijalari  haqida  fikrlashga  qaratilishi  lozim.  Asar 

syujetining  rivojlanishida  qatnashuvchi  shaxslar,  ularning  xatti-harakati  asosiy  rol 

o‘ynaydi.  Bolalar  asar  mazmunini  unda  ishtirok  etuvchi  shaxslar  va  ularning  xatti-

harakati,  xarakterli  xususiyatlarini  tahlil  qilish  yordamida  yaxshi  anglab  yetadilar. 

O‘qituvchining savoli asar qahramonlari nima qilgani, ularning u yoki bu xatti-harakatlari 

qayerda va qanday sharoitda yuz bergani haqida so‘zlab berishga, voqealarning izchil 

bayon  qilinishiga  va  o‘zaro  bog‘liqlikni  yoritishga  yo‘naltirilishi  lozim.  Psixolog 

olimlarning  tadqiqotlaridan  shu  ma’lum  bo‘ldiki,  badiiy  asarni  idrok  etish  uchun  uni 

tushunishning  o‘zigina  yetarli  emas,  balki  unda  tasvirlangan  voqelikka  qandaydir 

munosabatning yuzaga kelishini o‘z ichiga oladi. 

O‘quvchi o‘qilgan asar mazmunini o‘qituvchi savoli yordamida aytib berishida faqat 

analiz qilmaydi, balki sintezdan ham foydalangan holda ayrim faktlarni o‘zaro bog‘laydi, 

bir-biriga taqqoslaydi, ular yuzasidan muhokama yuritadi va xulosa chiqaradi. Ko‘pincha 

boshlang‘ich  sinf  o‘quvchilari  qatnashuvchi  shaxslar  xatti-harakatini  yaxshi 

tushunmasliklari, ba’zan noto‘g‘ri yoki yuzaki tushunishlari natijasida asar mazmunini 

anglab etmaydilar. Shuning uchun ham o‘qituvchi savolni juda o‘ylab tuzishi, u bolani 

fikrlashga,  o‘ylashga  majbur  etadigan,  qatnashuvchi  shaxslarning  xatti-harakati, 

voqealarning bog‘lanishi yuzasidan muhokama  yuritadigan, ularni o‘zaro qiyoslashga, 

ijobiy  va  salbiy  tomonlarini  aniqlashga  yordam  beradigan  bo‘lishi  lozim.  O‘quvchi 

asarda  qatnashuvchilarning  xatti-harakatini  qanchalik  aniq  ko‘z  oldiga  keltira  olsa,  u 

hikoyaning asosiy  mazmunini shunchalik chuqur tushunadi, shunchalik mustaqil qayta 

hikoya qilib bera oladi. Asarda qatnashuvchi shaxslarga baho berishda o‘quvchilar o‘z 

shaxsiy tushunchalaridan foydalanadilar. Qahramonning boshqa fazilatlarini baholash va 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   510   511   512   513   514   515   516   517   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish