245
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
behuda yulmang, qushlarni o‘ldirmang, hayvonlarga ozor bermang, ekinlar ustidan yo‘l
solmang, oftobda ko‘p yurmang, suvni isrof qilmang, ko‘zingizga qarab yuring kabi
maslahatlarni beradi. Shuning o‘zi ekologik tarbiyaning asosiy kurtaklaridandir.
Ota-onalar shu xususida oilaviy sharoitda, uydagi har bir ishni amalga oshirish
asnosida ularga ekologik tarbiyani berishi lozim. Bizga rizq-ro‘z ob-havo, noz-ne’mat
beradigan tabiat shu qadar buyuk ijodkordir, qudratlidir. Biroq tabiat qanchalik qudratli
bo‘lmasin, o‘zini himoya qila olmaydi. Bugungi kunda tabiat insonni g‘amxo‘rligiga
muhtoj. Tabiatni qadrlash va himoya qilishda bizning qo‘limizdan keladigan ishlar juda
ko‘p. Shuni bilginki, tabiat tiriklik olamining bir bo‘lagidir. Tabiatning bizga berayotgan
buyuk in’omlaridan oqilona foydalanib, bu zaminni ozod va obod qilish biz va sendek
farzandlar burchidir.
Maktabga dars berish uchun borganda hozir texnika asri ekanligini, undan unumli
foydalanish lozimligini esdan chiqarmaslik kerak. Har bir darsda, har bir fanda undan
foydalanish kerak. Ro‘znoma va oynomalardagi maqolalardan, badiiy asarlardan misollar
keltirib, turmushga, hayotga bog‘lab, uning foydasi tushintirilsa, o‘quvchilar ongiga
yaxshi yetib boradi. Hamma gap o‘qituvchining ekologik bilimiga ega bo‘lishiga va uni
o‘quvchiga yetkazishiga bog‘liq. Bilim bo‘lgani bilan pedagogik mahorat yetishmasa,
o‘quvchiga mehr bilan tushintirilmasa, maqsadga erishib bo‘lmaydi. Ekologk tarbiya
axloqiy tarbiyaning ajralmas qismi hisoblanadi. Boshlang‘ich sinflarda bolalarga tabiat
haqidagi turli qiziqarli ma’lumotlardan foydalanib, ularga qiziq ma’lumotlarni berish
mumkin.
Masalan:
Suvlar necha xil?
Tabiatda 1300 xil suv bor ekan .
Bu qanday suvlar ekan , deysizmi? Buloq suvi, qor suvi, yomg‘ir suvi...
Ular kelib chiqishi va turli xil tarkibi bilan bir biridan farqlanadi. Siz qaysi suv
turlarini bilasiz?”
Qaldirg‘ochlar
“Ular kuniga o‘rtacha 16 soat uchar ekan . Ular tongdan kechgacha 60 marta
inlariga kelib ketar ekan. Ikkita qaldirg‘och kuniga 640 ta zararli hasharotni bolalariga
keltirsa, 600 tasini o‘zlari tinchitadi. Qoyil-ee”
Fillar.
Fillar ko‘rinishidan juda beo‘xshov va qo‘polga o‘xshaydi. Ammo chaqqonlikda
ularga hamma ham teng kela olmaydi. Ular soatiga 20 km tezlikda chopishi mumkin.
Ularga yana qanchalak yashil o‘simliklarni ko‘proq ekib parvarish qilsak,
shunchalik atrof muxit musaffoligiga erishishimizni aytib o‘tish lozim. Yuqori sinf
o‘quvchilarini bilim doirisidan farqli o‘laroq, boshlang‘ich sinflarda doimo rangli
rasmlar, plakatlardan foydalansa bo‘ladi. Avvalo, bolalardagi ekologik tarbiyani
shakllantirish jaryonida tarixiy manbaalardan ham foydalansa bo‘ladi. O‘zimizning
Do'stlaringiz bilan baham: |