150
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
o‘rganish jarayonida kanyonsimon vodiylar, daryo qayiridagi yashil ko‘priklar,
harakatchan barxanlar, Sirdaryoni relikt vodiysi va boshqalarni aniqlashga erishildi.
Gidrografik indikatorlar yirik tranzit daryolardan tortib to boshlang‘ich irmoqlarga
ega bo‘lgan erozion tarmoqni o‘z ichiga oladi. Ularni aerofotosurʼatlarda ham osonlikcha
aniqlash mumkin. Daryo o‘zani va vodiylarida hosil bo‘lgan erozion o‘yiqlar, ularning
chuqurligi, o‘zan qiyofasi, terrasalarning balandligi, erozion parchalanish darajasini lokal
o‘zgarishi va boshqalar yangi tektonik harakatlarni sodir bo‘layotganligini ko‘rsatadi.
Doimiy oqar suvlar dinamik xarakterga ega bo‘lganligidan yer yuzasida tektonik
harakatlar taʼsirida vujudga kelgan har qanday o‘zgarishlarni juda tez sezadi va shunga
mos holda o‘zining vodiysini shakllantiradi. Shuning uchun, daryo vodiylari tektonik
harakatlarni o‘rganishda sezgir indikator vazifasini bajarishi mumkin. Masalan, Sirdaryo
yangi tektonik harakatlar taʼsirida yildan yilga shimol tomonga siljib bormoqda.
Markaziy Farg‘onadagi qumliklar ham aynan Sirdaryo o‘zanidagi qumlar bilan bog‘liq.
So‘x daryosi Sekitma antiklinal tuzilmasini kesib o‘tishida manzarali qapchug‘ay
vodiy hosil bo‘lgan. Daryoning bu qismida tik yonbag‘irli, tor va chuqur hamda faqat
yuqori terrasada uchraydigan ko‘ndalang vodiy rivojlangan. Yuqori terrasa o‘zining
shimoli va janubida joylashgan shu yoshdagi terrasadan 20 m baland ko‘tarilgan bo‘lib,
So‘x daryosi tez oqadi, o‘zani yagona va to‘g‘ri, chap qirg‘oq kuchliroq yuvilgan, uning
o‘ng sohilida suv bosmaydigan va freotofitlar bilan qoplangan o‘tloq tuproqli baland
qayir rivojlangan. Daryo vodiysi adirlar orasidagi sinklinallarni kesib o‘tganda uning
qiyofasi yuqorida tasvirlangan qiyofadan keskin farq qiladi. Freatofitlar qalin o‘sadigan
qayir ilmiy adabiyotida “Yashil ko‘priklar” nomini olgan. Masalan, So‘x daryosi
Oqtuproq, Cho‘ng‘ara, Sekitma kabi adir antiklinallarini kesib o‘tishda uning vodiysidagi
qayirda qalin o‘simlik qoplamidan hosil bo‘lgan yashil ko‘priklar kuzatiladi. So‘x daryosi
vodiysida tadqiqotlar olib borgan I.Abdug‘aniyev (1987) fikricha, yashil ko‘priklar daryo
vodiysida hozirgi kunda yuz berayotgan yangi tektonik harakatlarning mahsulidir. Daryo
qayirida ko‘prikka o‘xshab hosil bo‘lgan qalin o‘simlik qoplami MDH hududidagi
boshqa birorta daryo vodiysida kuzatilmagan noyob tabiat yaratmasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |