1. Hasanova Sh. Biologiya darslarida axborot va innovatsion texnologiyalardan
148
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
Farg‘ona viloyati Farg‘ona shahri 34 – umimiy o‘rta ta’lim maktabi geografiya fani
o‘qituvchisi
Maʼlumki, O‘zbekistonda 2020-yil Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish yili deb eʼlon qilindi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlisga
yo‘llagan Murojaatnomasida ham har yili ilm-fanning bir nechta ustuvor yo‘nalishini
rivojlantirish zarurligini taʼkidladi. Xususan, joriy yilda matematika, kimyo-biologiya,
geologiya kabi yo‘nalishlarda fundamental va amaliy tadqiqotlar faollashtirilib, olimlarga
barcha shart-sharoitlar yaratib berish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Mamlakatimizda foydali qazilmalarning 70 dan ortiq turi bo‘yicha 2 mingdan ortiq
konlar aniqlangan. Lekin, qazib olish va qayta ishlash oson bo‘lgan tabiiy boyliklar son
va sifat jihatdan tobora kamayib bormoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
Sh.Mirziyoyev 2019-yil 1-iyul kuni geologiya sohasini yanada rivojlantirish, geologik
qidiruv va qazib olishni kengaytirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda sohadagi
muammolar yechimiga alohida eʼtibor qaratdi. Geologiya faning taraqiyoti fundamental,
ilmiy, innovatsion va amaliy tadqiqotlar bilan bir qatorda geografiya fanining rivoji bilan
ham uzviy bog‘liqdir. Ayniqsa, umumtaʼlim maktablaridagi geografiyaga oid
darsliklarda geologiya bilan bog‘langan mavzularni chuqur va kengaytirib o‘tish zarurdir.
Biz maskur maqolada tektonik harakatlarni mahalliy materiallar asosida kengroq
tushuntirishga harakat qildik. Bu orqali maktab o‘quvchilarini geografiya va geologiya
sohalariga bo‘lgan qiziqishlarini yanada kuchaytirishga erishamiz.
Tabiatda
ichki
tafovutlarning
kenglik
va
balandlik
bo‘yicha
differensiatsiyalanishida asosan vertikal hamda qisman gorizontal tektonik harakatlar
ustuvor ahamiyatga ega. To‘rtlamchi davrdagi tektonik harakatlar siklli xususiyatga ega
bo‘lib, tog‘ yonbag‘irlarida supasimon yuzalar – terrasalashgan geokomplekslarning
shakllanishiga sababchi bo‘lgan. Tektonik harakatlar tabiiy resurslarni hosil bo‘lishi va
to‘planishida yetakchi omillardan biridir (Kleshenkov, 2008, Abdug‘aniyev, 1987,
Chiniqulov, Jo‘liyev, 2010). Shuning uchun yer yuzasining geologik taraqqiyotini
o‘rganish geografiya fanlar tizimidagi muhim vazifalardan biridir.
Mavjud geografik darsliklar va qo‘llanmalarda landshaftlarning hozirgi qiyofasini
shakllanishiga katta taʼsir ko‘rsatgan tektonik harakatlarning ahamiyati yetarlicha ochib
berilmagan. Masalan, 6-sinf geografiya darsligida litosfera mavzusi berilgan bo‘lib,
mavzuda berilgan materiallar tektonik harakatlarning to‘liq mohiyatini ochib bermaydi.
Darslikda keltirilgan misollar ham dunyo okeani yoki materiklar misolida berilgan.
Shuning uchun landshaftlarning joylanishi va taraqqiyotida bu harakatlarning o‘rnini
mahalliy materiallar yordamida tushuntirish maqsadga muvofiqdir.
Tektonik harakatlarning eng muhim xususiyati shundaki, yer yuzasining hozirgi
qiyofasi shu harakatlar natijasida shakllangan. Demak, bu harakatlar taʼsir qilmagan yer
yuzasining biror qismi yo‘qdir. Bu harakatlar tabiiy komplekslarning fizionomik