628
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
-Aytingchi, farzandim uch yoshga kirdi, men unga necha yoshidan ta’lim-tarbiya
bera boshlasam bo‘ladi?, - deb so‘rabdi. Shunda,
- Donishmand: -Qizim, 3-4 yilga kechikibsan. Farzandingga ona qornidayoq
tarbiya bera boshlash kerak edi, degan ekan. Ha, darhaqiqat inson onaning vujudida
bunyod bo‘ldimi, unga onajonisining quyoshdanda qaynoq mehri, otasining onasiga
nisbatan go‘zal muhabbati-yu, atrofdagi buvi-yu, bobo va qarindoshlarining
girdikapalakdek g‘amxo‘rliklari, onaning halol luqma yeb, chiroyli o‘y-fikrlar qilishi,
xushsurat, xushnavo dunyo ajoyibotlaridan zavqlanib, Alloh taolloga shukur qilib
yashashi, bolasiga tunlari mayin ovozda aytib bergan allasi va eng muhimi bizning umr
yo‘limizda bosh mayoq bo‘lgan yo‘riqnomamiz Qur’oni Karimdan 3-4 oyat tilovat qilib
tursalar bormi, bunday farzand - Rustam-u Dostondek pahlavon, Alisher Navoiydek ulug‘
shoir, Zahiriddin Muhammad Boburdek adolatli va nozikta’b podshoh, Farobiydek
qomusiy olim, Ibn Sinodek tibbiyotning sultoni dunyoga kelishiga ishonchimiz komil.
Avvalo, ta’lim-tarbiya oiladan boshlanadi.
Yaponiyalik Masaru Ibukaning “Uchdan keyin kech” nomli bola tarbiyasiga
bag‘ishlangan asaridan quyidagi ba’zi qimmatli fikrlarni keltirmoqchimiz:
16. Uch oylik chaqaloq ham Baxtni baholay oladi;
17. Ota go‘dakdan dahoni yetishtirishi mumkin, ammo faqatgina ona ruhiy va jismoniy
qobiliyatlari uyg‘un bo‘lgan insonni tarbiyalay oladi;
18. Farzandni tarbiyalash o‘zini doimiy ravishda tarbiyalash demakdir;
19. Har kuni bolani parvarish qilishingiz unga ta’lim berayotganingizning o‘zidir;
20. Bola uchun eng yaxshi tarbiya ota –onasining mehr-muhabbatidir;
21. Muhimi ta’lim va tashqi muhit, genlar emas;
22. Go‘dak - kattalar uchun o‘qituvchidir;
Bu fikrlar ortida olam-olam ma’no bor. Xo‘sh, bugungi kunda biz bolalarimizga
yetarlicha mehr bera olayapmizmi? Ortiqcha orzu-havaslarni deb, uylar, mashina,
dabdabali to‘ylar qilamiz deb, ota-ona pul topish bahonasida yosh go‘dagini tashlab, chet
elma - chet el kezsa, qarindoshi bo‘lsa-da boshqalarning qaramog‘ida qolgan bolaning
ahvoli nima kechadi? Mehrga, e’tiborga zor bo‘lib, qalbi kemtik bo‘lib o‘smaydimi?
Musavvir Manabe Hiroshi bolani dunyoga keltirib, tarbiyasini o‘z holicha tashlab
qo‘yish holatini abort deb nomlaydi.
Bugungi kunda, biz pedagoglar, ayniqsa ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilari
ta’lim berish bilan birga, tarbiya beruvchi shaxs hisoblanamiz. Maktablarda
o‘quvchilarimizni namunali, tarbiyali va yaxshi xulqni inson bo‘lib ulg‘ayishlari uchun
ota-ona va ustozlar hamkorligini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishimiz lozim.
O‘quvchilarga bilim berishda ta’lim bilan tarbiyaning uyg‘unligi nimada?
O‘quvchilarga ta’lim berishda ta’lim muassasalari pedagoglarining asosiy vazifalari
“Ta’lim to‘g‘risidagi qonun”, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” mazmun-mohiyatidan
kelib chiqib belgilanadi. Davlat dasturining muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun esa
Do'stlaringiz bilan baham: |