555
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
ta’limda, o‘quvchi asosiy harakatlantiruvchi kuch, ta’lim jarayoni subyekti bo‘lishi kerak,
ya’ni o‘qish, o‘rganish o‘quvchi zimmasiga o‘tishi kerak.O‘qituvchi esa o‘qishni
o‘rgatishda, bilim berishda o‘quvchilarning bilimlarini mustaqil egallashlariga
ko‘maklashishi zarur. Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29-
apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi PF-5712-son Farmonida atroflicha belgilab
berilgan.
Ta’lim sifatini baholash sohasidagi xalqaro tadqiqotlarning tashkil etilishi
to‘g‘risida hukumat qarorining qabul qilinishi ta’lim sohasidagi yutuqlarni baholash
xalqaro assotsiatsiyasidek (IEA) nufuzli tashkilot bilan hamkorlik aloqalarining yo‘lga
qo‘yilishini misol sifatida keltirish mumkin. Mana shunday xalqaro baholash
dasturlaridan biri PIRLSdir. Xalqaro baholash dasturi PIRLS (Progress In International
Reading And Literacy Study) boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining boshqa
mamlakatlardagi tengdoshlariga nisbatan matnni o‘qish va tushunish darajasini
taqqoslashga yo‘naltirilgan xalqaro tadqiqot dasturidir.
Boshqacha qilib aytganda, boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining o‘qib tushunish
ko‘nikmalarini qay darajada rivojlanganligi haqidagi ma’lumotlarni xalqaro miqiyosda
taqqoslash imkonini beradigan, o‘qish va o‘qitishni yaxshilash uchun ta’lim sohasidagi
davlat siyosatiga oid ma’lumotlarni taqdim etadigan, yirik xalqaro baholash dasturidir.
PIRLS boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining dars vaqtidagi va maktabdan tashqari
vaqtdagi ikki turdagi o‘qish savodxonligini baholaydi:
1. O‘quvchilarda badiiy o‘qish savodxonligi ko‘nikmasini shakllantirish va
rivojlantirish;
2. Axborotni o‘zlashtirish va ulardan foydalanish ko‘nikmasini shakllantirish va
rivojlantirish;
O‘quvchi asarni o‘qishi, undan kerakli ma’lumotni olishi va hayotda olganlaridan
o‘z o‘rnida foydalanishidir. Yana shuni aytish joizki, ushbu dastur zamon bilan hamnafas
qadam tashlaydi hamda o‘zining baholash mezonlarini zamonaviy talablarga muvofiq
ravishda takomillashtirib boradi. PIRLS tadqiqotida muvaffaqiyatli ishtirok etish o‘ziga
xos o‘rin tutadi. Tadqiqotlar 2001, 2006, 2011, 2016-yillarda o‘tkazilgan bo‘lib, 2021-yil
tadqiqotning beshinchi davriyligi hisoblanadi. PIRLS dasturida qatnashuvchi
mamlakatlar soni yildan-yilga ko‘payib bormoqda. Masalan, dasturda 2001-yilda 35 ta
mamlakat qatnashgan bo‘lsa, 2006-yilda 40 ta, 2011-yilda 45 ta, 2016-yilda 50 ta
mamlakat va navbatdagi 2021yilda o‘tkaziladigan tadqiqotda 60 ta mamlakatning,
shuningdek O‘zbekistonning ham ishtirok etishi rejalashtirilgan.
PIRLSda o‘qish savodxonligi muhimdir. O‘qish savodxonligi - berilgan matni
tushunishi va undan o‘z o‘rnida foydalanishidir. O‘quvchi matnni o‘qiydi, mustaqil
fikrlaydi va bo‘layotgan voqea hodisalarga o‘z munosabatini bildiradi. Asosiy e’tibor
Do'stlaringiz bilan baham: |