Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

165

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

Ikkinchidan, boshqotirmalar xotirani mustahkamlaydi. Oʻtgan bobning yakunida 

yoki  biror  mavzu  yuzasidan  berilgan  boshqotirmani  yechayotgan  oʻquvchi  uchun 

javoblar  boshlanadigan  yoki  uning  oʻrtasidagi  harf  maʼlum  boʻlib  qolsa,  u  xotirasini 

titkilay  boshlaydi.  Masalan,  oʻsha  harf  bilan  boshlanuvchi  materikning  turli  relyef 

shakllari, joy nomlari, iqlim mintaqalari, turli geografik obyektlar koʻz oldidan oʻtadi va 

maʼqul kelgan javobni yozadi. 

Boshqotirmalar aqlni charxlaydi, bilimlarning uzluksizligini ta’minlaydi, xotirani 

kuchaytiradi, zehnlilikni, tezkor fikrlashni oʻrgatadi. Ular qay shaklda, qanday mavzuda 

boʻlishidan qatʼi nazar, maqsad bitta – oʻquvchilarning bilim, koʻnikma va malakalarini 

oshirish, DTS darajasidagi bilimlarga ega boʻlishlariga koʻmaklashishdir. 

Beshinchi  sinf  oʻquvchilari  uchun  “Yoʻnalish  azimuti  va uni  aniqlash”  qiziqarli 

mavzulardan  biri  hisoblanadi.  Amaliy  darslarni  har  doim  ham  maktab  hovlisi  yoki 

geografiya maydonchasida olib borishning iloji yoʻq. Shuning uchun sinf imkoniyatidan 

kelib chiqqan holda darsni tushuntirish mumkin. Buni sinfxona jihozlarining joylashgan 

oʻrniga  nisbatan  ham  gorizont  tomonlarini  aniqlashni  oʻrgatsa  boʻladi.  Oʻquvchilar 

amaliy mashgʻulotlarni individual tarzda ham, oʻqituvchining ishtirokida ham bajarishlari 

mumkin. Sinf xonasining oʻzida ham azimutli yurishni amalga oshirsa boʻladi. Masalan: 

“Akmaljon,  men  senga  nisbatan  shimol  tomonda  turibman.  Sen  mening  qaysi 

tomonimdasan?  (janub)  Endi  sen  menga  qarab  uch  qadam  yur.  Kelganingdan  keyin 

mening  oʻng  tomonimdagi  derazagacha  toʻrt  qadam  tashla.  Endi  javob  ber,  menga 

nisbatan  oʻng  tomon  qaysi  ufq  tomoniga  toʻgʻri  keladi?  (sharq)  Derazadan  sinf 

xonasining oxirigacha uch qadam tashla, sen qaysi tomonga boryapsan? (janub) Toʻxtab 

turgan  nuqtangdan  chap  tomonga  qarab  yana  toʻrt  qadam  yur.  Sen  qaysi  gorizont 

tomoniga  qarab  yuryapsan?  (janub)  Endi,  oʻquvchilar,  Akmaljonning  yurgan  yoʻlini 

daftaringizga  tasvirlang.  Har  bir  qadamni  santimetrda  ifodalang.  Akmalning  oʻzi  esa 

yurgan yoʻlini doskaga chizadi. Akmaldan oldin vazifani toʻgʻri bajargan 3 ta oʻquvchi 

“aʻlo”, keyingi 3 nafar oʻquvchi esa “yaxshi” baho bilan ragʻbatlantiriladi”. Bir vaqtning 

oʻzida 7-8 nafar oʻquvchini baholash imkoniyati yuzaga keladi. Bunday mashgʻulotlar 

oʻquvchilar tomonidan sevib bajariladi. Chunki bu bir joyda uzoq vaqt oʻtirib zerikkan 

oʻquvchilar uchun harakatli oʻyin hisoblanadi, sezgirligini oshiradi. Birinchi boʻlish va 

ustozdan  maqtov  eshitish  hamda  musobaqa  ruhi  uning  darsga  nisbatan  muhabbatini 

oshiradi.  Uyga  vazifa  sifatida  esa  oʻzlari  xuddi  shunga  oʻxshash,  lekin  murakkabroq 

boʻlgan geografik hikoya tuzib daftarda chizmasini tushirib kelish berilsa, mavzu yana 

ham  mustahkamlanadi.  Berilgan  sonlarni  santimetrga  aylantirilganining  sababini 

“Masshtab”  mavzusini  oʻrganganda  shu  mashgʻulot  orqali  ham  tushuntirib  ketish 

mumkin.  Bu  juda  oddiy  usul,  lekin  oʻquvchi  unda  shaxsan  ishtirok  etgani  uchun  hech 

qachon  esdan  chiqarmaydi,  unda  koʻnikma  hosil  boʻladi,  bilganlarini  bemalol  sinfdan 

tashqarida  qoʻllay  olish  malakasini  egallaydi.  Ularda  amaliy  topshiriqlarni  bajarish, 

geografik mashq va masalalarni yechish usullarini oʻrganganlaridan keyin topshiriqlarni 




 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish