99
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
ham toʻla-toʻkis yetkaza bilishi lozim. Oʻquvchilarning badiiy didini yuksaltirishda,
ularda adabiyotga havas uygʻotishda badiiy asarlarning qimmati katta ekanini
tushuntirishi va badiiy adabiyotga qiziqish uygʻota olishi muhimdir.
Badiiy asar qaysi tur va janrga mansubligidan qat’i nazar, uning mohiyatida inson
shaxsini kamol toptirish, mustaqil fikrlash qobiliyatini o‘stirish, odamiylik sifatlarini
tarbiyalashga yo‘naltirilgan bir qator didaktik xususiyatlar, estetik tamoyillar
mujassamlashgan bo‘ladi.
Bu borada jamiyat hayotida ezgu qadriyat va an’analarni chuqur qaror toptirishga,
xususan, xalqimiz, ayniqsa, yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u
tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirishda barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos
ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor
qaratilmoqda.
Prezidentimizning 2017-yil 12-yanvardagi “Kitob mahsulotlarini chop etish va
tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish
hamda targ‘ibot qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi F-4789-sonli Farmoyishi
bu borada keng ko‘lamli islohotlarni amalga oshirishga zamin yaratdi.
Bu farmon ijrosi bo‘yicha maktablarda juda ko‘plab ishlar olib
borilmoqda.Ma’lumki, davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim
tashabbus ljrosi ham juda yaxshi natijalar bilan qayd etilmoqda.Xususan, maktabimizda
o‘quvchi yoshlar uchun maktab kutubxonasidan tashqari maktabimiz hovlisida yangi bir
kutubxona barpo etilgan. Bunday ma’naviy yetuklikka qadam qo‘yishda adabiyot – soʻz
san’ati fanidan saboq beruvchi har bir oʻqituvchi ,o‘sib kelayotgan yosh avlodni yaxshi
bir kitobxon qilib tarbiyalashni o‘z oldilari ga maqsad qilib qo‘yganlar. O‘qituvchilarimiz
adabiyot darslarida sinfdan tashqari o‘qishlar va kitobxonlikni targ‘ib qilish uchun “Yosh
kitobxon” to‘garaklari olib borilmoqda. Oʻquvchilarning badiiy didini yuksaltirishda,
ularda adabiyotga havas uygʻotishda badiiy asarlarning qimmati katta ekanini tushunishi
va oʻquv mashgʻulotlari chogʻida oʻquvchilarda qiziqish uygʻota olishi uchun
o‘qituvchilarimizning hissasi katta .
O‘qituvchilarimiz o‘z o‘quvchilariga asar tahlili va uning qatiga yashiringan
ma’nolarni teran ilgʻay olishi, his qilishi uchun adabiyot darslarida va darslardan tashqari
ham unumli harakat qilishmoqda. Adabiyot oʻqituvchi asar tahliliga va uning qatiga
yashiringan ma’nolarni teran ilgʻay olishi, his qilishi va ularni oʻquvchilarga ham toʻla-
toʻkis yetkaza bilishi lozim. Oʻquvchilarning badiiy didini yuksaltirishda, ularda
adabiyotga havas uygʻotishda badiiy asarlarning qimmati katta ekanini tushuntirishi va
badiiy adabiyotga qiziqish uygʻota olishi lozim. . Biroq ta’lim-tarbiya kabi mas’uliyatli
ishni o‘z zimmasiga olgan o‘qituvchi, avvalambor, o‘zi mutolaa zavqidan bahra olmay
turib, boshqalarga kitob sevgisidan so‘z ochishi va bu masalada ta’sirini o‘tkaza olishi
amri mahol. Ko‘rinib turibdiki, o‘qituvchilarimiz ham kitob o‘qish bo‘yicha izlanishdan
Do'stlaringiz bilan baham: |