635
"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"
xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari
muammolarni hal etish maqsadida yaratilgan zamonaviy axborot texnologiyalari va
tizimlari, ayniqsa, shaxsiy kompyuterlar insonning eng yaqin yordamchisiga aylandi.
Zamonaviy axborot texnologiyalari va tizimlaridan foydalanish orqali axborotlarni
qayta ishlash ta’lim samaradorligining muhim omillaridan biri bo‘lib qoldi.
Ta’lim tizimi oldida keng o‘quvchilar ommasini axborot olish va qayta ishlash
madaniyatini o‘stirish va shakllantirishdek vazifalar turibdi. Pedagog bolalarga axborot
uzatish jarayonida ularga ta’limiy va tarbiyaviy ta’sir etib boradi. Bu jarayonning
muvaffaqqiyatli kechishida o‘qituvchining o‘zi tobora maslahatchiga, yo‘l–yo‘riq
ko‘rsatuvchiga, o‘quv jarayonining boshqaruvchisiga aylanib boradi. O‘qituvchi axborot
egasi, tarqatuvchi funksiyalarni axborot texnologiyalari zimmasiga yuklab boradi. Bunda
bosh masala bilimlar olamiga kirish, u bu olamning resurslaridan qanday foydalana olish
va o‘zlashtira olishiga bog‘liq bo‘lib qoladi. O‘quvchi axborot ummonida yangicha
qoidalarni o‘rganishi, barcha o‘quv fanlari kesimida axborot olishi, uni qayta ishlay olishi
zarur bo‘ladi.
Ta’limda o‘qitishning va bilimlarni o‘zlashtirishrishning nutq, so‘z, tovush bilan
bog‘langan usullari ikkinchi navbatga o‘tib, o‘qitishning tasavvurlar, shakllar, rang,
tasviriy ko‘rsatuvlar bilan bog‘liq usullari birinchi o‘ringa o‘ta boshlaydi.
Kommunikatsiya – jonli va jonsiz tabiatdagi tizimlar o‘rtasida axborot
almashinuvini anglatadi. Insonning texnik vositalar bilan aloqa qilishi bu -
kommunikatsiya. Muloqot esa faqat insonlar o‘rtasidagina amalga oshirilishi mumkin.
Inson bolasi aynan boshqalar bilan muloqotda va munosabatda bo‘lish jarayonida shaxsga
aylanib boradi, ijtimoiy tajriba va madaniyatni egallab boradi.
Ta’lim jarayoni – bu avvalo axborot almashinish jarayonidir. O‘qituvchi
o‘quvchiga bilimlarni ma’lum qiladi (tegishli axborot beradi) va o‘z navbatida teskari
aloqa tarzida undan bayon qilingan bilimlar qanday o‘zlashtirilganligi haqida tasavvur
hosil qiladigan axborot oladi. Bu axborot o‘quvchilarning diqqat bilan o‘tirishlarida,
o‘qituvchiga qarab turishlarida, yuz ifodalarida o‘z aksini topadi. Agar teskari aloqa
bo‘lmaganda edi, o‘qituvchi bergan axborotining o‘quvchilar tomonidan qanday qabul
qilinayotganini bilmagan bo‘lar edi. Teskari aloqa o‘qituvchiga o‘z nutqini davom ettirish
yoki to‘xtatish, ish turini o‘zgartirish, umuman, faoliyatini korrektura qilish imkonini
beradi.
Xuddi shu kabi kompyuter va ta’lim oluvchi o‘rtasida kommunikatsiyanining
samaradorligini belgilovchi va natijalarini kafolatlovchi o‘qituvchi hisoblanadi.
Kommunikatsiya (lot communikatio) – informatsiya (axborot)larni almashish
jarayoni. Jismoniy va ijtimoiy nuqtai nazardan yondashiladigan kommunikatsiyalar
mavjud. Jismoniy nuqtai nazardan yondashiladigan kommunikatsiya aloqa ham deb
ataladi. Inson yaratgan texnikaviy tizimlarda quyidagi 4 ta asosiy kommunikatsiya turi
bor:
Inson – inson;
Do'stlaringiz bilan baham: |