Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti



Download 9,28 Mb.
Pdf ko'rish
bet87/1014
Sana08.12.2021
Hajmi9,28 Mb.
#190035
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   1014
Bog'liq
август кенгаши конфиренсия

61

 

 

"Umumiy o'rta ta'lim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va ta'lim muhiti"  



xalqaro onlayn ilmiy-amaliy konferensiya materiallari 

 

Mamlakatimiz  olimlaridan  B.Xodjayev  “Kompetensiyaviy  yondashuv  doirasida 

ta’limning uchta an’anaviy elementi bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakaga yana uchta 

unsurlar:  amaliy  faoliyat  tajribasi,  kompetensiya,  kompetentlik”ning  ilgari  surilishi 

haqida to‘xtalib o‘tgan. [2]. 

Amerikalik  siyosatshunos  O.Enkarnason  fuqarolik  jamiyati  xususiy  individlar 

tomonidan  o‘z  manfaatlari  va  qadriyatlarini  himoyalash  uchun  tuzilgan  keng  va  turli-

tuman  tashkilot  olamini  qamrab  oladi  deb  hisoblaydi.  Bunday  tashkilotlarga  misollar 

sifatida  qo‘shni  bo‘lib  yashaydigan  insonlar  assotsiatsiyalari,  shuningdek  umummilliy 

uyushmalar va etnik assotsiatsiyalar kabi erkin tashkil etilgan furoqalar quyi tashkilotlari 

xizmat qilishi mumkin [3]. 

A. Xlopin fuqarolik jamiyatining shakllanishini “huquqiy me’yorlar, umumqabul 

qilingan qadriyatli yo‘nalishlar va norasmiy qoidalar majmui bilan tartibga solinadigan 

zamonaviy rossiya sotsiumini strukturalashtirish jarayoni” sifatida tushunadi [4]. 

N. Baranov fuqarolik jamiyatini sotsiumning shunday holati sifatida tushunadiki, 

unda huquq va erkinliklarga rioya etish, fuqarolik mustaqil faoliyatni va siyosiy faollikni 

rivojlantirish, fuqarolarni siyosatda haqiqiy ishtirok etishlari uchun sharoitlar yaratiladi 

[5]. 


S.  Moshkinning  fikriga  ko‘ra  fuqarolik  jamiyati  –  bu  asosiy  vazifasi  davlatga 

tinchlikni  saqlash  va  manfaatlarning  asosiy  guruhlari  o‘rtasidagi  arbitr  roliga  xalaqit 

qilmay,  uning  hukmronlik  qilish  istagiga  qarshilik  ko‘rsatish  hisoblanadigan  turli 

nohukumat institutlarining majmui.  

 “Fuqarolik jamiyati siyosiy sohani iqtisodiyotdan ajratishga asoslangan bo‘lib, u 

hukumatning  mulkchilik  va  ijtimoiy  hayotga  aralashmasligi  printsipi  bilan  birlashadi. 

Bunday jamiyatda absolyut bo‘lmagan iqtisodiy plyuralizm, strategik iqtisodiy masalalar 

ustidan siyosiy nazorat bilan mujassamlanadi” [6]. 

Mustaqil  iqtisodiy  birliklar  nafaqat  iqtisodiy  sohaning  samarali  rivojlanishini 

ta’minlaydi,  balki  ijtimoiy  plyuralizm  uchun  zaruriy  shart  ham  hisoblanadi.  Bu  o‘z 

navbatida  intellektual  va  g‘oyaviy  plyuralizmni  talab  etadi,  chunki  taraqqiy  etuvchi 

jamiyat  bilimning  doimiy  rivojlanishini  talab  qiladi  va  shuning  uchun  har  qanday 

intellektual va ideologik monopoliyani inkor etadi. 

Shu  tariqa,  fuqarolik  jihatidan  kompetent  inson  ijtimoiy  hayotning  barcha 

sohalarida  faollik  ko‘rsatishni  bilishi,  keng  doiradagi  ijtimoiy  rollar:  saylovchi, 

iste’molchi,  ishbilarmon  hamkor  va  boshqalarni  o‘ylashni  bilishi,  boshqa  fuqarolar, 

ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy institutlar bilan o‘zaro munosabatlarga kirishishi kerak. 

Ijtimoiy kapital zamonaviy jamiyatda insonning fuqarolik faolligini ta’minlashga 

xizmat  qiladi, u o‘z  navbatida nafaqat siyosiy  sohadagi  faoliyat  sifatida, balki  ijtimoiy 

hayotning  eng  turli-tuman  sohalarida qaror  qabul qilish  va  nazorat  qilish  jarayonlarida 

ishtirok etish masalalari bo‘yicha faoliyat sifatida tushunilishi kerak. 



 


Download 9,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   83   84   85   86   87   88   89   90   ...   1014




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish