Umumiy o‘rta ta‘lim muassasalarida Aqliy rivojlanishida muammolari bo‘lgan bolalar uchun tashkil etiladigan korreksion sinflar uchun tayanch o‘quv dasturlari


Qog‘oz va karton bilan ishlash (5 soat). Amaliy ish



Download 225,44 Kb.
bet29/79
Sana19.05.2022
Hajmi225,44 Kb.
#604267
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79
Bog'liq
adativ-dastur-engohiri

Qog‘oz va karton bilan ishlash (5 soat). Amaliy ish. Qog‘ozdan applikatsiya yasash (bo‘rttirilgan applikatsiya–o‘rdak va kuchukcha, qat-qat buklangan qog‘ozdan–“Gulzorda” applikatsiyasi), qog‘oz o‘ramidan hajmli o‘yinchoqlar yasash (quyon, qog‘ozni buklab kapalak yasash).
Texnik ma‘lumot. Qog‘ozni qat-qat buklab applikatsiya yasash.
Ish usullari. Qog‘ozni buklash orqali applikatsiya yasash.
Ip bilan ishlash (2soat). Amaliy ish. Tugma qadash. Tugmani yelim bilan yopishtirib devoriy bezak yasash.
Ish usullari: Turli ish usullari bilan bezak hosil qilish.
Lego bilan ishlash (2 soat).
Yil davomida o‘tilganlarni takrorlash (2 soat).
O‘quvchilar egallashi kerak bo‘lgan bilim ko‘nikma va malakalar:
O‘qituvchi yordamida ishni mo‘ljallay olish. Buyum namunasini uning asli va tasviri bilan taqqoslash. O‘zi va o‘rtogi yasagan buyumlarni mustaqil nazorat qilish. Savollarga to‘liq javob berish. O‘rtoqlarini javobini to‘ldirish. Nutqida yangi o‘rgangan so‘z va jumlalarni qo‘llash.


Mavzuiy rejalashtirish



Bo‘limlar nomi

Soatlar taqsimoti




Bo‘lim

Yangi mavzu

Tak-lash




I bo‘lim

1

Kirish darsi

18

2







2

Plastilin yoki loy bilan ishlash

4







3

Tabiiy materiallar bilan ishlash

5







4

Qog‘oz bilan ishlash

3







5

Ip bilan ishlash

4







II bo‘lim

6

Loy yoki plastilin bilan ishlash

14

4







7

Tabiiy materiallar bilan ishlash

4







8

Qog‘oz bilan ishlash

6







III bo‘lim

9

Loy yoki plastilin bilan ishlash

20

3







10

Tabiiy materiallar bilan ishlash

3







11

Momiq doirachalar bilan ishlash

3







12

Qog‘oz va karton bilan ishlash

6







13

Gazlama va ip bilan ishlash

3







IV bo‘lim

14

Loy yoki plastilin bilan ishlash

16

5







15

Qog‘oz va karton bilan ishlash

5







16

Ip bilan ishlash

2







17

Lego bilan ishlash

2







18

Yil davomida o‘tilganlarni takrorlash




2




Jami

68

66

2






MUSIQA FANI
TUSHUNTIRISH XATI
O‘zbek milliy musiqa madaniyatining barcha jabhalarida yosh avlod tarbiyasiga katta e’tibor qaratilgan. Beg‘ubor bolalik onlari har doim vatan tuyg‘usi, ota-onaga mehr muhabbat tuyg‘usi bilan hamnafasdir. Zero yosh avlod har qanday mamlakatning kelajagi hisoblanib, unga katta umid bog‘lanadi.
Musiqa – o‘z xususiyatiga ko‘ra kishilar hayoti, ularning o‘zaro hamda turli voqealarga munosabati, ichki kechinmalarini xilma – xil tovush bo‘yoqlari bilan badiiy obrazlar vositasida tasvirlaydi. Musiqa inson hissiyotiga kuchli ta‘sir eta olish xususiyatiga ega bo‘lishi bilan birga, o‘quvchilarni nafosat olamiga olib kirish va axloqiy–g‘oyaviy tarbiyaning muhim vositasi hamdir.
Musiqa darslari o‘quvchilarga ta‘lim tarbiya va axloqiy-estetik ong tizimining ajralmas bir qismi hisoblanadi.
Musiqa darslari o‘quvchilarda ijtimoiy mas’uliyat hissi, jamoa mehnatining ahamiyatini tushinishi, intizomlilik, do‘stlik
mehr muhabbat kabi tuyg‘ularini shakllantirishga yordam beradi.
O‘quvchilarga musiqa fanini o‘qitishda musiqa fani o‘qituvchisi, sinf rahbari va gurux tarbiyachisi hamkorligi ham yaxshi natija beradi. O‘quv yilining boshida musiqa o‘qituvchisi logoped o‘qituvchi bilan xamkorlikda maktabga yangi kelgan o‘quvchilarnung nutq holati bilan tanishadilar, bu o‘qituvchiga butun sinf bilan faoliyat jarayonida bolalarning individual xususiyatlarini o‘rganishga yordam beradi. Qo‘shiq kuylashda o‘qituvchi o‘quvchilarni shunday joylashtirishi kerakki, nutqida kamchiliklari bor bo‘lgan bolalar o‘qituvchiga yaqinroq o‘tirib, nazorat ostida bo‘lishlari kerak.
Musiqa darslarida bolalar bir – birlariga xalaqit bermay tik turadilar yoki o‘tirganda qo‘llar tizzada gavda va boshni to‘g‘ri tutib o‘tirishlari zarur. O‘rganilgan qo‘shiqni yakuniy aytishda o‘quvchilarni tik turib kuylashlari maqsadga muofiqdir.
Yordamchi maktab quyi sinflari musiqa madaniyati darslarida o‘quvchilarida ovozning quyidagi anatomik – fiziologik xususiyatlari: beqarorlik, sustlik, yoki aksincha barqarorlik kabi xolatlar kuzatiladi.Bunda o‘qituvchining vazifasi o‘quvchilarda umumiy ovozini jarangini tenglashtirish, shuningdek o‘quvchilar ovozlarini zo‘riqtirlishiga va ovoz buzilishiga yo‘l qo‘ymasligi lozim.
Dars jarayonida sinfda bolalar diqqatini chalg‘ituvchi ortiqcha buyumlar bo‘lmasligi kerak.
Ushbu dastur 1-2-sinflar uchun moslashtirilgan bo‘lib, quyidagi bloklarga bo‘linadi:
1.Jamoa bilan kuylash.
2. Musiqa tinglash (Raqs harakatlari).
3. Musiqa savodi elemenlari
Jamoa bo‘lib kuylash.
O‘quvchilardagi musiqa qobilyatini rivojlantirishning eng maqbul usuli jamoa ijrosi tashkil qiladi. Jamoada qo‘shiq aytganda bola qo‘shiqning kuy va so‘zlarini diqqat bilan tinglab idrok etadi, o‘rtoqlarining ovozlari va xor jo‘rovozligini bir vaqtda eshitib, o‘zining ovozini ularga sozlab kuylaydi. Aynan jamoa mashg‘ulotlarida bolalarning diqqat-e’tibori faol kechadi. Ayniqsa, bolalarning musiqaviy-badiiy xotirasi yaxshi rivojlanadi va o‘rgangan qo‘shiqlarni ijro etganda zavqlanish hissi yuqori kechadi. Qo‘shiq aytganda bolada fiziologik rivojlanish jarayoni ham ijobiy natija beradi. Jumladan, nafas qismi kengayib, nafas olish chuqurlashadi, qomati to‘g‘ri va tikis rivojlanadi, ovoz va nutqi yaxshilanadi hamda ayrim nutq nuqsonlari tuzaladi, o‘smirlarda ovoz o‘zgarish davri yengil va tekis o‘tadi. Shu tufayli qo‘shiq repertuarini tanlash,
o‘quvchilarga vocal-xor ta‘limi berishning metodik usul va vositalaridan foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Aqli zaif bolalarning lug‘at boyligi cheklanganligi tufayli qo‘shiqning matni va musiqasi oddiy, o‘quvchilarning idrok etishlari uchun qulay, tushunarli, so‘zlarning hajmi katta bo‘lmasligi lozim.
Avtonom respublika, o‘lka va viloyatlarda dasturga mahalliy qo‘shiqchilik ijodiyotining o‘z milliy ruhi bilan ajralib turadigan eng yaxshi qo‘shiq namunalarini kiritish tavsiya qilinadi.
Sinflar uchun qo‘shiqlar o‘quvchilarning yoshi va nutqiy rivojlanish hususiyatlari (duduqlanish va nutqdagi boshqa nuqsonlar)ni nazarda tutib tuzilgan. Har bir sinf repertuariga tovushning erkin, yengil, ohangdor, cho‘zib aytiladigan va artikulatsiya aparatining harakatchanligini talab qiluvchi marshsimon, jo‘shqin qo‘shiqlar kiritiladi.
Boshlang‘ich sinflarda (I-II sinf) ayrim anomal bolalarda eshitish diqqati yo‘qligi tufayli tovushlarni balandligi va cho‘ziqliligiga ko‘ra farqlay olmaslik xollarini uchratish mumkin. Bunday o‘quvchilar qo‘shiqni bir-ikki tovushda, noritmik, sinfning tovush ansamblini buzib aytadilar. Bunday bolalar bilan sistemali ravishda yakka ishlash kerak. Agar qo‘shiqni noto‘g‘ri aytish ularda diqqat, eshitish hamda ovoz o‘rtasida muvofiqlashuvning (ovoz apparati kasalligi bundan mustasno) yo‘qligi tufayli bo‘lsa, astoydil olib borilgan mashqlar natijasida o‘qitishning uchinchi-to‘rtinchi yiliga kelib bu nuqson asta yo‘qolib boradi.
Musiqa tinglash
Musiqa tinglash har bir darsning tarkibiy qismi bo‘lishi kerak. Musiqa tinglash bolalarng musiqaviy saviyalarini kengaytiradi, didini o‘stiradi.
Musiqa tinglash darsning boshidan oxirigacha davom etadi. O‘quvchilar qo‘shiq aytsalar, uni avval eshitib, idrok etib so‘ng o‘rganib kuylaydilar. Raqsga tushganda ham musiqani tinglab, uning badiiy ifodasini raqs harakatlari bilan tasvirlaydilar.
Faqat musiqa tinglashgina o‘quvchilarni chin ma‘nodagi keng musiqa olamiga olib kelishi mumkin, Musiqa tinglashga doir asarlar tur va janr jihatidan xilma-xil bo‘lmog‘i lozim.
Aqli zaif bolalar o‘zlari ijro etayotganlaridan ko‘ra murakkabroq musiqa asarlarini tinglaydilar va idrok etadilar. Shuning uchun musiqani tinglash bu bolalar bilan olib boriladigan korreksion – rivojlantirish ishda katta ahamiyatga ega.
O‘quvchilarga I-II sinflarda tinglagan musiqa (qoshiq, marsh, raqs) janri haqida tushuncha beriladi.

Download 225,44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   79




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish