2-bob. Reytingni aniqlashning maqsad va vazifalari
4. Akademik litseylar reytingini aniqlash mazkur ta’lim muassasalarida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, ulardagi ta’lim sifatini oshirish, o‘qituvchilarning pedagogik salohiyatidan samarali foydalanish, o‘qitish sifati bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichlarga erishish hamda ta’limning keyingi bosqichi uchun yuqori malakali kadrlarni tayyorlashga zamin yaratish maqsadida amalga oshiriladi.
5. Quyidagilar reytingni aniqlashning vazifalari hisoblanadi:
akademik litseylar faoliyati samaradorligi bo‘yicha monitoring yuritish, ko‘rsatkichlari past bo‘lgan litseylarning faoliyatiga oid tahliliy ma’lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligiga (keyingi o‘rinlarda — Vazirlik) tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun taqdim etish;
keng jamoatchilikni akademik litseylar faoliyati hamda o‘quv-tarbiya jarayonlarining samaradorligi haqida xolis axborotlar bilan ta’minlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |