Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet61/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Ishqib
 – ishqilib.
2
 
Guzarchilar
 – o‘tkinchilar.
3
 
Jo‘n
 – to‘g‘ri, jo‘n.
4
 
Buzarchi
 – buzuvchi.


136
Changib yotgan un bozori,
qo‘qib
1
 yotgan jun bozori,
anov mursak
2
, to‘n bozori,
pichoq bozor, qin bozori,
qalpoq bozori qaysidi(r)?
anovi qovun bozori,
baqqollik, sovun bozori,
salloh
3
 sotib kalla-pocha,
qassobga tovun
4
 bozori,
qalpoq bozori qaysidi(r)?
Chetda turgan qo‘y bozori,
yilqi bozor, toy bozori,
qurt bilan, sarimoy bozori,
qog‘ozdagi choy bozori,
qalpoq bozori qaysidi(r)?
bo‘z bilan alak
5
 bozori,
attorda elak bozori,
rang, bo‘yov, lok bozori,
paranji, jelak
6
 bozori,
qalpoq bozori qaysidi(r)?
bug‘doy ham arpa bozori,
paxtali ko‘rpa bozori,
qo‘y teri surpa bozori,
sersavdo turpa
7
 bozori
qalpoq bozori qaysidi(r)?
1
 
Qo‘qimоq
 – iflоslanmоq, tartibsizlik.
2
 
Mursak
 – yеngsiz paxtalik kamzul.
3
 
Sallоh
 – qassоb.
4
 
Tоvun
 – tеgishli, qarashli, tоbе.
5
 
Alak
 – bo‘zning turi, оlacha.
 
6
 
Jеlak
 – ayollarning yеnglari bir-biriga chatilgan yopinchig‘i.
 
7
 
Turpa
 – turfa, har xil. 


137
echki ham uloq bozori,
telpak ham tumoq
1
 bozori,
kavob, qovurdoq bozori,
nasya emas, naq bozori,
qalpoq bozori qaysidi(r)?
qalpoq bozori qaysidi(r)?
ravshanbek  «qalpoq  bozori  qayerda»,  –  deb  ba qirib  bo-
rayotir edi. Shu yerda bir nashavand turib edi, kayfi uchib ket
-
di.  ravshanbekka  qarab  aytdi:  «ey  o‘zbek!  muncha  baqira-
san, kayf degan narsadan qolmadi-ku! sen o‘zing burun ham 
hech bozorga boribmiding, ilgari bozorni ko‘ribmiding? anov 
changib yotgan un bozori, narigi qo‘qib yotgan jun bozori, hu 
anav, katta do‘kon – to‘n bozori, narigi turgan – pichoq bo-
zori bilan qin bozori, undan o‘tding – qalpoq bozori-da, yurtni 
buzding-ku?!» – deyotir.
ravshanxon  bozorni  oralab  o‘tdi,  qalpoq  bozoriga  yetdi. 
qarasa, qirq zinalik ko‘shkning ustida Zulxumor oyim kaniz-
lari  bilan  qalpoq  sotib  turibdi.  Zulxumor  betidan  niqobini 
olib,  ko‘p  kaniz lar  o‘rtaga  olib  turibdi.  ravshanbek  Zulxu-
morning jamolini, navdaraxt
2
 kamolini ko‘rib, tomosha qildi. 
ravshanbek qarasa, Zulxumorning kamoli, oyday jamoli, oq 
yuzida  xoli,  yangi  to‘lgan  oyda y  ikki  qoshi  hiloli.  ravshan-
bek zehnini qo‘yib qarasa, yasangan hurday, tishlari durday, 
ko‘zlari  yulduzday,  qoshlari  qunduzday,  lablari  qirmizday, 
og‘izlari  o‘ymoqday,  lablari  qaymoqday,  ikki  yuzi  oyda y, 
tarlon-qarchig‘ay uchadigan qushday, muhrlangan qog‘ozday 
yalt-yult  etib  o‘tiribdi.  Zulxumoroyning  bu  yog‘ida  to‘qson 
besh, bu yog‘ida to‘qson besh – o‘n kam ikki yuz ko kili bor, 
bir  yog‘ini  tilla  suvga  botirgan,  bir  yog‘ini  kumush  suv ga 
botirgan, tong shamolida qotirgan. Jamoli chillaning qoriday 
tingjirab
3
, yaltirab o‘tirgan.
Ana  Zulxumorning  ko‘zi  javdirab,  zulfi  shovdirab,  zulfi-
ning  shu’lasi  yuziga  ursa,  yarq-yurq  etib,  betining  shu’lasi 
1
 
Tumоq
 – bo‘yinni ham bеrkitadigan tеlpak. Ko‘prоq tulki tеrisidan 
tikiladi.
2
 
Navdaraxt
 – nоvdaday, yosh daraxtday tik qоmatli.
 


Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish