Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Nigin
 – uzuk.
2
 
Bandiga
 
оlgan
 – asirga оlgan.
3
 Bandi
 – duоli yozuv, tilsim.
4
 
Uzik
 – yetuk, kamchiliksiz.


131
...bekning oti po‘lat suvluq chaynadi, 
qizil kiyib, gulday bo‘lib jaynadi
1
.
ilon tilli, yashin turli xanjarni
obro‘ ber deb, xipcha belga boyladi.
tomosha qing xon ravshanday polvonni,
shirvonning yurtiga talab ayladi
2
.
tomosha qing Chambilning shunqorini,
mindi yigit Jiyronqushday otini,
yig‘latib otasi – hasan mardini,
qon yig‘latib xon dalliday suluvni,
ravshan izlar bo‘ldi shirvon yurtini.
ravshanbek  otini  hovlidan  chiqarib,  ota-enasidan  g‘oyi-
bona  rozi  bo‘lib,  ko‘chaning  yuzi  bilan,  odamlarning  izi  bi-
lan gulday jaynab, suqsurday bo‘ylab, parvoz aylab, taraqqos 
boylab
3
, ostida Jiyronqush oti har usulda o‘ynab... borayotir.
hasanxon  darvozabon  bilan  do‘st  edi,  doim  darvozabon-
ning oldida o‘tirar edi, ikkovi... birov-birovining so‘zini tash-
lamas edi. hasanxon jo‘rasi bilan gaplashib o‘tirsa, ravshan-
xon otasining ustiga borib qoldi...
Unda hasanxon polvon yolg‘iz bolasi, ko‘zining oqi bilan 
qorasi – ravshanxonni tanib, ...Jiyronqushning jilovidan ush-
lab, ko‘zini yoshlab, «...hay, attang», – deb barmog‘ini tish-
lab, yolg‘iz farzandiga qarab bir so‘z dedi:
...to‘rasan, ravshanjon, Chambil elingga,
Keskir isfihonni
4
 boylab belingga,
qo‘sh po‘pakli
5
 nayza ushlab qo‘lingga,
otang qurbon bo‘lsin shirin tilingga,
yovga ajdahorim, senga yo‘l bo‘lsin?
sen bo‘lmasang, otang holi ne kechar?
sensiz menga falak kafanto‘n bichar,
1
 
Jaynadi
 – yashnadi.
2
 
Talab ayladi
 – xоhladi, ixtiyor etdi, bоrmоqchi bo‘ldi.
3
 
Taraqqоs bоylamоq
 – uchadigan qushday bo‘lmоq.
4
 
I
sfihon
 – i
sfihon shahrida yasalgan keskir qilich.
5
 
Po‘pakli
 – pоpukli.


132
dunyoning bolini zahar deb ichar
qanday kuni kechar
1
 sho‘r enang nochor,
harna yo‘g‘-u borim, senga yo‘l bo‘lsin?
menga aytgin ko‘nglingdagi o‘yingni,
aytgin, bolam, boradigan joyingni,
men bilayin talab qilgan elingni,
ayt siringni, qaytarmayman ra’yingni,
e, yolg‘iz shunqorim, senga yo‘l bo‘lsin?
ravshanxonni otasining savlati bosib, hayosi g‘olib kelib, 
nima derini bilmay o‘ylanib turib edi, axiri bo‘lmadi. otasiga 
gapirmay o‘tsa, u ham bo‘lmaydi, gapiray desa, uyaladi.
ana  endi  ravshan  polvon  otasining  so‘zlariga  javob 
berib,  ko‘ngli  buzilib,  yurak-bag‘ri  ezilib,  ko‘zining  yoshi 
tizilib,  boshidan  o‘tgan  sir-savdosini  otasiga  aytib,  o‘zidan 
o‘tganidan xabardor qilib, bir so‘z aytayotir:
Jonim ota, aytolmayman uyalib,
bolang ketar endi boshini olib.
Jon ota, alamim ko‘pdir so‘rmagin,
bek ravshan jo‘nadi safarga tolib
2
.
qaladan
3
 qalampir yuklar qalachi
4

har xil isli bo‘lar tog‘ning og‘ochi.
otajon, alamim ko‘pdir, so‘rmagin,
Vallamat
5
 boripti avazga sovchi.
qabul qilmay vallamatning so‘zini,
nomard avaz bermas bo‘pti qizini,
o‘tib ketdi avazxonning so‘zlari,
bizni quzg‘un, lochin qipti o‘zini.
maydon-maydon Jiyronimni yelmasam,
dushman bo‘lsa, bo‘lak-bo‘lak qilmasam,
1
 
Kuni kеchar
 – kuni o‘tar.
2
 
Tоlib
 – talabgоr.
3
 

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish