Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet145/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

Nar xar
 – hangi, erkak eshak. 
2
 
Shustagar
 – yuvg‘ich, murdasho‘y. 


287
– Voy-voy! – dedi rahim, – nazari baland bo‘yoqchining 
o‘g‘lidan xafa bo‘llem!
qobilboy cho‘ntagidan bir narsa olib, ularning oyog‘i osti-
ga tashladi va o‘zi og‘zini katta ochib, hamyoza tortdi.
– ana pul kerak bo‘lsa ol, sendeklarni bir yil boqadi!
rahim bilan sharifboyning oyoqlari ostiga ikki tillo kelib 
tushdi, ular bir oltinlarga va bir qobilboyga qarab qoldilar:
– iybi, kimni o‘ldirding?
– ota kasbim odam o‘ldirish emas.
– inisi bergan! – dedi sharif. – qani, ining bilan ko‘rish-
dingmi, qobil?
– ko‘rishdim.
– odami nag‘z bo‘lg‘on?
– odami nag‘z.
–  akun  shu  qochib  yota  beraykan-da,  –  dedi  rahim.  – 
biron chora boqsin-da, aytmading-chi, axe?
–  aytdim...  payt  topib  hammamiz  toshkand  ketmaqchi 
bo‘ldik.
–  balli-balli!  –  dedi  rahim  va  sharifga  qarab  qosh 
qoq di.  –  toshkand  ketamiz  digani  teksiz  emas  ekan-da, 
pala’nalatingni.  hay,  ish  bitti,  qobilboy,  toshkandga  yura-
miz, o‘rusingni ham bir ko‘raylik
1
.
sharif yerda yotgan ikki tilloni olib qobilga uzatdi:
– ma, tillangni kissangga tiq, qobel!
qobil olmadi.
– tillo o‘zlaringga, ikkaving bir tillodan bo‘lib ol.
– achchig‘ingni qo‘y, axe, biz senga dahanaki aytik-da!
qobil kuldi va parvosiz kiyina berdi.
– olmaysanmi, pala’nat.
– o‘zlaringga deyapman-ku, inim senlarga atab berdi.
– bizdan qarzi yo‘q-ku, axe?
–  tushunmagan  odamlarsan-da!  –  dedi  qobil.  –  inim, 
qochib yotqon holda ularni mehmon qilolmadim, deb senlarga 
shu ikki tilloni berib yubordi... endi tushundingmi?
1
  Shu vaqtlarda Tоshkеnt ruslar qo‘lida ekanligi unutilmasin (
mual
.).


288
–  Voy,  pala’nat...  hali  sen  bizni  o‘z  pulimiz  bilan  beti-
mizga urding?!.
qobil kuldi. Ular ikkisi birining og‘zidan biri olib, qobilni 
past urib, anvarni maqtab ketdilar.
–  san  otang  o‘g‘li  emassan,  agar  otang  o‘g‘li  bo‘lsang, 
mirzo anvardek mehmondo‘st bo‘layding! mirzo anvar meh-
monning  betini  ko‘rmay,  boshidan  tillo  nisor  qilganda,  sen 
pala’nat  bizni  do‘konxonaga  qamab  qo‘yasan!  burodaring 
bo‘lmasa, qo‘qonjoningni ko‘tarib og‘zingga uraydik, muru-
ningdan mag‘zi saring
1
 oqib tushaydi!
qobil bir narsa deb to‘ng‘illadi.
–  e,  to‘ng‘illama,  pala’nat!  biz  pul  oshnosi  emas,  odam 
oshnosi... seni bozori podshoga olib chiqsa, og‘ziga tish bor, 
deb sakkiz pulga ham olmaydi, ba xudo!
Ular shu hangomaning ustida edilarki... Chorsudagi shov-
qin-suron  ichidan  bahaybat  bir  hayqiriq  eshitildi;  bozor 
olag‘ovuri  birdan  kesilib,  bu  uchovi  ham  tashqariga  quloq 
solib qoldilar:
– ey-y-y-y. bozor aro yig‘ilishib gul terganlar!
qasam yodlab, podshoga so‘z berganlar!
mirzo anvar otliq elga ma’lum kishi,
o‘rda ichra qalamkashlik erdi ishi.
arzimagan gunohiga qochdi, ketdi.
bundan andak podshohga ozor yetdi.
Uning do‘sti sultonali nomlik mirzo
bu qochishdan chekmakdalar behad izo.
mirzo anvar gunohida toyildi zor
2
,
Xaloyiqni to‘xtatishdan maqsadim bor.
erta peshin asnosida sultonali
orsiz anvar gunohiga o‘lgay, bali.
Jamiyatda hozir bo‘lsa osiy anvar
yoki uning do‘sti, oshnosidin birar.
Gunohingga sultonali o‘lar, desin,
1
 
Mag‘zi sar
 – miya qatig‘i. 
2
 
Gunоhida tоyildi zоr
 – gunоhiga qоldi bеchоra. 


289
erta peshin vaqti, afsus, so‘lar desin.
iymonli qul nafsi uchun do‘stin sotmas,
Gunohi yo‘q oshnasini o‘tga otmas.
quloq solgan gunohsizning faryodiga
dard qolmagay, yetar har vaqt murodiga!
Jarchi  to‘xtadi,  shovqin-suron  yana  eskicha  davom  etdi. 
Jar ning davomida qulog‘i tikkayib, ko‘zi katta ochilgan qo-
bilboy sukutga ketdi...
–  nega  xomush  to‘xtading,  qobil?  akun  jarching  nima 
deb vaqirlaydi?
qobil javobsiz boshini chayqadi.
–  Gapur,  –  dedi  sharif,  –  mirza  anvar,  osiy  anvar,  de-
yapti chog‘i?
qobil yana javob bermadi.
– Zaboning bor, axe, burodaringni tutkanlar-chi?
– yo‘q.
– bo‘lmasa nega undaychikin xomush to‘xtading?
– endi tutmakchilar...
–  endi,  tutmakchilar?  –  deb  zaharxanda  qildi  rahim.  – 
dardi harinani tutadi!
–  tushunmay  yotibsanlar,  anovi  kun  biz  bir  mirzoning 
uyiga borgan edik-a?
– hay.
– ana shuni, sen anvarning do‘sti eding, deb barimta
1
 ush-
laganlar... ertagacha anvar kelmasa, shu sultonalini o‘ldurar 
emishla r!
...qobil do‘konxona eshigini yopib, o‘rtoqlari yoniga kel-
di. Uchovi bir necha vaqt xomush o‘tirdilar.
–  shu  bevafo  dunyoga  bir  ish  qilamiz,  qobilboy,  –  dedi 
yana ko‘zi olalangan rahim. – dayusingni zindoni qayerga?
– Zindonni nima qilasan?
–  ana  men  bor,  ana  sharif,  ana  sen!  –  dedi  rahim.  – 
shu  tunga  uchovimiz  borib  yo  o‘lamiz,  yo  shu  bechorangni 
ro‘shnolikka olamiz!
1
 
Barimta
 – garоvga, kafilga оlish. 
10 – adabiyot, 7-sinf.


290
qobil  manglay ostidan sharifga ko‘z  yubordi.  sharif  ku-
limsirab, rahimga qaradi.
– e, senga chi balo shud
1
?
– hechchi – dedi rahim. – akun biz dunyoga nima olib 
bora miz, hay o‘lluk: dunyoga o‘n tilla pulimiz qolaydimi yo 
uyga sochini tarab to‘xtagan xotunimiz qolaydimi!
– yo‘q, qolaytikoni yo‘q! – dedi kulib sharif.
–  dastasha  gir!  –  dedi  rahim  sharif  bilan  qobilga  ikki 
qo‘lini cho‘zib. Ular ikkisi ham iljaygan ko‘yi qo‘llarini ber-
dilar. lafzaton yakmi?
– yak-yak, rahim dav!
– hazilash nest?
– nest!
– tamom, – dedi ikki qo‘lini bo‘shatib rahim. – shud!..

Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   141   142   143   144   145   146   147   148   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish