276
– kecha biznikiga yo‘qlab borg‘an ekansiz. siz ketibsiz,
men kelibman-da; ko‘p afsus qildim. bu kun mulla kalon-
shohni olib, siz
bilan suhbatlashib qaytayliq, degan niyatda...
– qulliq, taqsir, qulliq, – deb mulla abdurahmon qimirlab
o‘lturdi. – men anvar bilan sultonali mojarosini faqat kecha
mirzo boisdan eshitdim. bu to‘g‘rini aniqroq bilish uchun
janobingizning хizmatingizga borg‘anim edi... Хo‘sh, havodis
nima?
– havodismi? qani so‘zlang-chi, mulla kalonshoh.
kalonshoh so‘zlay bering, degandek shahodat mufti-
ning o‘ziga ishorat qildi. shahodat mufti ko‘zini yuminqirab,
havodisdan
1
sahifa ochdi:
– havodis shulki, anvar borasig‘a sizning olg‘an nishoni-
ngiz jiddan to‘g‘ri tushib, biz kutkandan ham ziyodroq samara-
ga erishkan, ya’ni mag‘rur go‘dagimiz qizni olib qochqan...
mulla abdurahmon hakimona iljaydi, shahodat mufti
davom etdi:
– Chamasi, nisfi shab-yarim kecha asnosi, do‘stim, deb
yonid a qiz, sultonalining uyiga kelgan. sultonali tong otqun-
cha ikki go‘dakning qo‘ynini puch yong‘oqqa to‘latib chiqqan,
erta bilan ular uyquda yotqanda, sultonali o‘rdag‘a yugurib
kelgan; voqi’ani tunqotar хong‘a yo‘liqib, хonning buyrug‘i
bilan yonlarig‘a yasovullar olib kelsalar, oshiq-ma’shuq yo‘q,
ular joyida sultonaliga atalg‘an bir sabnoma
2
bor... Chamasi,
sultonali ablahlik qilib, anvarni bad oldirib qo‘yg‘an va tong
vaqti, ular uyquda ekan choqda g‘oyib bo‘lib, yana shubhani
ortdirg‘an bo‘lsa kerak. sultonali anvar bilan qizni tutib be-
ralmasa ham, baharhol хong‘a yaхshi ko‘rinib, Anvarning
o‘rnini olishqa muvaffaq bo‘ldi. barcha havodis mana shun-
dan iborat.
abdurahmon hikoyani eshitkandan keyin, bir necha vaqt
so‘zsiz o‘lturdi. tanchadagi olovni tuzatar ekan, yer ostidan
muftilarga qarab iljaydi.
1
Havоdis
–
hоdisalar, vоqеalar.
2
Sabnоma
– so‘kib, tahqir qilib yozilg‘an xat (
mual.
).
277
– mirzo boisdan ham shu maolni
1
eshitkan edim, – dedi
ni hoyat. – Janoblarning fikrlari balki to‘g‘ridir, ammo men bu
maol dan biroz shubha qilaman...
– ya’ni, masalan?
abdurahmon qo‘lini o‘ynab, yana biroz sukutda o‘lturdi,
so‘ngra labi ohista-ohista ochilib yumila boshladi:
– bu hammasi sultonali bilan anvarning o‘yunidir, deb
o‘ylayman... bu andishamga bir necha sabablar ham bor.
Janoblardan maхfiy emasdirkim, biz o‘zaro qanday yaqin
bo‘lsaq, sultonali bilan anvar ham o‘zaro shunday qalin do‘st
edilar. binobarin, aqlg‘a «qarg‘a qarg‘aning ko‘zini cho‘qur
ekanmi?» degan savol keladir; janoblari shu borani qanday
tushundilar ekan.
shahodat mufti kalonshohka qarab qo‘ydi, kalonshoh
parvosizroq ko‘rinar edi. orada yana bir necha vaqt sukut
hukm surdi.
– sultonali sarmunshiy bo‘lish uchun do‘stidan kechsa
ham mumkin, – dedi mufti. – Ikkinchi tarafdan, sizning fikri-
ngiz ham ehtimoldan ba’id
2
emas.
– sultonali do‘stidan kechmay turib ham bu nayrangni
qilsa mumkin emasmi, domla? – deb kuldi abdurahmon. –
Masalan, хon olmoqchi bo‘lg‘an qizni qochirg‘uchi Anvar
ikki boshdan-ku, qaytib sarmunshiy bo‘lolmaydir, boshqa
tarafdan, хiyonatkor do‘sti bo‘lib tanilg‘an Sultonalining
ham hayoti tahlika ostida turadir... bas, shu holda bu nayrang
to‘qilg‘an bo‘lsa, yana to‘g‘risi, shu hiylani sultonalining
amniyati talab qilg‘an bo‘lsa, siz bilan men g‘ayraz
3
qanday
mantiqqa suyana olamiz?
shahodat mufti o‘rnidan turdi, abdurahmonning yonig‘a
kelib, orqasini qoqdi:
– rahmat, o‘g‘lim, rahmat. seni tuqqan onangga va
o‘qutqan ustozingga rahmat.
abdurahmon yerga qarag‘an holda iljaydi. shahodat muf-
1
Do'stlaringiz bilan baham: