Umumiy o‘rta ta’lim maktablarining 7-sinfi uchun darslik-majmua



Download 6,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet144/191
Sana13.01.2022
Hajmi6,23 Mb.
#355671
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   191
Bog'liq
adabiyot 7-sinf

IkkI  XIl  sADoQAT
kechasi  yomg‘ur  savalag‘anday  yog‘ib  turadir...  qop-
qorong‘i, olti qarichlik tor ko‘chaning muyushida turg‘an bir 
ko‘laga  yomg‘urdan  qochqan  kabi  kichkina  eshik  panasiga 
siqilg‘an va zo‘r berib eshikni qoqadir.
– kim?
– men, oching.
– safarmisan?
– ha.
eshik zanjiri «shirq» ko‘tarildi. yomg‘urda bo‘kkan safar 
o‘zini torg‘ina, oldi ochiq yo‘lakka olib, eshikni zanjirladi.
– tinchlikmi?
– tinchlik, – dedi eshik ochqan kampir. – nega kech qol-
ding, safar?
– yomg‘urni ko‘rmaysizmi...
...safar  hujraning  eshigini  ochib,  ichkariga  kirdi.  sandal 
ustiga qora charog‘ qo‘yib, oldig‘a kitob yozg‘an anvar safar 
bo‘zchining istiqbolig‘a qo‘zg‘aldi.
–  o‘lturing,  o‘lturing,  shu  ishingiz  yomon-da,  mirzam... 
salomatmisiz?  Zerikmadinglarmi?  Uch  kun  kechikdim-a. 
mendan  xafa  bo‘lg‘an  chiqarsiz-ov...  ha  deganda  u  yoq-
1
 
Mu’tamad
 – ishоnchli. 
2
 
Rоg‘ib
 – mоyil. 


282
dan  xabar  bo‘lavermadi,  uning  ustiga  ayollar  navqaslanib
1
 
qoldi...
–  Zarari  yo‘q,  toza  ivibsiz,  safar  aka.  asli  bu  kun  ham 
chakki ovora bo‘lg‘ansiz.
–  Jazzasi  choponni  solib  tashlash-da
2
,  mirzam,  –  dedi 
safar  choponni  yechib.  –  qani,  o‘lturing...  yurtda  tinchlik, 
yor-do‘stdan sizga salom, mirza og‘ayningiz xotirjam’ mirza-
boshiliqni qilayapti... men bo‘lsam, sengayam bali, ustozing-
gayam bali, deb yurippan.
anvar iljaydi. safar bo‘zchi sandal yonig‘a o‘lturib, mah-
sisining qo‘njidan bir qog‘oz oldi. anvar qog‘ozni undan olib 
sandal ustiga qo‘ydi. qoziqda osilg‘an choponini keltirib, sa-
farning yaktakchan yelkasiga yopti.
– shamollaysiz, safar aka, o‘ranib o‘lturing.
– hamma vaqt kayib qog‘ansiz-da, mirzam, – dedi safar 
va ustig‘a yopilg‘an beqasam choponning astar-avrasini tek-
shirdi. – toza yaxtak kiymagan edim, buningiz menga uval-
da, uka, – deb siqilinqiradi.
anvar o‘lturar ekan, e’tiborsiz qo‘l silkdi va sandal ustidan 
xatni olib ochdi:
«baland maqom, loyiqi ehtirom, burodarim mirzo anvar.
do‘stlar  shod,  dushmanlar  g‘amgin,  yavmi  saodat  yaqin-
dir...  kaminag‘a  xonning  e’timodi  yondashmoqda  va  ul  an-
deshalarimiz  ehtimoli  bizdin  uzoqlashmoqdalar.  mojaro  bir 
necha  kun  sir  bo‘lib  kechsa  ham,  alhol  o‘rdadin  ba’zilar  bu 
sirdan  voqif  bo‘lg‘ang‘a  o‘xshaydirlar,  ...ochiq  so‘zlashka 
hech kimda had yo‘q. ammo ikkinchi tarafdan, sizni izlashka 
maxfiy buyruqlar berildi, darvoza beklari yonig‘a xufyalar yu
-
borildi, binobarin, sizdin iltimos, ushbu xavflar ko‘tarilguncha 
benihoyat ehtiyot bo‘lish, toshkand niyatini bir necha haftaga 
qo‘yishdir. Xizmatingizga safarboy bilan ushbu xatni ozgina 
kechiktirib  yuborishim  boisi  ham  mazkur  xavflar  borlig‘idin 
bo‘lib,  ma’lumingizdir,  safarboyning  tabiatida  andak  be-
boklik  va  loqaydlik  bor.  ikkinchidan,  sizga  tegishlik  ajabla-
1
 
Navqaslanmoq
 – kasallanmoq. 
2
 
Solib tashlash
 – yechib tashlash. 


283
narli  xabar  shudirkim,  kecha  o‘rdadin  qaytib  kelsam,  meh-
monxona sahnida uch nafar yigit o‘ltiribdir. har uchavi ham 
bizning  Farg‘ona  kiyimida  bo‘lmag‘an  bu  yigitlarni  ariza 
yozdirg‘ali kelganmi, deb o‘yladim. salom-alikdin so‘ng ular-
ni  mehmonxonag‘a  olib  kirdim.  so‘rashishgach,  yigitlardan 
biri menim kim ekanligimni aniqlab oldi, so‘ng afsus chekib, 
sizning  mojarongizni  so‘zladi.  men  tamom  hayratda  qolib, 
xufiyalarmi,  degan  andeshaga  tushdim.  Bu  hodisani  kim
-
dan  eshitdingiz,  mirzo  anvarga  qanday  aloqangiz  bor,  deb 
so‘radim. opamdan eshitdim, o‘zim mirzo anvarning og‘asi 
bo‘laman, degan javobni berdi. men taajjubda qoldim; zero, 
og‘angiz  borlig‘ini  sizdan  eshitmagan  edim.  o‘tkan  xatimda 
yozg‘animcha, bu yigitka ham opangizg‘a bergan javobni ayt-
dim, ya’ni, o‘zimni oqlash uchun hodisaga birmuncha yolg‘on 
ara lashtirib so‘zladim. yigit – og‘angiz bo‘lmish afsus chekti, 
o‘n  yillardin  beri  qo‘qonda  bo‘lmag‘anlig‘ini,  buxorolik  bir 
sarkarda eshigida xizmat qilg‘anlig‘ini, qarindoshlarini ko‘rish 
uchun buxorodan samarqandga kelib, u yerdagi katta og‘asini 
topolmag‘anlig‘ini,  undan  qo‘qonga  o‘tib,  bunda  ham  sizga 
yo‘liqolmay qolg‘anini so‘zladi. shundan so‘ng unin g ustidagi 
shubham biroz arib, ko‘ngil ko‘tardim. og‘angiz bo‘lmishning 
yonidaqi  yigitlar  bizning  bu  taraf  kishisiga  o‘xshamaydirlar. 
bular  og‘angiz  bo‘lmishning  hamrohlari  qo‘qonni  tomosha 
qilg‘ali  kelgan  emishlar.  sizga  og‘aliq  da’vo  qilg‘uchining 
ismi qobilboy, tusi sizga o‘xshab kelsa ham, pahlavon yigit 
va har uchavi ham zabardast ko‘rindilar. har chand qistasam 
ham, ularni ovqatqa to‘xtatib bo‘lmadi. siz kechagi maktubi-
ngizda  mening  sarmunshiy  tayinlanishimdan  tashvishlanib, 
orada muftilar, abdurahmonlar bor, sizga birar zahmat yetar-
mi, degan andeshani yozibsiz! o‘tkan xatimda yozg‘animdek, 
bu  «marhamat»dan  bosh  tortishqa  hech  bir  yo‘l  topmadim, 
agar  uzr  bayon  qilsam,  sizni  tutib  berishka  bo‘lg‘an  haraka-
timning  soxtaligi  ochilish  ehtimoli  bor  edi.  Chunki  xong‘a 
sadoqat bizning «odamlar» fikricha, birar manfaat taqozosidir. 
agar  men  xong‘a  «sadoqatlik  qul»  ekanman,  bu  «sadoqat» 


284
zamirida  bir  manfaatim  bo‘lmog‘i  lozimdirkim,  ul  ham  bu 
do‘stimni...  «sadoqatimg‘a»  qurbon  qilib,  evaziga  sarmun-
shiylik  masnadini  olishimdir.  basharti  shu  masnaddan  bosh 
tortsam,  menga  ishonchsizlik  tug‘ulishi  shubhasiz  edi.  bas, 
shu majburiyatdan men bu vazifani qabul qildim. menga zah-
mat yetishi to‘g‘risida siz tashvish cheka ko‘rmangiz, modo-
miki, taqdirim shu ekan, o‘zgasi mumkin emasdir. bu yo‘lda 
qanchalik zahmat chekmayin va hatto boshim ham ketmasin, 
menim uchu n qiymatlirog‘i insonga sadoqat va shu sadoqat-
ni  to  o‘lguncha  qo‘ldin  bermaslikdir.  singlimiz  ra’nobibiga 
salom  aytursiz.  ota-onalariga  hech  bir  zarar  bo‘lmadi,  faqat 
«hadyalar»nigina  qaytarib  oldilar.  oxirg‘i  so‘zim  yana  ehti-
yotlik  ustida:  zinhor-zinhor  har  ehtimolga  qarshi  hozir  tu-
rilsin.
addoi mirzo sultonali».
anvar  maktubni  tugatib,  oldida  yonib  turg‘an  qora  cha-
roqqa tutib, kuydirdi. 
– ehtiyot kerak-a, safar aka?
– albatta, mirzam, albatta.
– bu kecha qolasizmi, ketasizmi?
– ketmasam bo‘lmaydi, sultonalingiz xafa qiladi, uka.
 anvar kuldi.
 – ketsangiz xat yozib turishim kerak ekan, – dedi va toq-
chadan siyoh-qalam oldi. – isidingizmi, safar aka?
– ha-ha, jon kirib qoldi, mirzam!
«qir-qir»  xat  yozib  borg‘an  anvar...  safar  bo‘zchiga  yuz 
o‘girdi: 
–  mundin  so‘ngg‘i  kelishingizda  mirzo  sultonali  yoni-
ngizg‘a bir kishi qo‘shsa kerak. siz bu yigitni bu yerga olib 
kelasiz, o‘zi mening og‘am bo‘ladir, xo‘bmi?
– Xo‘b, mirzam, xo‘b. mirza og‘ayningizg‘a shuni tayin-
lab bitsangiz bo‘ldi-da.
– shunday, men bityapman.
anvar  yana  yozuvg‘a  qaradi,  safar  bo‘zchi  sandal 
ko‘rpasiga o‘ranibroq o‘tirdi. tashqarida yomg‘ur tinayozib, 
kuchlik shamol qo‘zg‘alg‘an, yomg‘ur tomchilarni goho tom 


285
ustiga  to‘pillatib  qattig‘  tushirar,  daricha  tirqishidan  kirgan 
shamol  bilan  qora  charog‘  chayqalib-chayqalib  yonar,  ay-
vondagi  kampirning  chig‘irig‘idan  g‘ijillab  chiqqan  tovush 
mushuk bola movlagan kabi hujraga eshi tilib turardi.
BArIMTA
kun choshgohdan oshib, Chorsuda xalq olag‘ovuri bosh-
lansa ham, bo‘sh do‘konlarning birida uch nafar yigit hanuz 
dong  qotib  uxlar  edi.  Chorsuda  bo‘lib  turgan  tars-to‘polon 
go‘yo bu uch yigitni allalar edi. boshiga bittadan shaparak kir 
yostiq qo‘yib, ostiga yalang qavat taqir ko‘rpacha yozgan va 
ustiga  guppi  choponini  yopib,  yana  shu  holda  bahuzur  xur-
rak otib uxlagan bu uch yigit musofirga o‘xshar edilar. Ular 
shu  yo‘sin  rohat  qilib  yotganda  taxtabandlik  do‘kon  yoniga 
tashqaridan birov kelib to‘xtadi va hamma tovushini qo‘yib, 
baqirib yubordi: «to‘xta, hovv navro‘zqul!»
Uxlovchilarning  ikkisi  pinagini  buzmadi,  ammo  do‘kon-
ning to‘rida yotgan chuvak bir yigit cho‘chib, boshini ko‘tardi, 
uyqulik ko‘z bilan atrofiga qaragandan keyin, hamyoza tortdi, 
kerishdi,  so‘ngra  eng  chetda  yotuvchiga  ko‘zi  tushib,  yoni-
dagi yigitni turtdi:
– tur, shariyf, tur, peshin bo‘libtu!
ikkinchi yigit ko‘zini ochdi:
– e, qo‘ysang-chi, rahem.
– tur-da, axe, ana qobilboy ham keb to‘xtabtu!
sharifboy  yostiqdan  burilib,  yonidagi  uchinchi  yigitga 
qara di:
– pala’nat, qachon kelgan ekan?
– kim bilsin. inisini bo uchratdimikin? qani, uyg‘ot-chi, 
pala’natini!
sharifboy  yotgan  joyidan  qo‘lini  uzatib,  qobilboyning 
murtidan tortdi, qobilboy g‘ingshib uyg‘ondi:
– tek yot, sharif!
– iningga yo‘liqdingmi?


286
– yo‘liqdim, ikkavingga salom aytdi, – dedi qobilboy va 
yuzini  ulardan  chetga  o‘girib  oldi.  –  biroz  tinch  qo‘y,  ux-
layman.
– iybi, iybi, – dedi rahim, – birodaring ahvolini gapir-da, 
axe. barpadari uyquki, peshingachikin bo‘lsa, ko‘chaga bo‘lib 
yotgan to‘palangni go‘shingga ilasanmi?
– kech keldim, ko‘p javrama-chi, rahim!
–  qorunni  to‘yg‘uzib,  so‘g‘un  uxla,  akun!  qorinlar  ham 
piyoz bo‘lib to‘xtabtu, nonushtani qayerga qilamiz, shariyf?
– Choyxonaga ketamiz.
– qani, sen ham kafaningni yopinib, shundaychikin yotma. 
pala’nating bo uxlab ketdimi?
ikkisi  turib  kiyina  boshladilar.  rahim  uzun  belbog‘ini 
to‘g‘rilar  ekan,  bir  qancha  chaqa  va  tangalari  yerga  sochilib 
tushdi.
– o‘xu, o‘xu, sabil, – dedi rahim pullarni terib. – Xudo 
bularni ham ko‘p ko‘rdi chog‘i, akun, qo‘qoning bizga to‘g‘ri 
kelmadi,  ish  topilmayde,  pul  sochilade,  och  qolamiz  chog‘i, 
shariyf?
–  qobilboyning  qo‘qonjoniga  la’nat,  –  dedi  sharif,  – 
loaqal  temirchi  ham  shogird  olmaydi,  bizga  biron  ish  topib 
bermasa, to‘p-to‘g‘ri nar xar
1
 qobilning ustiga minamiz?
bularning  vaqirlashiga  uyqusi  o‘chib  ketgan  qobil,  to‘n-
g‘ir-to‘ng‘ir bir narsalarni so‘zlab, yostiqdan boshini ko‘ tardi.
– Chumchuqdek chirqillashdinglar-da, tojiklar! – dedi qo-
bil. – ishsiz qolgan bo‘lsalaring, toshkandga ketamiz.
–  ana-ana,  yana  topdi  gapni!  –  dedi  rahim.  –  Valdir-
valdir  qilasan,  qobilboy,  akun,  toshkand  borish  uchun  pul 
qani?
– pul topiladi.
– pul topiladi?! – deb kuldi rahim, – bu bepadar boyvach-
changni qara, sharifboy!
–  pul  topiladi,  –  dedi  yana  qobilboy  va  yaktagini 
cho‘ntagiga  qo‘l  soldi.  –  past  odamsanlar-da:  biring  temir-
chining o‘g‘li, ikkinching shustagarning
2
 bolasi...


Download 6,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   140   141   142   143   144   145   146   147   ...   191




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish